Bozor iqtisodyoti sharoitida axborot muxim omillardan biri hisoblanadi. Axborot
yordamida jamiyat a’zolari, uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati boshqariladi, kelgusi
rejalar belgilanadi, ularning bajarilishi nazorat va tahlil qilinadi. Axborotsiz jamiyat
a’zolarining ma’naviy, ma’rifiy, madaniy va boshqa talablari qoniqtirilmay qoladi. Shu
bois ham axborotlarga ehtiyojini qondirish har qanday kishilik jamiyatining ustuvor
maqsadlaridan biri hisoblanadi. Ushbu ustuvor maqsadga erishish har qanday kishilik
jamiyatida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari sohasini doimiy rivojlantirishni ob’ektiv
zarurat qilib qo‘yadi. Ushbu sohani rivojlantirish har qanday mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
Mamlakatimizda kompyuter va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya va
ma’lumot uzatish tarmoqlarini, internet xizmatlarini rivojlantirish va zamonaviylashtirish,
ularni jahon standartlari darajasiga yetkazish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar
bosqichma-bosqich amalga oshirila boshlandi, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
2000-yil
30-iyundagi
«O‘zbektelekom» aksiyadorlik
kompaniyasi (AK) faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida»gi 253-sonli qaroriga
muvofiq «O‘zbektelekom» aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi va uning vazifalari belgilab
berildi.
Shuningdek, mobil aloqa bozorida milliy kompaniyalarning keng ishtiroki uchun
zarur sharoitlarni yaratish hamda mamlakatning ko‘chma mobil aloqa tarmoqlarini
yanada rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Res-
publikasi Birinchi Prezidentining 2014-yil 12-fevraldagi «Mobil aloqa milliy operatori
faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2126-sonli Qarori qabul qilindi.
Mazkur me’yoriy hujjatlarning ijrosini ta’minlash maqsadida, zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalangan holda «O‘zbektelekom» AK
filiallari uchun korporativ dasturiy ta’minot (ya’ni «TBilling» tizimi) ishlab chiqildi.
«O‘zbektelekom» AK «Billing Telekom» filialida faoliyat ko‘rsatayotgan
«TBilling» — telefoniya xizmatlari yagona billing tizimining asosiy maqsadi zamonaviy
ishonchli va xavfsiz ma’lumotlar axborot bazasini yaratish, axborot resurslari va
xizmatlari bozorini rivojlantirish, kompaniya bo‘linmalarida axborot almashishning
elektron shakliga bosqichma-bosqich o‘tishni ta’minlash, xizmat ko‘rsatishning yagona
korporativ tizimini yuritish, aholiga ko‘rsatilayotgan telefoniya xizmatlari uchun
to‘lovlarni real vaqtlarda ko‘rish, abonentlarga to‘lov uchun hisob-varaqalarini
chiqarishdan iborat.
Billing tizimining funksional vazifalari asosan 3 turga bo‘linadi:
1) Hisob-kitob jarayonida bajariladigan vazifalar.
2) Axborot xizmatlari.
3) Moliyaviy xizmat ko‘rsatish.
Hisob-kitob jarayonida bajariladigan vazifalarga — xizmatlarni aniqlash — qo‘n-
g‘iroqlar haqida batafsil ma’lumot olish, kommutatsion uskuna orqali olingan trafikdan
foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ishlov berish, iste’molni baholash — iste’mol
haqidagi hisob-kitob xususiyatlarini aniqlash, abonentlar uchun to‘lovlarni shakllantirish,
tuzatishlar, to‘lov varaqalarini taqdim etish, yetkazib berish yoki abonentlarni to‘lov
varaqalari bilan tanishtirishni ta’minlash, abonentlarning shaxsiy hisob-raqamlarini
boshqarish kabi vazifalar kiradi.
Axborot xizmatlari esa — abonentlar haqidagi operativ ma’lumotlarni qo‘llab-
quvvatlash, shaxsiy hisob-kitob haqidagi ma’lumotlarni abonentlarga taqdim etish,
abonentlarga xabar berish, abonentlar holati va xizmatlarini boshqarishdan iboratdir.
Moliyaviy xizmat ko‘rsatish — bu to‘lovlarni qayta ishlash, abonentlarning debitorlik
qarzlarini undirish va jarayonlarni boshqarishdan iborat. «TBilling» telefoniya yagona
billing tizimining asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi:
«O‘zbektelekom» AK filiallari va korxonalari abonentlarining yagona
ma’lumotlar bazasini yuritish;
Yagona me’yoriy-ma’lumotlar bazasini yuritish;
Kommutatsiya qurilmalari orqali ko‘rsatilayotgan barcha xizmatlar bo‘yicha
boshlang‘ich ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash, ya’ni mahalliy, shaharlararo va xalqaro
telefon aloqasi bo‘yicha abonentlarning talablariga binoan so‘ralgan hisob-kitob davri
uchun to‘lov varaqalarini shakllantirish va ularni abonentlarga taqdim etish;
Markazlashtirilgan holda abonentlarga barcha xizmatlar (abonent to‘lovi,
davriy to‘lov, mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon so‘zlashuvlari, axborot-
ma’lumotnomalarini va qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish) bo‘yicha to‘lov hujjatlarini
shakllantirish va taqdim etish;
Barcha hisob va to‘lovlar bo‘yicha abonentlarga ma’lumot berish;
Tahliliy, statistik va moliyaviy hisobotlarni tezkor shakllantirish hamda filial
va korxonalarga yetkazish;
Ma’lumotlardan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish, ma’lumotlar bazasini
himoyalashning yuqori darajali uslublaridan foydalanish;
«O‘zbektelekom»
AK
tarmog‘iga
kirish
imkoniyati
bo‘lgan
respublikamizning
istalgan
hududidagi
telekomunikatsiya
xizmatlaridan
foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish.
«TBilling» tizimidan foydalanish uchun quyidagi URL-manziliga murojaat qili-
nadi:
http://uzonline.uzbilling.uz:88/billing
Do'stlaringiz bilan baham: