18-modda. Investitsiya faoliyati tugatilishi munosabati bilan chet el investitsiyalarini qaytarish kafolatlari
Chet ellik investor Oʻzbekiston Respublikasidagi investitsiya faoliyatini tugatish huquqiga ega.
Chet ellik investor investitsiya faoliyatini tugatgandan soʻng investitsiya faoliyatini tugatish natijasida olingan oʻz aktivlarini naqd pul yoki natural shaklda chet ellik investorning Oʻzbekiston Respublikasiga yoxud boshqa kreditorlarga nisbatan majburiyatlarini bajarish uchun zarar yetkazmagan holda erkin repatriatsiya qilish huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |