1. Titul varag‘i Maktabgacha ta'lim muassasasi nomi Pedagogik kengash tomonidan qabul qilindi:
Bayon №
___ sana_______________ Tasdiqlandi:
MTM mudiri: (FIO)
Sana ___________________ № maktabgacha ta'lim muassasasi
DASTURI Tuzuvchi: Familiya, ism, otasining ismi __________________ Malaka toifasi ______________________________ Pedagogik staji __________ Lavozimi ________________ 20___yil
.2. Mundarija sahifalar ko‘rsatilgan holda .Dasturning barcha qismlari, paragraflar, bo‘limlar nomi, adabiyotlar va ilovalar ro‘yxati, matnda mavjud bo‘lgan barcha sarlavhalarni o‘z ichiga oladi. Ularning ta'rifi ish mazmuniga to‘liq mos kelishi, qisqa, aniq va izchil bo‘lishi hamda uning ichki mantiqiy qonuniyatlarini aniq ifodalashi lozim.
3. Maqsadli bo‘lim tarkibiga tushuntirish xati kiradi va unda Dastur ishlab chiqilishiga asos bo‘lgan me'yoriy-huquqiy hujjatlar, shuningdek, ta'lim jarayonini tashkil qilishning turli shakllari, metodlari va yo‘llari ko‘rsatilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, quyidagilar ham ta'riflanishi kerak:
• dastur bo‘yicha ta'lim olayotgan tarbiyalanuvchilarning yoshga oid ruhiy va individual xususiyatlari;
• dasturning maqsadi;
• dasturning vazifalari;
• dasturni amalga oshirish muddati;
• asosiy tamoyillar;
• bola shaxsining asosiy tavsiflari.
Dasturning maqsadli yo‘nalishlari ta'rifi maktabgacha ta'lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilgan Davlat talablarining maqsadli yo‘nalishlariga mos kelishi kerak
. 4. Mazmunli bo‘limga bola rivojining beshta ta'lim sohasi yo‘nalishlariga mos ravishdagi ta'lim faoliyatining ta'rifi kiradi: ta'lim sohasining vazifalari, ta'lim faoliyatining mazmuni, ta'lim faoliyatining natijalari, mintaqaviy tarkibiy qism (komponent), ta'lim sohasini amalga oshirish bo‘yicha ta'lim faoliyatini tashkil qilish shakllari. Kompleks-mavzuviy rejalashtirish (barcha beshta ta'lim sohasini amalga oshirishni hisobga olgan holda). Mazkur kichik bo‘limning ta'rifi integrativ modelni ko‘zda tutadi va u hafta mavzusini faoliyatning turli ko‘rinishlarida, shakllarida, ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilari bilan birgalikda ochib beradi. Dasturda ifodalangan kompleks-mavzuviy rejalashtirishning tarkibiy qismi jadvallar ko‘rinishida taqdim etilishi mumkin. Kompleks-mavzuviy rejada dasturdagi bo‘limlar va mavzularni o‘rganish ketma-ketligi ochib beriladi. Ta'lim faoliyatining taqsimoti, bolalar bilan ishlash shakllari va yakuniy tadbirlar ko‘rsatiladi.
5. Tashkiliy bo‘lim. Mazkur bo‘limda kun tartibi, o‘quv yili tuzilmasi, ta'lim faoliyati jadvali (me'yoriy hujjatlarga muvofiq), yoshni hisobga olgan holda rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish, tarbiyalanuvchilarning yoshi va individual xususiyatlari, ularning ta'lim ehtiyojlari va qiziqishlarini hisobga olgan ravishda Dasturni amalga oshirishining turli shakllari, metod va vositalarining qisqacha ta'rifi beriladi. Shuningdek, turli xildagi faoliyatning o‘ziga xos ruhiy-pedagogik xususiyatlari, tarbiyalanuvchilarning oilalari bilan o‘zaro hamkorlik turlari ifodalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |