Reja: Ikkinchi jaxon urushining yakunlari



Download 94,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana27.05.2023
Hajmi94,18 Kb.
#944704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
IKKINCHI JAHON URUSHI YAKUNLARI VERSAL TINCHLIK SHARTNOMASI.

1919-yil/27-noyabrda 
Parij 
yaqinidagi 
Neyi-syilr-Sen
shaharchasida imzolandi. Unda Bolgariya qurolli kuchlari soni 20 mkig kishi bilan
chegaralangan, hududining katta qismi Yygoslaviya, Gretsiya va Ruminiya foydasiga olib
qo`yilgan edi. Bolgariyaga tovon to`lash majburiyati ham yilklatilgandi.
1920-yil 4-iyilnda 
Versal saroyining Trianon zalida Vengriya bilan shartnoma imzolandi. Unga
ko`ra, Vengriya 35 mingdan ortiq askarga ega bo`lmasligi lozim edi. Ayni paytda tovon
to`lashi ko`zda tutilgandi. Xorvatiya, Bachka va Banatning g`arbiy qismi — Yilgoslaviyaga,
Transilvaniya va Banatning sharqiy qismi— Ruminiyaga, Slovakiya va Karpatorti Ukrainasi—
Chexoslovakiyaga berildi.
Parij yaqinidagi Sevr shaharchasida 
1920-yil 10-avgustda 
g`olib davlatlar Turkiya bilan
tinchlik shartnomasini imzoladilar. Unga ko`ra, Turkiya o`ziga qaram hududlarning 80 foizini
qo`ldan berdi (Falastin, Transiordaniya, Iroq, Suriya, Livan va h. k.). Qora dengizdagi
bo`g`ozlar harbiy kuchlardan xoli qilindi, Qora dengizdan uzoq davlatlar undan o`z harbiy
kemalarini bemalol o`tkazish huquqini qo`lga kiritdilar. Turkiya hududi Kichik Osiyo yarim
oroli va Istanbul (Konstantinopol) shahrini o`z ichiga olgan Yevropadagi ozgina hudud bilan
cheklangan edi. Turkiyada yarim mustamlaka tuzumi o`rnatildi.
Birinchi jahon urushi tugaganidan keyin Yevropada xalqaro kuchlarning yangi muvozanatini
qayd etgan Versal shartnomalar tartibi shu tariqa shakllandi. Bu tartibning ichida chuqur
ziddiyatlar mavjud bo`lib, keyinchalik ular jahon iqtisodiy inqirozlarida, g`olib va mag`lub
davlatlar o`rtasidagi nizolarda namoyon bo`ldi.
Urushdan keyingi ziddiyatlar
Shartnomalarning talonchilarcha shartlari mehnatkashlarning yelkasiga og`ir yilk bo`lib
tushdi. Bu esa ayniqsa Germaniyada qasd olish kayfiyatining yoyilishiga sabab bo`ldi.
Germaniya vayron bo`lmagan, u asosan o`zining harbiy-sanoat imkoniyatlarini saqlab
qolgan, mamlakat yaxlitligi buzilmagan, hududida bosqinchi qo`shinlar yo`q edi. Germaniya
Versal shartnomasini bekor qilish uchun qulay paytni poylardi. Hatto qurolli nizo evaziga
bo`lsa-da, uning moddalarini qayta ko`rib chiqishga erishish niyatida edi. Gitler keyinchalik
aholining katta qismini o`zining ahmoqona g`oyalari bayrog`i ostida birlashtirgani ham bejiz
emas.
Avstro-Vengriya imperiyasi ko`plab mayda davlatlarga bo`linib ketdi. Davlatlar chegarasida
vujudga kelgan boj to`siqlari Yevropa tijoratini izdan chiqardi, xom ashyo manbalarini ishlab
chiqarish mintaqalaridan, ishlab chiqaruvchilarni bozorlardan ajratib qo`ydi. Bu esa yangi
ziddiyatlarni keltirib chiqardi. Ziddiyatlar dushmanlikka aylanib, tinchlik shartnomalari
tufayli yilzaga kelgan nizolarning yanada kuchayishiga sabab bo`ldi.
Urush paytida ittifoqchi bo`lgan davlatlar o`rtasida murosasiz ziddiyatlar mavjud edi. Eng
asosiysi Angliya va Fransiya o`rtasidagi raqobat bo`lib, ularning har biri Yevropa qit'asida
gegemonlikka intilardi. Fransiya tuzoqqa tushib qolgan, uning taqdiri Angliyaning


xayrixohligiga bog`liq bo`lib qolgandi. Angliya bundan keyin uning tarixiy taqdirini belgilay
olar edi. Fransiyaning ziddiyatli xalqaro ahvoli ichki hayotiga ham ta'sir ko`rsatgan, o`tkir
ijtimoiy va siyosiy nizo butun mamlakatda keskin vaziyatni vujudga keltirgan edi. Buning
ustiga AQSh Germaniya harbiysanoat majmuasini qayta tiklashga katta mablag`lar sarflab,
Fransiyaning sharqiy chegaralarida yangi harbiy devning paydo bo`lishiga, uning hayot-
mamot 
dusnmani 
arvohini 
qayta 
tiriltirishga 
ko`maklashayotgandi. 
Fransiya
shartnomalarning samaradorligi kafolatchisi deb hisoblanardi, ammo Angliya va AQSh
siyosati qarshisida bu vazifa uydirma, shartnomalar esa xomxayol bo`lib qoldi.
Rossiya Millatlar Ligasiga kiritilmagan va shartnomalarning tayyorlanishida ishtirok etmagan
edi. Ammo uning ishtirokisiz Yevropadagi tinchlik mustahkam bo`la olmasdi. Rossiyani
yakkalab qo`yishga urinish sovet davlati rahbariyatida o`ta ekstremist unsurlar
diktaturasining kuchayishiga, iqtisodiyotda va siyosatda biqiqlikka sabab bo`ldi. Rossiyaning
tashqi siyosatida urushlarning muqarrarligi haqidagi, jahon inqilobini tayyorlash va amalga
oshirishning zarurligi to`g`risidagi mafkuraviy nazariya hukmron bo`lib qoldi.

Download 94,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish