Psixologiyaning tarmoqlari. Psixologiyaning alohida tarmoqlarini farqlash
avvalo ishlab chiqarishdagi inson faoliyati kechadigan sohalar va ularning
vazifalaridan kelib chiqadi. Hozirgi davrga kelib psixologiyani inson shaxsi
xaqidagi eng muhim fanlardan biri sifatidagi ahamiyatini hamma tan olmoqda.
Inson shaxsining esa bevosita kirib bormagan sohasini topish qiyin. Psixologiya
iqtisod, pedagogika, falsafa, mantiq, sosiologiya va boshqa ijtimoiy-
gumanitar fanlar bilan aloqador fan hisoblanadi. Chunki hamma sohada inson
shaxsi faoliyat ko’rsatar ekan, har bir sohada ishni samarali tashkil etish, olib
borish uchun kishilar psixologiyasini, shaxslararo munosabatlar psixologiyasini,
odamlarning turli vaziyatlardagi xulq-atvor normalarini bilish va shunga ko’ra
ish olib borish muhimdir. Shuning uchun xozirgi davr mutaxassislari psixologik
bilimlardan boxabar bo’lishlari lozimdir.
Psixologiyaning 300 dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi
hozirgi
kunda
psixologiyaning
fanlar
tizimida
yanada
mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi: masalan,
umumiy psixologiya psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va ularning o’ziga xos jihatlarini o’rganadigan maxsus sohasi;
pedagogik psixologiya kishiga ta’lim va tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o’rganishni o’z predmeti deb biladi;
yosh davrlari psixologiyasi turli yoshdagi odamlarning tug’ilgandan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o’zaro munosabatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o’zgarishi tamoyillarini o’rganadi;
ijtimoiy psixologiya odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida ularda hosil bo’ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarini o’rganadi;
yuridik psixologiya huquq sistemasining amal qilishi bilan bog’liq masalalarning psixologik asoslarini o’rgad;
mehnat psixologiyasi kishi mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini,
qonuniyatlarini o’rganadi;
Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak kasbiy psixologiya fani hayot yo’lini tanlahsda juda muhim fan hisoblamadi .
Kasbiy psixologiya fanisiz insonlar kasb tanlashda va o’sha kasbga moslashuv jarayonida ko’plab qiyinchiliklarga duch keladi.
Kasbiy psixologiya fani barcha kasblar haqida to’liq va mukammal ma’lumot beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.E.G’.G’oziev, K.K.Mamedov. “Kasb psixologiyasi”-Toshkent, 2003
2. Karimova V.M., Hayitov O.E., Djalalova S.M. Boshqaruv psixologiyasi. O’quv
qo’llanma. -T.: «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2008. – 208 b.
3. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya. Darslik.-T.: «Fan va texnologiya», 2012. –
176 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |