Turli harakat va qo‘shiq bilan o‘ynaladigan o‘yinlar: bir-biriga halaqit bermasdan yurish va yugurish; ikki oyoqlab joyida sakrash va oldinga siljib sakrash, to‘pni olish, ushlab turish, bir joydan ikkinchi joyga olib o‘tkazish, joyiga solib qo‘yish, dumalatish, irg‘itib, emaklash, tortilgan arqoncha tagidan emaklab o‘tish, yerda yotgan xodacha ustidan o‘tish.
Chiniqtirish va sog‘lomlashtirish.
Ertalabki badantarbiya. Har kuni ertalab badantarbiya qilish, harakatlarni namunaga muvofiq bajarish. Badantarbiyani ochiq havoda, yengil kiyimda bajarish. Ertalabki badantarbiya mashqlarini suv muolajalari bilan tugallash (kattalar ko‘magida).
Chiniqtirish. Yozda ochiq havoda iloji boricha ko‘proq bo‘lish. Kattalar nazorati ostida kichik ochiq suv havzasida (basseynda) cho‘milish (gigiena talablariga amal qilgan holda).
Do'stlaringiz bilan baham: |