2.2. Jismoniy tayyorgarlikning turlari, vazifa hamda vositalari
Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) va maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) farqlanadi.
UJT tanlangan sport turiga xos bo’lmagan, lekin har holda sport faoliyati muvaffaqiyatini belgilaydigan jismoniy qobiliyatlarning har tomonlama rivojlanish jarayoni sanaladi.
UJT ning vazifalari:
1. Organizmning funktsional imkoniyatlari umumiy darajasini oshirish va qo’llab-quvvatlash.
2. Barcha asosiy jismoniy sifatlar – kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlikni rivojlantirish.
3. Jismoniy rivojlanishdagi kamchiliklarni bartaraf etish.
Kishining o’zi shug’ullanadigan va boshqa sport turlaridan olingan mashqlar UJT vositalari hisoblanadi. Shuningdek, chaqqonlik va egiluvchanlikni rivojlantiradigan mashqlarga katta o’rin ajratiladi. Umumiy chidamlilikni rivojlantiruvchi mashqlarning hissasi kamroq bo’ladi. Uzoq masofalarga yuguruvchilarda, aksincha, umumiy chidamlilikni rivojlantiradigan mashqlar alohida ahamiyatga ega. UJT jarayonida ularga katta o’rin ajratiladi. Kuch mashqlari uncha katta bo’lmagan og’irliklar bilan, lekin ko’p takrorlab bajariladi.
MJT tanlangan sport turi xususiyatlariga muvofiq bo’lgan jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishga yo’naltiriladi. Bunda u mazkur qobiliyatlarni imkon darajasida maksimal rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi.
MJT ning vazifalari:
1. Muayyan sport turi uchun zarur bo’lgan jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish.
2. Tanlangan sport turidagi muvaffaqiyatlarni belgilovchi organ va tizimlarning funktsional imkoniyatlarini oshirish.
3. Musobaqa faoliyatining o’ziga xos sharoitlarida mavjud yashirin funktsional imkoniyatlarini yuzaga chiqarish qobiliyatlarini tarbiyalash. Masalan, suzuvchilarga laboratoriya sharoitida standart yuklama berilganda maksimal kislorod iste'moli (MKI) o’rtacha 70 ml/kg/daq. ni tashkil etadi. Musobaqa tezligida suzganda esa 46 ml/kg/daq., ya'ni MKI – bor-yo’g’i 65% qismiga teng bo’ladi.
4. Muayyan sport fani talablarini hisobga olgan holda sportchilarning tana tuzilishini shakllantirish. Masalan, har xil masofalarga ixtisoslashgan yengil atletikachilarda tana tuzilishi ko’rsatkichlari (bo’y, vazn, tuzilish va h.k.), odatda, bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun ham MJT jarayonida tananing tanlangan sport turidagi yutuqlarni belgilaydigan hamda sport mashg’ulotlarining vosita va usullari yordamida maqsadli ravishda o’zgartirish mumkin bo’lgan tarkibiy qismlariga yo’naltirib ta'sir ko’rsatish zarur.
1-jadval
Har xil sport turlarida sportchilar jismoniy tayyorgarligi alohida
ko’rsatkichlarining ahamiyati
Do'stlaringiz bilan baham: |