Reja: Iqtisodiy muvozanatlik, uni ta'minlashshart-sharoitlari va aniqlash usullari



Download 14,1 Kb.
Sana26.04.2023
Hajmi14,1 Kb.
#932014
Bog'liq
Mavzu Iqtisodiy-WPS Office


Mavzu:Iqtisodiy muvozanatlikning mazmuni va namoyon bolish shakllari
Reja:
1. Iqtisodiy muvozanatlik, uni ta'minlashshart-sharoitlari va aniqlash usullari.
2. Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari.
3. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklligi. iqtisodiy inqirozlar.
4. O'zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va iqtisodiyot tarkibiytuzilishini o'zgartirish vazifalari.
1. Iqtisodiy muvozanatlik, uni ta'minlashshart-sharoitlari va aniqlash usullariIqtisodiyot barqaror rivojtanishi uchun uning tomonlari tasida ma'lummuvozanat bo'lishini taqozo qiladi.
Iqtisodiy muvozanat deb iqtisodiy jarayonllar, hodisalarning ikki yokibir necha tomonining bir — biriga teng bo'lgan holatiga aytiladi.Shuninguchun ham butun iqtisodiyotining muvozanati tug'risida gap borganda eng avvaloyalpi talab va yalpi taklif o'rtasidaga tenglik e'tiborga olinadi.
Makroiqtisodiyotda iqtisodiy muvozanatlikning shakllanish jarayoni va unita'minlash ancha murakkab va ziddiyatli. Chunki u o'z ichiga xususiy va umumiyxarakterdagi bir qator muvozanatlar tizimini oladi
.Xususiy muvozanatlik — bu ikkita o'zaro borliq bo'lgan iqtisodiymiqdorlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishi.Xususiymuvozanatlik ishlab chiqarish va istmol, aholining sotib olish layoqati va tovartaklifi masalalari, budjet daromadlari va xarajatlari, aholida tovarlarga talab vataklif o'rtasidagi muvozanatliklar ko'rinishida chiqadi. Bu muvozanatliklar ichidaPrezidentimiz A. Karimov ta'kidlab o'tganlaridek: «...ichki bozorda talab bilantaklif o'rtasida mutanosiblikka erishish, ya'ni qarilgan pul miqdori bilan unga sotibolinadigan mollar salmog'i o'rtasida to'g'ri nisbatni ta'minlash g'oyat katta rolo'ynaydi.»
Umumiy muvozanatlik jamiyag barcha ehtiyojlari va milliy ishlabchiqarish hajmining o'zaro teng kelishini bildiradi.
Umumiy iqtisodiy muvozanatlik bozor sharoitida, avvalo, yalpi talab vayalpi taklifning teng keliishda ko'rinadi. Bu nafaqat iste'molchilik ne'matlariga,balki ishlab chiqarish vositalariga, ishchi kuchiga hamda barcha iqtisodiy faoliyatnatijalariga umumiy talab va taklifning muvofiq kelishidir.
iqtisodiyot darajasida to’liq bandlikka erishish, inflyatsiyani eng kam darajaga keltirish va barqaror iqtisodiy o’sishga erishish, makroiqtisodiy muvozanatlikni taqozo etadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish va umuman takror ishlab chiqarish ham iqtisodiyotning barcha darajasida, ya’ni mikro va makroiqtisodiyot darajasida iqtisodiy muvozanatlikni ta’minlanib turilishini zarur qilib qo’yadi. Shunday ekan, iqtisodiy muvozanatlik, iqtisodiy o’sish va takror ishlab chiqarish jarayonining eng muhim va asosiy shart-sharoiti bo’lib yuzaga chiqadi. Iqtisodiy muvozanatlikga ta’rif berishdan oldin iqtisodiy fan tarixida bu muammo bo’yicha ancha keng tarqalgan yondashuvlarga alohida e’tibor betish kerak.
Iqtisodiyot fan tarixida iqtisodiy muvozanatlik tushun–chasiga turlicha qarashlar mavjud bo’lib, ularni umumlashtirilgan holda ikkita yo’nalishga ajratish mumkin.
Birinchi yo’nalish bevosita «iqtisodiy muvozanatlik» tushunchasining vujudga kelish va rivojlantirilishining tarixiy bosqichlari bilan bog’liq bo’lib, bunda mazkur tushuncha «umumiy bozor muvozanati» sifatida talqin qilinishi darajasigacha etib keladi. Bu yo’nalishda iqtisodiy muvozanatlikning ko’plab model-lari mavjud bo’lib ular turli davrlarda bu muammoga har xil qarashlarni aks ettirgan:
1.Oddiy takror ishlab chiqarish modeli. (F. Kene tomonidan XVIII asrda Frantsiya misolida tushuntirilib berilgan.)
2.Oddiy va kengaytirilgan kapitalistik ijtimoiy takror ishlab chiqarish sxemasi. ( XIX asrda klassik iqtisodchilar tomonidan asoslab berilgan.)
3.Erkin raqobat qonuni amal qilgan sharoitda umumiy iqtisodiy muvozanatlik modeli. (L. Valras tomonidan asoslagan.)
4.«Xarajatlar – mahsulot ishlab chiqarish» modeli. (V. Lontev asos solgan.)
5.Qisqa davrli iqtisodiy muvozanatlik modeli. (D.Keyns siklik rivojlanishni tahlil qilish orqali ko’rsatib bergan.)
6.Iqtisodiy muvozanatlik nazariyasidagi ikkinchi yo’nalish sobiq sotsialistik lager mamlakatlari iqtisodiy tizimining inqirozga uchrashi oqibatida vujudga keldi. Bu mamlakatlarda shiddatli tarzda ro’y bergan ijtimoiy-iqtisodiy beqarorliklar, ya’ni iqtisodiy o’sish sur’atlari va bandlik darajasining surunkali pasayib borishi, inflyatsion jarayonlarning noxush oqibatlari hamda takror ishlab chiqarishdagi doimiy ravishda vujudga kelib turgan boshqa nomutanosibliklar, makroiqtisodiy muvozanatlikka erishish orqali iqtisodiy o’sishni zarur qilib qo’ydi. Bu nazariya iqtisodiy fanlar oldiga «iqtisodiy muvozanatlik» tushunchasining iqtisodiy mazmunini, uni ta’minlashning shart- sharoitlarini va namoyon bo’lish shakllarini ilmiy nazariy tadqiq qilish vazifasini ham qo’yadi.
Yuqoridagi barcha qarashlarni umumlashtirib, iqtisodiy muvozanattushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Iqtisodiy muvozanatlik - bu makroiqtisodiyot darajasida jamiyat ehtiyojlariga mavjud iqtisodiy resurslar miqdorining va ijtimoiy ishlab chiqarish natijalari hajmi hamda tarkibining o’zaro mos kelishligini xarakterlaydi.
Iqtisodiy muvozanatlik milliy iqtisodiyotning turli darajasidagi (mikro va makro) har xil muvozanatliklarni qamrab oladi. Bu barcha muvozanatliklarni shartli ravishda umumiy va xususiy muvozanatliklarni ajratib ko’rsatish mumkin. Umumiy muvozanatlik makroiqtisodiy muvozanatlikni ancha to’liq darajada ifodalaydi.
2. Umumiy muvozanatlik - bu jamiyatning barcha ehtiyojlari (aholi, davlat, korxona) va milliy ishlab chiqarish real hajmining o’zaro mos kelishlik darajasini bildiradi.Xususiy muvozanatlik – bu ikkita o’zaro bog’liq bo’lgan iqtisodiy miqdorlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishidir. Xususiy muvozanatlik ishlab chiqarish va iste’mol, aholining sotib olish layoqati va tovarlar taklifi byudjet daromadlari va xarajatlari, alohida tovarlarga bo’lgan talab va taklif o’rtasidagi muvozanatliklar ko’rilgandagina yuzaga chiqadi.
Shunday qilib, iqtisodiy muvozanatlik o’zining barcha shakllari bilan birgalikda inqirozsiz va ijtimoiy iqtisodiy larzalarsiz rivojlanishni xarakterlaydigan iqtisodiy idealdir. Real iqtisodiy hayotda makroiqtisodiy muvozanatlik talablari turli tuman beqarorliklar ta’sirida buzilib turadi, biroq iqtisodiy muvozanatlik nazariy modelini bilish, real jarayonlarning ularning ideal andozasidan farq qilinishini keltirib chiqaradigan aniq omillarni aniqlash, iqtisodiyotning optimal holatida faol hal qilinishini ta’minlash yo’llarini topish imkonini beradi.
3. Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda asosan ikkita o’zaro bog’liq usuldan foydalaniladi:
1. Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli.
2. Jamg’arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli.
Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish umumiy hajmining miqdoriy ko’rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM), iqtisodiyotda yalpi sarflar sifatida iste’mol hajmi va investitsiyalarga sarflarning umumiy summasi (S+Ip) olinadi.
Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi — bu ishlab chiqarishning shunday hajmiki, u ishlab chiqarish mazkur hajmini sotib olish uchun etarli umumiy sarflarni ta’minlaydi. Boshqacha aytganda, sof milliy mahsulot muvozanatli darajasida ishlab chiqarilgan tovarlarning umumiy miqdori (SMM) xarid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga (S+Ip) teng bo’ladi.
To’liq bandlik sharoitida yalpi sarflar SMM hajmi bilan mos kelmasligi mumkin. Bu mos kelmaslik retsession yoki inflyatsion farqda ifodalanadi. Yalpi sarflarning SMM hajmidan kam bo’lgan miqdori retsession, yalpi sarflarning SMM hajmidan ortiqcha bo’lgan miqdori inflyatsion farq deyiladi.Jamg’arma va investitsiyalarni taqqoslash usulining mohiyati shundaki, ishlab chiqarilgan mahsulotning har qanday hajmi shunga mos daromad hajmini beradi. Biroq aholi bu daromadning bir qismini iste’mol qilmasdan jamg’arishga qo’yish mumkin.
Jamg’arish, sarflar - daromadlar oqimidan potentsial sarflarni olib qo’yish hisoblanadi. Bunda jamg’armaga qo’yilgan mablag’ investitsiyalar bilan to’liq qoplansa, yalpi sarflar ishlab chiqarish hajmiga teng bo’ladi.
Investitsion sarflarning ko’payishi, ishlab chiqarish hajmi va daromad darajasining o’sishiga olib keladi. Bu o’zaro natija multiplikator samarasi deyiladi.
Multiplikator samarasi - bu sof milliy mahsulotdagi o’zgarishning sarflardagi (investitsiyalardagi) o’zgarishga nisbati. Investitsion sarflardagi o’zgarishdan tashqari iste’mol, davlat xaridi yoki eksportdagi o’zgarishlar ham multiplikator samarasiga ta’sir ko’rsatadi.
Multiplikator samarasi ikkita holatga asoslanadi. Birinchidan, iqtisodiyotda bir sub’ekt tamonidan qilingan sarf, boshqasi tomonidan daromad shaklida olinadi. Ikkinchidan, daromaddagi har qanday o’zgarish iste’mol va jamg’arishda xuddi shunday yo’nalishda o’zgarish bo’lishiga olib keladi.
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda yuqoridagi usullardan tashqari balans usulidan va «xarajat va natija» larni taqqoslash usulidan ham foydalaniladi.
Balans usulida tarmoqlararo balans, moddiy, moliyaviy va ishchi kuchi balanslaridan foydalanilib iqtisodiyotdagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi.
«Xarajat va natija»larni taqqoslash usulida ishlab chiqarishga qilingan iqtisodiy resurs xarajatlari miqdori olingan mahsulot hajmi bilan taqqoslanib muvozanatlik darajasi tahlil qilinadi.
4. Milliy iqtisodiyotdagi muvozanatlik uning turli tomonlari va sohalari o’rtasida mutanosiblik bo’lishini taqozo qiladi.
Iqtisodiy mutanosiblik – iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o’rtasida miqdor va sifat jihatdan ma’lum moslik bo’lishidir. Bunda tenglik bo’lishi shart emas. Ular mos keluvchi (2:3, 5:3, 3:1) nisbatlarida bo’lishi mumkin.
Makroiqtisodiy jarayon g’oyat murakkab va ko’p qirrali bo’lishi sababli mutanosiblik turlari ham ko’p va xilma-xil. Ularning barchasini umumlashtirib mutanosiblikning quyidagi guruhlari tarkibiga kiritish mumkin.
1.Umumiqtisodiy xarakterdagi mutanosibliklar. Bunga milliy daromaddagi tarkibiy qismlar: iste’mol fondi va jamg’arish fondi o’rtasidagi: iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar massasi bilan pul massasi o’rtasidagi: aholining daromadlari bilan xarajatlar o’rtasidagi mutanosibliklarni misol qilib ko’rsatish mumkin.
2.Tarmoqlararo mutanosibliklar. Milliy iqtisodiyotning muvozanatini ta’minlashda tarmoqlararo mutanosibliklar alohida o’rin tutadi. Mamlakat xalq xo’jaligi juda ko’p tarmoq va sohalardan iborat bo’lib, ularning rivojlanishi bir-birini taqozo qiladi. Bir tarmoqda yaratilgan mahsulot boshqa tarmoqda iste’mol qilinadi yoki pirovard mahsulotga aylantirilib o’z iste’molchisini topadi. Masalan, qishloq xo’jalik mahsulotlarning ko’pchilik qismi /paxta, g’alla, pilla, sut va h.k./ sanoatning tegishli tarmoqlarida qayta ishlanib, pirovard mahsulotga aylantiriladi va iste’molchilik tovarlari bozoriga chiqariladi. O’z navbatida sanoatning ishlab chiqarish vositalari yaratadigan sohalarining mahsulotlari xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlari /qishloq xo’jaligi, qurilish va h. k./da unumli iste’mol qilinadi. Bu ularning bir-biriga bog’liqlikda rivojlanishini taqozo qiladi. Tarmoqlararo mutanosibliklarga sanoat bilan qishloq xo’jaligi va xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlari o’rtasidagi mutanosibliklar misol bo’ladi.
3.Tarmoq ichidagi mutanosibliklar. Tarmoqlararo mutanosiblik va milliy ishlab chiqarish darajasidagi muvozanatlik tarmoqlar ichidagi mutanosiblik orqali ta’minlanadi. Tarmoqlar ichidagi mutanosiblik alohida olingan tarmoq tarkibidagi soha va ishlab chiqarishlar o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi. Masalan, sanoatning ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlari ishlab chiqaradigan sohalari, qishloq xo’jaligining dexqonchilik va chorvachilik sohalari o’rtasidagi mutanosibliklar va h.k. Shu bilan birga ta’kidlab o’tilgan sohalarning ichidagi tarkibiy bo’linmalar o’rtasida ham bog’liqlik bo’lishi zarur. Masalan, sanoatning qazib olish va qayta ishlash tarmoqlari, chorvachilikning sut va go’sht ishlab chiqarish sohalari o’rtasida va boshqalar..Hududiy (territorial) mutanosibliklar. Iqtisodiy rivojlanish mamlakat ayrim hududlari o’rtasidagi bog’liqlikni ham taqozo qiladi. Yuzaki qaraganda hududlar o’rtasidagi mutanosibliklarning mamlakat iqtisodiy rivojidagi roli to’liq namoyon bo’lmaydi. Lekin alohida hududiy bo’linmalar (viloyat, tuman, shahar va boshqa hududiy birliklar) ning bir-biriga iqtisodiy va tashkiliy jihatdan bog’liqligi, ixtisoslashish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi va kommunikatsiya nuqtai-nazaridan qaralsa, bu bog’liqlikning ahamiyati yaqqol ko’rinadi.
5.Davlatlararo mutanosibliklar. Bu mutanosiblikni ikki holat taqozo qiladi. Birinchidan, dunyoning ko’pchilik mamlakatlari xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir- biri bilan bog’langan, ikkinchidan, shu bog’liqlik orqali milliy ishlab chiqarishning bir qismi chet elliklar tomonidan xarid qilinadi yoki milliy ishlab chiqaruvchilar o’z iste’molining bir qismini chetdan keltirilgan mahsulotlar hisobiga qondiradi. Bu bog’liqlik qanchalik katta bo’lsa, sof eksport hajmi orqali makroiqtisodiy muvozanatlikka shunchalik kuchli ta’sir ko’rsatadi.
5. Iqtisodiyotni butunlay yangi tartiblar asosida isloh qilish uning rivojida nomutanosibliklar bo’lishi va tanglik holatlarning kelib chiqishini muqarrar qilib qo’yadi. Shu sababli iqtisodiyotni barqarorlashtirish, bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida uni jonlantirish va bir tekis rivojlantirish yo’lidagi qonuniy bosqichdir. U iqtisodiy rivojlanishda butunlay inqirozga uchrashga chap berish uchun ishlab chiqarish va chiqarilayotgan mahsulot tarkibini o’zgartirishga, ya’ni tanglik holatlarga barham berishga yo’naltiriladi. Respublikada iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishning dastlabki davrida barqarorlashtirish siyosatidan ko’zda tutilgan maqsad eng avvalo, makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishni keskin darajada pasayishining oldini olish va ommaviy ishsizlikning kelib chiqishiga yo’l qo’ymaslikdan iborat bo’ldi. Shu bilan birga bu siyosat pul emissiyasini boshqarish, uning qadrsizlanishining oldini olish, mamlakat to’lov balansini bir me’yorda saqlash kabi maqsadlarni ham o’z ichiga oladi.
Respublikada barqarorlashtirish siyosatini ishlab chiqishda jahon tajribasida sinalgan yondashuvlar hisobga olinib ishlab chiqarish sohalariga ustunlik berildi. Moddiy ishlab chiqarish sohalarining rivojlanishida ularni tarkiban qayta qurish talablari ham ko’zda tutildi. Bunda asosiy e’tibor katta istiqbolga ega bo’lgan, butun xalq xo’jaligining rivojlanish tamoyillarini belgilab beradigan etakchi tarmoq va sohalarga qaratildi.
Iqtisodiyotda zarur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirguncha ishlab chiqarishning orqaga ketishiga barham berish eng muhim maqsad bo’lib qoladi. Shu sababli respublikada 90-yillarning o’rtalaridayoq makroiqtisodiy barqarorlik sohasida ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishini sekinlashtirishga moyillik ko’zga tashlanadi, ayrim ko’rsatkichlar bo’yicha esa o’sishga erishildi.
Respublika milliy iqtisodiyotida erishilgan bu ijobiy natijalar tarkibiy qayta qurishlar asosida butunlay yangi xalq xo’jalik majmuasining bunyod etilganligi, birinchi navbatda eng muhim makroiqtisodiy va takror ishlab chiqarish nisbatlarini davlat tomonidan samarali tartibga solishning natijasi hisoblanadi. Bunda asosiy e’tibor iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi, hududlarning tarkibiy tuzilishini takomillashtirishga qaratiladi.
Tarkibiy siyosatning hududiy jihatlarini ta’minlash odamlar turmush darajasida vujdga kelgan hududiy nomutanosiblikni bartaraf etish, resurslar va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishishda katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Respublika iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishini qayta qurishda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turini o’zgartirish, uning sifatini yaxshilash va mahsulot tayyorlashga ketadigan jami xarajatlarni kamaytirish talablari ham hisobga olinadi.Iqtisodiyot tuzilishidagi o’zgartirishlar, chetdan mahsulot olib kelishni qisqartirish, xalq xo’jaligining xom ashyo etishtirishga qartilgan bir tomonlama yo’nalishini bartaraf etish va uninig eksport imkoniyatini kengaytirish, tarmoqlar ichidagi va hududiy jihatdan vujudga kelgan nomutanosibliklarni bartaraf etish asosida iqtisodiyotning mutanosib va barqaror rivojlanishini ta’minlash vazifalarini hal etish bilan bog’liqlikda amalga oshirildi.
Shu vazifalardan kelib chiqib, iqtisodiyot ichki tuzilishidagi o’zgarishlar - respublikaning energetika va oziq-ovqat mustaqillligini ta’minlovchi tarmoqlarni rivojlan-tirishga qaratildi. Bunda birinchi navbatda eng muhim o’zak tarmoqlarni - neft va gaz sanoatini, energetikani, rangli metallurgiya sanoatini, mashinasozlik majmuasini, qishloq xo’jalik va agrosanoat majmuasining boshqa sohalarini rivojlantirishga ustunlik beriladi.
Xalq xo’jaligining takror ishlab chiqarish tuzilishini tubdan o’zgartirish asosida umumiqtisodiy barqarorlikka erishishda iste’mol bilan jamg’arish fondi o’rtasidagi eng maqbul mutanosiblikni ta’minlash asosiy o’rin tutadi. Iste’mol fondining eng maqbul darajasiga erishish - ichki bozorda talab bilan taklif o’rtasida mutanosiblikni ta’minlashchda muhim rol o’ygaydi. Shu sababli davlat eng muhim makroiqtisodiy takror ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga solib turuvchi omillarga ko’proq e’tibor berdi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish darida iqtisodiyotni barqa-rorlashtirish muammosini hal etishda ishlab chiqarish infratuzilmasining muhandislik kommunikatsiyalari, transport va aloqa tizimi singari tarmoqlarini ustivor rivojlantirishga ham alohida e’tibor beriladi.
Nomoddiy ishlab chiqarish sohasida tarkibiy qayta qurishlar faol investitsiya siyosatini o’tkazish orqali amalga oshirildi. Shu sababli respublika investitsiya bazasini rivojlantirishga katta e’tibor berilib, bunda o’z sarmoyalarimiz, tashqi kreditlar, bevosita investitsiyalar va ularning barcha manbalaridan o’rinli foydalanish ko’zda tutildi. Tashqi investitsiyalarni jalb qilishda bevosita investitsiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlar moliyaviy-kredit resurslari shakllarida amalga oshirish mumkinligi hisobga olinadi.
Shunday qilib, respublikada iqtisodiy islohotlar davomida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurish vazifalariga aholining real turmush darajasini yaxshilash uchun zaruriy shart-sharoitlarni vujudga keltirish sifatida qaraldi
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Xodiyev B.Yu., Bekmurodov A.Sh., G'afurov U.V. va boshqalar O'zbekiston iqtisodiyoti mustaqillik yillarida. T.: TDIU, 2007.
2. Bekmurodov A.Sh., G'afurov U.V. O'zbekistonda iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizastiyalash: natijalar va ustuvor yo'nalishlar. O'quv qo'llanma. T.: TDIU, 2007.
3. Shodmonov Sh., G'afurov U. Iqtisodiyot nazariyasi. Ma'ruzalar matni. - T.: TDIU, 2009.
4. Shodmonov Sh, Minovarova G va Xalilov M. ''Iqtisodiyot nazariyasi” fani bo'yicha o'quv uslubiy majmuasi.
Internet saytlari.
1. www.stat.uz - O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining rasmiy sayti.
2. www.uza.uz - O'zbekiston Respublikasi Milliy Axborot Agentligi rasmiy sayti.

3. www.ceep.uz - O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Samarali iqtisodiy siyosat markazi rasmiy sayti.


4. www.ziyonet.uz
5. www.buxdu.uz
Download 14,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish