Havo transporti dengiz transporti kabi mamlakat tashqi aloqalarida muhim rol o'ynaydi. Barcha savdo yarmarka markazlari mamlakat aeroportlarida joylashgan.
Germaniyada jami 16 ta xalqaro aeraportlar bo'lib, shu bilan birgalikda Frankfurt aeroporti yuk aylanmasi bo'yicha Yevropada birinchi, yo'lovchi tashish hajmi bo'yicha uchinchi o'rinni egallaydi.
6. Tashqi iqtisodiy aloqalari.
Germaniya tashqi savdo umumiy hajmi bo'yicha dunyoda AQShdan keyin ikkinchi o'rinda turadi. (1994) yilda 767,7 mlrd dollarni tashkil etdi). GFR tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlangan mamlakatlar bilan birinchi navbatda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan olib boradi. Ularga tashqi savdo aylanmasining 50 foizi va chetga chiqariladigan kapitalning asosiy qismi to'g'ri keladi. Yevropaning ko'pgina mamlakatlari uchun Germaniya bosh savdo sherik hisoblanadi. Elektronika sanoatida «Simens» avtomobilsozligida esa-Daymler-Bens kompaniyalarini misol keltirish mumkin.
Mamlakat organik ximiya mahsulotlarni eksport qilish bo'yicha dunyoda birinchi o'rinni egallaydi. Stanoklar va boshqa ishlab chiqarish jihozlari eksporti bo'yicha dunyoda birinchi o'rin uchun kuchli raqobat olib bormoqda. Germaniya avtomobillar va kemalar ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda 3-chi o'rinni egallaydi. Shu bilan bir vaqtda Germaniya mikroelektronika va kompyuterlar, aerokosmik texnikalar ishlab chiqarish va eksport qilish bo'yicha AQSH va Yaponiyadan keyinda turadi.
Mamlakat import tarkibida tayyor mahsulotlar hissasi yuqori, biroq xom-ashyo va yoqilg'i hissasi ham ancha yuqori. Hozirgi Germaniya uchun Rossiya neft va tabiiy gaz yetkazib beruvchi asosiy mamlakatdir, Germaniya esa Rossiya uchun mashina va jihozlar, temir yo'l vagonlari, ximikatlar va oziq-ovqat mollari yetkazib beradi.
Tayanch so'zlar:
Qulay geografik o'rin, boy ko'mir va gaz konlari, aholi soni immigrasiya, parlament respublika, bundestag, bundesrat, industrial mamlakat, iqtisodiyot tarmoqlar tarkibi (sanoat, qishloq xo'jaligi, transport) tashqi iqtisodiy aloqalar, eksport va import balansi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. I.A.Karimov, «O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida» Toshkent «O'zbekiston» 1995 yil.
2. I.A.Karimov «O'zbekiston XXI-asr bo'sag'asida», «Xafvsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolotlari». Toshkent. «O'zbekiston» 1997 yil.
3. Lipes Yu.G. Geografiya mirovogo xozyaystva. Moskva «Vlados», 1999 g.
4. Sosialno-ekonomicheskaya geografiyu zarubejnogo mira. Pod red. V.V.Volskogo. Moskva Kron-press, 1998 g.
5. Mironenko N.S. Vvedeniye v geografiyu mirovogo xozyaystva. Moskva 1995 g.
6. Baburin V.A, Mazurov YU.L. Geograficheskiye osnovi upravleniya. Moskva 2000 g.
7. Soliyev A, Maxammadaliyev R, Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya asoslari. T, O'zMU. 2005 yil.
8. Naseleniya mira. Demograficheskiy spravochnik. M: Misl, 1989 g.
9. Ergashev A. va boshq. Jaxon mamlakatlari. Toshkent 2006 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |