6. Ish joylarini maydonlarini oqilona rejalashtirish Hozirgi davrda ish joylarini tashkil qilishda va ularni attestatsiya qilish masalalarini halqilganda sanoat korxonalari uchun muhim bo`lgan ish joylari maydonlarini oqilona rejalashtirish muhimahamiyat kashf etmoqda. Yangi texnologiyalarning kirib kelishi ish joylarini ko`pgina hollarda qayta tashkil qilish masalalari ko`ndalang bo`lib turgan masalalar qatoridan joy olmoqda.
Ish joylarini oqilona rejalashtirish masallasining muhimjihati shundaki, oqilona rejalashtirilgan ish joylarida texnologik jihozlar, stanoklar va qurilmalar, tashkiliy-texnik moslamalar, shuningdek zagotovka va detallar hamda tayyor mahsulotlarni aniq joylarga ega bo`lishi ishchi uchun ish davrida ancha qulayliklar tug’dirishi bilan birga uni to’liq ishdan asrovchi asosiy omil hisoblanadi. Chunki ish joylarini rejalashtirilishi asosida ishchining ish bajarish jarayonidagi harakat yo`nalishlari va uning ish bajarish vaqtidagi holati, hamda yordamchi ishlarni bajarish uchun sarflaydigan vaqti va shunga o`xshash boshqaomillar ishchini ishlash maromini o`zgartirish imkoniyatini yaratadi va bu esa o`z navbatida ish unimdorligining oshishiga sababchi bo`ladi. Bundan tashhari ish joylarini oqilona rejalashtirishda ish joylarida ishlatiladigan asbob-uskunalar va yordamchi vositalar uchun maxsus yashiklar tashkil qilish va ularni texnologik jarayon talab darajasida joylashtirish masalalari ham halqilinadi.
Ish vaqtida harakatlanishni maksimal tejash maqsadida tayyorlanayotgan detalning gorizontal va vertikal yo`nalishlardagi harakatlanish yo`li ham ish joylarini rejalashtirish vaqtida hisobga olinishi kerak bo`ladi.
Ish bajarish davrida ish joylarida faqat shu bajarilayotgan ish uchun zarur bo`lgan jihoz va uskunalar bo`lsin va ularning joylashish tartibi sifatida har bir jihoz o`z joyiga ega bo`lsin. O`ng qo’l bilan olinishè kerak bo`lgan jihozlar o`ng tomonda va chap qo’l bilan olinadiganlari esa chap tomonga joylashtirilgan bo`lishi kerak.
Hozirgi texnika taraqqiyoti yuksak darajalarga ko`tarilgan davrda inson omili bu taraqqiyotni ta`minlovchi asosiy kuch ekanligini hisobga olib, sanoat korxonalarida inson omiliga e`tibor kuchaytirilmoqda, ya`ni korxonalarda sanitar-gigiena talablarining bajarilishiga katta e`tibor qaratilmoqda. (Bular yoritilish, shovqin, titrash, harorat, nisbiy namlik va boshqalar).
Ish joylarini attestatsiya qilganda, ish joylari korxonaning birlamchi zvenosi sifatida haralib, bunda ning asosiy umumlashtiruvchi belgilariga e`tibor qaratiladi va attestatsiya qilishda bu belgilarga urg’u berish imkoniyati tuqiladi. Ish joylari elementlari ishlab chiiharish jarayonlari elementlariga o`xshash ekanligi ko`rinib holadi. Bular ish joylarini tashkil qilishga ta`sir ko`rsatuvchi asosiy omillar ekanligi ko`rinib holadi.