Reja: Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi


Jismoniy shaxslardan olinadigan mulk soligʻi



Download 45,5 Kb.
bet2/2
Sana01.01.2022
Hajmi45,5 Kb.
#297216
1   2
Bog'liq
Jismoniy shaxslardan olinadigan soliq

Jismoniy shaxslardan olinadigan mulk soligʻi

Soliq to'lovchilar

- mulkida soliq solish obʼekti deb tan olinadigan mol-mulki boʼlgan jismoniy shaxslar;

- chet el fuqarolari;

- yuridik shaxs tashkil etgan holdagi yoki etmagan holdagi dehqon xoʼjaliklari.

Аgar mol-mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni boʼlmasa, shuningdek koʼchmas mulk mulkdori vafot etgan taqdirda, bu mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida boʼlsa, oʼsha shaxs soliq toʼlovchi deb eʼtirof etiladi.

Soliq solish obyektlari

1.Uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari;

2.Tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʼljallangan yashash uchun moʼljallanmagan koʼchmas mulk obʼektlari;

3.Qurilishi tugallanmagan yashash uchun moʼljallanmagan obʼektlar.

Qurilishi tugallanmagan yashash uchun moʼljallanmagan obʼektlarga ushbu obʼektni qurishga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obʼektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan boʼlsa, ushbu obʼektning qurilishiga vakolatli boʼlgan organning ruxsatnomasi olingan oydan eʼtiboran yigirma toʼrt oy ichida qurilishi tugallanmagan obʼektlar kiradi;

4. Boshqa imoratlar, binolar va inshootlar.

Soliq solish bazasi

Koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan Soliq solish obyektlarining kadastr qiymati Soliq bazasi hisoblanadi.

Soliqni hisoblab chiqarish maqsadida Soliq bazasi qirq ikki million soʼmdan kam boʼlishi mumkin emas.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash boʼyicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan soliq solish obʼektining bahosi mavjud boʼlmagan taqdirda, mol-mulkning shartli qiymati Toshkent va Nukus shaharlarida, shuningdek viloyat markazlarida – 210 mln.soʼm, boshqa shaharlarda va qishloq joylarda esa – 84 mln.soʼm miqdorida Soliq bazasi hisoblanadi.

Soliq imtiyozlari

Quyidagilarning mulkida boʼlgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi:

1) «Oʼzbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor boʼlgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning.

2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar.

3) sobiq SSSRni, Oʼzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʼida yaralanganligi, kontuziya boʼlganligi yoki mayib boʼlganligi oqibatida yoxud frontda boʼlish bilan bogʼliq kasallik tufayli halok boʼlgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari).

4) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʼliq uzib qoʼyilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari oʼrnatilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga.

Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida boʼlgan mol-mulk oltmish kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi:

1) oʼn nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining.

2) pensionerlarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi;

3) I va II guruh nogironligi boʼlgan shaxslar.

Soliq solish obyektlari

Koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan roʼyxatga olinmagan yangi qurilgan uy-joylarga nisbatan soliq stavkasi mulkning shartli qiymatiga nisbatan ikki baravar miqdorida qoʼllaniladi.

Hududlarning va faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlarini hisobga olgan holda Qoraqalpogʼiston Respublikasi Joʼqorgʼi Kengesi, xalq deputatlari, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari oʼrnatilgan Soliq stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha boʼlgan oraliqdagi kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlar belgilashga haqli.

Normativ muddatda qurilishi tugallanmagan yashash uchun moʼljallanmagan obʼektlarga nisbatan soliq stavkasi 4 foiz miqdorida belgilanadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘ini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6121-son Farmoniga asosan 2021-yilda soliq yukining keskin oshib ketmasligi uchun hisoblangan soliq summasi 2020-yilda hisoblangan soliq summasining 1,3 barobaridan oshirilmasligi belgilangan.

To'lov muddati

Soliqni toʼlash toʼgʼrisidagi toʼlov xabarnomasi soliq organlari tomonidan Soliq tolovchilarga imzo qo'ydirilgan holda yoki toʼlov xabarnomasi olinganligini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda har yili 1 martdan kechiktirmay topshiriladi.

Jismoniy shaxslar tomonidan hisoblangan soliqlarni toʼlash teng ulushlarda 15 aprelga va 15 oktyabrga qadar amalga oshiriladi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi

Soliq to'lovchilar

Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʼlgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi dehqon xoʼjaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʼini Soliq tolovchilaridir.

Soliq solish obyektlari

1) dehqon xoʼjaligini yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;

2) yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;

3) jamoa bogʼdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan yer uchastkalari;

4) xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;

5) meros boʼyicha, hadya qilinishi yoki sotib olinishi natijasida uy-joy va imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham oʼtgan yer uchastkalari;

6) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib sotib olingan yer uchastkalari;

7) tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari.

Soliq bazasi

Koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazishni amalga oshiruvchi organning maʼlumotlari boʼyicha yer uchastkalarining maydoni Soliq bazasidir.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organning maʼlumotlari bo‘yicha yer uchastkalarining maydoni soliq bazasidir.

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq bazasi soliq solinmaydigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari chegirib tashlangan holda, yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ qiymati.

Jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun fuqarolarga berilgan, shuningdek yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan yer uchastkalari bo‘yicha soliq bazasi ushbu yer uchastkalarini bergan tashkilotlar boshqaruv organlarining maʼlumotlari bo‘yicha aniqlanadi.

Xizmat yuzasidan berilgan chek yer maydonlari bo‘yicha soliq bazasi o‘z xodimlariga yer uchastkalarini bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning maʼlumotlari bo‘yicha aniqlanadi.

Soliq imtiyozlari

Soliqdan quyidagilar ozod qilinadi:

1) «Oʼzbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor boʼlgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar.

2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar.

3) I va II guruh nogironligi boʼlgan shaxslar.

4) yolgʼiz pensionerlar. Yolgʼiz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolgʼiz pensionerlar deb tushuniladi.

5) boquvchisini yoʼqotgan koʼp bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada oʼn olti yoshga toʼlmagan beshta va undan ortiq bolalari boʼlgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yoʼqotgan koʼp bolali oilalardir.

6) Chernobil АESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan) fuqarolar.

7) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʼliq uzib qoʼyilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar – qayta tiklanadigan energiya manbalari oʼrnatilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga.

Bunda mazkur Soliq imtiyozlari soliq toʼlovchining tanlovi boʼyicha faqat bitta yer uchastkasiga berilishi mumkin.

Soliq imtiyozlariga ega boʼlgan shaxslar Soliq imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.

Soliq stavkalari

Soliq stavkalari 1 kv.m uchun mutlaq miqdorlarda belgilanadi.

Soliq stavkalarining aniq miqdori Oʼzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʼgʼrisidagi Qonuni bilan belgilanadi.

Hududlarning va faoliyat amalga oshiriladigan joyning xususiyatlarini hisobga olgan holda Qoraqalpogʼiston Respublikasi Joʼqorgʼi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari belgilangan Soliq stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha boʼlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlar belgilash huquqiga ega.

Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida boʼlgan, yashash uchun moʼljallanmagan koʼchmas mulk obʼektlari egallagan yer uchastkalari uchun soliq jismoniy shaxslardan yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʼini toʼlash uchun belgilangan Soliq stavkalari boʼyicha undiriladi hamda imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalarining tomorqa qismiga qishloq xoʼjaligi ekinlarini ekish yoki uni obodonlashtirish amalga oshirilmagan taqdirda soliq uch baravar miqdorda toʼlanadi.

Yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga boʼlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda koʼrsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda, soliq stavkasi belgilangan Soliq stavkalarining uch baravari miqdorida belgilanadi.

To'lov muddati

Soliqni toʼlash toʼgʼrisidagi toʼlov xabarnomasi soliq organlari tomonidan Soliq tolovchilarga imzo qoʼydirilgan holda yoki toʼlov xabarnomasi olinganligini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda har yili 1 martdan kechiktirmay topshiriladi.

Jismoniy shaxslar tomonidan hisoblangan soliqlarni toʼlash teng ulushlarda 15 aprelga va 15 oktabrga qadar amalga oshiriladi.

JISMONIY SHAXSLARNING MOL‑MULK VA YER SOLIQLARI BO‘YICHA ALOHIDA QARORLAR ASOSIDA BELGILANGAN IMTIYOZLAR

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4 yanvardagi “Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining 2013-yil dasturi to‘g‘risida”gi PQ‑1902‑son qarorining 4‑bandi 3‑xatboshisiga asosan, 2020-yil 1-iyulgacha shartnoma imzolagan jismoniy shaxslar, qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi Dasturi doirasida, ipoteka kreditini to‘lab bo‘lmagunga qadar, xarid qilingan uy-joylar bo‘yicha mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadilar.



2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-noyabrdagi “2017-2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2660-sonli qarorining 17-bandi “a”-kichik bandiga asosan, 2020-yil 1-iyulgacha Dasturni amalga oshirish doirasida “Ipoteka bank” ATIB, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va “Asaka bank” ATB tomonidan berilgan ipoteka kreditini to‘lab bo‘lgunga qadar sotib olingan kvartiralar bo‘yicha jismoniy shaxslar (qarzdorlar)ning mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadilar.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha taʼlim tizimini yana-da rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ‑3651‑sonli Qarorining 9‑bandi 3‑xatboshisida maktabgacha taʼlim nodavlat muassasasi o‘z faoliyatini amalga oshira boshlagandan keyin o‘n yil mobaynida barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilinishlari belgilangan.
Download 45,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish