VOLEYBOL TO'PNI TEPADAN QABUL QILISH UZTISH TEXNIKASI
Reja:
Jismoniy tarbiya tizimida voleybol o’yining tutgan o’rni
Voleybol o’yini texnikasini o’rgatishda harakatli o’yinlardan foydalanish
Voleybol sport turi ӯz mohiyati, mazmuni va nihoyatda katta tezlikda ijro etiladigan texnik-taktik kombinasiyalari bilan shug’ullanuvchilardan katta jismoniy imkoniyat va funksional tayyorgarlikni talab qiladi. Jismoniy va funksional tayyorgarlik ӯz navbatida sport mahoratini samarali shakllanishi uchun fundamental ahamiyatga egadir.
Ma’lumki, mamlakatimizda voleybol eng ommaviy sport turlari qatoriga kiradi. Shu bilan bir qatorda ja’miyki barcha sport maktablarida hanuzgacha xalqaro miqyosga mos, raqobatbardosh voleybolchilarni taiyorlash masalasi muammo bӯlib qolmokda.
Joylarda ancha yillardan beri bolalar sportiga, jumladan voleybol mavqyeiga e’tibor qaratish, iste’dodli yosh voleybolchilarni yetishtirish, ularga har tomonlama sharoit yaratish, murabbiylar malakasini oshirish va yosh mutaxassislarni tayyorlash masalalariga loqaydlik bilan qaralar edi.
Ӯzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning 2002 yil 24 oktyabrdagi «Ӯzbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish tӯg’risida»gi Farmoni va uni hayotga tadbiq etish bӯyicha qabul qilingan Hukumat Qarori ushbu masalaning «bugungi» va «ertangi» istiqbolini belgilab, me’yoriy-huquqiy va moddiy ta’minotiga fundamental asos soldi.
Darhaqiqat, sӯngi yillar mobaynida mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirish yosh iste’dodli sport rezervlarini tayyorlash borasida juda katta islohotlar joriy etildi, kӯpdan-kӯp bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi, sport bilan muntazam shug’ullanish va amaldagi rasmiy qoidalar asosida mahalliy hamda Respublika miqyosida musobaqalar ӯtkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.
Navbatdagi masala hozirgi kunda hamda yaqin kelajak ichida shu Farmon va Qaror talablari bilan belgilangan pirovord maqsadlarni amalga oshirish lozim. Ma’lumki, ushbu doiradagi asosiy strategik muammo - bu yosh, raqobatbardosh sportchilar tayyorlashning ilmiy-uslubiy asoslarini yaratishdan iborat. Ammo, mazkur jaroyon uzining tashkiliy - texnologik jihatlaridan ӯta murakkab, keng qamrovli va kӯp qirrali muammolar tarkibiga mansub bӯlib, bosqichma-bosqichlik hamda izchillik tamoyillari asosida tashkil etilishi zarurligini taqazo etadi.
Ushbu bitiruv malakaviy ish mavzusi “Maktab o’quvchilariga voleybol texnikasini o’rgatish” bo’lib, bunda asosan umumta’lim maktablari o’quvchilariga voleybol texnikasini va mashg’ulotlarni tashkillashtirish va o’tkazishni ӯrganishga qaratilgan. Albatta, bu borada talaygina ilmiy-nazariy fikr-mulohozalar va pedagogik tadqiqotlar haqidagi ma’lumotlar kӯplab ilmiy adabiyotlarda ӯz ӯrnini topgan.
Ammo, voleybol sport tӯgaragida endi shug’ullanishni boshlagan umumta’lim maktablari voleybol seksiyalarida mashg’ulotlarni tashkil etish va ӯtkazishning xususiyatlariga oid ilmiy tadqiqotlar amalda deyarli tӯlik ӯz aksini topmagan.
Mavzu bo’yicha jamlangan adabiyotlarda qayd etilgan ilmiy va uslubiy ma’lumotlar qiyosiy tarzda taxlil qilindi hamda masalaning bugungi ahvoliga baho berildi. Jumladan, dastlabki o’rgatish bosqichida sport malakalariga o’rgatish samaradorligi jismoniy sifatlarga bog’liq ekanligi olimlar tadqiqotlari yordamida asoslab berildi. Maktab o’qo’vchilariga voleybol texnikasini o’rgatish tayyorlash jarayonida jismoniy sifatlar asosan standart, stereotip mashqlar ta’sirida rivojlantirilishi e’tirof etilib, bunday yondashuv har doim ham kutilgan natijani bermasligiga urg’u berildi.
Tadqiqotning maqsadi umumiy o’rta maktab o’quvchilariga voleybol sport turini texnikasi o’rgatish va voleybol seksiyalarini ishini tashkillashtirishga qaratilgan.
Qo’yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi tadqiqot vazifalarini xal etish zarur:
Malakali voleybolchilarni tarbiyalashda jismoniy va funksional tayyorgarlikning o’rni.
Jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlikning bog’liqligi va uni nazorat qilish masalalari.
Umumta’lim maktablari voleybol seksiyalarida mashg’ulotlarni tashkil etish va ӯtkazishning xususiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |