Reja: Ilmiy natijalarni nashrga tayyorlash



Download 22,04 Kb.
Sana03.02.2022
Hajmi22,04 Kb.
#427083
Bog'liq
3-mavzu


3- MA’RUZA : Ilmiy ishni yuzaga chiqarish va hayotga tadbiq qilish. 

Reja:


Ilmiy natijalarni nashrga tayyorlash.

2. Dissertasiya va unga qo‘yiladigan talablar.

Magistrlik disserasiyasi, uning mazmuni va tarkibiy qismlari.

1. Ilmiy natijalarni nashrga tayyorlash.

Ilmiy materiallarni nashr qilish ilmiy xodim, ilmiy muassasa va korxona jamoasi tomonidan bajarilgan ilmiy tadqiqot va konstruktor tajriba ishlari natijalariga mualliflik xuquqini oshkora himoya qilish shakllaridan biri bo‘lib xisoblanadi. Nashr qilish oshkora yoki yopiq xolda amalga oshiriladi. Ochiq matbuotda muayyan talablarga zid bo‘lmagan hamda maxfiy bo‘lmagan ilmiy ishlar e’lon qiladi. 

Amaliy va nazariy jixatdan muxim xisoblangan va yangi olingan ilmiy natijalar monografiya, ilmiy maqola, ilmiy tadqiqot xisobotlari, ilmiy-texnik anjuman materiallari va tezislari shaklida nashr etiladi. 

Monografiya deb – ilmiy dunyoqarashi bir xil bo‘lgan bir yoki bir nechta muallif tomonidan muayyan bir muammo yoki mavzuni o‘rganishga bag‘ishlangan kitob shaklidagi ilmiy nashrga aytiladi. Ilmiy tadqiqot natijalari darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarda ham chop etilishi mumkin. 

Darslik deb – mazkur fanning o‘quv dasturidagi barcha materiallarni o‘zida to‘liq saqlagan va rasmiy instansiya tomonidan tasdiqlangan o‘quv nashriga aytiladi.

Darslik Davlat ta’lim Standarti va o‘quv dasturi aosida yaratilib, fanni to‘liq o‘zlashtirishga yo‘naltiriladi va undan turdosh ta’lim yo‘nalishlarida ham foydalanish mumkin. 

O‘quv qo‘llanmasi - darslikni ba’zan o‘rnini bosuvchi va unga qo‘shimcha bo‘luvchi o‘quv nashridir. 

O‘quv qo‘llanmasi aniq o‘quv dasturi asosida yaratilib, fan asoslarini chuqur o‘rganishni ta’minlaydi va ba’zi qismlarni chuqurrov yoritishga yoki mashqlar yechishga qaratiladi.

Ilmiy tadqiqot ishlarini nashr qilishda quyidagi bosqichlar amalga oshiriladi: 

Noshir talablarini o‘rganish.

Ilmiy ish mazmunini yozma ravishda to‘liq bayon qilish.

Ilmiy ish mazmunini patent sofligiga tekshirishi. 

Maqolani ekspertizadan o‘tkazish, yangilik yaratish usullarini yo‘qligini tekshirish.

Maqolaga tashqi taqriz olish.

Maqolani noshirga topshirish.

Nashrga tayyorlangan ilmiy material kirish qismidan, bayon etilayotgan ilmiy natijaning maxmunidan va olingan xulosalardan tashkil topadi. Agar ilmiy ish natijasida maqolani yozishda muallif boshqa tadqiqotchining ilmiy ishiga xavola qilgan bo‘lsa, ushbu ishlar adabiyotlar ro‘yxatida keltirilishi lozim. 

Ilmiy tadqiqot ishini bajarish jarayonida tadqiqotchi kashfiyot ochishi mumkin. Agar topilgan yangi g‘oya muallif tomonidan ilmiy asoslab berilsa, u kashfiyotga aylanadi. Kashfiyot ilmiy faoliyatning eng yuqori darajadagi namoyishidir. 

Kashfiyot ob’yektlari uch xil bo‘lishi mumkin:

Qurilma bo‘yicha kashfiyot

Usul bo‘yicha kashfiyot

Ishlab chiqarishga qo‘llash bo‘yicha kashfiyot.

Qurilma bo‘yicha kashfiyotlarga ma’lum konstruksiya vositalari, qurilmalarning uzel va detallari, ularning joylashishi va o‘lchamlariga tegishli yangiliklar kiradi. 

Usul bo‘yicha kashfiyotlar texnologik jarayonlar, vositalar, yechimlar va parametrlarga taalluqli bo‘ladi.

Ishlab chiqarishga qo‘llash bo‘yicha kashfiyotlar- ma’lum bir predmetni boshqa joyda boshqa maqsadda ishlatish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga oladi. 

Kashfiyotni ochish bu bajarilgan ilmiy ishning ichida eng taraqqiy etgan, o‘zida yangilikni saqlagan, ijobiy tomonlarga ega bo‘lgan va boshqalardan jiddiy farq qilgan elementni ajrata olish demakdir. Odatda kashfiyot ilmiy ishni ichida berkinib yotadi, muallif uni ocha bilishi kerak. Kashfiyotni ochish berilgan ob’yektlar guruxidagi umumiy, foydali va yangi tomonlarni topish va uni boshqa kashfiyotlardan farqini aniqlab, ijobiy tomonlarini ko‘rsatib berish demakdir. Kashfiyot natijasida muallif patent olish huquqiga ega. Odatda patentlar soni har bir mamlakatdagi undagi fan va texnikani rivojining ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. 


2. DISSERTASIYA VA UNGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

Dissertasiya deb – ilmiy kengash yoki DAK majlisida ochiq tarzda himoya qilinadigan ilmiy tadqiqotning maxsus shakliga aytiladi. 

U fan doktori, fan nomzodi va magistlik akademik darajasini olish maqsadida bajariladi. Dissertasiya tarkibiga tadqiqotchi tomonidan olingan ilmiy natijalar, ilmiy qoidalar va muallifni olim sifatida fanga qo‘shgan xissasi va sifatlari kiritilishi lozim. Dissertasiya ilm-fanning xozirgi zamon muammolarini yechishga, ilmiy texnik progressga va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi zarur. 

Dissertasiya mavvzusi muassasaning asosiy ilmiy ishlar rejasiga kiritiladi. Dissertasiya mavzusi Oliy Ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasining Ilmiy Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Bunda Ilmiy Kengash tadqiqotchining ilmiy jixatdan yetukligini, ishlab chiqarish va jamoat ishlaridagi folligini, kafedra, laboratoriya va bo‘lim tomonidan berilgan tavsiyanomani e’tiborga oladi.

Dissertasiyaga muallif tomonidan ta’riflangan ilmiy qonun va qoidalar kiritilib, ular nazariy jixatdan asoslangan va tajribalarda o‘z tasdig‘ini topgan bo‘lishi kerak. Dissertasiyada qo‘yilgan maqsad va vazifalar aniq bo‘lishi, masalaning xozirgi kungi xolatiga mos tushishi, taklif etilayotgan yechimlar jiddiy tarzda asoslanishi va tanqidiy jixatdan baholanishi talab etiladi. 

Dissertasiyaga olingan natijalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, xalq xo‘jaligida qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar ham kiritiladi. Texnika soxasidagi dissertasiyalarga taraqqiyparvar texnologik jarayonlarni o‘rganish va ishlab chiqish, yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan mashina va uskunalarni yaratish, yangi materiallarni olish, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va mexanizasiyalash, hamda texnikaning muxim nazariy muammolarini xal etish kabi vazifalar kiradi.

3. MAGISTRLIK DISSERTASIYASI UNING MAZMUNI VA TARKIBIY QISMLARI

Magistrlik dissertasiyasi - magistraturada ta’lim olayotgan talabaning yakunlovchi ishi xisoblanadi. Dissertasiya ishi talabaning o‘qish davrida egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajarilgan ilmiy tadqiqot ishining natijasidir. 

Dissertasiya ishi mavzulari talabalarga birinchi o‘quv yilining ikkinchi semestri (ikkinchi yarmi) boshlangandan keyin ikki xafta davomida taqdim etiladi.

Dissertasiya ishi mavzusi ishlab chiqarish, ta’lim, fan-texnika, shu jumladan, kimyoviy tetexnologiya, to‘qimachilik, mashinasozlik, yengil sanoat va matbaa, ijtimoiy soxalardagi ilg‘or va dolzarb masalalarga bag‘ishlanib, muayyan bir vazifani ilmiy yechimini topishga, ishlab chiqarishga, statistik ma’lumotlar taxliliga qaratilgan bo‘lishi shart. 

Magistrlik dissertasiyaning yakuni bo‘lib davlat kvalifikasiyasi attestasiyasi ya’ni magistrlik dissertasiyasi himoyasi hisoblanadi.

Magistrlik dissertasiyasini tayyorlash jarayonida talabalar:

ilmiy-tadqiqot izlanishlar olib borishi, kasbiy muammolarni ko‘ra olishi va ularni yechishning umumiy usullari va yo‘llarini o‘rganishi;

o‘quv jarayoni va ilmiy faoliyat davomida olingan axborotlarni ma’lumot va natijalar shaklida mujassamlashtira olishi;

tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslashi;

soha bo‘yicha yechilayotgan ilmiy-texnik, ilmiy tadqiqot masala xolatini taxlil qilishi;

ilmiy-texnika, texnik-iqtisodiy va boshqa talablarni shakllantirishi, qo‘yilgan masalani yechish uslublarini ko‘rib chiqishi va eng samarasini aniqlashi;

eng samarali, muqobil yechimni ilmiy, konstruktorlik, texnologik va texnik-iqtisodiy jixatdan asoslab berishi;

eng samarali, muqobil yechimning patentga loyiqligini aniqlashi va patent sofligiga tekshira olishi;

ilmiy-texnika masala yechimining natijalari bo‘yicha xulosalar va takliflarni shakllantirishi hamda ularni iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida qo‘llash imkoniyatini aniqlashi lozim.

Dissertasiya ishi tanlangan mavzuning ilmiy asosga va natijalarga ega bo‘lgan ilmiy yoki ilmiy-amaliy mazmundagi yakuniy malakaviy ishi hisoblanadi. 

Dissertasiya ishi shunday ko‘rinishda taqdim etilishi kerakki, toki uning asosida mazkur dissertasiya mazmuni qay darajada yoritilgan va asoslanganligini, uning yangiligini aniqlash oson bo‘lsin. 

Dissertasiya ishi bajarilishi, uning muallifi mustaqil ilmiy (amaliy) izlanish olib borgani, mukammal muammolarni topgani va ularni xal qilish yo‘llarini o‘rgangani haqida dalolat berishi kerak.

Magistrlik dissertasiyasining muallifi ishni bajarishda o‘zining ilmiy malakaviy darajasini, ayniqsa mustaqil ilmiy izlanishni olib borish va aniq ilmiy-texnik masalalarni hal etish bo‘yicha qobiliyatlarini namayon qila olishi kerak.

Magistrlik dissertasiyasi mantiqiy o‘ylangan reja asosida yoziladi. Mazkur reja muammo, tahlil va ilmiy-amaliy masalalarni hal etish yo‘llarini ifodalaydi.Xorijiy tajribalarni o‘rganish va yig‘ilgan materiallardan foydalanish asosida magistrant dissertasiyada qo‘yilgan masalalarni hal etish yo‘llarini, milliy ta’lim tizimi va iqtisodiyotning o‘ziga xos xususiyatlarini va tarmoq korxonalari muammolarini xisobga olgan holda aniq mantiqiy takliflar kiritadi.

Magistrlik dissertasiyasining mazmuni va tarkibi.

Dissertasiya ishining tarkibini ishlab chiqish magistrlik dissertasiyasining asosiy bosqichi bo‘lib hisoblanadi. Dissertasiya tarkibining to‘g‘ri tuzilishi magistrantga ilmiy izlanish, maqsad va vazifalarini aniq ifodalashni, qo‘yilgan maqsadga erishish usullari, yo‘llari va ob’yektlarini, hamda dissertasiya ishining bosqichlarini to‘g‘ri tayyorlashga imkoniyat beradi. Dissertasiya tarkibini ishlab chiqish uchun magistrant izlanish bo‘yicha dastlabki manbaalarni, adabiyotlarni, xorijiy ma’lumotlarni, mahalliy, ilmiy, statistik va boshqa tegishli manbaalarni mukammal o‘rganish lozim.

Tadqiqot loyihasi mutaxassislik kafedrasi yig‘ilishida muxokama qilinadi va dissertasiya mazmuni bo‘yicha kerakli taklif va mulohazalar beriladi.

Magistrlik dissertasiyasi tarkibi va tuzilishida quyidagilar qayd etiladi:

-dissertasiyaning sar varog‘i quyidagicha yoziladi (titul varog‘i, 1-ilova):

O‘ZR. OO‘MT Vazirligi, TTESI-shrift 14;

qo‘lyozma xuquqida-shrift 14;

UDK.... –shrift 14;

dissertasiya nomi-shrift 14;

avtor (magistrantning familiyasi va ismi sharifi)-shrift 14;

mutaxassislik shifri va nomi-shrift 14;

daraja, magistrantning familiyasi va ismi sharifi-shrift 14;

ilmiy raxbar-shrift 14.

- dissertasiyaning MUNDARIJAsi (2 ilova) 1-2 bet:

- KIRISH qismida mavzuni dolzarbligi, muammoning o‘rganilganlik darajasi, ilmiy yangilik, tadqiqotning maqsad va vazifalari, natijalarning xaqqoniyligi (eksperimental uslublar) va muqobilligi (natijalarga statistik ishlov berish), tadqiqot ob’yekti, predmeti, amaliy ahamiyati hamda dissertasiya ishining hajmi va strukturasi kiritiladi (3 ilova) 4-6 bet.

ADABIYOT SHARHI bobida berilgan muammoning zamonaviy xolati (ikki uch qismdan iborat bo‘lishi mumkin) 15-20 bet.

ESPERIMENTAL qismi tadqiqot ob’yekti va predmeti va eksperimental uslublarini tanlash va asoslash 5-10 bet.

OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING MUXOKAMASI bobi:

tadqiqot natijalarini taxlil qilish; tadqiqot jarayonlarni izohlash va eksperimental qurilma, texnologik sxemalarni taklif etish (3-5 qism, bo‘lim yoki paragraflardan iborat bo‘lishi mumkin) 30-35 bet.

XULOSA (xulosa, tavsiyalar va takliflar) 1-2 bet.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI-4-5 BET.

ILOVA:


Magistrant tomonidan bajarilgan ilmiy –tadqiqot ishlarining dastlabki, boshlang‘ich ma’lumotlar, avtomatik laboratoriya asbob-uskunalarning analizlari, diagrammalari, spektrlari, qo‘shimcha va yordamchi materiallar, sinov, qo‘llanilish, tatbiq etish dalolatnomalari, chop ettirilgan ilmiy maqola yoki tezislar to‘plamlarining kseronusxalari va shunga o‘xshash materiallar keltiriladi.

Magistrlik dissertasiyasi ilmiy ish sifatida davriy ilmiy jurnallardagi maqolalar qo‘yiladigan talablarga muvofiq rasmiylashtiriladi.

Sar varaq dissertasiyaning1-beti hisoblanadi va qat’iy belgilangan qoidalar asosida to‘ldiriladi (1 ilova). Sar varaqdan so‘ng dissertasiyada mundarija joylashtiriladi. Mundarijada dissertasiyaning boblari, paragraflari va boshqa bo‘limlari ko‘rsatiladi (2 ilova).

Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, dissertasiyada ko‘riladigan muammo, maqsad va vazifalar aks ettiriladi va quyidagi tartibda joylashtiriladi:

tadqiqot mavzusining dolzarbligi;

tadqiqotning maqsad va vazifalari;

tadqiqotning ilmiy yangiligi;

tadqiqot predmeti;

tadqiqot ob’yekti;

amaliy ahamiyati;

dissertasiya ishining xajmi va strukturasi;

imliy tadqiqot o‘tkazish uchun moddiy texnik baza (xom-ashyo, texnologik jihoz, apparatura va hokazo)ning mavjudligi e’tiborga olinadi.

Birinchi bobda mavzu va qo‘yilgan masalalardan kelib chiqib, adabiyot sharhi beriladi. Uning asosiy maqsadi qo‘yilgan masala qay darajada o‘rganilganligini aniqlashdan iboratdir.

Magistrant ilmiy-tadqiqot manbaalarini o‘rganayotganda qaysi muammo hal etilganligi yoki yechilmaganligi, hamda nimani yangidan o‘rganish kerakligini topmog‘i lozim. Buning uchun har bir manbaaga magistrant ilmiy-ijodiy va tanqidiy yondoshmog‘i kerak.

Adabiyot sharhi natijasida dissertasiya ishi maqsadi va vazifalari qayta aniqlanadi. Shuningdek tarkibiy hisobla, taxlillarga tayanib mavzuning dolzarbliligi asoslanib, pirovard maqsad va vazifalar belgilanadi.

Ikkinchi bob dissertasiyaning asosiy qismi bo‘lib, unda nazariy va amaliy masalalar yoritiladi. Qo‘llaniladigan materiallar uslubiyat, apparatura, uskunalar, tizimlar asoslanib batafsil yoritiladi.

Dastlabki axborot natijalari keltirilib o‘rganilgan manbaalardagi ma’lumotlar bilan qiyoslanib tahlil qilinadi yoki butunlay yangi natijalar (yangiliklar) olinganligi ta’kidlanadi.

Uchinchi bobda dastur asosida tajribalar, sinovlar, kuzatuv ishlari, tadqiqotning boshqa turlari aniq rejaga binoan standart yoki nostandart usulda o‘tkazilganligi bayon etiladi. Dastlabki natijalarni qayta ishlash standart yoki nostandart usullarda matematik statistika qoidalariga rioya qilinib, kompyuterda bajarilishi tavsiya etiladi.

Olingan natijalarning ishonchlilik darajasi matematik statistika mezonlari bilan kafolatlanadi.

Omillar, natijalar orasidagi bog‘lanish qonunlari klassik usullardan yoki kompyuterdagi dasturlardan foydalanib tuziladi va eksperimental (tajriba) natijalari nazariy qonuniyatlar bilan taqqoslanib tahlil qilinadi. Ular asosida tegishli o‘rganilayotgan ob’yekt, jarayon, mahsulot sifati, uslubiyatlar bo‘yicha xulosalar chiqariladi. Natijalar, grafik va jadvallar Davlat standarti talablari va qoidalariga rioya etgan holda rasmiylashtiriladi.

Xulosa. Dissertasiya ishida alohida boblar ham xulosa va takliflar bilan yakunlanadi, lekin uning asosiylari ishning “xulosa” bo‘limida jamlanadi. Bunda dissertasiya ishining “Olingan natijalar va ularning muxokamasi” bobidagi asoslangan ilmiy yangilik va yatuqlar aniq va ravshan yoritilishi lozim.

Magistrlik dissertasiyasini himoya qilishdan avval tadqiqot mavzusi bo‘yicha kamida bitta ilmiy maqola va mazkur yo‘nalish bo‘yicha kamida ikkita ilmiy-texnikaviy anjumanlarda ma’ruza bilan qatnashib, ma’ruza tezislari to‘plamida chop qilinishi tavsiya etiladi.

Dissertasiya hajmi va uni rasmiylashtirish qoidalari.

Magistrlik dissertasiyasi bo‘limlarini ketma-ketlikda bayonqilish va ularning bir-biriga uzviy bog‘liqlikda bo‘lishi asosiy talablardan biridir.

Dissertasiya boblarining mazmuni magistrlik izlanishining asosiy maqsadiga javob berishi kerak. Ketma-ketlikni buzuvchi material dissertasiyaga kiritilmaydi. Ayrim materiallar dissertasiya oxirida ilova sifatida alohida keltirilishi mumkin.

Magistrlik dissertasiyasi nashriyot amaliyotida qabul qilingan standartga muvofiq tikib muqovalangan bo‘lishi kerak.

Magistrlik dissertasiyasining umumiy xajmi 60-80 varaq matndan (ilovalardan tashqari) iborat bo‘lib, A4 (21x29) format qog‘ozga kompyuterda 1,5 intervalda, Times New Roman, 14 shriftda yozilgan bo‘lishi shart. Matnning chap tomoni 30mm, yuqori tomoni 2,5mm, o‘ng tomoni 1,5 mm va quyi tomonida 2,5mm bo‘sh maydon bo‘lishi kerak.

Betning tartib raqami sahifaning osti o‘rtasiga qo‘yiladi.


Tayanch so‘z va iboralir:

Ilmiy material, maqola, tezis, monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanma, kashfiyot, ixtiro, Dissertasiya, ilmiy- tadqiqot, ximoya, ilmiy qonun va qoidalar, magistrlik dissertasiya, adabiyotlar sharxi, ilova.

Mavzu yuzasidan nazorat savollari:

Ilmiy materiallarni nashr qilish deganda nimani tushunasiz?

Monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanma tushunchalariga izoh bering.

Kashfiyot va uning ob’yektlarini aytib bering.

Dissertasiya tushunchasiga izoh bering.

Dissertasiyaga qo‘yiladigan talablar.

Magistrlik dissertasiyasi haqida tushuncha bering.

Magistrlik dissertasiyasini tayyorlash jarayonida magistrantlar nimalarni bajaradi?

Magistrlik dissertasiyasining tarkibiy qismlarini sanab bering.

Magistrlik dissertasiyaning kirish qismida nimalar yoritiladi?

Adabiyotlar sharhiga nimalar kiradi?

Tavsiya etilayotgan adabiyotlar

Peregudov L.V., Saidov M.X., Aliqulov D.Ye. Ilmiy ijod metodologiyasi. –Toshkent: «Moliya» nashriyoti, 2002.

Peregudov L.. Metodologiya nauchnыx issledovaniy. – Tashkent, 2002 

Tojiyev M. va boshq. Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari. – T., 2001.

Gryaznov V.M. Metodologiya nauchnogo tvorchestva. – M.: RUDN, 2000.

Zakin Ya.X., Rashidov N.R. Osnovы nauchnogo issledovaniya. – T.: O‘qituvchi, 1981. – 208 s.

Kara-Murza S.G, Problemы intensifikasii nauki. Texnologiya nauchnыx issledovaniy. - M.: Nauka, 1989– 243 s.

Marchuk G.I. Gorizontы nauchnogo poiska. – M., 1986

Saifnazarov I., Nikitchenko G, Kasыmov B. Metodologiya nauchnogo tvorchestva. –T.: Yangi asr avlodi, 2004

http:www.geosities.com./tyaglo/ct/index.html.



www.casemethod 

Ruzaniya@ rambler.ru 



www.Ziyo.net.uz

Download 22,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish