O’zbekistonda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari
Reja
Inson va fuqaroning huquq va erkinliklari
Inson Huduqlari
Siyosiy huquq va erkinliklar
Inson va fuqaroning huquq va erkinliklari - insonga bekamu koʻst yashash imkoniyatini beruvchi va iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy sohalarda oʻz imkoniyat va talablarining amalga oshirilishini taʼminlovchi huquqiy maqom. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosidir. OʻzR Konstitutsiyasida qayd etilgan huquq va erkinliklar: qonunlarning mazmuni va qoʻllanilishiga hamda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hokimiyat faoliyatiga bevosita taʼsir koʻrsatadi; Oʻzbekistonning har bir fuqarosiga, uning jinsi, irqi, millati, tili, diniy eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, maslagi, shaxsiy va ijtimoiy ahvolidan qatʼi nazar, inson huquqlari va erkinliklari buzilmasligini, sud yoʻli bilan himoya qilinishini ka-folatlaydi. Konstitutsiya barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga asoslangan holda, oʻzgalarning huqukdariga hurmat bilan qarash tamoyillarini, oʻzgalarning qonuniy manfaatlarini, huquq va erkinliklarini buzish hisobiga oʻz huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarishga yoʻl qoʻyilmaslikka, ijtimoiy adolat va hamjihatlikni taʼminlashga qaratilgan. OʻzRda I. va f. h. va e. amalga oshirilishiga davlat kafolat beradi. Oʻz navbatida respublika hududida yashovchi shaxslar Konsti-tutsiyada taʼkidlangan huquq va erkinliklarga, xalqaro huquq meʼyorlariga rioya etishi zarur. Umum eʼtirof qilgan mazkur xalqaro meʼyoriy manbalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquklari umumjahon deklaratsi-yasi, Bola huquklari toʻgʻrisida konvensiya va OʻzR qoʻshilgan yana bir qator xalqaro hujjatlardir.
Inson Huduqlari barcha insonlarning umumbashariy va ajralmas huquqlari boʻlib, qaysidir davlatga, millatga, fuqarolikka yoki dinga tegishli boʻlmasin hamma uchun bir hildir. Bu huquqlar Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasiga asoslangan. Inson Huquqlari xalqaro koʻlamda amal qilinib, xalqaro qonunlar, dunyoviy va diniy muassasalar, hukumatlar siyosati va nodavlat tashkilotlari tomonidan dunyo siyosatiga juda ham katta taʼsir koʻrsatadigan doktrinadir. Inson Huquqlari bu insonlarga berilgan imtiyoz boʻlib u dunyoning koʻpchilik taraqqiy etgan mamlakatlarida qonunlar, konstitutsiyaviy qadriyatlar normalari yoki halqaro konventsiyalar orqali tan olingan.
Inson huquqlari - insonning davlat bilan munosabatidagi huquqiy maqomini, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkoni-yatlari hamda daʼvolarini tavsiflovchi tushuncha. Inson huquqlarini erkin va samarali tarzda amalga oshirish fuqarolik ja-miyati va huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biridir. Inson huquqlarini mutlaq va nisbiy Inson huquqlariga boʻlish qabul qilingan. Yashash huquqi, qiynoklarga, zoʻravonlikka, inson shaʼnini yerga uradigan boshqa xil muomalaga yoki jazoga duchor etilmaslik huquqi, shaxsiy hayotning daxlsizligi huquqi, shaxsiy va oilaviy sir saklash huquqi, oʻz shaʼni hamda yaxshi nomini himoya etish huquqi, vijdon erkinligi va dinga eʼtiqod qilish huquqi, shuningdek, sud tomonidan himoya qilinish va odil sudlov huquqi hamda shular bilan bogʻliq eng muhim protsessual huquqlar mut-laq Inson huquqlari sirasiga kiradi. Qolgan hamma Inson huquqlari nisbiy boʻlib, favqulodda yoki harbiy holat tartibi joriy qilingan vaziyatda cheklab yoki toʻxtatib qoʻyilishi mumkin. Demokratik davlatda mutlaq Inson huquqlarini har qanday vaziyatda ham cheklashga yoki vaqtincha toʻxtatishga (bekor qilishga) yoʻl qoʻyilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |