Ijtimoiy pedagogik faoliyat va ijtimoiy ta’lim Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy maqom va rol, ijtimoiy xulq-atvorning meyor va qoidalari haqida kо‘p bilimlarni о‘zlashtiradi. U shuningdek, uning jamiyatga kо‘nikishiga yordam beruvchi turli kо‘nikma va malakalarni ham о‘zlashtiradi. Bu jarayon ayniqsa bolalikda juda jadal amalga oshadi. Ma’lumki, bola besh yoshgacha uning keyingi hayotida о‘z aksini topuvchi nihoyatda kо‘p bilimlarni oladi Bolaning ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni bolaga yetkazish, unda ijtimoiy malaka va kо‘nikmalarni shakllantirish jarayoni ijtimoiy ta’lim deyiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |