Reja: Immun tizimi. Immun tizimi a’zolari tasnifi. Organizmning fiziologik himoya tizimi


Timusning yoshga qarab va ba’zi hollarda o’zgarishi



Download 59,43 Kb.
bet8/10
Sana30.12.2021
Hajmi59,43 Kb.
#94441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
IMMUNOLOGIYA Yuldashev J

Timusning yoshga qarab va ba’zi hollarda o’zgarishi. Ayrisimon bez yosh bolalarda juda taraqqiy etgan bo’ladi. Tug’ilgandan to balog’at yoshiga yetguncha uning kattaligi va og’irligi ma’lum bir darajada saqlanib turadi. Jinsiy balog’at yoshiga kelib timusning og’irligi o’rtacha hisobda 37–40 g atrofida bo’ladi. 25–30 yoshdan keyin timusda aks taraqqiyot davri, ya’ni yoshga nisbatan kechadigan involutsiya boshlanadi. Bu jarayon ayniqsa timusning po’stloq zonasida yaqqol ifodalanadi. Bu zonada timotsitlar sononing kamayib borishi, retikuloepitelial hujayralar o’rnida yog’ hujayralarining paydo bo’lishi va makrofaglar sonining ko’payishi kuzatiladi. Involutsiya jarayoni mag’iz zonada ham sodir bo’ladi. Bu zonada ham yuqoridagidek timotsitlarning kamayishi, retikuloepitelial hujayralarning o’rnini yog’ to’qimasi eg’allashi ko’rinadi. Gassal tanachalari esa ancha paytgacha saqlanib qoladi. Shuni ta’kidlash kerakki, o’ta qarigan, ammo sog’ organizmda timusning faoliyati nisbatan sust saqlanib qoladi. 70–75 yoshlarga kelib timusning og’irligi faqat 5–6 g atrofida bo’ladi. Bunda bez parenximasining asosiy qismini yog’ to’qimasi tashkil etib, uning orasida juda kam miqdorda timotsitlar va retikuloepitelial hujayralar uchrashi mumkin.

 Kamdan-kam holatlardagina timusning yoshga nisbatan involutsiyasi bo’lmasligi mumkin. Bu holat “status thymicolymphaticus” deb atalib, timusda va boshqa periferik immun-himoya organlarida limfotsitlar sonining oshb ketishi bilan ifodaladi. Ko’pincha bu holat buyrak usti bezining po’stloq moddasi ishlaydigan glyukokortikoid gormonlarning yetishmovchiligi bilan birga kechadi. Garchi timusda limfotsitlar ko’p bo’lsada, ularning faoliyati to’liq bo’lmaydi, shuning uchun ham bunday odamlar mikroblar va zaharli moddalar ta’siriga juda chidamsiz bo’ladi.

Timusning yoshga nisbatan, asta-sekin kechadigan aks taraqqiyotidan tashqari, ba’zi bir holatlarda uning tez sodir bo’ladigan involusiyasi ham uchraydi. Bu jarayon aksidental (accidental – tasodifiy) involusiya deb atalib, turli xil o’ta kuchli salbiy ta’surotlar (og’ir jarohatlar, zaharlanish, haddan tashqari ochlik, radiatsiya, SPID virusi va hokazolar) natijasida ro’y berishi mumkin. Bunda timusda, ayniqsa uning po’stloq zonasida, timotsitlarning birdaniga ko’p miqdorda halok bo’lishi (timotsitoliz yoki limfotsitoliz) va ularning makrofaglar tomonidan fagotsitoz qilinishi kuzatiladi. Natijada, po’stloq va mag’iz zonalar orasida chegarani ajratib bo’lmaydi. Aksidental involutsiya davomida retikuloepitelial hujayralarda ham o’zgarishlar sodir bo’ladi. Ularning sitoplazmasi shishadi va yirik pufaklar bilan to’ladi. Aksidental involyutsiya jarayonida yuqorida qayd etilgan glyukokortikoid gormonlarning ahamiyati kattadir. Chunki bu jarayon doimiy ravishda shu gormonlar miqdorining keskin oshishi bilan birga kuzatiladi.

Shuni ta’kidlash lozimki, aksidental involutsiya o’zining qayta tiklanish imkoniyati bilan yoshga nisbatan kechadigan involutsiyadan keskin farqlanadi. Agar organizmga ko’rsatilgan salbiy ta’sirlar to’xtatilsa, timus o’zining oldingi holatiga qaytishi mumkin. Shu tufayli timusda bo’ladigan aksidental involutsiyani ko’ra bilish va uning oldini olish tibbiyot fani uchun muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir.

Shunday qilib, timus (ayrisimon yoki buqoq bezi) qizil suyak ko’migi bilan birgalikda qon yaratuvchi va immun-himoya organlarining markaziy qismini tashkil qilib, u T-limfotsitlar ishlab chiqarishi bilan bir qatorda immunitet jarayonlarini boshqarishda ham ishtirok etadi. Bundan tashqari, timusda qator biologik aktiv moddalarning ishlanib chiqishi uning endokrin faoliyati ancha taraqqiy etganligidan dalolat beradi.

IMMUNITET JARAYONLARINING MORFOLOGIK ASOSLARI

Keyingi 15–20 yil ichida immunologiya fani jadal taraqqiy etdi. Faoliyati bo`yicha bir-biridan keskin farq qiluvchi T- va B- limfotsitlarning topilishi, immun-himoya jarayonlarida mikromuhit hujayralarining salmoqli roli borligining aniqlanishi hamda bu jarayonlarni boshqarishda ishtirok etuvchi moddalarning ochilishi immunitet to`g`risidagi tushunchalarni tubdan o`zgartirdi.

 Klassik immunologiyaning asoschilari bo`lib Lui Paster va I. I. Mechnikovlar hisoblanadi. Bundan 30–40 yil avval klassik immunologiya organizmni faqat har xil yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikroblar va viruslardan himoya qilish mexanizmlarini o`rganish bilan cheklandi. Boshqacha qilib aytganda, immunologiya deganda tor doiradagi infeksiya immuniteti tushunib kelindi. Hozirgi zamon immunologiyasi nazariy va amaliy meditsinaning barcha sohalariga taalluqlidir. Bejiz emaski, u hozir turli xil kasalliklarda kuza-tiladigan immunitet yetishmovchiligini (immunodefitsitlarni) aniqlash va davolashda, har xil a’zolarni (yurak, buyrak, jigar va boshqalarni) ko`chirib o`tkazishda (transplantatsiya qilishda) tug`iladigan muammolarni yechishda ham keng qo`llanilmoqda. Immunologiyaning rivojlanishida – akademik P. B. Petrov hamda jumhuriyatimiz vakili professor P. M. Haitov va ularning shogirdlari qo`shgan hissalari juda katta. Immunitet jarayonlarida ishtirok etuvchi hujayralarning kelib chiqishi, tuzilishi, faoliyati hamda o`zaro muloqotda bo`lishini o`rganuvchi fan endilikda o`zida gistologiya va immunologiya elementlarini mujassamlashtirgan bo`lib, uni immunomorfologiya deb atash rasm bo`ldi. Bu fan oldiga qo`yilgan asosiy vazifalardan biri – organizmda kechadigan immun-himoya jarayonlarini ta’minlaydigan tuzilmalarni hujayra, to`qima, a’zolar va yagona sistema sohasida tadqiq qilishdir. Immunomorfologiyaning rivojlanishiga ittifoqimiz olimlari katta hissa qo`shmoqdalar. Bu o`rinda moskvalik olimlar – akademik M. R. Sapinni, professor N. A. Yurinani va Toshkent meditsina institutining gistologiya kafedrasi kollektivini ko`rsatib o`tish mumkin. Masalan, 1987 yili Toshkentda chop etilgan akademik K. A. Zufarov va professor K. R. To`xtayev qalamiga mansub «Immun sistema a’zolari» kitobi immunomorfologiya bo`yicha ilk asarlardan hisoblanadi. Ushbu bo`lim ko`p jihatdan ana shu kitobda berilgan dalillar asosida yozilgan.




Download 59,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish