O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi
191- guruh talabasi Quramboyeva To’xtajonning
Immunologiya fanidan
Mustaqil ishi
Mavzu: Immunologik tolerantlik
Topshirdi: Quramboyeva T
Qabul qildi: Yusupov H
Urganch-2020
Reja:
Immunologik tolerantlikning ochilish tarixi.
Tolerantlikning xujayraviy asoslari. “o’zinikiga” bo’lgan tolerantlik.
Allergik reaktsiya shakllari.
Tolerantlik yoki immunologik tolerantlik — barcha antigenlarga immunoreaktivlik xususiyatini saqlagan holda organizmning muayyan antigenga nisbatan immunologik javobining yoʻqolishi yoki susayishi. "Tolerantlik" termini ingliz olimi P. Medavar (1953) tomonidan koʻchirib oʻtqazilgan begona toʻqimaga nisbatan organizm immun sistemasi "chidamliligini" koʻrsatish maqsadida taklif etilgan. "Immunologik falajlik", "areaktivlik", "antigen ogʻirligi" kabi terminlar Tolerantlikning har xil shakllariga mos keladi. Sogʻlom organizmning immun tizimi oʻzining antigenlariga nisbatan tolerant boʻlishi tufayli organizm toʻqima va hujayralariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan antitelolarni ishlab chiqarmaydi. Homilaning alloantigenlarga nisbatan tolerantligining fiziologik holati homiladorlik paytida vujudga keladi, degan taxminlar mavjud. Qon hosil qiluvchi (plazmatik) hujayralarning ona qornida boʻladigan almashinuvlari natijasida har xil tuxumli egizaklarda ham qonning guruhlangan antigenlariga nisbatan oʻzaro fiziologik Tolerantlik paydo boʻlishi mumkin. Bakteriya va viruslarga nisbatan Tolerantlik latent, yaʼni yashirin infeksiya yuqqanida (masalan odamda zardobida gepatit virusi tushganda) kuzatiladi. Organ va toʻqimalar transplantatsiyasi (koʻchirib oʻtqazish) da transplantantning taqdiri retsipiyentda donorning gistooʻrindosh antigenlariga nisbatan hosil qilinayotgan Tolerantlikning qanchalik toʻliq va uzoq boʻlishi bilan aniqlanadi. Xususiy antigenlarga nisbatan Tolerantlikning buzilishi avtoimmun kasalliklarni keltirib chiqaradi
Tolerantlik toʻliq yoki immun javobning biron shakliga taalluqli boʻlishi mumkin (masalan antigenlar hosil qilish qobiliyatini yoʻqotganda hujayra immunitetini saqlab qolish) Tolerantlikning murakkab tabiati, bu holatni oʻrganish uchun tajribalar oʻtkazish vaqtida ochiladi. Immunokomponent hujayralar maʼlum klonlari hayot faoliyatining pasayishi yoki butunlay toʻxtashi natijasida qaytmas Tolerantlik vujudga kelishi kuzatilgan. Bunday holat immun sistema pishib yetilmagan davrda, ayniqsa, organizmga koʻp miqdorda antigenlar kiritilganda paydo boʻladi (homilaning ona qornida rivojlanishi davrida yoki bola tugʻilgandan keyingi dastlabki kunlarda).
Voyaga yetgan organizmlarda Tolerantlikni, ionlovchi nurlar yoki immunodepressantlar yordamida immunokomponent hujayralarni toʻliq boʻgʻish bilan vujudga keltirish mumkin. Organizmga kichik dozadagi eruvchan antigenlar kiritib, qaytar Tolerantlik hosil qilsa boʻladi. Bunday antigenlarning molekulalari limfotsitlar membranasiga joylashgan immunoglobulinlarning molekulalari bilan birikib, ularni toʻsib qoʻyadi, deb taxmin qilinadi Qaytar Tolerantlikni antigen-antitelo kompleksi ham hosil qiladi. Tolerantlik V limfotsitlar hamda fagotsitlarning immun javobini toʻxtatib turuvchi maxsus T-limfotsitlar mavjud. Bunday T-limfotsitlar (supressorlar) xususiy antigenlarga nisbatan fiziologik Tolerantlikni saqlab turishi mumkin. Antitelolarning bir meʼyorda hosil boʻlishini amalga oshiruvchi Tolerantlik shakli ham mavjud; bu jarayonda vujudga kelgan barcha antitelolar toʻqimalardagi antigenlar bilan bogʻlanadi. Tolerantlikni organizmga koʻp miqdorda antitelolar kiritish orqali ham hosil qilish mumkin. Bu antitelolar antigen molekulalarini limfotsitlarga yetkazmasdan ushlab qoladi yoki antigenni immunokomponent hujayralardan toʻsib turadi. Organizmning tashqi muhitning noqulay sharoitlariga chidashi ham Tolerantlik deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |