iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti –
iqtisodiy resurslar
cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida hayotiy ne’matlarni
(va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga
keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xoʻjalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini
oʻrganishdan iborat, deb aytish mumkin.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifasini ikki tomonlama, ya’ni ham amaliy va
ham nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin. Aksariyat hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida
iqtisodiyot nazariyasining toʻrtta asosiy vazifasi ajratib koʻrsatiladi:
1) bilish vazifasi
2) amaliy vazifa
3) uslubiy vazifasi
4) gʻoyaviy-tarbiyaviy vazifasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |