Birinchi bosqich - Ma’lumotlar manbalarini aniqlash. Bu bosqichda tadqiqot mavzusiga oid yo‘nalishda chop etilgan ilmiy asarlar (monografiyalar), brashyuralar, jurnallarda chop etilgan maqolalar dissertatsiya ishlari va ularning avtoreferatlari, referativ jurnallar, ilmiy to‘plamlarda chop etilgan maqolalar internet saytlarida keltirilgan ma’lumotlar bilan tanishib chiqiladi. Tanishib chiqilgan ma’lumotlar manbalari va ularda tadqiqot mavzusiga oid masalalar bo‘yicha erishilgan yechimlar birlamchi ma’lumotlar kartochkasiga tushirilib ma’lumotlar kartotekasi shakllantiriladi. (1.1-jadval)
Do'stlaringiz bilan baham: |