IQTIDORLI O’QUVCHILARNI ANIQLASH, ISHLASH, RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI Kadrlar tayyorlashda dolzarb va katta istiqbolli yo'nalishlardan biri – maktab o’quvchilari orasidan iqtidorli, zukko bolalarni aniqlash, ularni alohida dasturlar asosida o'qitish, xalq xo'jaligi uchun malakali mutaxassislar qilib yetishtirlshdir. O’zbek avlodini jahonga ko’z – ko'z qiladigan insonlar bu iste'dodli, qobiliyatli, zukko, malakali, o'z ishining ustasi bo’lgan yoshlardlr. Dono, tetik, aqli raso bolalarni sinf o'quvchilari orasidan asosli ravishda tanlashimiz va ularni layoqat yo'nalishlari, qobiliyatlariga qarab u yoki bu sohaga, kasbga yo’naltirishimiz kerak. Iste’dodlarni tanlashda aslo xatoga yo’l qo’ymaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |