3-masala
O‘zbekiston xududida shakllangan ilk davlatlar - Qadimgi Baqtriya podsholigi va “Katta Xorazm” tarixini o‘rganish XIX asrning oxiri-XX asrning boshlarida “Avesto”, yunon va rim yozma manbalaridagi ma’lumotlarni taxlil etish orqali boshlangan. Hozirgi Janubiy O‘zbekiston, Janubiy Tojikiston va Shimoliy Afg‘oniston hududlariga to‘g‘ri keladi.
Baqtriya davlatchilik tarixi bo‘yicha XIX asr so‘nggida Yevropa tarixchilari o‘rtasida munozaralar boshlangan. V. Geyger, E. Raysh, T. Noldeke, XX asr boshida J. Prasheklar Baqtriya tarixi bilan shug‘ullanib, Ahamoniylar imperiyasiga qadar ham qandaydir siyosiy birlashmalar bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bergan. Ular asosan quyidagi antik davr tarixchilarining yozma manbalariga tayanganlar. Bu voqealarni Ktesiy Knidskiy, Diodor Pompey Trog, Arrian va Ksenofondlar
Ktesiy Knidskiy "Baqtriya kuchli va qudratli mamlakat, VIII asrdayoq mustaqil davlat bo‘lgan" deb ta’riflaydi. Ktesiy Knidskiyning asarlari o‘rta asr tarixchisi Fotiyning asarida ilova tariqasida bizgacha etib kelgan.
Diodor o‘z asarida Ossuriya shohi Ninning Baqtriyaga qarshi jang tafsilotlarini yozgan. Asar boshida Ninning Semiramidaga uylanish tafsilotlari tasvirlangan. Diodorning yozishiga qaraganda Nin Baqtriyani mag‘lub etish og‘irligini, aholisining ko‘p sonli ekanligini va jangda mohirligini, qal’alarining ko‘pligini bilgan. Shunga qaramay u ko‘p sonli qo‘shin yig‘adi va birinchi jangda Baqtriya shohi Oksiartdan tog‘ yo‘ldan tekislikka chiqadigan joyda mag‘lubiyatga uchraydi. Nin Baqtriya bilan bo‘ladigan yangi jangga tayyorlanadi.
Diodor Baqtriya poytaxti Baqtr shahrini quyidagicha ta’riflaydi, «... Baqtr yirik shaharlardan biri, u go‘zal, egallab bo‘lmas qal’a». Nin Baqtr shahrini uzoq vaqt qamal qiladi. Shahar Semiramidaning ayyorligi natijasida ishg‘ol qilinadi. Baqtrliklar mag‘lubiyatga uchraydi. Baqtriya shohi o‘ldiriladi. Nin Baqtriyaning boyliklarini talaydi.
Ammo, voqealar tafsilotlarida, shohlarni ta’riflashda ayrim chalkashliklar bor. Ksenofont o‘z asarida Baqtriya va Ossuriya o‘rtasidagi urush Ossuriya shohi Kiaksar zamonida bo‘lgan deb yozadi.
Tadqiqotchilar o‘rtasida Ossuriya bilan O‘rta Osiyo, xususan Baqtriya oralig‘idagi uzoq masofani hisobga olib, yuqoridagi ma’lumotlarni tarix sahifasidan chiqarib tashlash kerak, degan munozaralar ham uchraydi. Ma’lumki, bu masalaga I.M. Dyakonov oydinlik kiritgan. Uning izlanishlari tufayli topilgan Ossuriya ayg‘oqchilarining o‘z shohiga yozgan nomasidagi quyidagi ma’lumotdan so‘ng antik davr tarixchilari ma’lumotlari o‘z kuchini saqlab qoldi: "... lekin, men lazuritni olib ketganimdan so‘ng, mamlakatda bunga qarshi qo‘zg‘olonlar boshlandi, shundan so‘ng katta harbiy kuch yuborishni iltimos qildim". Ma’lumki, Yaqin Sharqda Baqtriya lazuritlari yuqori baholangan. Shu tariqa tarix faniga Qadimgi Baqtriya shohligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kirib kelgan.
Gerodot asarlaridan ham Baqtriyaning Qadimgi Sharq xalqlari orasida o‘z o‘rni bo‘lganligini bilish mumkin. Jumladan, Kirning harbiy yurishlari lozim bo‘lgan mamlakatlar Vaviloniya va Misr qatorida Baqtriya va Saklar ham sanab o‘tiladi. Baqtriyaliklarning qurol-aslahalari va harbiy qo‘shinidagi tartib ham Gerodot e’tiboridan chetda qolmagan. U baqtriyaliklar yaratgan moddiy madaniyat O‘rta Osiyoda yashaydigan boshqa xalqlarga o‘rnak bo‘lganligini aytib, ariylar, xorasmiyaliklar, so‘g‘diylar, gandariyaliklar va dadiklar qurol yasashda baqtriyaliklarga o‘xshatib yasaganligini misol qilib ko‘rsatadi.
S.P. Tolstov Diodorning Baqtriya shaharlari, xususan Baqtr shahri to‘g‘risidagi ma’lumotlari, ya’ni shaharning arki, qal’a devorlarining shaharni o‘rab turganligi haqidagi ma’lumoti asosida Ahamoniylar imperiyasiga qadar Baqtriyada davlatchilik bo‘lganligini tan oladi. Keyingi davrlardagi barcha ilmiy tadqiqotlarda Ahamoniylar bosqiniga qadar Qadimgi Baqtriyada davlatchilik bo‘lganligi qayd etilgan.
Shundan so‘ng, Baqtriya hududida bronza davriga oid Sopolli, Dashtli, so‘nggi bronza va ilk temir davriga oid Kuchuktepa, Tillatepa, Qiziltepa, Qadimgi Baqtriya madaniyatlari ochildi. O‘rganilgan ushbu madaniyatlar asosida Ye.E. Kuzmina "Baqtriya uydirma emas, tarixiy haqiqatdir" degan g‘oyani ilgari surdi.
Sopollitepa va Jarqo‘ton yodgorliklari Baqtriya hududida ilk davlatchilik tarixini o‘rganishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Qadimgi Baqtriya podsholigi ilk temir davrida shakllangan hududiy davlatlar konfederatsiyasidan tashkil topgan. Kofirnihon va Vaxsh dehqonchilik o‘lkalarida bitta hududiy davlatning shakllangan.
Qadimgi Baqtriya madaniyati davri yodgorliklariShimoliy Baqtriyaning ettita va Janubiy Baqtriyaning to‘rtta dehqonchilik vohalarida joylashgan.
Har bir dehqonchilik voha alohida joylashgan mustaqil iqtisodiy rayon bo‘lib hisoblanadi. Negaki, har bir voha o‘zining tabiiy yoki sun’iy suv bazasiga ega. Har bir dehqonchilik vohasi Qadimgi Baqtriya podshohligi tarkibidagi kichik-kichik siyosiy hududlar bo‘lib hisoblangan.Har bir dehqonchilik voha o‘zining siyosiy markaziga - bosh shahar yodgorligi va uning atrofida uyushgan qishloqlar tipidagi yodgorliklarning jamlanganligidir
Yaqinda xalqaro turizmga bag‘ishlab bo‘lib o‘tgan simpoziumda I.A.Karimov o‘zbek davlatchiligi tarixi bundan 3,5 – 4 ming yillik tarixga ega ekanligi ta’qidlangan.
Zarafshon va Qashqadaryo vohalarini birlashtiruvchi Qadimgi So‘g‘d hududida ilk davlatlarning shakllanish tarixi masalasi juda kam o‘rganilgan. Vaholanki, u “Avesta”da Axuramazda bunyod etgan ikkinchi mamlakat sifatida tilga olingan: Gava so‘g‘diylar istiqomat qiladigan yurt. Asosiy daryosi Dardji. I.V. Pyankov "Dardji" daryosini hozirgi Darg‘om bilan bog‘laydi.
Boshqa yozma ma’lumotlar asosida ham So‘g‘d davlatchiligi bo‘yicha jo‘yali ma’lumotlarni topishimiz qiyin. Gerodot ma’lumotlariga ko‘ra Ahamoniylar imperiyasining XVI satrapligiga Parfiya, Xorazm, Ariylar bilan birga So‘g‘d ham kirgan.
So‘g‘d davlatchiligi tarixida Afrosiyobning alohida o‘rni bor. U juda ko‘plab yozma manbalarda qayd etilgan. Ko‘rsatib o‘tilgan ilk temir davri So‘g‘d shaharlari voha-davlatlar markazlari rolini bajargan bo‘lsa, Afrosiyob yodgorligi ham o‘zining ilk davrida voha-davlat, so‘ng esa butun So‘g‘d mamlakatining poytaxti vazifasini bajargan.
Markaziy So‘g‘d hududlarida ilk shahar va davlatchilikning paydo bo‘lishida Ko‘ktepa yodgorligi alohida o‘rin tutadi2. U Qadimgi Sharq ilk shaharlariga monand ark va shahar qismlardan iborat. Uni boshqarishda zardushtiy otashparastlarining o‘rni katta bo‘lgan. Bu shahar o‘z atroflaridagi hududlarning nafaqat madaniy, balki siyosiy markazi ham hisoblangan
Bronza davrida So‘g‘d hududida yashagan jamoalar jamiyat taraqqiyotining qishloq jamoasi darajasida bo‘lgan bo‘lsa, ilk temir davriga kelib (Sangirtepa, Yerqo‘rg‘on, Ko‘ktepa, Afrosiyob yodgorliklari misolida) So‘g‘d hududida ilk davlatchilikning voha tipidagi shahar-davlatlar bosqichlari tarkib topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |