Reja Iqtisodiy faol va nofaol aholi



Download 41,83 Kb.
bet1/4
Sana12.07.2022
Hajmi41,83 Kb.
#782653
  1   2   3   4
Bog'liq
Iqtisodiy faol va nofaol aholi





Reja

1. Iqtisodiy faol va nofaol aholi.


2.Korxona xodimlari tarkibi, soni va harakati
ko'satkichlari
3.Ish vaqti va undan foydalanish ko‘rsatkichlari.


4.Ish vaqti balansi.

MEHNAT BOZORI STATISTIKASI.

1.Iqtisodiy faol va nofaol aholi.


Mamlakatning doimiy aholisi iqtisodiy faol va nofaol aholi guruhlariga ajratiladi. Iqtisodiy faol aholi o‘z ishchi kuchini mehnat bozoriga taqdim etadi va ish beruvchilar uni sotib oladilar. Iqtisodiy nofaol aholi esa ob’ektiv sabablar bilan mehnat bozorida ishtirok etaolmaydi.
Mamlakat iqtisodiy faol va nofaol aholisi tarkibi




Barcha aholi



Aholini kuzatish (ro‘yxat o‘tkazish) - bandlik va ishsizlik haqida ma’lumotlarni yig‘ishda muhim o‘rinni egallaydi. Bunday kuzatishlar aholining hamma qatlamlarini o‘z ichiga olib, u bandlilik tarkibi va uning o‘zgarishi, ishsizlar soni haqida to‘la ma’lumotlarni olish va odatdagi usullarni qo‘llab olingan statistik hisoblarda aks ettirilmaydigan mehnat faolligining xar xil formalarini hisoblash imkoniyatini beradi.
Mehnat bozori statistikasi odatdagi ko‘rsatkichlar tizimi: mehnat resurslari soni, band bo‘lganlarning iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha taqsimlanishi, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar xodimlari tarkibi va soni, ish vaqtidan foydalanish, mehnat unumdorligi va mehnat haqqi darajasi va dinamikasi, har bir tarmoqdagi ish sharoitlari holatlarini o‘z ichiga qamrab oladi.
Rejali iqtisodiyot davrida mehnat resurslari va aholining bandligi haqidagi ma’lumotlar, aholi ro‘yxati o‘tkazilgan davrlar orasida, korxona, tashkilot va muassasalarining ommaviy statistik hisobotlar ma’lumotlari asosida, mehnat va ish haqqini o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan tanlama kuzatish ma’lumotlariga asoslanar edi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yuz berayotgan tub o‘zgarishlar statistika oldiga yangi-yangi talablarni qo‘ymoqda. Statistika oldiga mehnat bozorini o‘rganish vazifasi qo‘yilmoqda, shu jumladan, bandlilik va ishsizlik darajasi, ozod bo‘lgan ishchi kuchini kasbiy tayyorlash va uning xarajatlari qiymati, aholining majburiy migratsiyasi kabi masalalarni o‘rganish o‘zbek statistika uslubiyatini xalqaro andozalar darajasiga etkazishni taqazo etadi. Bularni o‘rganish uchun axborotlarning quyidagi yangi manbalaridan foydalaniladi:

  • bandlilik xizmati idoralarining statistik hisoboti, bunda fuqarolarning ish qidirib qilgan murojaatlari, vaqtincha bosh orinlari va ishsizliklar oz aksini topadi;

  • aholining bandligi darajasini organish maqsadida har kvartalda otkazilgan (oxirgi xaftada) tanlama kuzatish malumotlari;

  • migratsiya xizmatlari organlarining Ozbekiston milliy iqtisodiyotida ishlayotgan xorij fuqarolari haqidagi malumotlari.

Mehnat resurslarining soni, tarkibi va joylashishi haqida to‘liq ma’lumotlarni aholi ro‘yxati ma’lumotlaridan olish mumkin.
Ishchi kuchi bozorini holatini baholash uchun quyidagi nisbiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi:

  1. Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi koeffitsienti - umumiy aholi sonida mehnatga layoqatli aholi salmog‘ini ifodalaydi.

  2. Mehnatga layoqatli yoshdagi aholining mehnatga layoqatlilik Kt - mehnatga layoqatli aholining mehnatga layoqatli yoshdagi aholidagi salmog‘ini ifodalaydi.

  3. Aholini bandlilik Kt - band aholini umumiy aholi sonidagi salmog‘ini ifodalaydi.

  4. Mehnatga layoqatli yoshdagi aholini bandlilik Kt - mehnatga layoqatli yoshdagi aholini shu yoshdagi umumiy aholi sonidan salmog‘ini ifodalaydi.

  5. Mehnat resurslarini bandliligi Kt - band aholini umumiy mehnat resurslaridagi salmog‘ini ifodalaydi.

  6. Umumiy yuklama koeffitsienti - har 1000 ta mehnatga layoqatli yoshdagi kishilarga to‘g‘ri kelgan mehnatga layoqatsiz yoshdagi kishilar sonini ifodalaydi.

  7. Mehnat resurslari o‘rnini qoplash koeffitsienti - har 1000 mehnatga layoqatli yoshdagi kishilari to‘g‘ri kelgan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar soni.

  8. Nafaqa yuklamasi koeffitsienti - har 1000 mehnatga layoqatli yoshdagi kishilarga to‘g‘ri kelgan nafaqaxo‘rlar soni.

  9. Ishsizlik darajasi - ishsizlar sonini iqtisodiy faol aholi soniga nisbati bo‘lib, u foizlarda ifodalanadi.

  10. Aholini iqtisodiy faollik darajasi - iqtisodiy faol aholini umumiy aholi sonidagi salmog‘ini ifodalaydi.



2.Korxona xodimlari tarkibi, soni va harakati ko‘rsatkichlari.
Ishga yonlash davri uzunligiga qarab korxona xodimlari quyidagi guruhlarga ajratiladi:

  • doimiy xodimlar;

  • vaqtincha xodimlar;

  • mavsumiy xodimlar;

  • uchrab qolgan ishlarni bajarish uchun qabul qilingan xodimlar.

Bajarayotgan funktsiyasiga qarab korxonalar xodimlari ikki guruhga
bo‘linadilar: ishchi va xizmatchilar. Xizmatchilar guruhida 3 ta toifa ajratiladi: rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xodimlar. “Ishchilar” kategoriyasiga bevosita mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lgan xodimlar kiradi. “Rahbarlar” toifasiga korxona va uning tarkibiy tuzilmalari boshliqlari kiradi. “Mutaxassislar” toifasiga muhandis-texnik iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa maxsus bilim talab qiluvchi kasb bilan shug‘ullanuvchi xodimlar kiradi. Oxirgi “xizmatchilar tarkibiga kiruvchi boshqa xodimlar” toifasiga hujjatlarni rasmiylashtiruvchi, hisob- kitob, tekshiruv, xo‘jalik xizmatidagi xodimlar (ish yurituvchilar, kotiblar, tabelchilar, hisobchilar va h.k.) kiradi.
Xodimlar soni ma’lum momentga (ma’lum kunga nisbatan) va davr oralig‘i uchun aniqlanadi (o‘rtacha miqdor sifatida). Ma’lum kunga nisbatan xodimlar soniga quyidagilar kiritiladi:

  • ro‘yxatda turgan xodimlar;

  • boshqa korxonalardan ishga olingan o‘rindoshlar;

  • fuqarolik-huquqiy ega bo‘lgan ishlarni bitim asosida bajaruvchi xodimlar.

Har kungi ro‘yxatdagi xodimlar tarkibiga shtat jadvali asosida doimiy, mavsumiy yoki vaqtincha ishga qabul qilingan kishilar, shuningdek ish haqi olib ishlovchi shu tashkilot, korxona egalari ham kiritiladi.
O‘rindoshlar ham qo‘shiladi, lekin ularning mehnat daftari asosiy ish joyida saqlanadi.
Bitim asosida - maxsus yoki xo‘jalik ishlarini bajaruvchi (remont, maslahat berish va h.k.) kishilar ro‘yxatdagi xodimlarga kiritilmaydilar.
Ro‘yxatdagi xodimlar soni korxona ixtiyoridagi har kungi mavjud bo‘lgan mehnat resurslari salohiyati haqida fikr yuritish imkoniyatini beradi. Shu va boshqa ko‘rsatkichlar momentli ko‘rsatkichlar bo‘lib, ularni soni har kuni o‘zgarib turadi. Shuning uchun ma’lum iqtisodiy tahlilni amalga oshirish uchun (o‘rtacha mehnat unumdorligi, o‘rtacha ish haqi va h.k.). O‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar soni aniqlanadi. Buning uchun har kungi ro‘yxatda turgan xodimlar sonini qo‘shib, kalendar kunlar soniga bo‘linadi (28, 29, 30, 31). Bunda shanba va yakshanba kunlar uchun juma kunida ro‘yxatda turganlar soni olinadi. Agar korxona oy davomida to‘liq ishlamagan bo‘lsa ham o‘rtachani aniqlashning bu usuli o‘zgarmaydi.


_ O‘rtacha amalda ishlagan xodimlar soni O‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar soni, ish kunlar bo‘yicha hisoblangan

KRo‘yxatdan foydalanish
Keyingi yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil keyingi bo‘limlarda ko‘riladi. Ishchi kuchi harakatini vaqt bo‘yicha, korxonalar bo‘yicha intensivligini o‘rganish maqsadida quyidagi nisbiy ko‘rsatkichlar aniqlanadi:
Qabul qilish K _ Ishga qaM qilinganlar soni x ^
T ro‘yxatdagi
Ishdan bo‘shash K _ Ishdan b°‘shaSanlar soni x 100%
T ro‘yxatdagi
Xodimlar sonini to‘ldirish Kt _ I l*qililhgaaril£lr s on. X 100%
Ishdan bo‘shaganlar soni
O‘rganilayotgan davrda ro‘yxatda turgan xodimlar Xodimlar doimiylik Kt _ soni X 100%
Tro‘yxatdagi
T royxatdagi - korxonaning o‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlari soni.
Ishga qabul qilish va undan bo‘shash natijasida ishchi kuchi sonining o‘zgarishi ishchi kuchi harakati deb ataladi. Uni ifodalash uchun quyidagi absolyut ko‘rsatkichlar aniqlanadi:

  • qabul qilish oboroti (ishga qabul qilinganligi xaqida buyruq chiqarilgan);

  • ishdan bo‘shash oboroti (ishdan bo‘shamaganligi xaqida buyruq chiqarilgan);

  • ishchi kuchi umumiy oboroti (qabul qilingan va bo‘shaganlar umumiy soni).

O‘z xohishi bilan ishdan bo‘shagan kishilar qatoriga quyidagilar kiradi: o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shaganlar, shuningdek quyidagilar: tanlovdan o‘tish natijasida boshqa joyga o‘tganlar, yashash uchun boshqa
joyga ko‘chganlar, kasallik yoki nogironlik, o‘qishga kirish, pensiyaga chiqish, oiladagi kasal kishini boqish, ikki tomon bitimiga asosan bo‘shagan kishilar.
Ishga qabul qilish va bo‘shash haqidagi ma’lumotlar asosida ham korxona, ham milliy iqtisodiyot darajasida quyidagicha ishchi kuchi balansi tuziladi:

Download 41,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish