Ouken qonuni izohlagan miqdoriy bog„liqlikning teskari jihatiga e‟tibor qaratamiz.
Iqtisodiy tadqiqotlar shuni kо„rsatadiki YAIMning 2-3 foizga о„sishi davriy ishsizlik
darajasini 1 foizga qisqarishini keltirib chiqarmas ekan. YA‟ni dastlabki 1 foizlik iqtisodiy
о„sish fan-texnika taraqqiyoti natijasida resurslardan foydalanish samaradorligi hisobiga
erishilishi mumkin, shuningdek bu paytda aholi sonining kо„payishi ham ishsizlik
sonining pasaymasligiga sabab bо„ladi. Dastlabki 2-3 foizdan yuqori bо„lgan har 2-3 foiz
iqtisodiy о„sish esa davriy ishsizlikni 1 foizga qisqarishini keltirib chiqaradi. Demak 1
foizlik davriy ishsizlikni tugatish uchun yillik 4-6 foizlik iqtisodiy о„sish ta‟minlanishi
Iqtisodiy davrlar asosan tо„rtta bosqichini о„z ichiga oladi va ularni iqtisodiy
tebranishlar deb yuritish maqsadga muvofiq. Iqtisodiy tebranishlarning sabablari xilma
- xil bо„lsada, ularning barchasi yalpi xarajatlar hajmining о„zgarishi orqali YAIM
Ishsizlik darajasi deb ishsizlar soninning ishchi kuchi soniga nisbatiga aytiladi. Ishchi
kuchi ham boshqa tovar mahsulotlari kabi bozorda sotiladi va sotib olinadi. Tо„la ish bilan
bandlik 100% ish bilan ta‟minlanganlik darajasini anglatmaydi.
Kelib chiqish sabablariga kо„ra friksion, tarkibiy va davriy ishsizlik turlari mavjud.
Ishsizlikning tabiiy darajasi friksion va tarkibiy ishsizlik darajalari yig„indisiga teng
bо„lib, mamlakatdagi oxirgi о„n yilda mavjud bо„lgan haqiqiy ishsizlik darajasi va
keyingi о„n yil uchun prognoz qilib hisoblangan ishsizlik darajalarining о„rtacha miqdori
sifatida belgilanadi.
Ishsizlar sonining oshishi, ya‟ni ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy
darajasidan yuqori bо„lishi potensial hajmdagi YAIM bilan haqiqiy hajmdagi YAIM
о„rtasida uzilishga olib keladi. Ouken qonuni bunday bog„liqlikning miqdoriy darajasini
ifodalaydi.
1. Iqtisodiy tebranishlarning sabablarini qanday izohlaysiz?
2. Ishsizlikning qanday turlari mavjud? Ishsizlik darajasi qanday aniqlanadi?
3. Ishsizlikning tabiiy darajasi, ish bilan tо„liq bandlilik tushunchalariga tavsif bering.
4. Potensial YAIM kо„rsatkichini izohlab bering?
5. Makrodarajada ishsizlikning iqtisodiy oqibatlarini qanday о„lchash mumkin ?
6. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqishiga qaysi holatlar sabab bо„ldi?
7. Moliyaviy inqirozning ishsizlik darajasiga ta‟siri qay tariqa rо„y beradi?
Do'stlaringiz bilan baham: