Reja. Ibtidоiy jаmiyatning dаvrlаri, o’lkаmizdа tоsh dаvri yodgоrliklаri


Mustаmlаkаchilikning iqtisоdiy, mа’nаviy-mаdаniy sоhаlаrdа nоmоyon bo’lishi vа uning оqibаtlаri



Download 356 Kb.
bet18/33
Sana21.04.2022
Hajmi356 Kb.
#568593
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
Bog'liq
2 5366577115414139847

2. Mustаmlаkаchilikning iqtisоdiy, mа’nаviy-mаdаniy sоhаlаrdа nоmоyon bo’lishi vа uning оqibаtlаri.

Mustamlakachilik idora usuli. Rossiya harbiy vaziri, graf D.Milyutin, podshoh maslahatchisi V.Girs 1867— yilda «Turkiston o'lkasini boshqarish tartibi haqida Nizom» loyihasini tuzdilar, и Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiqlandi va amalda kuchga kirdi. O'lkada mutlaq hokimiyat general-gubernator qo'lida to'plandi. General-gubernatorlik Kengashi va to'rt bo'limdan iborat mahkama tuzildi. Birinchi bo'lim ma'muriy va nazorat, ikkinchisi moliyaviy-xo'jalik, uchinchisi soliq va shaharlar mablag'lari ishlarini boshqargan. To'rtinchisi maxsus bo'lim deb atalgan. General-gubernator bir vaqtda podshoh noibi, harbiy okrug qo'shinlari qo'mondoni, bosh mirshab, bosh prokuror bo'lgan. U Buxoro amiri faoliyatini Rossiya imperatori agentligi orqali, Xiva xonini esa Amudaryo bo'limi boshlig'i orqali nazorat qilib turgan.


Mustamlakachilar Toshkent shahrini Turkiston general-guber-natorligining ma'muriy markazi etib tanlashdi. Shaharda 80 mingcha aholi yashardi, uning hududida 270 ta mahalla, 310 ta masjid, 17 ta madrasa, 11 ta hammom, 15 ta do'konii saroy va boshqa inshootlar bo'lgan. Bosqinchilar Toshkentning sharqiy qismidan joy tanlab, tanlangan joydagi mahalliy aholini ko'chirib, Rossiyadan kelganlar yashaydigan uylar, ko'chalar, oromgohlar qurdilar. Shaharning bu qismi Yangi shahar deb ataldi. Shaharni hokim boshqargan.
1877— yilda Toshkent shahar hokimi raisligida har bir toifa bo'yicha saylovchilar yig'ini bo'lib o'tdi va Dumaga 71 noib (glasniy) saylandi. Dumaga Toshkentning 80 mingdan ortiq aholi yashaydigan eski shahar qismidan, ya'ni tub yerli aholidan atigi 21 nafar noib saylandi, aksariyat ko'pchilik noiblar esa 4000 mingga yaqin kishi yashaydigan yangi shahar qismidan saylandi. Bu holat boshqaruvning mustamlakachilik mohiyatini yaqqol ochib beruvchi dalildir.
Toshkent shahar Dumasi farmoyish beruvchi organ bo'lib, uni shahar hokimi — oqsoqol boshqarardi. Turkiston general-gubernatori tomonidan Duma oqsoqoli (golova) etib shahar hokimi polkovnik E.P.Pukalov tayinlandi. Noiblar orasidan ijro etuvchi hokimiyat — shahar boshqarmasi (mahkamasi) tuziladi.
Rossiya to'qimachilik sanoati uchun keltirilayotgan Amerika paxtasi uchun yiliga 30-40 million so'm boj to'lab kelardi. Shu boisdan, Turkistonni paxta xomashyosi yetishtiradigan bazaga aylantirish Rossiya agrar siyosatining bosh maqsadi deb belgilandi. Xonliklar davrida davlat mulki hisoblangan katta-katta yer maydonlari Rossiya davlati xazinasiga fegishli, deb e'lon qilindi. Vaqf mulklari ham asta-sekin davlat ixtiyoriga olindi. Xususiy mulk hisoblangan yerlar ham davlat mulkiga aylantirildi, ularni ilgarigi egafariga merosiy ravishda foydalanishga berildi va soliq solindi. Ijaraga yer olib, undan amalda foydalanib kelayotgan xonadonlarga o'sha yerlar meros qilib biriktirildi va ularga soliq solindi. Shu tariqa, o'lkaning barcha hosildor yerlari Rossiyaning daromad manbaiga aylantirildi. Yer solig'i XIX asr oxirida 4 million so'mni tashkil etgan bo'lsa, 1916— yilda 38 million so'mdan oshib ketdi.
Podshoh ma'muriyati Turkistonni Rossiyaning bir qismiga aylantirish, uning janubiy chegaralarida harbiy istehkomlar qurish, boyliklarni va yetishtirilayotgan xomashyoni tashib ketish maqsadida temir yo'l qurilishini boshlab yubordi. 1880-1889— yillarda zudlik bilan Krasnovodsk, Ashxabod, Marv, Chorjo'y, Kushka, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Qo'qon, Andijon shaharlarini bog'lovchi O'rta Osiyo temir yo'li qurildi. 1890-1905— yillarda Toshkent-Orenburg temir yo'li qurilib, Turkiston Rossiyaning markazi bilan bog'landi. 1915— yilda Buxoro-Qarshi va Termiz-Qarshi-Shahrisabz-Kitob temir yo'li qurildi. Temir yo'llar qurilishi munosabati bilan Rossiyadan ko'plab ishchilar, injener-texnik xodimlar ko'chib kelishdi va ular qadimiy Turkiston shaharlariga joylashtirildi. Ular joylashtirilgan qism yangi shahar, yerli aholi yashaydigan qism eski shahar deb ataladigan bo'ldi. Yangi shaharlar, jumladan, Skobelev (Hozirgi Farg'ona) shahri vujudga keldi.
Turkiston Rossiyaning markazi bilan temir yo'l orqali bog'lan-gach, rus kapitali (sarmoyalari) o'lkaga oqib kelaboshladi. Turkiston xomashyo bazasida savdo-sanoat yuritish, zavod-fabrikalar qurishga intiluvchilarga Rus-Osiyo banki, Moskva savdogarlar banki, Rossiya davlat banki pul qarz berib turdi. Natijada, bir qator zavodlar, savdo shahobchalari, oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxonalar qurildi. Paxta va uni xarid qilish bilan shug'ullanuvchi 30 ta savdo shahobchasi vujudga keldi. 1913— yilda tuzilgan «Beshbosh» degan paxta-yog' shirkati Turkistonda 29 ta paxta zavodi qurdi. Bu shirkat o'lkada yetishtirilgan paxtaning 30 foizini xarid qilar, 80 ming tonna paxta tolasini tashib ketar, 160 ming tonna chigit tayyorlardi. Katta sarmoyador Vodyaevlar Turkistonda «Vodyayevlar savdo uyi»ni tashkil etib, 30 ta paxta zavodi qurdi. Farg'ona vodiysidagi keng paxta dalalari, temir yo'llar, paxta tozalash zavodlari va Ivanovo to'qima-chilik korxonalari Vodyavlar nazoratidagi katta kombinat tarkibiga kiritilgan edi. Ular yiliga Farg'ona vodiysida yetishtirilgan 7-8 million pud paxtani Ivanovoga tashib ketardi.
O'lkada sanoat tarmoqlarining rivojlanishi aholining tabaqalanishiga ta'sir etib, milliy burjuaziya va ishchilar sinfi shakllana boshladi. 1914— yilgi maiumotlarga ko'ra, o'lkada 49,5 ming ishchi bo'lib, ulardan 25,5 mingi sanoatda, 24 mingi temir yo'l va unga xizmat qiluvchi ustaxonalarda ishlagan. Turkistonda paxta tozalash zavodlari, do'konlar, tegirmonlar, katta-katta bog' va uzumzorlarga ega bo'lgan mahalliy burjuaziya tabaqasi ham faoliyat yuritdi. Mahalliy aholiga mansub ishchilarga rossiyalik ishchilarga nisbatan 2,5-3,5 baravar kam ish haqi to'langan. Dehqonmi, mardikormi, ishchimi mahalliy aholi Rossiya mujiklari va ishchilari oldida kamsitilardi.
Turkiston Rossiyaning jahon bozorlarida o'tmaydigan tovarlari sotiladigan bozorga aylantirildi. 1895— yilda Turkistonda Rossiya korxonalarida tayyorlangan 6 million so'mdan ortiqroq summada temir, mis, chinni buyumlar, gazlama, yog'och, choy, oziq-ovqat va boshqa buyumlar sotilgan bo'lsa, 1914— yilda sotilgan buyumlar salmog'i 243 million so'mdan oshib ketdi. Sotilgan mahsulotlarning 40 foizini o'lkadan tashib ketilgan paxtadan Rossiya to'qimachilik korxonalarida to'qilgan gazlamalar tashkil etardi. Rossiya savdo-sanoatchilari Turkistonda sanoat mahsulotlari sotishdan ham, Turkistondan xomashyo sotib olishdan ham katta daromad olardilar.
Shunday qilib, Turkiston, nafaqat, Rossiya davlatining, shunin-gdek, rossiyalik savdo-sanoatchilar manfaatiga xizmat qiladigan o'lkaga aylantirildi.
Rossiya imperiyasi Turkiston xalqini ma'naviy-madaniy jihatdan tutqinlikka solish, o'zining uzoqqa mo'ljallangan manfaatiga bo'ysundirish siyosatini yuritdi. Uning mohiyati, mazmuni mahalliy xalqni uning milliy, tarixiy ildizlaridan uzib tashlash, xalqning ma'naviy, madaniy, tarixiy merosini yo'q qilish, ruslash-tirishdan iborat edi. Turkiston general-gubernatorligining Farg'ona viloyati harbiy-gubernatori Skobelev shunday deb yozgan edi: «Millatni yo'q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madani-yatini, san'atini, tilini yo'q qilsang bas, tez orada o'zi tanazzulga uchraydi»1. Turkistonda ana shunday yovuz qarashlarga mos siyosat va amaliyot yuritildi.
Turkistonning noyob tarixiy, ma'naviy, madaniy boyliklari talon-taroj qilindi. 1870— yilda Toshkentda ochilgan kutubxonava 1876— yilda tashkil etilgan muzeyda o'lkaning ma'naviy-madaniy hayotini aks ettiruvchi oltin, kumush, misdan yasalgan qimmatbaho buyumlar, gilamlar, arnaliy san'at namunalari, tarixiy yodgorliklar, arxiv hujjatlari, qo'lyozma kitoblar va boshqa osori-atiqalarto'plandi. Ular ko'rikdan o'tkazilib, qimmatbaho va nodir deb baholanganlari Peterburg va Moskvaga tashib ketildi. San'at darajasida ishlangan Muhammad Rahim taxti, Amir Temur maqbarasining naqshinkor darvozasi, undagi bitiklar, oynalar, oltin koshinlar, Ahmad Yassaviy maqbarasidagi naqshinlar, katta qozon («Nazr-niyoz qozoni»), turli tarixiy buyumlar, noyob kitoblar va boshqalar shular jumlasidandir.
Islom diniga e'tiqod, ruhoniylar, masjid va madrasalar oyoq osti qiiina bordi. Rossiya ma'murlari musulmon muassasalari, madrasa ishlariga aralashib, ularning faoliyatini tobora cheklab bordi.
Maorif va madaniyat sohasida ruslashtirish siyosati yuritildi. Tur-kistoniik bolalarni ruslar bilan aralashtirib o'qitish va tarbiyalash g'oyasi ilgari surildi va 1884— yilda Toshkentda dastlabki «rus-tuzem maktabi» ochildi. XIX asr oxirida ularning soni yuztadan oshib ketdi. Bunday maktablarda rus va o'zbek muallimlari dars mashg'ulotlarini o'tadigan bo'ldi. Maqsad o'zbek yoshlariga rus tilini o'rgatish va rus turmush tarzini singdirish edi. Rossiya ma'murlari yerli aholi bolalarini «rus-tuzem maktablari»ga jalb qilish, qiziqtirish uchun o'lkadagi mahalliy ma'muriyat boshqaruvida rus tilini bilganlar ishlaydi, degan talabni qo'ydilar. Bu talabdan maqsad «yerlilarda mansabga qiziqib» rus tilini o'rganish, ruslashish manfaaEini uyg'otish edi. Rus tilini bilgan mahalliy aholi vakillariga imtiyozlar yaratildi. Shu tariqa, o'lkada ish yuritish asta-sekin rus tiliga o'tkazila bordi.
Mahalliy aholiga Rossiyaning ulug'vorligini ko'rsatish, yevrppacha turmush tarziga qiziqtirish uchun Rossiyaning markaziy shaharlariga sayohatlar uyushtirdi. Katta yoshdagilarni, shuningdek, yoshlarni guruh-guruh qilib Peterburg, Moskva va boshqa shaharlarga olib borib, oq podshohning qudratini, baland imoratlar, ishlab chiqarish korxonalarini ko'rsatishardi. Mustamlakachilar sayohatchilar o'z yurtiga qaytib borgach, Rossiyaning ulug'vorligi haqida vatandoshlariga so'zlab beradi, Rossiya tarkibida bo'lganidan g'ururlanadi, degan maqsadda edilar. Bu tadbirlar ruslashtirish manfaatlarini ko'zlab uyushtirilardi.

Download 356 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish