REJA - Ilm sari yo`l
- Taqriz matni, uning tuzilishi va ifoda
- materialining xususiyatlari.
- Ilim — kishilarning tabiat jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan voqelik maʼlumotlar va i; ning inson tafakkurida aks etishi. Kundalik tasavvurimizda nimaning nima ekanligiga ishonsak va bu ishonchimiz biz odatlangan voqea va hodisalarga (qoidalarga) zid kelmasa bunday ishonch B. hisoblanadi. Voqelik haqidagi bilgan maʼlumotlarimiz B. darajasiga koʻtarilishi uchun quyidagi shartlarni
- qanoatlantirishi lozim: birinchidan, bu maʼlumotlarning voqelikka mutanosibligi; ikkinchidan, yetarli darajada ishonarli boʻlishi;
- uchinchidan, bu maʼlumotlar dalillar bilan asoslangan boʻlishi lozim. Uchala shart birgalikda mavjud maʼlumotlarni B. darajasiga olib chiqadi. Inson ijtimoiy taraqqiyot jarayonida bilmasliqdan bilishga, mavhum B.lardan mukammal va aniq B.lar hosil qilish tomon boradi.
- Kishining moddiy dunyo toʻgʻrisidagi B.i nisbiydir, u doimo rivojlanib boradi. B. kundalik tajriba, kuzatish orqali toʻplanadi. B.larni
- tadqiqetuvchi taʼlimot — epistemologiyada perseptiv (hissiy), hayotiy — kundalik (sogʻlom akl) va ilmiy B. shakllari ajratib koʻrsatiladi. Ilmiy adabiyotlarda B.larning ilmiy va ilmdan tashqari shakllari ham farq qilinadi. Ilmdan tashqari B.larga madaniyat, adabiyot, sanʼat, mifologiya, din va shahrik. sohalarga oid B.lar kiradi. Odatdagi fan sohalarida tadqiq etiladigan B.lar ekzoterik (koʻzga tashlanuvchan)
- B.lar deb atalsa, astrologiya, va shahrik. sohalarga oid B.lar ezoterik (pinhoniy) B.lar deyiladi. Ekzoterik B.lar ilmfan qoidalariga zid kelmaydigan boʻlsa, ezoterik B.lar bunday qoidalarga zid kelishi mumkin.
- Inson kuch-qudrati tafakkur va bilimda. U shunday kuchga ta’lim olish, o‘qib-o‘rganish orqali erishadi. Dunyo taraqqiyoti ham yuksak ilm sohiblari yaratgan ma’naviy xazina orqali yuksalib keladi. Bu haqiqat ko‘hna tarixda ming yillardan buyon o‘z isbotini topib kelayotir. Dunyo mamlakatlarining jadallik bilan rivojlanish bosqichida har qanday soha tayanchini, avvalo, bilim va tajriba tashkil etadi.
- Mustaqillikning ilk yillaridanoq respublikamizda ijtimoiy hayotning barcha jabhalari singari ta’lim sohasini tubdan isloh qilish davlat siyosatining ustuvor vazifasi sifatida qayd etildi. Bugungi kunda ta’lim tizimida juda katta ko‘lamda va keng miqyosda olib borilgan va izchil davom etayotgan o‘zgarishlar, islohotlar samarasi yaqqol namoyon bo‘lib turibdi.
- Ma’lumki, ushbu soha islohotlarining dastlabki bosqichida ikkita asosiy hujjat – O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va ushbu ikki qonun ta’lim sohasini normativ tartibga solish hamda ushbu sohadagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilishda muhim asos sanaladi. Endilikda guvohi bo‘lib turibmizki, ta’lim sohasida ijtimoiy kafolatlar qonunchilik bilan ta’minlanib, davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlab kelinmoqda. Bugungi kunda respublikamizda yosh avlodga uzluksiz ta’lim berish va uni tarbiyalash jarayonini qamrab oladigan yagona ta’lim majmuyi mavjud. Bunda ta’lim tizimining har bir bo‘g‘ini alohida o‘rin va mas’uliyatga ega.
- Mamlakatimiz milliy ta’lim tizimida maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’limni qamrab oluvchi yangi uzluksiz va izchil tizim samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, oliy ta’limining bakalavrlar va magistrlar tayyorlashni nazarda tutuvchi ikki bosqichli tizimi, doktorantura faoliyati, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim muassasalari bu boradagi islohotlarning samarasidir.
- Yangi milliy ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, yangi darsliklar va maxsus o‘quv qo‘llanmalari yaratish orqali ta’lim jarayonining mazmuni tubdan takomillashtirildi. Shunisi ayniqsa muhimki, ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlarida akademik litsey va kollejlar uchun zamon talablariga javob beradigan yangi toifadagi o‘qituvchilarni tayyorlash ishlari yo‘lga qo‘yildi. Ayni damda yurtimizda zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlash jarayoni rivojlanib bormoqda. Shuni alohida qayd etish joizki, ta’lim jarayonida ommaviy axborot vositalarining mavqeyi oshib, televideniye va radio ta’lim dasturlarining intellektuallashuvi ta’minlangan. Fan va ta’limning nashriyot bazasi rivojlantirildi, o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy, qomusiy adabiyotlar va ma’lumotnomalar bilan ta’minlashning barqaror tizimi shakllantirilmoqda.
- Albatta, ta’lim tizimi taraqqiyoti uchun barcha samarali, oqilona usullar va tizimlar tatbiq etilishi lozim. Shu ma’noda respublikamizda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni rivojlantirish yo‘li bilan ta’lim xizmati ko‘rsatishning raqobatga asoslangan bozori shakllantirildi. Ya’ni davlat va nodavlat ta’lim muassasalari faoliyati rivojlantirilib, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltirildi. Shu bilan birga, yurtimizda ta’lim oluvchilarga bir qator imtiyozlar berilgan.
- Xususan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, yoshlarning ta’lim olishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Jumladan, oliy ma’lumot olayotgan fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida oliy o‘quv yurtlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga 2001-2002-o‘quv yilidan bosh- lab to‘lash uchun tijorat banklari tomonidan ta’lim kreditlari berish amaliyotga joriy etildi.
- Shu bilan bir qatorda, xorijiy mamlakatlarning ta’lim muassasalarida tahsil olgan fuqarolarimiz uchun davlatimiz tomonidan katta imkoniyat yaratildi. Xususan, ularning xorij oliygohida olgan diplomi respublikamizdagi vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan tartibda nostrifikatsiya (ekvivalentligini qayd etish) qilinishi joriy etilgan. Ana shu bosqichdan o‘tgandan keyin ular mamlakatimizda o‘qishini davom ettirish yoki kasbiy faoliyat turi bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Shuningdek, umumta’lim maktablari o‘quvchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar olib borilmoqda. Jumladan, birinchi sinf o‘quvchilarini, “Mehribonlik” uylari, maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar tarbiyalanuvchilarini, shuningdek, kam
- ta’minlangan oilalarning bolalarini darsliklar hamda boshqa o‘quv qo‘llanmalari bilan bepul ta’minlash tizimi joriy etilgan. O‘rta max- sus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qiyotgan hamda to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni moddiy ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratib kelinadi.
- Kelajak bugungi kundan, bugungi oydin rejalar va amaliy qadamlarimizdan boshlanadi. Ana shunday jarayonda yosh avlod ta’lim- tarbiyasi oliy maqsadga aylangan. Ta’lim sohasida ijtimoiy kafolatlarning huquqiy jihatdan ta’minlanishi va davlatimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ana shu ezgu niyatning ro‘yobga chiqishiga xizmat qiladi.
- “Har ishki qilmish odamizot, tafakkur birla bilmish odamizot”. She’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiyning ushbu teran ma’noli
- satrlarida bashariyat taraqqiyoti uchun bilim nechog‘lik ulkan ahamiyatga ega ekani haqidagi haqiqat mujassamdir. Insoniyat tomonidan necha asrlar davomida to‘plangan bilim va orttirilgan tajriba bugungi hamda kelajak avlodlarning bebaho boyligi, ulkan ma’naviy hamda madaniy merosi hisoblangan kitoblarda jamlangan. Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik axborot va madaniyat markazi bo‘lgan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ushbu intellektual boylikning noyob xazinasi hisoblanadi.
- Xalqimiz azaldan kitobni bilim va ma’naviyatning bebaho manbai sifatida qadrlab kelgan. Istiqlol yillarida ushbu xayrli an’ana yangi, yanada teran ma’no-mazmun bilan boyitildi. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan xalqimizning ma’naviy, ilmiy va madaniy salohiyatini asrab-avaylash hamda yanada rivojlantirish, shu asosda yosh avlodni tarbiyalash demokratik davlat va jamiyat qurish yo‘lidagi muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilab berildi. Shu sababli davlatimiz rahbari axborot-kutubxona muassasalari, birinchi navbatda, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milily kutubxonasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
- Prezidentimizning tashabbusi bilan 2011 yili poytaxtimizda “Ma’rifat markazi” kompleksi barpo etildi. Undan O‘zbekiston xalqiga Vatanimiz mustaqilligining 20 yilligiga munosib sovg‘a bo‘lgan Milliy kutubxona ham joy oldi. Eng ilg‘or texnologiyalar asosida qad rostlagan ushbu noyob kompleks mamlakatimizda jamiyatimizda ma’naviyatning o‘rnini yuksaltirish, ma’rifatni rivojlantirishga
- nechog‘li ulkan e’tibor qaratilayotganining yana bir yorqin tasdig‘idir.
- Taqriz (arab. — ijobiy baho) — adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiyommabop asar taxlili. T.da asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda koʻtarilgan muammolar, asarning gʻoyaviybadiiy xususiyatlari, muallif ijotsida,
- adabiyotda tutgan oʻrni xaqida maʼlumot boʻladi; asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. T. asosan keng kitobxonlar ommasi uchun moʻljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab olishga koʻmaklashadi. Ichki T. ham boʻladi. Mac, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiyommabop asar ichki T.ga beriladi, birok, bu T. matbuotda eʼlon qilinmaydi.
- Rus tanqidchiligi tarixida T.ning rivojida V.G. Belinskiyning roli katta. U T.ni haqiqiy sanʼat darajasiga koʻtardi. T. badiiy asar haqida shunchaki maʼlumot beruvchi janr darajasidan adabiy hayotning muhim masalalarini koʻtaruvchi, kitobxonni hayot va adabiyot haqida oʻylashga oʻrgatuvchi, uning estetik didini tarbiyalashga yordam beruvchi janrga aylanadi. T. xarakteriga koʻra xilmaxil boʻladi. Mac, kengaytirilgan annotatsiya tipidagi T.da asar haqida bibliografik maʼlumot beriladi. Tanqidiy yoki publitsistik maketa T. larida konkret asar munosabati bilan biron muhim masala haqida fikr yuritiladi. Esse (adabiy oʻylar) xarakteridagi T.da taqrizchi oʻz fikrtuygʻularini, asarni oʻqish jarayonida hosil boʻlgan taassurotlarini lirik tarzda ifodalaydi. Nihoyat, muallif oʻz asariga ham T. yozishi mumkin (avtotaqriz). Bunda muallifning asarga qarashlari bayon qilinadi yoki u biron munosabat bilan munozaraga kirishadi.
- Oʻzbek adabiyotida T. 20-a. boshlarida vaqtli matbuot bilan teng rivojlana boshlagan. Endilikda T. oʻzbek adabiy tanqidchiligining eng muhim janrlaridan boʻlib qoldi. Oybek, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, Gʻafur Gʻulom kabi yozuvchilar, O.Hoshimov, S.Husayn, Olim Sharafiddinov, V.Zohidov, I.Sultonov, H.Yoqubov, M. Qoʻshjonov, Ozod Sharafiddinov, U.Normatov, N. Xudoyberganov, I.Haqqulov va boshqa olimlar oʻzbek adabiy hayotida chuqur iz qoldirgan T.lar yaratdilar.
- Adabiy jarayonda paydo bo‘lgan yangi asarni birinchi bo‘lib baholaydigan hozirjavob taqriz janrida ilmiy-estetik tahlil ixcham, siqiq shaklda, ommaga tushunarli tarzda o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun taqriz birgina asar tahlili orqali adabiy jarayondagi yangi tamoyillarni baholay oladigan xususiyatga ega. Taqriz muayyan asarning tahlili orqali ijodkorning hayot haqiqatini to‘g‘ri yorita olganligi, kitobxonga badiiy asarning qanday bo‘lishi haqida tasavvur bera oladi.
- Bugungi adabiy jarayonda ham taqrizchilik ma’lum darajada rivojlanib bormoqda. Ammo u qay darajada taraqqiy etmoqda, bu sohada qanday yutuq va nuqsonlarga yo‘l qo‘yilmoqda degan savollar tug‘ilishi, tabiiy. Shu jihatdan, 2006–2009 yillar oralig‘ida “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida bosilgan ayrim taqrizlarni ko‘zdan kechirdik. Mustaqillikning dastlabki davrlarida taqrizlar ko‘pincha “Kitobingizni o‘qidim”, “Doimiy hamroh”, “Nigoh”, “Va’da” ruknlari, ba’zan esa to‘g‘ridan to‘g‘ri “Taqriz” rukni ostida bosilar edi.
- Keyingi yillarni kuzatganda, “Nigoh” va “Va’da” ruknlari kam ko‘rinadi. “Doimiy hamroh” ruknida esa taqrizdan ko‘ra, yangi kitob haqida ma’lumotnomalar berilmoqda.
- “Kitobingizni o‘qidim” ruknida bosilayotgan taqrizlar rang-barangligi bilan e’tiborni tortadi. “Tuyg‘ular musavviri” deb nomlangan taqriz (2008, №41) shoir Tursun Alining “Oy yaprog‘i” to‘plamiga bag‘ishlangan. U o‘quvchi diqqatini tortadigan so‘zlar bilan boshlanadi: “Sokin kuz oqshomida oyning ko‘kdan ming bir hayoda anhorga inganini va suv betida iymanibgina yuzaganini
- ko‘rganmisiz?”. Taqrizchi Sh. Subhon modern she’rlari bilan o‘zbek she’riyatida o‘z o‘rniga ega shoirning she’rlaridagi o‘ziga xoslikni ochib bera olgan, tahlillardan o‘quvchi qoniqadi. Shu bilan birga, to‘plamning kamchiliklari ham ko‘rsatilgan. Ijodkor keyingi
- she’rlarida bu nuqsonlarni takrorlamaslikka harakat qiladi, deb o‘ylaymiz. Haqiqatan ham samimiy dil izhorlaridan iborat taqriz o‘quvchini “dilkashu dardkash shoir bilan suhbat”ga chorlay oladi. Uni o‘qigan o‘quvchi shoir she’rlariga xolislik bilan berilgan bahodan shunday xulosa chiqaradi.
- A. Ko‘chimovning “Ko‘zlarimning qarog‘idasan” she’riy to‘plamiga adabiyotshunos Q. Qahramonov taqriz yozgan (2006,
- №49).”Sermavj tuyg‘ular” deb atalgan taqrizda shoir she’rlaridan eng saralari tahlilga tortilgan. Shuning uchun shoirning bu to‘plami o‘quvchida qiziqish uyg‘ota oladi, ammo to‘plamning kamchiliklari haqida fikr yuritilmagan.
- Taqrizning vazifasi, u yoki bu janrdagi badiiy asarning tahlili orqali uning adabiy jarayon va yozuvchi ijodidagi o‘rnini aniqlash, yutuq va kamchiligini ko‘rsatish, fikrini isbotlash va baholashdan iborat. Yangi asarni birinchi bo‘lib baholaydigan taqrizda ilmiy-estetik tahlil ixcham, siqiq shaklda, ommaga tushunarli tarzda o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun taqriz ayrim tanqidchilar aytayotganidek, faqat “kutib oluvchi janr” emas. Balki u bir asar tahlili orqali adabiy jarayondagi yangi tamoyillarni ko‘rsatadigan, uning yozuvchi ijodida tutgan o‘rnini tezlik bilan baholay oladigan estetik xususiyatga ega. S. Sayyidning “So‘z yo‘li” ikki jildli saylanmasiga shoir Mahmud Toirning (2009, №14) “Yog‘du ichra gullagan so‘z” deb nomlangan taqrizida buni ko‘rish mumkin. Taqrizchi, eng avvalo, she’rdan olgan taassurotlarini ifodali tarzda bayon etadi. Taqriz sarlavhani izohlash bilan boshlanadi: “Yog‘du ichra gullagan so‘z – she’r bo‘ladi. Bunday she’rning mazasi dardingga malham bo‘ladi… She’rdagi otash – so‘zdagi otash. Ochiq ko‘z bilan otashga o‘zini otgan odam – shoir bo‘ladi”. She’rdan ta’sirlangan bunday qalb izhorlarini o‘qigan kitobxon beixtiyor shoir she’rlariga qiziqib qolganini sezadi.
- Taqrizda “Saylanma”ning mundarijasi haqida so‘z yuritilmaydi, balki S. Sayyid she’rlari o‘ziga xos sharhlanadi, tahlil etiladi, shu orqali baholanadi. Shoir uslubining o‘ziga xos tomonlari ochiladi. Masalan: “Sirojiddin siylagan so‘zlarning bittasi – ayvon…”. (Keyin ayvon so‘zi izohlanadi – Sh. A.) “Uyingizning ayvoni – umringizning ayvoni… Shoir bejizga “Onam ayvonidan keldingmi, bahor?” deya entikmaydi. Yoki ota uyining devorlarini
Do'stlaringiz bilan baham: |