Reja Jamoatchilik nazorati tushunchasi va uning genezisi



Download 19,47 Kb.
Sana18.03.2022
Hajmi19,47 Kb.
#500310
Bog'liq
11 seminar


11-MAVZU. JAMOATCHILIK NAZORATI VA DAVLAT ORGANLARI FAOLIYATINING OCHIQLIGI.


Reja
1.Jamoatchilik nazorati tushunchasi va uning genezisi.
2.O‘zbekistonda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning huquqiy-meyoriy asoslari va amaliyoti  
3. Korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratining ahamiyati.
1. Jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. Jamoatchilik nazorati bo‘lmagan yoki jamoatchilik nazorati etarli darajada kuchga ega bo‘lmagan mamlakatda fuqarolik jamiyati shakllanishini ham tasavur qilish qiyin. SHuning uchun mamlakatimiz Konstitutsiyasida jamoatchilik nazoratining mamlakatimiz fuqarolari davlat boshqaruvida ishtirok etishlarining muhim vositasi ekani e’tirof etilmoqda. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2010 yil 12 noyabrda e’lon qilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish zarurligi alohida ta’kidlandi: “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamiyat, fuqarolik institutlari nazoratini amalga oshirishning tizimli va samarali huquqiy mexanizmini yaratishga qaratilgan «O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi Qonunni qabul qilish fursati etdi.”Jamoatchilik nazoratini tashkil qilish masalalarini tahlil qilishdan avval “jamoatchilik nazorati” tushunchasining turdosh tushunchalar bilan umumiy jihatlari va tafovutlarini aniqlab olish lozim. Hozirgi kunda matbuotda va ilmiy adabiyotlarda “jamoatchilik nazorati”, “ijtimoiy nazorat”, “fuqarolik nazorati” kabi atamalar ishlatilmoqda. Tahlil shuni ko‘rsatmoqdaki, mazkur atamalar ko‘pincha sinonim sifatida va ba’zan noo‘rin qo‘llanilmoqda.
“Jamoatchilik nazorati” va “fuqarolik nazorati” tushunchalari bir-biriga juda yaqinday tuyuladi. Aslida ular o‘rtasida umumiyliklar bilan bir qatorda jiddiy tafovutlar ham mavjud. Ular o‘rtasidagi tafovutlar avvalo shundan iboratki,harbiy yuristlarning fikriga ko‘ra, fuqarolik nazorati armiya faoliyati ustidan jamoat tashkilotlari olib borayotgan nazoratni anglatadi. Masalan, bizning mamlakatimizdaMudofaa vazirligi qoshida tuzilgan Jamoatchilik kengashi ana shunday nazoratni amalga oshiradi. SHu ma’noda fuqarolik nazorati noharbiy tashkilotlar tomonidan Qurolli kuchlar faoliyatining mamlakatimiz qonunlariga mosligi va maqsadga muvofiqligini nazorat qilishni bildiradi. Ikkinchidan, fuqarolik nazorati alohida shaxslar tomonidan Qurolli kuchlar faoliyatining Konstitutsiyaga, xalqaro shartnomalarga mosligi, shuningdek, Qurolli kuchlar tizimidagi ijtimoiy masalalarning huquqiy me’yorlarga mosligi ustidan o‘tkaziladigan nazoratni ham bildiradi.“Jamoatchilik nazorati” va “fuqarolik nazorati” tushunchalari o‘rtasidagi tafovut xuddi mana shu o‘rinda ko‘rinadi. Fuqarolik nazoratini hech bir jamoat birlashmasiga a’zo bo‘lmagan fuqaro ham amalga oshirishi mumkin. Jamoatchilik nazoratini esa alohida fuqarolar emas, jamoat birlashmalari va ularning vakillari amalga oshiradi.Jamoatchilik nazorati” va “ijtimoiy nazorat” tushunchalari o‘rtasidagi tafovut avvalo, shundaki, “ijtimoiy nazorat” tushunchasi mazmun doirasiga ko‘ra “jamoatchilik nazorati” tushunchasidan kengroq. Bu tushuncha tarkibiga “jamoatchilik nazorati” tushunchasidan tashqari davlat nazorati va fuqarolik nazorati ham kiradi. CHunki ular ham mohiyatan ijtimoiy nazoratning ko‘rinishlaridir. Jamoatchilik nazoratiga turli-tumanta’riflar berilgan. Jamoatchilik nazoratining asosiy xususiyatlarini qamrab oladigan quyidagicha ta’rifdan foydalanish o‘rinliroq bo‘ladi: “Jamoatchilik nazorati ― jamoat birlashmalari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining amaldagi qonunlarga mosligini aniqlash va baholash bo‘yicha yuritadigan faoliyat”.
2. Fuqarolik jamiyati institutlari o‘z tashabbuslari bilan shakllanadigan va o‘zini o‘zi boshqaradigan institutlar hisoblanadi. Lekin ana shuo‘zini o‘zi boshqaradigan institutlar o‘ziga o‘xshash boshqainstitutlar bilan mutanosib ravishda faoliyat yuritishlari uchun ular muayyan darajada rivojlangan bo‘lishlari kerak. SHuning uchun ham, fuqarolik jamiyati institutlari o‘sha muayyan darajaga etgunlaricha ularga davlatning madadi zarur bo‘ladi. 
2014 yilda Konstitutsiyamizga kiritilgan o‘zgarishlar jamoatchilik nazoratiga konstitutsiyaviy maqom berdi. Konstitutsiyamizning 32-moddasi endi quyidagi tahrirda bayon qilindi: “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.”2 Fuqarolarimizning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etishlari davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshirilishining Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilishi jamoatchilik nazoratiga mamlakatimizda qanchalik katta ahamiyat berilayotganining belgisidir.Jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi bilan bog‘liq tarzda rivojlanib boradi. Fuqarolik jamiyati rivojlanib borgani sari jamoatchilik nazorati uchun kengroq imkoniyatlar va istiqbollar paydo bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, jamoatchilik nazoratining rivojlanishi fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanishiga olib keladi. Rivojlangan va keng quloch yoygan jamoatchilik nazoratini fuqarolik jamiyatisiz tasavvur qilib bo‘lmaganidek, fuqarolik jamiyatining rivojlanishini ham jamoatchilik nazoratisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.Fuqarolik jamiyati jamoatchilik nazorati rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratishining sababi shundaki, tom ma’nodagi samarali, mustaqil va xolis jamoatchilik nazoratini iqtisodiy va siyosiy jihatdan erkin fuqarolar va ularning birlashmalarigina amalga oshirishi mumkin. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va modernizatsiyalash sharoitida jamoatchilik nazorati mazmunida ana shunday o‘zgarishlar o‘z ifodasini topadi. Bu esa faoliyat sub’ekti bo‘lgan har bir shaxs o‘z zimmasiga muayyan majburiyatlarni olish bilan birga, boshqalardan, davlat hokimiyati organlaridan ularning zimmasidagi majburiyatlarni, vazifalarni bajarishlarini talab qilishi mumkinligini anglatadi. Mamlakatning barqaror rivojlanishida jamiyat va shaxsning munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy mexanizmlardan biri bo‘lgan davlat nazorati muhim rol o‘ynaydi. Ayni paytda, jamiyat, undagi fuqarolik institutlari va barcha fuqarolar jamoatchilik nazorati orqali davlat va boshqaruv sub’ektlarining faoliyatini mavjud ijtimoiy me’yorlar, qadriyatlar, huquqiy andozalar yordamida nazorat qiladi. Jamoat tashkilotlari davlat hokimiyati organlari bilan birga nazorat ishlarini olib borishlari va zarur hollarda davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini olib borishlari ham mumkin. Bu ikki vaziyatbir-birini inkor qilmaydi. Davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining zarurligini buyuk allomalar va faylasuflar asoslab berishgan. Masalan, Aristotelь o‘zining asarlarida xalqning mansabdor shaxslar va hukmdorlar ustidan nazoratini davlatning siyosiy baqarorligi hamda gullab-yashnashining eng muhim shartlaridan biri deb hisoblagan. Mamlakatimizda jamoatchilik nazoratining eng ko‘p tarqalgan ko‘rinishlaridan biri tuman va shaharlarda mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari, xususan hokimlarning hudud aholisi oldida muayyan davr (chorak, yarim yil yoki yil) davomida rejalarning qanday bajarilayotgani to‘g‘risida axborot berishidir. Bunda hokimdan tashqari hududdagi aholiga xizmat ko‘rsatadigan barcha tashkilot va muassasalarning rahbarlari hozir bo‘lishadi. Tinglov davomida erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, rejadan orqada qolish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning to‘laligi va sifati singari masalalar ham muhokama qilinadi. Bunday tinglovlar mamlakatimizdagi barcha hududlarda an’ana tusini oldi.
Jamoatchilik tinglovi yakunlari bo‘yicha tashkilotchiquyidagi vazifalarni bajarishi zarur
- qaror loyihasi bo‘yicha tayyorlangan hujjatga tinglov jarayonida bildirilgan taklif va mulohazalar asosida tegishli o‘zgarishlar kiritish;
- jamoatchilik tinglovi natijalarini hujjatlashtirish. Jamoatchilik tinglovi muammoga ekspertlarni jalb qilish, tinglov haqida ommaviy axborot vositalarida e’lon berish, jamoatchilik tinglovini o‘tkazadigan joyni ijaraga olish kabi moliyaviy mablag‘larni talab etadigan masalalar bilan bog‘liq. Odatda, tegishli moliyaviy mablag‘ bu muammoni hal qilishdan manfaatdor tomon va hal qilish uchun buyurtma bergan buyurtmachi yoki investor tomonidan qoplanadi. SHuningdek, qo‘shimcha mablag‘lar (xayriya mablag‘lari, jamoat tashkilotlari a’zolaridan tushgan badallar) ham jalb qilinishi mumkin. 
Download 19,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish