Al-Matrudiy - Islom dinining nazoriy(usul ad-din), fiqh asoslari va manbalarini o’rganadigan (ilm usul- al-fiqh) sohasi bo’yicha hanafiya mazhabining yirik faqihi(qonunshunosi), kalom ilmida yangi bir yo’nalish – maktab yaratgan yirik alloma. Samarqand yaqinidagi Moturid mahallasida 870 yilda tug’ilgan. Samarqandda hanafiya mazhabi qonunshunoslaridan fiqh ilmini o’rgandi. Matrudiy Qur’on tafsiri, kalom, fiqh ilmi usullari sohasida bir qancha kitoblar yozib qoldirgan. Ulardan: “Kitob al-usul”(fiqh asoslari kitobi), “Kitob ta’vilot al-Qur’on”(Qur’on tafsiri), “Sharh Fikh al-Akbar”, “at-Tavhid”(xudoning yagonaligi haqida), “Kitob al-maqolat”(maqolalar kitobi), “Ma’kuz ash-shari’” (qonunshunoslikdagi yetishmovchilik) asarlarini yozgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |