Reja: Iqtisodiy matematika faniga kirish



Download 139,5 Kb.
bet1/8
Sana10.11.2022
Hajmi139,5 Kb.
#863577
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-лекция



Reja:
1. Iqtisodiy matematika faniga kirish.
2.Turli foizlarni hisoblash va ularni qishloq xo‘jalik masalalarini yechishga
qo‘llanilishi.
3.Oddiy va murakkab foizli jamg‘armalarni hisoblash.
4.Qishloq xo‘jalik ekinlarining turli ekish sxemalari bo‘yicha ko‘chatlar sonini
va ma’lum bir ko‘chatlar uchun zarur bo‘lgan yer maydonini aniqlash




Matematika - moddiy dunyoning miqdoriy munosabatlari va fazoviy shakllari haqidagi fandir.
Matematika va tabiiy fanlarni talabalarga o`qitishdan asosiy maqsad talabalarni mantiqan to`g`ri fikr yuritishga o`rgatish bilan bir qatorda, ularning ish faoliyatida uchraydigan amaliy masalalrni ham yechish, tahlil qilish, nazariy va amaliy xulosalar chiqarishga o`rgatishdan iboratdir.
Er sharida aholi sonining tez sur'atlar bilan o`sib borishi, hosildor yerlarni cheklanganligi, insoniyat oldiga mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanib, mumkin qadar qishloq xo`jalik ekinlaridan yuqori hosil olish vazifasini qo`ymoqda. Dehqonchilik qilinadigan yer maydoni taxminan 40 milliard ga ekanligini va har bir odamni yil davomida boqish uchun o`rtacha 0,1 ga yer maydoni kerakligini e'tiborga olsak, yer sharining imkoniyatlari cheklanganini anglash qiyin emas.
Tabiiy ravishda savol tug`iladi, matematika fani qishloq xo`jalik sohasi talabalariga nima uchun o`qitiladi? Leonardo da Vinchi aytganidek, "Insoniyatning birorta ham tadqiqoti haqiqiy fan hisoblanmaydi, agar u matematik usulda isbotlangan bo`lmasa" yoki "Sonlar olamni boshqarmaydi, ammo uni qanday boshqarilishini ko`rsatadi" - degan fikrlar bejiz aytilmagan. Seleksioner yaratgan yangi paxta navi, haqiqatdan ham avvalgilaridan yuqori hosildormi, tola chiqishi yuqorimi, sifati yaxshimi? Mineral o’g’itlardan ma'lum bir ball banatetga ega bo’lgan yerga necha kilogrammdan solinganida, eng yuqori hosil olinadi? Bu savollarga faqat matematik usullar yordamida, kafolatli javob berish mumkin.
Insoniyat uchun zarur bo’lgan qishloq xo’jalik maxsulotlari hajmini oshirishni asosiy omillari, yangi serhosil navlarni yaratish va undan maksimal hosil olish agrotexnik tadbirlarini joriy etishdan iboratdir.
Ma'lumki hosildorlik urug’ning sifatiga, tuproq unumdorligiga, solingan o’g’itlarga, agrotexnik tadbirlarga, ob-havoga va boshqa ko’plab tasodifiy omillarga bog’liq bo’ladi.
O’tkazilgan ilmiy tajriba ma'lumotlari bu jarayonni to’liq xarakterlaydigan, qo’pol va bir tomonlanma xatolardan mustasno bo’lishi shart. Masalan, ma'lum bir o’g’itning turli miqdorlarini paxta hosildorligiga ta'siri o’rganilayotgan bo’lsa, avvalo barcha tajriba maydonlarini yer sharoiti, ball banateti, solinayotgan o’q’itlarni miqdori, agrotexnik tadbirlari bir xil o’zgarmas bo’lishikerak. Bu qishloq xo’jalik ekinlarida o’tkaziladigan tajriba uchun bosh va asosiy shartlardan biri hisoblanadi.Tajriba, natijalarini asosli tahlil qilishda, kafolatli amaliy xulosalar chiqarishda, matematik statistika fanining usullari muhim rol o’ynaydi. Bu sohaga bag’ishlangan ko’plab ilmiy va amaliy adabiyotlar mavjud [1], [2], [3]. Ulardan B.A.Dospexovning "Metodika polevogo opita" M."Agropromizdat" 1985 darsligini alohida ko’rsatib o’tish mumkin.
Matematikani fundamental fan sifatida rivojlanishiga va uning turli sohalarga qo’llanilishiga Dekart, Koshi, Veyershtrass, Eyler, Ostrogradskiy, R.Fisher, E.Pirson, Styudent, K.Gauss, Ya.Bernulli, A.de Muavr, P.Laplas, Yu.Neyman, A. Vald, F. Vilkokson, Ye. Leman, A.Ketle, P.L.Chebishev, A.A.Markov, A.M.Lyapunov, V.I.Romanovskiy, A.N.Kolmogorov, L.N.Bolshev, N.V.Smirnov, B.A.Dospexov o’zbek olimlaridan T.A.Sarimsoqov, S.X.Sirojiddinov va boshqalar katta hissa qo’shishgan.
Agrar universitetning barcha agromutaxassislik yo’nalishlari talabalariga matematika fanini quyidagi qismlari o’tilishi rejalashtirilgan:
1) Turli foizlar va ularni qishloq xo’jalik masalalarini yechishga qo’llanilishi;
2) Tekislikda analitik geometriya elementlari;
3) Chiziili algebra elementlari;
4) Matematik tahlilning differensial va integral hisobi;
5) Ehtimollar nazariyasi, matematik statistika va ularniqishloq xo’jalik jarayonlarini statistik tahlil qilish, prognoz qilishga yo’llanilishi.



Download 139,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish