10- sinf
(haftasiga 2 soatdan, jami 68 soat; B2+: haftasiga 3 soatdan, jami-104 soat)
MS Excelda amallar va formulalar (19 soat, B1+: 18 soat)
Mazmun. Amallar va sodda ifodalarni hisoblash. Katakka murojaat:
nisbiy, absolyut va aralash murojaat, Murojaatdan foydalanib amal bajarishda nusxalashning afzalligi. Inson yashagan kunni hisoblash masalasi. Boshqa varaq yoki kitobga murojaat. MS Excelning funksiyalar kutubxonasi. Funksiya argumenti oynasi. Formulalar tasmasidan foydalanish. Blokni nomlashdan foydalanish. Funksiya nomini yozib joylashtirishda avtotanlash imkoniyati. Mantiqiy funksiyalar. Mustahkamlash uchun amaliy mashg‘ulot. Matematik funksiyalar. Ko‘paytma hisoblashga oid funksiyalar. Statistik funksiyalar. Mustahkamlash uchun amaliy mashg‘ulot. MS Excel yordamida ba’zi masalalarni yechish.
Do'stlaringiz bilan baham: |