Ochiq nutqning xususiyatlari va turlari
Nutq tinglovchilarga ta'sir qilish uchun mo'ljallangan monolog shaklidagi tashqi nutqdir. Nutqning maqsadiga erishish uchun ishonchli axborot manbalariga asoslangan holda yaxshi tayyorlanish kerak; Barkamol qilib yaratilgan, mantiqqa emas, balki tinglovchilarning his-tuyg'ulariga ham e'tibor qaratadigan jiddiy dalillar mavjud. Nutqning mazmuni vaziyat bilan bog'liq bo'lishi kerak. Yuqorida aytib o'tilgan tilga xos bo'lmagan vositalar alohida ahamiyatga ega: bu nutqlarda pauzalardan to'g'ri foydalanish, muhim qismlarni intonal tarzda taqsimlash, og'zaki bo'lmagan signallar: imo-ishora, duruş.
Nutqda nutq turlari uning funktsiyalari, nutqning maqsadlari bilan bog'liq. Shunday qilib, ommaviy axborot vositalari.
1. Ijtimoiy-siyosiy
Bu tashviqot nutqi, parlamentdagi nutqlar, mitinglarda. Ularning ikkalasi ham loyiha, ham tushunarli bo'lishi mumkin, ular haqiqatga tayanadi va, odatda, noaniq. Ularda iqtisodiy va siyosiy so'zlar mavjud. Agar biz mitingda nutq so'zlayotgan bo'lsak, unda u hissiy rangga bo'yaladi, gaplashadi.
2. Akademik
Ular konferentsiyada ma'ruzalar, ma'ruzalar va nutqlardir. Odatda ular ilmiy jihatdan ishlab chiqilgan, lekin ko'proq ta'sirga erishish uchun hissiy rangli so'zlar ham paydo bo'lishi mumkin. Hisobotlar va ma'ruzalar yaxshi tuzilgan bo'lishi kerak va ma'ruzalar mavzuga rioya qilishlari va e'tibor qaratishlari kerak.
3. Sud
Bu ayblov va mudofaa nutqi. Ular tergov ma'lumotlari, guvohlarning ko'rsatmalari bo'lishi kerak va ularning maqsadi ayblanuvchining aybini isbotlashdir (emas).
4. Ijtimoiy va ma`naviy
Ular tantanali, tabrik va marosim nutqlari bo'lib, unda "bayramni targ'ib qiluvchi" ning ijobiy sifati tasvirlangan.
5. Ma'naviy
Bu ruhiy yig'ilishlarda va'z va nutqlardir.
Bu nutqdagi nutqning asosiy turlari. Garchand har bir ma'ruzachi rassomlik va / yoki maxsus tayyorgarlik sovg'asiga ega bo'lmasa ham, bo'lmasa ham ishlash muvaffaqiyatli bo'lishi uchun nutqning qaysi talablariga mos kelishini bilib olish va uni tomoshabinning sababi va tarkibi asosida qurish kerak.
Xayol turlari tasniflanishining bir necha xillari mavjud, ularning har biri asosida xayolning ahamiyatga molik belgilari: faollik, inson maqsadlari bilan aloqasi, yangi obrazlar yaratish mustaqilligiga egadir. Faollik belgisi bo‘yicha xayol faol va sust xayolga bo‘linadi.
Faol xayol doimo ijodiy va shaxsiy masalani hal etishga qaratilgan, aniq amaliy faoliyatni bajarish bilan bog‘liq. Faol xayol kelajakka qaratilgan bo‘lib, vaqtdan ma’lum daraja sifatida foydalanadi. U masala tomonidan uyg‘otiladi va yo‘naltiriladi, irodaviy sharoitlar bilan aniqlanadi va iroda nazoratiga bo‘ysunadi. Faol xayol o‘zida artistlik, ijodkorlik, tanqidiy, yaratuvchilik va antitsipiruyuщee xayol turlarini mujassamlashtiradi.
Obrazlarning mustaqilligi va haqiqiyligiga bog‘liq ravishda xayol yaratuvchi va ijodkor bo‘ladi.
Yaratuvchi xayol – bu ma’lum inson uchun biror yangilikni so‘z orqali ta’riflash yoki uni shartli ravishda aks ettirish (chizma, notali yozuv va boshqalar) ga tayangan holda tasavvur qilish. Xayolning bu turi insonning turli xil faoliyatida, shu bilan birga, ta’limda ham keng qo‘llaniladi. Xuddi shunday, yaratuvchi xayol ishchiga mehnat operatsiyalarini chizmalar bo‘yicha bajarishga yordam beradi.
Ijodiy xayol – bu yangi obrazlarni tayyor ta’riflar yoki shartli tasvirlarga tayanmagan holda yaratish. Xayolning bu turi davomida inson mustaqil holda boshqa odamlar yoki jamiyat uchun qadrli bo‘lgan, faoliyatning aniq o‘ziga xos mahsulotida gavdalangan yangi obraz va g‘oyalar yaratadi. Ijodiy xayol inson ijodiy faoliyati barcha turlarining tarkibiy qismi asosi bo‘lib hisoblanadi.
Antitsipatsiyaviy xayol insonning juda muhim va zarur qobiliyati – kelajakdagi voqealarni oldindan sezish, harakatlarining natijasini ko‘ra olish va boshqalar asosida yotadi. Insonning bu qobiliyatiga binoan inson «fikriy nigoh» yordamida kelajakda o‘zi, boshqa odamlar yoki atrofdagilar bilan nimalar sodir bo‘lishini ko‘ra oladi.
Sust xayol ichki, sub’ektiv omillarga bo‘ysunadi. Bunda amaliy faoliyatdan to‘liq yoki deyarli to‘liq bo‘lgan ajralish mavjud. Bunda fantaziya hayotga tadbiq etilmaganobrazlarni yaratadi, amalga oshmaydigan yoki tadbiq etilmaydigan hulq-atvor dasturlari rejalashtiradi. Sust xayol jarayonida qandaydir ehtiyoj yoki tilakning noreal, xayoliy qondirilishi amalga oshiriladi. Bunday xayolning materiallari sifatida obrazlar, tasavvurlar, tushuncha elementlari va tajribada to‘plangan boshqa ma’lumotlar xizmat qiladi.
Sust xayol ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Ixtiyorsiz xayol inson irodasidan tashqarida, boshqa u yoki bu idrok qilishga bog‘liq ravishda yuzaga keladi. Bu, asosan, ong faoliyati, ikkinchi xabar tizimining kuchsizlanishida, yarim uyqu, affekt holatida, uyquda, ongning patologik buzilishlarida (gallyusinatsiyada), gipnoz, spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar ta’sirida sodir bo‘ladi. Oldindan ko‘zlangan, maqsadga yo‘naltirilgan tarzda inson tomonidan o‘z tajribasining mos elementlaridan foydalanish va ularni yangi obrazlarda qayta yaratish ixtiyoriy xayol deyiladi. Bu xayol uchun obraz yaratish vazifasining mavjudligi va uni amalga oshirishda iroda kuchi xosdir. Maqsadli xayol o‘zini uch xil shaklda: orzular – istalgan kelajak obrazlari; shirin xayol – dolzarb kechinmali irreallik obrazlari; fantaziyalar – yaqin kelajak obrazlari. Ular zo‘riqishni kamaytirish, maqsadga yo‘nalganlik, oldindan sezish, inson zahiralarini safarbar qilish vazifalarini bajarishi mumkin. SHirin xayolda insonning qiziqishlari, moyilliklari, ehtiyojlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. SHirin xayolga orzular – inson amalga oshirmoqchi bo‘lgan, lekin ayni damda amalga oshirolmaydigan, uning eng ezgu xohishlarini qondiradigan istalgan kelajak obrazini oldindan yaratish yaqin turadi. Orzular shirin xayoldan o‘zlarining amaliy tadbiqi imkoniyatini taqazo etishi bilan farq qiladi. Inson o‘z orzularida yaratgan obrazlar, yorqin, jonli, aniq xususiyati bilan, shu bilan birga – sub’ekt uchun hissiyotga boyligi, jozibadorligi bilan ajralib turadi. Lekin orzu, xayol istalgan kelajakni hozirgi zamon bilan muntazam ravishda bog‘lab turganidagina foydali bo‘lishi mumkin. Agar bunday bo‘lmasa, orzu harakat rag‘batida xayolparastlikka, fantaziyaga aylanib qolishi mumkin.
Orzuning hissiy-emotsional turi sifatida, shirin xayol va unga yaqin bo‘lgan fantaziyalar namoyon bo‘ladi. SHirin xayol deb, odatda, «shirin orzular», ushalmaydigan umidlar, haqiqiy voqelikni o‘rnini bosadigan shakllarga aytiladi. SHirin xayol surish – o‘ylab topilgan, voqeiy bo‘lmagan hayotda yashash, demak. Bu eskapizm – voqelikdan orzular va xayollar olamiga g‘arq bo‘lish bilan bog‘liq.
Ilmiy faoliyatda xayolning boshqa shakli – faraziy tajribadan keng foydalaniladi. Murakkabligi yoki hajmi yuzasidan real sharoitlarda amalga oshirib bo‘lmaydigan ba’zi bir jarayonlarda olimlar o‘zlarining ijodkorlik xayollarini yordamga chaqiradilar. Uning yordamida, masalan, fizik-olim miyasida voqea yoki jarayonni, unga mukammal sharoitlarni yaratgan holda amalga oshiradi. Buyuk A. Eynshteyn shu usul bilan bizning borliq geometriyasi haqidagi tasavvurlarimizni o‘zgartirib yuboradigan umumiy nisbiylik nazariyasini kashf etgan. Faqat faraziy tajriba Galileyga jismlarning vakuumda tushishining to‘g‘ri qonunini ishlab chiqish imkonini berdi. Fan «qora tuynuklar» haqidagi tajribaga asoslangan ma’lumotlarga ega emas, lekin faraziy tajriba bu erda ham ularning dinamikasini tushuntirib beruvchi modelini yaratishga yordam berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |