Reja integratsiyalashgan axborot tizimlari toʻgʻrisidada tushuncha


-rasm. Namunallashtirilgan korporativ ma’lumotlar ombori sxemasi



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/30
Sana30.12.2021
Hajmi0,78 Mb.
#193803
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
Bog'liq
BVfUqQSQrSyzZbWghWfea2GGABrCWe5u

3.1.9-rasm. Namunallashtirilgan korporativ ma’lumotlar ombori sxemasi 

 

 



            

 

 



 

            

 

 

 



            

 

С



ma’


lum

otl


ar

  

pe



shtaxtasi

 

 

 

D



ma’

lum


otl

ar

  



pe

shtaxtasi



 

 

B-ma’lumotlar 

peshtaxtasi 

A-ma’lumotlar 

peshtaxtasi 

 

 



             

Tahliliy bo’lim 



 

Ombor 

O’rganish, shakli 

o’zgartirish,yuklash 

So’rov 

 

Natija 




 

Korxona resurslarini boshqarish (ERP-tizimlar) 

Hozirgi  kunda  kompaniya  ichki  va  tashqi  faoliyatini  optimallashtirish  va 

avtomatlashtirish  uchun  rejalashtirish,  tayyorlash,  ro’yxatga  olish  va  nazorat  kabi 

jarayonlarni  takomillashtirishga  yo’naltirilgan  ERP  (Enterprise  Resources  Planning  — 

Korxona resurslari boshqarish) deb nomlanuvchi tizimlar keng joriy etib borilmoqda.  

“ERP-tizim” atamasi APICS (American Production and Inventory Control Society) 

mos holda ikki xil talqin bilan qo’llanilishi mumkin. 

Birinchidan  (keng  ma’noda),  bu  –  savdo,  ishlab  chiqarish  va  xaridlar,  ishlab 

chiqarish  sohasida  mijoz  buyurtmalari  bajarishda  ro’yxatga  olish,  xizmat  ko’rsatishni  

amalga oshirish uchun zarur bo’lgan korxona barcha resurslarini samarali rejalashtirish va 

boshqarish uslubiyotidir.     

Ikkinchidan,    savdo,  ishlab  chiqarish  va  xaridlar,  mijoz  buyurtmalarini  bajarilish 

jarayonlarini  ro’yxatga  olishni  amalga  oshirish  uchun  zarur  bo’lgan  korxona  barcha 

resurslarini samarali rejalashtirish va identifikatsiya qilish axborot tizimidir. 

ERP  tizimda  asosiy  atama      Enterprise  –  Korxona,  shundan  so’ng  –  resurslarni 

rejalashtirish  keladi.  ERP  tizimlarni  qo’llashdan  asosiy  maqsad  kompaniyaning  barcha 

funktsiya va bo’linmalarini alohida bo’limlarning xususiy zaruriyatlariga xizmat qiluvchi 

yagona kompyuter tizimiga birlashtirishdir.  

ERP-tizimlar – bu tadbirkorlik operatsiyalariga ishlov berish va majmuaviy hamda 

tezkor  (aniq  vaqt  lahzasiga)  rejalashtirish,  ishlab  chiqarish,  mijozlarga  xizmat 

ko’rsatishda  hamkorlik  qilish  uchun  yaratilgan  kompyuter  tizimidir.  Kompaniya  ERP  

tizimlarida mijozga “tashqi olam elementi” sifatida qaraladi va ahamiyatli ta’sir kuchiga 

ega  bo’lmaydi.  Boshqacha  aytganda,    ERP  –tizimlar  ichki  biznes-jarayonlarni 

optimallashtirish  hisobiga  raqobat  ustuligiga  erishishga  yo’naltiriladi.  ERP-tizimlar 

quyidagi tasniflarga ega bo’ladi: 

–  an’anaviy  va  internet-texnologiyalarga  asoslangan  mijoz-server  muhiti  uchun 

tayyor dasturiy ta’minot – majmua; 

–  bu tizim ko’plab biznes-jarayonlarni birlashtiradi; 

–  u  yordamida  tashkilot  tadbirkorlik  operatsiyalarining  katta  qismiga  ishlov 

beriladi; 

–  bunday  tizimlar  tashkilotning  barcha  ma’lumotlar  bazasidan  foydalanadi, 

ma’lumotlarni har bir namunaviy nusxasi, odatda, bir marta kiritiladi va saqlab qolinadi; 

–  bu tizimlar ma’lumotlarga joriy lahza tartibida kirishni ta’minlaydi; 

–  ayrim hollarda tizim ma’lumotlari tadbirkorlik operatsiyalariga ishlov berish va 

rejalashtirish bo’yicha  ishlarni  birlashtirishga  imkon  beradi  (masalan,  ishlab  chiqarishni 

rejalashtirish). 

Bundan tashqari, ko’p hollarda ERP-tizimlar: 

–  bir necha valyuta va tillarni quvvatlash (bu transnatsional kompaniyalar uchun 

o’ta muhim);  

–  aniq tarmoqlarni quvvatlash (masalan, neft va gaz tarmoqlari, sog’liqni saqlash, 

kimyoviy sanoat va bank ishi kabi ko’plab tarmoqlarni quvvatlaydi; 

–  qayta dasturlashtirilmasdan sozlanishlarga xususiyatliligi. 

ERP-tizimlarni joriy etish va foydalanishdagi ustunliklarni ko’rib chiqamiz. 



 


Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish