... ..
Interfeys: SCA (SDO), WSDL/SOAP, JMS/XML, RMI,.. SQL,
Korxona dasturiy ilovalari darajasidagi integratsiya. Ilova darajasidagi
integratsiya (Enterprise Application Integration — EAI) faqat integratsiyalangan
dasturning ichki ma’lumotlarini emas, balki amalga oshiriladigan koddan birga
foydalanishni nazarda tutadi. Dasturlar standartlashtirilgan dasturiy interfeyslar va
maxsus bog‘lanadigan DT yordamida integratsiyalashadigan komponentlarga bo‘linadi.
Bunday yondashuvda ushbu komponentlardan universal dasturiy yadro yoki
platforma yaratiladi va uning yordamida barcha ilovalar qo‘llaniladi. Har bir ilova uchun
ushbu yadro bilan bog‘lash uchun faqat bitta interfeys yaratiladi, bu Integratsiya
vazifasini sezilarli engillashtiradi. Natijada olingan tizimni ushlab turish va kengaytirish
osonroq. Shu munosabat bilan integratsiya texnologiyasi, bugun, nafaqat ilova
darajasidagi, balki biznes jarayon darajasidagi integratsiyani taqdim etadi. Bunday
vaziyatda jami korxona darajasidagi integratsiya haqida ham to‘xtalish mumkin
(Enterprise Integration Metodology — EIM). EIM uslubi zamonaviy texnologiya va
uskunalarda amalga oshiriladi, ular orasida, misol qilib, arxitektura xizmatiga
yo‘naltirilgan asosdagi integratsiya texnologiyasini ko‘rsatish zarur (Service-Oriented
Architecture — SOA). Bu shunday IS arxitekturaki, unda tizim geterogen (turlicha)
komponentlar (servislardan) to‘plamidan quriladi. Bunday arxitekturada asosiy
tushuncha “axborot xizmati” va “kompozitli ilova” hisoblanadi. SOAga asoslangan
arxitekturani qurish va joriy etish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit – bu servislarni
tasvirlashda yagona infrastruktura, kirishga ruxsat etilgan qarorlar va xabarlar qisqarishi,
xabarlar formatidan foydalanishdir. Bunday infratuzilma tizimning markaziy
komponentlaridan biri hisoblangan integratsion shinani (Enterprise Service Bus — ESB)
hosil qiladi (3.1.6-rasm). U integratsiyalashgan tizimlar tarkibiga kirgan turli
tizimlarning ilovalari o‘rtasida boshqaruv va axborot almashlash uchun yagona nashr
etish xizmatlari qoidalarini belgilaydi. Bu esa ilovalarni boshqarish va ularni ushlab
turishni osonlashtiradi, shuningdek, ilovalar va jarayonlarning parchalanish xavfini
pasaytiradi.
3.1.6. –rasm. SOA komponentlari kontseptsiyasi va EBS tuzilishining strukturasi
Biznes nuqtai nazaridan SOA arxitekturasini buyurtmachi, hamkor yoki
tashkilot ichidagi foydalanuvchilarga taklif etiladigan o‘zgaruvchan xizmatlar va
jarayonlar to‘plami sifatida taqdim etish mumkin. SHu nuqtai nazardan, bu xizmatlarni
keyinchalik ularni takomillashtirib va ekspluatatsiya qilib turli usulda birlashtirish va
jihozlash mumkin bo‘ladi. SOA-qarorlarini joriy etish bo‘yicha asosiy biznes maqsadlar
“loskutlilik”ni tugatishdan va ma’lumotlar hamda biznes funksiyalarni, shuningdek,
protseduralar, jarayonlar, o‘zgarmas arxitekturani takrorlashdan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: