2-Mavzu. Internet va Bulut: huquqiy xizmatlarni texnologik ta'minlash Reja: 1. Internetning huquqiy amaliyotga ta'siri.
2. Onlayn yuridik xizmat texnologiyalari.
3. Yuridik xizmatlarning o'ziga xos xususiyatlari.
4. Qonunchilik / adolatlilik, huquqiy axborot / xizmatlardan foydalanish.
5. O'zbekistonda yangi formatda yuridik xizmatlar ko'rsatish.
Internetning huquqiy amaliyotga ta'siri Hozirgi vaqtda o'quv jarayonida biz insoniyat tomonidan to'plangan bilimlarni talabalarga etkazishda muammolarga duch kelmoqdamiz. Huquqshunoslik ham bundan istisno emas. O'quv jarayonida, hech kimga siz emaski o'qituvchi-talaba zanjiri bo'ylab "ma'lumotlar" uzatilishiga ko'plab omillar ta'sir qilishi mumkin: eskirgan ma'lumot manbalaridan tortib, o'qituvchi tomonidan taqdim etilayotgan o'quv materialini zaruriy sifat darajasi yo'qligiga qadar. Bundan tashqari, yildan-yilga talabalarning o'rganilayotgan fanlarga qiziqishini saqlab qolish tobora qiyinlashmoqda. Bu bir qator sabablarga bog'liq: birinchidan, har bir talabaning bilim faoliyati bo'yicha o'z tajribasi va mashg'ulot vaqtida o'z rivojlanish darajasi bor, ikkinchidan, dunyo bir joyda turmaydi va shu bilan birga o'rganilayotgan fanlarga talabalarning qiziqishlari o'zgarib bormoqda.
XXI asr - kundan-kunga rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalari asri. Shunday qilib, so'nggi yillarda bizning jamiyatimiz tobora ko'proq axborotlashgan jamiyatga aylanib bormoqda, qaysindaki ishchilarning aksariyati ma'lumotlarni ayniqsa uning eng yuqori shakli - bilimni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va sotish bilan shug'ullanadi.
Zamonaviy axborot jamiyati har kuni ihtiyoriy huquqshunos foydalanib keladigan kutubxonalar, arxivlar va ma'lumotlar bazalari resurslarini optimallashtirish bilan birga yangi axborot resurslari shakillantirilmoqda. Bularning barchasi mamlakatda ta'lim tizimini isloh qilish, axborot jamiyatiga o'tish, yagona ta'lim elektron muhitini yaratishga qaratilgan yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish bilan bog'liq bo'lgan jahon ta'lim tizimiga integratsiyalashuvi bilan bog'liq. Bunday muhit "Internet" muhiti hisoblanadi.
O'z so'zimiz bilan aytganda, Internet - bu kompyuter yordamida olish mumkin bo'lgan juda katta ma'lumot. Internetda bizga kerakli ma'lumotlarni qidirib topish uchun maxsus dasturlar ixtiro qilingan.
Internet tomonidan taqdim etiladigan imkoniyatlar odatda Internet xizmatlari deb nomlanadi. WWW - World Wide Web (Butun jahon o'rgimchak to'ri) - eng mashhur Internet xizmatlaridan biri. WWW - bu tegishli ma'lumotlarni o'zaro bog'liq hujjatlar to'plami shaklida serverlarga joylashtirish texnologiyasidan foydalanadigan butunjahon axborot tizimi. WWW xizmati o'ziga xos xususiyatlari tufayli mashhur bo'ldi. Ushbu xizmatdagi har qanday ma'lumot WWW serverlarida veb-sahifalar deb nomlangan gipermatnli hujjatlar ko'rinishida saqlanadi. Ular HTML (Hyper Text Markup Language) tilida yoziladi va turli xil ma'lumotlarni o'z ichiga oladi: matn, grafika, audio va video, bu ma'lumotni yanada xilma-xil va foydalanuvchilar uchun yanada tushunarli qiladi. HTML hujjatlaridagi giperhavolalar ushbu hujjatning boshqa qismiga yoki Internetdagi har qanday serverda joylashgan boshqa hujjatga ishora qilishi mumkin. Bu hujjatlardan hujjatga o'tish orqali kerakli ma'lumotlarni osongina topish imkonini beradi, va o’z navbatida katta miqdordagi hujjatlar bilan ishlarga odatlangan har bir huquqshunos uchun zarurdir.
Internet kundan-kunga har qnday ishchi hodimni ish jarayoniga joriy etilayogan yangi manbaga aylandi, shu jumladan huquqiy soha vakillarini ham keng qamrab oldi. Huquqiy faoliyatda Internet resurslaridan samarali foydalanish har qanday huquqshunos faoliyatining yangi natijalariga erishish uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etadi. Axborot texnologiyalari to'g'ri tanlangan o'quv texnologiyalari bilan birgalikda zaruriy sifatni va individualligini yaratadi.