Har bir kishining Shaxsi uning individualligini vujudga keltiradigan xislatlar va fazilatlarning faqat unga xos birikuvidan tarkib topgandir. Individuallik o`ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. «Individ» va «Shaxs» tushunchalari bir biriga o`xshash bo`lmagani singari, o`z navbatida Shaxs va individuallik ham birlikni tashkil qiladi, lekin ular bir-biriga o`xshash emasdir. Muayyan sotsial birlik uchun yetakchi faoliyatga ko`proq darajada «jalb qilingan» individual fazilatlargina Shaxsning xususan o`ziga xos fazilatlari sifatida yuzaga chiqadi. Misol uchun epchillik va qat’iylik o`spirinning individualligi belgilari bo`lgani holda, jumladan u sportda tuman birinchiligiga da’vogar komandaga qo`shilmaguncha yoki uzoq joylarga turistik sayohat paytida u tezoqar va muzdek daryodan kechib o`tilishini ta’minlash vazifasini o`z zimmasiga olmagunga qadar uning Shaxsini ta’riflaydigan belgi sifatida yuzaga chiqmay keldi. Aynan shu sababli ham pedagog uchun ahamiyatli bo`lgan o`quvchiga individual yondoshishni amalga oshirish vazifasini ajratib ko`rsatish kerak. Bu esa o`quvchining differensial - psixologik xususiyatlari (xotirasi, diqqati, temperamenti, u yoki bu qobiliyatlarining rivojlanganligi va hokazo) ni hisobga olishni, ya’ni o`quvchining o`z tengdoshlaridan nimasi bilan farq qilishi va shu munosabat bilan tarbiyaviy ishni qanday tashkil etish kerakligini aniqlashni taqozo qiladi. - Har bir kishining Shaxsi uning individualligini vujudga keltiradigan xislatlar va fazilatlarning faqat unga xos birikuvidan tarkib topgandir. Individuallik o`ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. «Individ» va «Shaxs» tushunchalari bir biriga o`xshash bo`lmagani singari, o`z navbatida Shaxs va individuallik ham birlikni tashkil qiladi, lekin ular bir-biriga o`xshash emasdir. Muayyan sotsial birlik uchun yetakchi faoliyatga ko`proq darajada «jalb qilingan» individual fazilatlargina Shaxsning xususan o`ziga xos fazilatlari sifatida yuzaga chiqadi. Misol uchun epchillik va qat’iylik o`spirinning individualligi belgilari bo`lgani holda, jumladan u sportda tuman birinchiligiga da’vogar komandaga qo`shilmaguncha yoki uzoq joylarga turistik sayohat paytida u tezoqar va muzdek daryodan kechib o`tilishini ta’minlash vazifasini o`z zimmasiga olmagunga qadar uning Shaxsini ta’riflaydigan belgi sifatida yuzaga chiqmay keldi. Aynan shu sababli ham pedagog uchun ahamiyatli bo`lgan o`quvchiga individual yondoshishni amalga oshirish vazifasini ajratib ko`rsatish kerak. Bu esa o`quvchining differensial - psixologik xususiyatlari (xotirasi, diqqati, temperamenti, u yoki bu qobiliyatlarining rivojlanganligi va hokazo) ni hisobga olishni, ya’ni o`quvchining o`z tengdoshlaridan nimasi bilan farq qilishi va shu munosabat bilan tarbiyaviy ishni qanday tashkil etish kerakligini aniqlashni taqozo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |