Reja ilm sari yo`l Taqriz matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari



Download 276,57 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana01.01.2022
Hajmi276,57 Kb.
#293401
  1   2
Bog'liq
E953AovvKLyyqJDtsysNSyVSyHMXKlTLl9az4sgx



REJA

1. Ilm sari yo`l

2.Taqriz matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari.


Ilim

— kishilarning tabiat jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan voqelik maʼlumotlar va i; ning inson tafakkurida aks etishi. Kundalik 

tasavvurimizda nimaning nima ekanligiga ishonsak va bu ishonchimiz biz odatlangan voqea va hodisalarga (qoidalarga) zid kelmasa 

bunday ishonch B. hisoblanadi. Voqelik haqidagi bilgan maʼlumotlarimiz B. darajasiga koʻtarilishi uchun quyidagi shartlarni 

qanoatlantirishi lozim: birinchidan, bu maʼlumotlarning voqelikka mutanosibligi; ikkinchidan, yetarli darajada ishonarli boʻlishi; 

uchinchidan, bu maʼlumotlar dalillar bilan asoslangan boʻlishi lozim. Uchala shart birgalikda mavjud maʼlumotlarni B. darajasiga olib 

chiqadi. Inson ijtimoiy taraqqiyot jarayonida bilmasliqdan bilishga, mavhum B.lardan mukammal va aniq B.lar hosil qilish tomon boradi. 

Kishining moddiy dunyo toʻgʻrisidagi B.i nisbiydir, u doimo rivojlanib boradi. B. kundalik tajriba, kuzatish orqali toʻplanadi. B.larni 

tadqiqetuvchi taʼlimot — epistemologiyada perseptiv (hissiy), hayotiy — kundalik (sogʻlom akl) va ilmiy B. shakllari ajratib koʻrsatiladi. 

Ilmiy adabiyotlarda B.larning ilmiy va ilmdan tashqari shakllari ham farq qilinadi. Ilmdan tashqari B.larga madaniyat, adabiyot, sanʼat, 

mifologiya, din va shahrik. sohalarga oid B.lar kiradi. Odatdagi fan sohalarida tadqiq etiladigan B.lar ekzoterik (koʻzga tashlanuvchan) 

B.lar deb atalsa, astrologiya, va shahrik. sohalarga oid B.lar ezoterik (pinhoniy) B.lar deyiladi. Ekzoterik B.lar ilmfan qoidalariga zid 

kelmaydigan boʻlsa, ezoterik B.lar bunday qoidalarga zid kelishi mumkin.

Inson kuch-qudrati tafakkur va bilimda. U shunday kuchga ta’lim olish, o‘qib-o‘rganish orqali erishadi. Dunyo taraqqiyoti ham yuksak

ilm sohiblari yaratgan ma’naviy xazina orqali yuksalib keladi. Bu haqiqat ko‘hna tarixda ming yillardan buyon o‘z isbotini topib kelayotir. 

Dunyo mamlakatlarining jadallik bilan rivojlanish bosqichida har qanday soha tayanchini, avvalo, bilim va tajriba tashkil etadi.

Mustaqillikning ilk yillaridanoq respublikamizda ijtimoiy hayotning barcha jabhalari singari ta’lim sohasini tubdan isloh qilish davlat

siyosatining ustuvor vazifasi sifatida qayd etildi. Bugungi kunda ta’lim tizimida juda katta ko‘lamda va keng miqyosda olib borilgan va

izchil davom etayotgan o‘zgarishlar, islohotlar samarasi yaqqol namoyon bo‘lib turibdi.



Ma’lumki, ushbu soha islohotlarining dastlabki bosqichida ikkita asosiy hujjat – O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va

“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va ushbu ikki

qonun ta’lim sohasini normativ tartibga solish hamda ushbu sohadagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilishda muhim asos sanaladi.

Endilikda guvohi bo‘lib turibmizki, ta’lim sohasida ijtimoiy kafolatlar qonunchilik bilan ta’minlanib, davlat tomonidan qo‘llab-

quvvatlab kelinmoqda. Bugungi kunda respublikamizda yosh avlodga uzluksiz ta’lim berish va uni tarbiyalash jarayonini qamrab

oladigan yagona ta’lim majmuyi mavjud. Bunda ta’lim tizimining har bir bo‘g‘ini alohida o‘rin va mas’uliyatga ega.

Mamlakatimiz milliy ta’lim tizimida maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv

yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’limni qamrab oluvchi yangi

uzluksiz va izchil tizim samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, oliy ta’limining bakalavrlar va magistrlar tayyorlashni

nazarda tutuvchi ikki bosqichli tizimi, doktorantura faoliyati, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim

muassasalari bu boradagi islohotlarning samarasidir.

Yangi milliy ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, yangi darsliklar va maxsus o‘quv qo‘llanmalari yaratish orqali ta’lim

jarayonining mazmuni tubdan takomillashtirildi. Shunisi ayniqsa muhimki, ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlarida akademik litsey va

kollejlar uchun zamon talablariga javob beradigan yangi toifadagi o‘qituvchilarni tayyorlash ishlari yo‘lga qo‘yildi. Ayni damda

yurtimizda zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot bilan

ta’minlash jarayoni rivojlanib bormoqda. Shuni alohida qayd etish joizki, ta’lim jarayonida ommaviy axborot vositalarining mavqeyi

oshib, televideniye va radio ta’lim dasturlarining intellektuallashuvi ta’minlangan. Fan va ta’limning nashriyot bazasi rivojlantirildi, 

o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy, qomusiy adabiyotlar va ma’lumotnomalar bilan ta’minlashning barqaror tizimi shakllantirilmoqda.






Albatta, ta’lim tizimi taraqqiyoti uchun barcha samarali, oqilona usullar va tizimlar tatbiq etilishi lozim. Shu ma’noda respublikamizda

ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni rivojlantirish yo‘li bilan ta’lim xizmati ko‘rsatishning raqobatga asoslangan bozori

shakllantirildi. Ya’ni davlat va nodavlat ta’lim muassasalari faoliyati rivojlantirilib, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobatga

asoslangan muhit vujudga keltirildi. Shu bilan birga, yurtimizda ta’lim oluvchilarga bir qator imtiyozlar berilgan. 

Xususan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, yoshlarning ta’lim olishi uchun yanada keng

imkoniyatlar yaratilmoqda. Jumladan, oliy ma’lumot olayotgan fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida oliy

o‘quv yurtlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga 2001-2002-o‘quv yilidan bosh-

lab to‘lash uchun tijorat banklari tomonidan ta’lim kreditlari berish amaliyotga joriy etildi.

Shu bilan bir qatorda, xorijiy mamlakatlarning ta’lim muassasalarida tahsil olgan fuqarolarimiz uchun davlatimiz tomonidan katta

imkoniyat yaratildi. Xususan, ularning xorij oliygohida olgan diplomi respublikamizdagi vakolatli davlat organlari tomonidan

belgilangan tartibda nostrifikatsiya (ekvivalentligini qayd etish) qilinishi joriy etilgan. Ana shu bosqichdan o‘tgandan keyin ular

mamlakatimizda o‘qishini davom ettirish yoki kasbiy faoliyat turi bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Shuningdek, umumta’lim

maktablari o‘quvchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar olib borilmoqda. Jumladan, birinchi

sinf o‘quvchilarini, “Mehribonlik” uylari, maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar tarbiyalanuvchilarini, shuningdek, kam

ta’minlangan oilalarning bolalarini darsliklar hamda boshqa o‘quv qo‘llanmalari bilan bepul ta’minlash tizimi joriy etilgan. O‘rta max-

sus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qiyotgan hamda to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan

bolalarni moddiy ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratib kelinadi.



Kelajak bugungi kundan, bugungi oydin rejalar va amaliy qadamlarimizdan boshlanadi. Ana shunday jarayonda yosh avlod ta’lim-

tarbiyasi oliy maqsadga aylangan. Ta’lim sohasida ijtimoiy kafolatlarning huquqiy jihatdan ta’minlanishi va davlatimiz tomonidan

qo‘llab-quvvatlanishi ana shu ezgu niyatning ro‘yobga chiqishiga xizmat qiladi.

“Har ishki qilmish odamizot, tafakkur birla bilmish odamizot”. She’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiyning ushbu teran ma’noli

satrlarida bashariyat taraqqiyoti uchun bilim nechog‘lik ulkan ahamiyatga ega ekani haqidagi haqiqat mujassamdir. Insoniyat tomonidan 

necha asrlar davomida to‘plangan bilim va orttirilgan tajriba bugungi hamda kelajak avlodlarning bebaho boyligi, ulkan ma’naviy 

hamda madaniy merosi hisoblangan kitoblarda jamlangan. Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik axborot va madaniyat markazi 

bo‘lgan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ushbu intellektual boylikning noyob xazinasi hisoblanadi.

Xalqimiz azaldan kitobni bilim va ma’naviyatning bebaho manbai sifatida qadrlab kelgan. Istiqlol yillarida ushbu xayrli an’ana yangi, 

yanada teran ma’no-mazmun bilan boyitildi. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan xalqimizning ma’naviy, ilmiy va madaniy 

salohiyatini asrab-avaylash hamda yanada rivojlantirish, shu asosda yosh avlodni tarbiyalash demokratik davlat va jamiyat qurish

yo‘lidagi muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilab berildi. Shu sababli davlatimiz rahbari axborot-kutubxona muassasalari, 

birinchi navbatda, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milily kutubxonasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor 

qaratib kelmoqda.

Prezidentimizning tashabbusi bilan 2011 yili poytaxtimizda “Ma’rifat markazi” kompleksi barpo etildi. Undan O‘zbekiston xalqiga 

Vatanimiz mustaqilligining 20 yilligiga munosib sovg‘a bo‘lgan Milliy kutubxona ham joy oldi. Eng ilg‘or texnologiyalar asosida qad 

rostlagan ushbu noyob kompleks mamlakatimizda jamiyatimizda ma’naviyatning o‘rnini yuksaltirish, ma’rifatni rivojlantirishga 

nechog‘li ulkan e’tibor qaratilayotganining yana bir yorqin tasdig‘idir.




Taqriz

(arab. — ijobiy baho) — adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiyommabop asar taxlili. T.da asarning

bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda koʻtarilgan muammolar, asarning gʻoyaviybadiiy xususiyatlari, muallif ijotsida, 

adabiyotda tutgan oʻrni xaqida maʼlumot boʻladi; asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. T. asosan

keng kitobxonlar ommasi uchun moʻljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab olishga koʻmaklashadi. Ichki T. ham 

boʻladi. Mac, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiyommabop asar ichki T.ga beriladi, birok, bu T. matbuotda eʼlon qilinmaydi.

Rus tanqidchiligi tarixida T.ning rivojida V.G. Belinskiyning roli katta. U T.ni haqiqiy sanʼat darajasiga koʻtardi. T. badiiy asar haqida

shunchaki maʼlumot beruvchi janr darajasidan adabiy hayotning muhim masalalarini koʻtaruvchi, kitobxonni hayot va adabiyot haqida

oʻylashga oʻrgatuvchi, uning estetik didini tarbiyalashga yordam beruvchi janrga aylanadi. T. xarakteriga koʻra xilmaxil boʻladi. Mac, 

kengaytirilgan annotatsiya tipidagi T.da asar haqida bibliografik maʼlumot beriladi. Tanqidiy yoki publitsistik maketa T. larida konkret

asar munosabati bilan biron muhim masala haqida fikr yuritiladi. Esse (adabiy oʻylar) xarakteridagi T.da taqrizchi oʻz fikrtuygʻularini, 

asarni oʻqish jarayonida hosil boʻlgan taassurotlarini lirik tarzda ifodalaydi. Nihoyat, muallif oʻz asariga ham T. yozishi mumkin

(avtotaqriz). Bunda muallifning asarga qarashlari bayon qilinadi yoki u biron munosabat bilan munozaraga kirishadi.

Oʻzbek adabiyotida T. 20-a. boshlarida vaqtli matbuot bilan teng rivojlana boshlagan. Endilikda T. oʻzbek adabiy tanqidchiligining eng

muhim janrlaridan boʻlib qoldi. Oybek, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, Gʻafur Gʻulom kabi yozuvchilar, O.Hoshimov, S.Husayn, Olim

Sharafiddinov, V.Zohidov, I.Sultonov, H.Yoqubov, M. Qoʻshjonov, Ozod Sharafiddinov, U.Normatov, N. Xudoyberganov, I.Haqqulov va

boshqa olimlar oʻzbek adabiy hayotida chuqur iz qoldirgan T.lar yaratdilar.



Adabiy jarayonda paydo bo‘lgan yangi asarni birinchi bo‘lib baholaydigan hozirjavob taqriz janrida ilmiy-estetik tahlil ixcham, siqiq

shaklda, ommaga tushunarli tarzda o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun taqriz birgina asar tahlili orqali adabiy jarayondagi yangi

tamoyillarni baholay oladigan xususiyatga ega. Taqriz muayyan asarning tahlili orqali ijodkorning hayot haqiqatini to‘g‘ri yorita

olganligi, kitobxonga badiiy asarning qanday bo‘lishi haqida tasavvur bera oladi.

Bugungi adabiy jarayonda ham taqrizchilik ma’lum darajada rivojlanib bormoqda. Ammo u qay darajada taraqqiy etmoqda, bu sohada

qanday yutuq va nuqsonlarga yo‘l qo‘yilmoqda degan savollar tug‘ilishi, tabiiy. Shu jihatdan, 2006–2009 yillar oralig‘ida “O‘zbekiston

adabiyoti va san’ati” gazetasida bosilgan ayrim taqrizlarni ko‘zdan kechirdik. Mustaqillikning dastlabki davrlarida taqrizlar ko‘pincha

“Kitobingizni o‘qidim”, “Doimiy hamroh”, “Nigoh”, “Va’da” ruknlari, ba’zan esa to‘g‘ridan to‘g‘ri “Taqriz” rukni ostida bosilar edi. 

Keyingi yillarni kuzatganda, “Nigoh” va “Va’da” ruknlari kam ko‘rinadi. “Doimiy hamroh” ruknida esa taqrizdan ko‘ra, yangi kitob

haqida ma’lumotnomalar berilmoqda.

“Kitobingizni o‘qidim” ruknida bosilayotgan taqrizlar rang-barangligi bilan e’tiborni tortadi. “Tuyg‘ular musavviri” deb nomlangan

taqriz (2008, №41) shoir Tursun Alining “Oy yaprog‘i” to‘plamiga bag‘ishlangan. U o‘quvchi diqqatini tortadigan so‘zlar bilan

boshlanadi: “Sokin kuz oqshomida oyning ko‘kdan ming bir hayoda anhorga inganini va suv betida iymanibgina yuzaganini

ko‘rganmisiz?”. Taqrizchi Sh. Subhon modern she’rlari bilan o‘zbek she’riyatida o‘z o‘rniga ega shoirning she’rlaridagi o‘ziga xoslikni

ochib bera olgan, tahlillardan o‘quvchi qoniqadi. Shu bilan birga, to‘plamning kamchiliklari ham ko‘rsatilgan. Ijodkor keyingi

she’rlarida bu nuqsonlarni takrorlamaslikka harakat qiladi, deb o‘ylaymiz. Haqiqatan ham samimiy dil izhorlaridan iborat taqriz

o‘quvchini “dilkashu dardkash shoir bilan suhbat”ga chorlay oladi. Uni o‘qigan o‘quvchi shoir she’rlariga xolislik bilan berilgan

bahodan shunday xulosa chiqaradi.

A. Ko‘chimovning “Ko‘zlarimning qarog‘idasan” she’riy to‘plamiga adabiyotshunos Q. Qahramonov taqriz yozgan (2006, 

№49).”Sermavj tuyg‘ular” deb atalgan taqrizda shoir she’rlaridan eng saralari tahlilga tortilgan. Shuning uchun shoirning bu to‘plami

o‘quvchida qiziqish uyg‘ota oladi, ammo to‘plamning kamchiliklari haqida fikr yuritilmagan.



Taqrizning vazifasi, u yoki bu janrdagi badiiy asarning tahlili orqali uning adabiy jarayon va yozuvchi ijodidagi o‘rnini aniqlash, yutuq

va kamchiligini ko‘rsatish, fikrini isbotlash va baholashdan iborat. Yangi asarni birinchi bo‘lib baholaydigan taqrizda ilmiy-estetik tahlil

ixcham, siqiq shaklda, ommaga tushunarli tarzda o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun taqriz ayrim tanqidchilar aytayotganidek, faqat

“kutib oluvchi janr” emas. Balki u bir asar tahlili orqali adabiy jarayondagi yangi tamoyillarni ko‘rsatadigan, uning yozuvchi ijodida

tutgan o‘rnini tezlik bilan baholay oladigan estetik xususiyatga ega. S. Sayyidning “So‘z yo‘li” ikki jildli saylanmasiga shoir Mahmud 

Toirning (2009, №14) “Yog‘du ichra gullagan so‘z” deb nomlangan taqrizida buni ko‘rish mumkin. Taqrizchi, eng avvalo, she’rdan

olgan taassurotlarini ifodali tarzda bayon etadi. Taqriz sarlavhani izohlash bilan boshlanadi: “Yog‘du ichra gullagan so‘z – she’r bo‘ladi. 

Bunday she’rning mazasi dardingga malham bo‘ladi… She’rdagi otash – so‘zdagi otash. Ochiq ko‘z bilan otashga o‘zini otgan odam –

shoir bo‘ladi”. She’rdan ta’sirlangan bunday qalb izhorlarini o‘qigan kitobxon beixtiyor shoir she’rlariga qiziqib qolganini sezadi. 

Taqrizda “Saylanma”ning mundarijasi haqida so‘z yuritilmaydi, balki S. Sayyid she’rlari o‘ziga xos sharhlanadi, tahlil etiladi, shu orqali

baholanadi. Shoir uslubining o‘ziga xos tomonlari ochiladi. Masalan: “Sirojiddin siylagan so‘zlarning bittasi – ayvon…”. (


Download 276,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish