Yerning shakli, kattaligi harakati
Yerning sharsimon ekanligini miloddan avvalgi 4-asrda qadimgi yunon olimi Aristotel isbotlagan. U Yerning sharsimonligini asoslovchi quyidagi: dengizda qirg‘oqqa yaqinlashib kelayotgan kemaning avval machtalari, keyin korpusining suvdan ko‘tarilib chiqishi; Oy tutilganda unga tushgan Yer soyasining doira shaklda ekanligi; tekis va ochiq joyda, dengizda odam yuqoriga ko‘tarilgan sari ko‘rinarli ufq (gorizont) ning kengayib borishi; deyarli barcha yirik osmon jismlarining
sharsimon shaklda ekanligini dalil sifatida keltiradi. Demak, Yer sharsimon, dumaloq bo‘lsa kerak, degan dastlabki tasavvurning vujudga kelganiga 2400 yildan ko‘proq vaqt bo‘lgan. Globus - Yerning juda kichraytirilgan shakli - modeli. Yevropada birinchi globusni 1492-yilda xaritashunos olim Martin Bexaym yasagan. Uning globusida Amerika, Avstraliya va Antarktida qit’alari ko‘rsatilmagan. Chunki u vaqtda bu qit’alarning borligini yevropaliklar 16 bilishmas edi. Hozirgi vaqtda Yer yuzasidagi nimalar tasvirlanganiga va katta-kichikligiga ko‘ra har xil globuslar mavjud. Dunyodagi katta va mazmuniga ko‘ra yagona bo‘lgan globus- lardan biri «Toshkent globusi» bo‘lib, u Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida saqlanadi. Uning balandligi ikki yarim metr, aylanasining uzunligi 6 metrga yaqin, og‘irligi (vazni) esa 490 kilogramm(kg)ni tashkil etadi. Yerning shakli aniq (ideal) shar shaklida emas. Shimoliy va Janubiy qutblar hamda ular atrofi sharga nisbatan biroz botiqroq. Buning nati- jasida Yerning markazidan Yer yuzasigacha bo‘lgan masofa qutblarda 6357 km ga teng bo‘lsa, ekvatorda 6378 km ga teng. Yer yuzining umumiy maydoni 510 mln km2 dan ortiq bo‘lib, uning katta qismini suv - okean va dengizlar qoplagan. Okean va dengizlardagi eng chuqur botiq (Mariana botig‘i) 11022 metr.
Quruqlikdagi eng baland tog‘ cho‘qqisi (Jomolungma)ning balandligi 8848 metr. Yer yuzasi ham shar yuzasidek tekis qabariq emas. Demak, Yerning shakli shar emas, balki u o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lib, uni geoid deyilsa, to‘g ‘ri
XULOSA
Men bu mavzuni o’rganish mobaynida Karst, karst hodisasi (Dinara togʻliginij shim.-gʻarbiy chekkasidagi Karst platosi nomidan) — togʻ jinslari (ohaktosh, dolomit, boʻr, gips, tuz)ning suvda erishi natijasida sodir boʻladigan hodisalarni, Karst hosil qiluvchi togʻ jinslari yer sharida 51 mln. km2 ga yaqin maydonni egallashini o’rgandim.
Yerning shakli qadimda yer aniq shar shaklida, chunki Xudo ishni bekamiko’st qiladi deyishgan, shar shaklidagiining isbotlanishi oldinga qo’yilga qadam edi.
1672-yili Parijdan Kayennaga mayatniklik soat olib kelishayotganida ekvatorga yetganda sutkasiga 2 minut 28 sekund orqada qola boshlagan.Mayatnikni 2,8 mm ga qisqartirishga to’g’ri kelgan. Nyuton buni markzdan qochish kuchi bilan va Yer markazidan uzoqlashayotgani bian isbot etgan.
Ellipsoid o’lchamlarini F.N Krasoviskiy aniqlaganini eng yaxshi deb topilgan. Ekvatorial radius(a) yoki Yerning kata o’qi 6378,2 km Qutbiy radius (b) yoki kichik yarim o’q 6356.8 km
Do'stlaringiz bilan baham: |