Reja: I kirish



Download 248,11 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.07.2022
Hajmi248,11 Kb.
#813181
Bog'liq
SAVOD O’RGATISH DAVRIDA O’QISH VA YOZUV FAOLIYATINING BOG’LIQLIGI



SAVOD O’RGATISH DAVRIDA O’QISH VA YOZUV FAOLIYATINING BOG’LIQLIGI 
REJA: 
I KIRISH. 
II ASOSIY QISM: 
1. Savоd o’rgatish davri yozuv darslarini o’rgatish usullari va turlari 
2. 1-sinfda savod o‘rgatish jarayoni 
3. Savod o’rgatish davrida o’qish va yozuv darslari 
4. Savod o‘rgatish davri o’qish darslarida o’quvchlar savodxonlini oshirishda qo‘llaniladigan didaktik 
o‘yinlardan foydalanish 
III XULOSA. 
IV FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI. 
Kirish 
Mavzuning dolzarbligi. O'zbekiston Respublikasi “Davlat tili to'g'risida”gi, “Talim to'g'risida”gi 
qonunlari, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda “2004-2009-yillarda maktab ta'limini rivojlantirish Davlat 
umummilliy dasturi”ga muvofiq boshlang'ich sinflarda ona tili fanini o'qitish oldiga yangi-yangi vazifalar 
qo'yilmoqda. 
“Ona tili” fanini o'qitishning bosh maqsadi yoshlarimizning ijodiy- mustaqil, o'z fikrini erkin va ta'sirli, 
mazmunli va mantiqli qilib yozma va og'zaki shaklda ifodalashga, o'zbek tili qonun- qoidalarini ongli o'zlashtirishga 
o'rgatish, shuningdek, ularning fikr doiralarini kengaytirishga, ona yurtimizga, avlod-ajdodlarimiz qoldirgan boy 
ma'naviyatimizga, milliy urf-odatlarimizga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan. 
Boshlang'ich ta'lim bosqichida yangi tahrirdagi DTS lari asosida o'quvchilarni ona tili ta'limi sohasi 
bo'yicha tayyorgarlik darajasiga qo'yilgan talablar standart me'zon orqali aks ettiriladi: 
1.
O'qish texnikasi 
2.
O'zgalar fikrini va matn mazmunini anglash 
3.
Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi. 
O'quvchilar shu parametrlar asosida bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishi kerak. 
Ana shu maqsadlardan kelib chiqqan holda 1-4- sinf ona tili fanini o'qitishning oldiga bir qator vazifalar 
qo'yiladi: 
1.
O'quvchilarni erkin fikrlashga o'rgatish; 
2.
O'z fikrini o'zbek tilining qonun-qoidalariga muvofiq ravishda og'zaki va yozma ifodalay olish; 
3.
Bir ma'noni turli shakllarda bera olish ko'nikmalarini shakllantirish, so'zlardan o'rinli foydalanish; 
4.
Dunyoni bilishda ona tilining ahamiyatini singdirish kabi vazifalar shular jumlasidandir. 
Mavzuning ishlanganlik darajasi Umumiy o’rta ta’limning Davlat standartlari va o’quv dasturiga 
mashq’ulotlarida savod o’rgatish darslarida hosil qilingan ko’nikma va malakalar asosida bolalarning ona vatan, 
istiqlol, milliy qadriyatlar haqida ta’lim sohasida Q.Shodiyeva, F.R.Qodirova, M.R.Qodirova, Y.Razbayeva, 
Q.Abdullayeva, K.Nazarov, Sh.Yo‘ldosheva, K.Qosimova, S.Matchonov, Sh.Sariyev, O.Roziqov, M.Mahmudov, 
B.Adizov, A.Hamroyev va boshqalar qator o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar, uslubiy qo‘llanmalar yaratganlar. 
Yuqorida keltirilgan olimlarimizdan Q. Shodiyeva, Q.Abdullayeva, K.Nazarov, SH.Yo‘ldoshevalarning 
maktabgacha ta’limda va umuman, savod o‘rgatish metodikasi bo‘yicha olib brogan ishlarini alohida ta’kidlab o‘tish 
maqsadga muvofiqdir. Chunki, aynan, ularning olib borgan ISHNINGlari bolalarni savodga o‘rgatish sohasida katta 
ahamiyatga egadir.
ISHNINGNING OB’EKTI. Savod o’rgatish darslari boshlang’ich sinflarda o’tiladigan barcha predmet 
dasturlarining bo’limlari bilan bevosita bog’liq mashg‘ulotlarning yangiligini ta’minlashga qaratilgan innovatsion 
texnologiyalar asosida dars o‘tish jarayoni ISHNINGimizning ob’ektini tashkil etadi. 
ISHNINGNING PREDMETI. Savod o’rgatish darslari o’qish samaradorligini ijobiy tomonga ta’sir 
qilishning eng qulay usulidir. Sinfda va sinfdan tashqari o’qish darslari boshlang’ich sinflarda o’tiladigan barcha 
predmet dasturlarining bo’limlari bilan bevosita bog’liq. O’qish darslarida o’tilgan mavzular asosida badiiiy kitiblar 
axtarish,asar qahramonlarining nomlarini yozish,ularni tasvirlab berish,ijodiy rasm ishlash,fikrni yakunlash uchun 
mos maqollar yod olish ko’nikmalarini shakllantirish dolzarb metodik manba ekanligini aniqlash, ularning didaktik 
asosini belgilash ham mashg‘ulotning predmeti hisoblanadi.
ISHNINGNING MAQSADI. Savod o’rgatish mashg’ulotlarida va unga ma’lum bir o‘zgartirishlar 
kiritishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samarali usullarini shakllantirish kurs ishi mavzusi 
bo‘yicha olib borayotgan ISHNING ishimizning maqsadi hisoblanadi. 
ISHNINGNING VAZIFASI: Yuqorida oldimizga qo‘ygan maqasadimizdan kelib chiqib: 
1.
Kurs ishida tanlangan mavzu bo‘yicha ijtimoiy-pedagogik, falsafiy-ma’rifiy, ilmiy-metodik hamda 
o‘quv adabiyotlarni o‘rganib chiqish va umumlashtirish. 


2.
Savod o’rgatish mashg’ulotlari o’qish darslariga oid mashg‘ulotlari bilan ishlash jarayonini o‘rganish 
va tahlil qilish. 
3.
Mavzuga oid ilmiy metodik manbalarni o‘rganish va tahlil qilish asosida Savod o’rgatish 
mashg’ulotlarini shakllantirishga oid mashg‘ulot mazmuni, maqsadi va qurilishini o‘rganish hamda 
qayta takomillashtirish dolzarb nuammo ekanligini aniqlash. 
4.
Savod o’rgatish darslari o’qish mashg’ulotlariga oid mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirishga 
yo‘naltirilgan yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars ishlanmalarini yaratish. 
ISHNING ISHINING ILMIY FARAZI.
-
Savod o’rgatish mashg’ulotlarini shakllantirishga oid mashg‘ulotlar bugungi davr va bugungi kun 
bolasi nuqtai nazarini hamda uning individual, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlantirish; 
-
Savod o’rgatish darslarini shakllantirishga oid mashg‘ulotlarning izchil tizimi yaratish; 
-
Savod o’rgatish mashg’ulotlarini shakllantirishga oid mashg‘ulotlarni takomillashtirishning yangi-
yangi usullari o‘ylab topish; 
ISHNINGNING METODOLOGIK ASOSLARI. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi 
Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, prezidentimiz I.A.Karimovning asarlari va ma’ruzalarida bayon 
qilingan ta’limni isloh qilish, maktabgacha ta’limni rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar, qarashlar, ta’lim 
jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, mavzuga 
oid ilmiy-pedagogik, ilmiy-metodik manbalar.
ISHNING ISHINING ILMIY AHAMIYATI. Ushbu kurs ishini bajarish natijasida boshlang’ich sinflarda 
Savod o’rgatish darslari kichik yoshdagi o’quvchilarni ona tilini puxta o’zlashtirishga tayyorlashning ajralmas 
qismi,ta’lim jarayonida ularni ahloqiy-estetik tarbiyalashning muhum vositasi sifatida qaraladi.Sinfdan tashqari 
o’qishning maqsadi kichik yoshdagi o’quvchilarni bolalr adaboyoti va xalq o’gzaki ijodining xilma-xil namunalari 
bilan tanishtirish,ularda kitobxonlik madaniyatini tiklashga oid mashg‘ulot ishlanmalarini, uning maqsadi, 
mazmuni, tipi, qurilishiga oid yangi tushunchalari bilan boyitishning didaktik asoslari ko‘rib chiqildi hamda ilmiy-
metodik tavsiyalar bilan boyitish nazarda tutildi. 
KURS ISHINING TARKIBIY TUZILISHI. Ushbu kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan 
adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


ASOSIY QISM 
1. Savоd o’rgatish davri yozuv darslarini o’rgatish usullari va turlari 
Ma’lumki, savod o’rgatish, o’qish darslarining asosiy vazifasi o’quvchilarga tovush va harfni tanishtirish
ularning to’gri talaffuzini o’rgatish orqali bolalarda to’gri, ongli, ifodali o’qish ko’nikmalarini shakllantirishdan 
iborat. Shuningdek, o’quvchilar lugatini boyitish, boglanishli nutqini o’stirish, bilimini boyitish, mavxum 
tafakkurini shakllantirish, eshitish, qabul qilish sezgisini o’stirishda ham bu davr mas’uliyatliligi bilan alohida o’rin 
tutadi. 
Tayyorgarlik davri o’qishda o’rgatish uchun zamin hozirlaydi. Bu davrda bolalarda o’zgalar nutqing 
eshitish, diqqatni to’plash, til birikmalarini (tovush, bo’gin, so’z, gap) farqlash, ajratish, ularning vazifalarini anglash 
kabi xususiyatlar shakllanadi. Bular o’quvchilarniig o’qishni muvaffaqiyatli egallashlariga yordam beradi. 
O’qishga o’rgatish uchun avvalo o’quvchi tovush va harf bilan yaxshi tanishtirilishi lozim. Tovush va harf 
bilan tanishtirishda bo’gindan tovushni ajratish tamoyiliga rioya qilinadi. Harf bilan tanishtirish bir necha xil 
yunalishda amalga oshirilishi mumkin: 
1.Mazmunli rasm yuzasidan savol-javob usuli bilan boglanishli hikoya tuzdiriladi. Undan kerakli gap, 
so’ng kerakli so’z ajratib olinadi, so’ngra so’z ustida yuqoridagi kabi tahlil ishlari uyushtiriladi. 
2.So’z asos qilib olinadi. Analitik mashqlar yordamida o’rganiladigan tovush ajratib olinadi: ot. O’qituvchi 
ot rasmini ko’rsatadi, o’quvchilar uning nomini – so’zni aytadi. O’qituvchi o tovushini cho’zib (o-o-o-o t) aytadi va 
qaysi tovushni cho’zib aytayotganini o’quvchilardan so’raydi. O’quvchilar o tovushini aytgach, uning xususiyalari 
haqida savol-javob o’tkaziladi. O tovushli so’zlar o’ylab toptiriladi. Shundan so’ng o harfi kesma harfdan yoki 
rasmli alifbodan ko’rsatiladi. Bunda o harfining shaklini esda olib qolishlariga alohida e’tibor beriladi. 
3.O’rganilgan harflar ichiga bugun o’rganiladigan harf aralashtirib quyiladi bolalar uning ichidan notanish 
harfni ajratadilar, so’ng o’qituvchi bu harf ifodalaydigan tovushni aytadilar.
O’quvchilar 
tovushning 
xususiyatlarini aytadilar. Shu harfni kesma harflar ichidan topib, kitob sahifasidan, rasmli alifbodan ko’rsatadilar. 
Shu tariqa tovush-harf bilan tanishtirilgach, o’qishga o’rgatish ustida ishlanadi. 
O’qishga o’rgatishda bugan asos qilib olinadi. Buning uchun o’qituvchida bo’gin jadvali bo’lishi lozim. 
Bo’gin jadvali asosida o’qish namunasi ko’rsatiladi, ya’ni harflab emas, ichida, birinchi harfni ko’z bilan ko’rib, 
uning nomini dilda saqlab, ikkinchi harfni ko’rish va ikkalasini boglab, unlini mo’ljallab ulab aytish tushuntiriladi. 
Bo’gin o’qish o’qituvchining namunasi asosida doimiy ravishda har bir darsda izchil olib boriladi. Bunda quyidagi 
kabi jadvaldan foydalanish mumkin. 
Bunda «Alifbe» sahifalaridagi so’zlarni oldin bo’ginga bo’lish, so’ng o’qishni mashq qilish yaxshi samara 
beradi. O’qituvchining namunali o’qishidan so’ng xor bilan o’qish, yakka— yakka o’qishdan, shivirlab o’qishdan 
foydalaniladi. Ayniqsa, sekin o’qiydigan o’quvchilar bo’lgan sinflarda xor bilan o’qitish o’qishni tezlashtirishga 
yordam beradi. Sinf o’quvchilarining o’qish ko’nikmalaridan kelib chiqib, matndagi so’zlarni harf xattaxtasiga 
bo’ginlarga bo’lib yozish, o’rganilgan harflarni xisobga olgan holda qo’shimcha so’z birikmalari, gaplar tuzib 
yozish va o’qitish usulidan ham foydalaniladi. 
Ma’lumki, «Alifbe» sahifalarida bo’gin tuzilishi murakkablashib boradi. Shuning uchun o’qituvchi har bir bo’gin 
tuzilishining murakkabligiga qarab ish usullarni belgilab olishi zarur. Masalan, uch tovushdan tuzilgan, to’rt 
tovushdam tuzilgan bo’ginlarni o’qishga o’rgatish ham o’ziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bunda o~lam, 
Man—non, tipidagi bo’ginlarda — o~la:m, Ma: n~ no: n tarzidagi qo’shimcha chiziqdan, bodring, do’st tipidagi 
bo’ginda ring, do’st tarzidaga qo’shimcha chiziqlardan foydalaniladi. So’zlarni o’qishga o’rgatishda bilib 
o’qitishdan tashqari jadvallar ham yaxshi samara beradi. 
Umuman olganda, har bir o’qish darsida albatta bo’gin tuzilishi murakkab so’zlarni o’qish mashqi 
o’tkazilishi lozim. Bu usul o’quvchilarda o’qish malakasining takomillashuviga yordam beradi. 
O’qishga o’rgatishda so’zlarni va gaplarni to’ldirib o’qish ko’nikmalarini hosil qilish o’quvchini gap 
tuzishga, tez fikrlashga yunaltiriladi. O’quvchi tushirib qoldirilgan harf va so’zni rasmga qarab topadi, uning gap 
mazmuniga mos yoki mos emasligiga e’tibor beradi, o’rtoqlariga nisbatan tez topib, o’qituvchining rahmatiga 
sazovor bo’lishga intiladi. 
«Alifbe» darsligidagi matnlarda turli tinish belgilari ishlatilgan. Ular shularga mos ohang tanlashni, 
to’xtash, pauza qilish o’rinlarini belgilab olishni taqozo etadi. Bunda ham o’qituvchining tushuntirishi (birinchi 
uchragan tinish belgini izohlashi) va ifodali o’qish namunasini ko’rsatishi katta ahamiyat kasb etadi. 
Ifodali o’qilgan matngina tushunarli tuziladi. 
Har bir predmetda bo’lgani kabi o’qish darslarida ham ta’lim-tarbiya birligiga e’tibor beriladi. O’qish 
darslarida tarbiya o’qilgan matnning ongli o’zlashtirilishiga bogliq. O’quvchi matnda fikr nima haqida 
borayotganini anglasagina, o’zida shunday xislatlarni shakllantirishga harakat qiladi. Ikkinchidan esa yaxshi inson 
bo’lish uchun o’qishning zarurligini anglaydi. Shuning uchun ongli o’qishni ta’minlashda matn bilan unga ishlangan 
mazmunli rasmlar o’rtasidagi boglanishlarni aniqlashtirishga, matn yuzasidan savollar berishga diqqat qaratish 
lozim. Masalan, rasmni kuzating, matnda nima haqida gap boradi? Rasmda nima tasvirlangan? Ular orasida 
boglanish bormi?
Matn mazmunini rasmga qarab so’zlab bering. 
Yoki: Bolalar qayerga bordilar? Qizning ismi nima? Bolaning ismi-chi? Ali, Lola nima qildi? Ular qanday 
lolalar terdilar? 


Demak, o’qish o’qiganlarni o’zlashtirishga yunaltirilgan bo’lishi lozim, shundagina matndagi asosiy fikr, 
ilgari surilayotgan goya o’qituvchilar tomonidan o’zlashtiriladi. So’ng so’z va matnlar yod olingan taqdirda ham 
o’quvchiniki bo’lib qoladi. 
O’qishning ongliligini va ta’sirchanligini ta’minlash uchun matn mazmunini o’quvchilarning ko’rgan -
kechirganlarini, taassurotlari bilan boglash lozim. Shunda o’quvchida o’qishga, o’rganishga qiziqish ortadi. 
Ongli o’zlashtirishni amalga oshirishda lugat ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, 51-
sahifada uvol, rizq-ro’z so’zlari bor. Ularning ma’nosi ustida to’xtalish, birinchidan, fikrni oydinlashtirsa, ikkinchi 
tomondan tarbiyalashga ham xizmat qiladi. 
She’r, tez aytish, topishmoq, qo’shiq, maqol, xikmatli so’zlardan o’qitish, yod oldirish ham o’quvchilarni 
o’qishga qiziqishini oshiradi, o’qish malakasini shakllantiradi, xotirasini mustahkamlaydi. 
O’qish darslarining uchdan ikki qismi o’qishni mashq qilishga ajratilishi lozim. 
Demak, o’quvchilarni o’qishga o’rgatish, ularning o’qish sur’atini oshirish, ifodali va ongli o’qish 
elementlarini shakllantirish, tarbiyalash o’qish darslarining muhim vazifalari hisoblanadi. 
Savоd o’rgatishda mashg’ulоt turlari 
1.Tovush savod o’rgatishning asosi bo’lib xizmat qiladi. Savod o’rgatish davrida so’z va bo’ginlarni tovush 
tomonidan analiz va sintez qilish, tovush va ularning artikulyatsiyasini analiz qilish mashqlari o’tkaziladi, diktsiya 
(ravshan, burro gapirish) ustida ishlanadi, logopedik ishlar olib boriladi. Tovush ustida ishlash bilan ayniqsa, kesma 
harflardan so’z tuzish kabi sintez qilish usullari birlashib ketadi; tovush va harf o’rtasidagi munosabatni doimo 
aniqlab borish o’qish malakalarini shakllantirish uchun ham, imlo tomonidan savodli yozish asosini yaratish uchun 
ham foydalidir. 
S.P.Redozubov tovushni analiz va sintez qilish usullarini to’liq ishlab chiqqan. Shulardan o’zbek tilida 
savod o’rgatishda quyidagi uullardan foydalaniladi: 
Analiz mashqlari; 
1.Nutq 
(gap)dan 
so’zni 
ajratish; 
so’zni 
aniq 
talaffuz 
qilish; 
bo’ginlarga bo’lish va bo’ginlarni aniq talaffuz qilish, urguli bo’ginni ajratish va uni boshqa bo’ginlardan farqlab, 
kuchli talaffuz qilib o’qish, maxsus tovushni ajratgan holda so’zni bo’ginlab o’qish (aaaa-na, nooon, iiil. Sssa-na, ki-
yyyik, 
iiish) 
2.Shu darsda o’rganiladigan yangi tovushni ajratish. Yangi tovushni birinchi marta ajratishning bir necha 
usuli bor: 
a) 
so’zdan 
tovushni 
uzun 
talaffuz 
kilib 
ajratish: 
aaa-na, 
looo-la, iiin, booo-la; 
b) undosh tovushni yopik bugandan ajratish: Usss-mon, O- limmm, A-minnn. 
v) sirgaluvchi undoshni ochiq bo’gindan ajratish: sssa-na, to-yyyi, zzzi-rak; 
g) bo’gin hosil qilgan bir unlini ajratish: o-na, u-num, o’- tin, yo-rur, o-nta, yu-tuq, u-zuk; 
d) o’rganilgan tovushni so’z boshida kelgan so’zlardan ajratish (so’zni oq’ituvchi aytadi, birinchi 
tovushni esa o’quvchi aytadi): nok,tok, lola,...; 
ye) 
rasm 
nomini 
ifodalovchi 
so’zni 
aytish: 
o’qituvchi 
nokning 
rasmini ko’rsatib, noa deydi, o’quvchilar k tovushini qo’shib aytadilar nok. 
Asosan, darsda yangi tovush birinchi marta ajratib, talaffuz qilingandan so’ng, shu tovush so’z boshida, 
o’rtasida, oxirida kelgan va aniq talaffuz qilinadigan so’zlar tanlanib, o’quvchilarga talaffuz qildiriladi: k tovushi 
uchun: kuz, tik, tok. 
O tovushi: olma, osh, O-mon; 
D tovushi: dor. Odil (so’z oxirida jarangsizlashadigan ozod, hisob kabi so’zlarni tanlash tavsiya qilinmaydi). 
3. So’zdagi tovushlarni sanash va ularning nomini tartibi bilan aytish, sonini aniqlash, bo’ginlarni sanash: 
Olma - ol~ma - o-l-m-a; to’rtta tovush, to’rtta harf, ikki unli tovush, ikki undosh tovush, ikki bo’gin .... Bu usuldan 
oq’uv yilining ikkinchi yarmida va keyingi sinflarda ham fonetik taxlil sifatida foydalaniladi. 
4. Jarangli va jarangsiz undoshli so’zlarni taqqoslash: dil-til, oldin-oltin, tor-tosh, moy-choy-loy-boy-soy-
toy kabi. 
Savod o’rgatishda analiz sintez bir-biridan ajratilmaydi, chunki analiz o’qish jarayonini egallash uchun zamin 
yaratadi, sintez esa ko’proq o’qish malakasini shakllantiradi. 
Sintez mashqlari 
1.Tovush tomonidan analiz qilingan so’zni yoki bo’ginni talaffuz qilish va uni kesma harfdan tuzish 
(yozish); shu so’z yoki bo’ginni o’qish. 
2.O’rganilgan undosh bilan (na,no, la.lo, ni, li, bi, si, ma, mo, mi, ta, to, ti, di, do, so, sa, ...) bo’gin jadvalini 
tuzish; bo’gin jadvalini kitobdan yoki matndan o’qish; kesma harflardan burin jadvalini tuzish. 
3.Bola-lola-tola, boy-toy-soy-loy, baxt-taxt, ona-ota, mosh-bosh kabi bir undosh harf bilan farqlanadigan 
yoki ona-opa, ukki-ikki, osh-ish kabi bir undosh harf bilan farqlanadigan so’zlarni o’qish (bunday so’zlarni 
o’quvchilarning o’zlari topib o’qishlari mumkin). 
4.So’zning boshiga yoki oxiriga bir harf qo’shib, yangi so’z hosil qilib o’qish; ola-lola, osh-bosh, oy-toy, 
boy, soy, loy; o’roq-so’roq; ol—xol, sol; sava-savat, yelka~yelkan; son~oson; ayiq ~kayik,- o’lka-yulka; olti-oltin; 
oldi~oldin. 


5.So’z o’rtasiga harf qo’shib, yangi so’z hosil qilib o’qing; ko’mak-ko’lmak, zirak-ziyrak, tana-tashna, 
osha-oshna. 
b.Bo’ginlarni almashtirib yangi so’z hosil qilish va o’qing Gulnor—Norgul. 
6. Tovushlarning o’rnini almashtirib yangi so’zni hosil qilish va o’qish: somon-osmon, tilak – kalit, quy - 
yuq 
7. Tovushni yoki bo’ginni tushirib qoldirib yangi so’z hosil qilish va o’qish: anor-nor, gulnor—gul, yelkan-
yelka, bogla-bola. 
Bo’gin qo’shi1ib yangi so’z: hosil qilish va o’qish: bog-bogcha, gul-gulzor, bogbon, dorboz. 
Sintetik ishlarning bu usullari tovush ustida ishlatib harf ustida ishlash bilan birga qo’shib olib borishni 
talab qiladi. Bu ish usullari qiziqarli bo’lib, darsda yarim o’yin holatini vujudga keltirishga imkon beradi. 


2. 1-sinfda savod o‘rgatish jarayoni 
Savod o'rgatish murakkab jarayon. Ana shunday muhim va murakkab vazifani samarali hal etish uchun 
o'qituvchi ta'lim metodlarini to'g'ri va o'rinli qo'llashi, darsning har bir daqiqasidan unumli foydalanishi, darsda 
o'quvchilarning tayyorgarlik darajalari hamda o'zgaruvchanlik qobiliyatlariga muvofiq ish olib borishi lozim. 
Ayniqsa bolalarning olti-etti yoshidan o'qitilishi savod o'rgatish bilan bog'liq bo'lgan barcha masalalarni ongli hal 
etishni taqazo etadi. Bu o'rinda kichik maktab yoshidagi o'quvchilarga o'qish-yozishni o'rgatish metodlarini to'g'ri 
tanlash nazarda tutiladi. 
Savod o'rgatish metodlarini takomillashtirish haqida fikr yuritishdan oldin bu haqdagi mavjud fikrlar va 
uning tarixi bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiqdir. Savod o'rgatish metodlari jamiyatimiz taraqqiyotining 
ma'lum bosqichlarida turlicha shakllanib, uzoq tarixiy davrni boshidan kechirgan. 
Manbalarda ta'kidlanishicha, Respublikamiz hududida dastlabki boshlang'ich maktablar yoki xat-savod 
chiqarish maskanlari VIII asrda Turkistondagi birinchi ibtidoiy maktab hijriy 94 yili (milodiy - 713 yil) Qutayba ibn 
Muslim Boxiriy tomonidan Buxoro arkida zardushtiylar ehromi o'rnida bunyod etilgan. 
Eski maktabga bolalar 6-8 yoshlar atrofida qabul qilingan. O'quv kursi 5-8 yil davom etib, bolalar xat-
savod chiqarish bilan bir qatorda arifmetikadan dastlabki bilimlar olganlar, yozuvga o'rgatilganlar, madrasalarga 
o'qishga kirish uchun zarur bilimlarni egallaganlar. 
Xalq ta'limi sohasidagi islohotlarni amalga oshirishning muhim omillaridan biri ajdodlarimiz merosini 
o'rganish va ularning zamon talablariga muvofiq keluvchi jihatlarini qadriyat sifatida qayta tiklashdir. 
Tarixiy manbalarda aytilishicha respublikamiz hududida o'rta maxsus va oliy ta'lim o'choqlari hisoblangan 
dastlabki madrasalar, chunonchi, Forjak madrasasi (Abu Bakr Muhammad Narxashiy «Buxoro tarixi» asarida 937- 
yilgi yong'inda zarar ko'rgan, deb aytib o'tgan) kabi ziyolilar tayyorlovchi bilim maskanlari faoliyat ko'rsatgan, 
yurtimizda milliy an'anaviy ta'lim tizimi shakllana borgan. O'zbek an'anaviy ta'lim tizimi tarkibini: boshlang'ich 
maktablar, o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlari madrasalar, xususiy ta'lim, ixtisoslashtirilgan ta'lim va mustaqil ta'lim 
shakllari tashkil etgan. 
Milliy an'anaviy ta'lim tizimining dastlabki bosqichi hisoblangan boshlang'ich maktablar O'rta Osiyo tub 
joyli aholisi bolalari uchun xat - savod chiqarish maskanlari bo'lib, ular yurtimizda VIII asrda paydo bo'lgan. Tarixiy 
manbalarda Turkistondagi birinchi ibtidoiy maktab hijriy 94-yili (melodiy 713-yil. Qutayba Ibn Muslim Balxiy 
tomonidan Buxoro arkida, zardushtiylar ehromi o'rnida bunyod etilgan, deyiladi. 1896- yilda Sank-Peterburgda 
nashr etilgan katta ensiklopediyada O'rta Osiyo an'anaviy maktablariga quyidagicha ta'rif berilgan: 
«Maktab - musulmonlarning masjidlar qoshidagi xat-savod chiqarish va diniy udumlarni o'zlashtirish 
dargohi». Albatta, chor mustamlakachilari tomonidan maktabga nisbatan berilgan ushbu ta'rifni unchalik to'g'ri va 
to'liq deb bo'lmaydi. 
Maktablarda bollar xat-savod chiqarish bilan bir qatorda arifmetikadan dastlabki bilimlar olgan, 
madrasalarga o'qishga kirish uchun zarur bilimlarni egallaganlar. 
Odatda, bolalar 6-8 yoshlar atrofida, ayrim iqtidorli bolalar 4-5 yoshdanoq maktabga o'qishga berilgan. 
Chunonchi, Sadriddin Ayniy to'rt yasharu to'rt oy, to'rt hafta va to'rt kunligida, Mirzo Abdulqodir Bedil besh yosh-u
besh oyligida maktabga borib, yetti yoshliklarida Qur’onni bemalol o'qiganlar. O'quv kursi 5-8 yil davom etgan. 
O'qishning davomiyligi domlaning ilmiy saviyasiga, o'quvchining zehriga hamda o'quvchi oilasida uning o'qishiga 
nisbatan yaratilgan sharoit va muhitga bog'liq bo'lgan. Maktablarda mashg'ulotlar juma va bayram kunlaridan 
tashqari har kuni quyosh chiqishidan asr nomozigacha davom etgan. Tushlik uchun tanaffusga chiqilgan. Yoz 
oylarida va ro'zai-ramazon oylarida ta'tilga chiqilgan. 
Milliy an'anaviy maktablarda maktab xarajati va domlalarning daromadi xayriya mulklari bo'lmish vaqf 
mulklaridan tushgan daromadlar hamda o'quvchilarning ota-onalari tomonidan o'qish uchun to'lanadigan mablag'lar 
hisobidan bo'lgan. Shariatga ko'ra ilm o'rganish uchun murojaat qilgan kishiga rad javobi berish og'ir gunoh 
hisoblanganligi, o'qishga kelgan har bir bolaning qaysi ijtimoiy toifadan bo'lishidan va o'qish uchun qancha haq 
to'lashidan qat'iy nazar o'qituvchilar zimmasiga ularni har qanday e'tirozsiz o'qitish vazifasini yuklagan. 
Qiz va o'g'il bolalar alohida-alohida maktablarda o'qitilganlar. O'g'il bolalar masdijlar qoshida ochilgan 
maktablarda masjid imomi yoki muazzini, agar ular uzrli sabablarga ko'ra rad etsalar, masjid qavmi tomonidan taklif 
etilgan, madrasani tugatgan boshqa ziyolilar tomonidan o'qitilgan. Shuningdek, ular xususiy maktabdorlar 
tomonidan maxsus maktabxonalar tomonidan xonadorlarda ham o'qitilganlar. Qiz bolalar esa otin oyi yoki otin bibi
deb ataluvchi o'qituvchi ayolar ochgan maktablarda ta'lim-tarbiya olib, xat-savod o'rganganlar. 
Maktablarda o'qishga kelgan o'quvchiga, avvalo, musulmonchilikning qasamyodi bo'lgan «Kalimai 
shahodat» duosi yodlatilgan. Shundan so'ng 28 harfdan iborat arab alifbosi, harflar yozilgan maxsus taxtacha - 
«lavh» yordamida o'rgatilgan. Harflarning nomini o'qitishdan harf osti va ustiga qo'yiladigan diakritik belgilar - 
«harakatlar» yordamida bo'g'in tuzishni o'rgatishga o'tilgan. Keyingi o'quv bosqichi «abjatxonlik» deb atalib, bunda 
o'quvchilar bo'g'inlarni qo'shishga, «Abjadga» ko'ra hisob va ko'paytirish qoidalariga o'rgatilgan. 
An'anaviy maktablarda esa kitobxonlik «Haftiyak» (forscha «Qur'oni karimning ettidan biri» degani) 
kitobini o'zlashtirish bilan boshlangan. Qur'on va «Haftiyak» kabi arab tilidagi kitoblarni yodlash orqali o'quvchilar 
o'quv dasturi bo'yicha xalqaro arab tilida o'qitishga asoslangan o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlari bo'lgan 
madrasalarga o'qishga kirish uchun leksik zahira yig'ib borganlar. Savodi chiqqach, bolalar diakritik belgilarsiz 
nastaliq yozuvida fors-tojik tillarida yozilgan «Chori kitob», So'fi Olloyorning «Sabot ul-ojizin», Fariddin Attorning 
«Mantiq -ut-tayr», Hofiz Sheroziy, Fuzuliy, Bedil, Navoiy, Mashrab kabi Sharq klassik mutafakkirlarining 
devonlarini o'qib saboq olganlar. Asosiy maqsadlaridan biri o'quvchilarga madrasalarga o'qishga kirish uchun 


fundamental bilimlar berish va jamiyatning odob-axloq me'yorlarini singdirish bo'lgan o'g'il bolalar maktablari o'quv 
dasturidan farqli ravishda, qizlar maktablarida arab tilidagi Qur'on matnlarini yodlatishga nisbatan Sharq klassik 
shoirlari ijodini o'rganishga ko'proq e'tibor qaratilgan. Shuningdek, ularda qizlarni ayollar tarbiyasining o'ziga hos 
jihatlari, chunonchi uy-ro'zg'or tutish, pazandalik, pokizalik, sharqona odob-axloq me'yorlari kabilar Aliy 
Nazimoning «Ta'limi banot» («Qizlar tarbiyasi»), Olimat-ul-Banotning «Muosharat odobi», Faxriddin ibn 
Rizouddinning «Tarbiyali xotun» kabi darsliklar ham o'qitilgan. 
XIX asrning oxirlaridan paydo bo'la boshlagan jadid usulidagi maktablardan farq qilgan holda, o'zbek 
an'anaviy maktablarida bolalar o'qishni to'liq o'zlashtirib olgandan keyin yozishni o'rganishgan. O'qituvchilar, 
odatda, «So'fi Olloyor», ba'zan «Xo'ja Hofiz» kitoblarini o'qiy oladigan bo'lgandan keyingina «xatga tushgan». 
yozuvga o'rgatish bir necha bosqichda olib borilgan. Dastlab alohida harflar yozilgan (mufradot bosqichi), keyin 
harflarni qo'shib yozish mashqlari (murakkabot bosqichi), so'ngra ikki misrali bayt, qit'a, ruboiylarni ko'chirib 
yozish (mukattaot mashqlari) ga o'tilgan va nihoyat, duoyi salom hamda ish yuzasidan qog'ozlar yozilgan. Domlalar 
bolalarning yozuvini takomillashtirish uchun ularga «Taxta yozish» (lavhga harflarni yozish), ayrim shoirlarning 
kitoblaridan parchalar ko'chirib yozish mashqlarini ham bajartirganlar. Yozuvga o'rgatishda o'qituvchilar «Badoi-ul-
Insho», «Munshoat», «Dastur-ul kuzzot», Saidsalohiddinxo'ja ibn Olovuddinxo'janing «Mufradot», Shermuhammad 
Avazbek o'g'li Munisning «Savodi ta'lim» kabi darslik qo'llanmalaridan ham foydalanganlar. 
O'qitish sinf dars tizimida olib boriluvchi zamonaviy maktablardan farq qilib, an'anaviy usuldagi 
maktablarda o'quvchilar bilan mashg'ulotlar yakka tartibda olib borilgan va bir domladan saboq oladigan, maktab 
o'quv kursining turli bosqichlarida o'qitilayotgan bolalarning hammasi bir sinfxonada o'tirib o'qitilavergan. Shunga 
muvofiq, darsxonaning to'rida Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Mashrab, Xofiz Sheroziy, So'fi Olloyor asarlari, «Chor 
kitob» kabi murakkab qo'llanmalarni o'rganayotgan o'quvchilar, o'rtada Qur'on, «Haftiyak» yodlab o'rganuvchi 
poygakda «abjadxonlar» (bo'g'inlab o'quvchilar, «Abjad»ga ko'ra hisob va ko'paytirishni o'rganuvchilar), 
«taxtaxonlar» (arab alifbosi harflari yozilgan maxsus taxtacha - «lavh»dagi harflarni yodlab o'rganayotgan 
o'quvchilar) o'tirganlar. O'qitishdagi bunday o’ziiga xoslik o'quvchilarni o'qishga yilning aniq belgilangan paytida 
emas, balki yil davomida qabul qilinaverishiga imkon bergan. 
Klassik usuldagi o'zbek milliy maktablarida o'quvchilarning bilimlarini baholash o'ziga xos bo'lib, ularda 
bolalarning individual qobiliyatlariga katta e'tibor qaratilgan hamda bilimlar o'zlashtirilishiga qarab «qoniqarli» yoki 
«qoniqarsiz» deb baholangan. Agar o'quvchi topshirilgan vazifani yetarli darajada o'zlashtirgan bo'lsa, u navbatdagi 
darsni o'qishga o'tgan, agarda qoniqarsiz o'zlashtirgan bo'lsa, o'qituvchi unga kelgusi darsda ham shu saboqlarni 
takrorlashni topshirgan. Shu tarzda o'quvchi saboqdan qoniqarli darajada bilim olmas ekan, unga yangi saboq 
berilmagan. O'qituvchining sinovlaridan o'tgan bolalar «taxtaxonlik»dan «abjadxonlik»ka, undan «haftiyakxonlik» 
va keyin «kitobxonlik»ning boshqa murakkab bosqichlariga o'tkazilgan. Shunga muvofiq iqtidorli bolalar o'z 
qobiliyatlariga ko'ra boshlang'ich maktab kursini tez fursatda o'zlashtirib, ta'limning keyingi yuqori bosqichiga 
o'tganlar, nisbatan o'qishga qobiliyati sust, dangasaroq bolalar bu maktablarda ancha vaqt o'qiganlar. Iqtidorlilar esa 
alohida darg'alarga sazovor bo'lgan. Masalan, Alisher Navoiy boshqa tengdoshlari Sa'diy Sheroziyning «Guliston» 
va «Bo'ston» to'plamlaridagi she'rlarni o'qiganlarida, u ularga nisbatan murakkabroq bo'lgan, tasavvur tariqatining 
yirik namoyondasi Fariddin Attorning «Mantiq ut-tayr» asarini qiziqish bilan o'rgangan va tez o'zlashtirgan… 
Bolalarni yozuvga o'rgatishni baholashda ham individual mezon asosiy vosita hisoblangan. «Mufradot» 
bosqichini qoniqarli o'zlashtirgan bolalar uchun «Murakkabot» mashqlariga o'tish, uni yetarli darajada egallagan 
o'quvchilar uchun «Mukattaot» mashqlari va undan duoyi salom hamda ish yuzasidan qog'ozlar yozishga o'tish 
o'quvchilarni rag'batlantirish va baholash usullari hisoblangan. 
Ijtimoiy taraqqiyot o'sishi, zamon talablari bilan bog'liq tarzda XIX asr oxiri - XX asr boshlarida 
taraqqiyparvar milliy ziyolilar tomonidan klassik usuldagi an'anaviy maktablar Yevropacha usuldagi birmuncha 
isloh etila boshlandi. Chunonchi, ularda mashg'ulotlar sinf dars tizimida o'tilgan; birinchi darslik sifatida ona tilidagi 
alifbo o'qitilgan; savod tovush uslubida chiqarilgan va o'quvchilar yozuvga o'qish bilan bir paytda o'rgatilgan. 
Ijtimoiy taraqqiyotning o'sishi, zamon talablari bilan bog'liq tarzda XIX asr oxiri XX asr boshlarida 
taraqqiyparvar milliy ziyolilar tomonidan klassik usuldagi an'anaviy maktablar Yevropacha usuldagi birmuncha 
isloh etila boshlandi. Chunonchi, ularda mashg'ulotlar sinf dars tizimida o'tilgan. Birinchi darslik sifatida alifbo 
o'qitilgan. Savod o'rgatishda analitik-sintetik tovush metodika o'tilib, o'quvchilarga bir vaqtda o'qish va yozish o'tila 
boshlandi. 
Turkistonda savod o'rgatish metodlarini takomillashtirishga o'z hissasini qo'shgan va birinchi o'zbek tilidagi 
«Alifbe» kitobini yaratgan Saidrasul Saidazizovdir. 
Turkistonda rus-tuzem maktabining «Musulmoncha sinf» o'qituvchisi bo'lib ishlagan Saidrasul Saidazizov 
(1866-1933) 1902-yil fevral oyida o'zbekcha Alifbe kitobini yozib tugallaydi. Bu alifbe kitobini u «Ustodi avval» 
deb nomlagan. Bu kitob 1902-yil sentyabr oyida 3000 nusxada bosilib chiqqan. 
Saidrasul Saidazizov dastlabki o'zbek tarjimonlaridan biri bo'lib, K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoy, 
S.M.Grameniskiy kabi pedagoglarning maktablar uchun nashr qilingan o'qish kitoblaridagi bolalarbop asarlarni 
o'zbek tiliga tarjima qilib, «Ustodi avval»ida bergan. 
«Ustodi avval»ning muallifi alifbe tuzishda o'z oldiga ikki xil maqsad qo'ygan ya'ni: 
a) 
o'zbekcha xat - savod o'rgatish; 
b) 
bolalarni arabcha xat-savoddan xabardor qilib, Qur'on suralaridan kichik-kichiklarini o'qish, yod 
aytishga o'rgatish.
1.
Mazkur maqsadga ko'ra «Ustodi avval» kitobi ikki qismga bo'linadi: 


O'zbekcha xat-savod o'rgatish (2-51 betlar). 
2. Arabcha, ya'ni «Qur'on xati» niYu suralarini o'qishga o'rgatish (52-71 betlar). 
«Ustodi avval» ning o'zbekcha xat - savod o'rgatish qismi uch bosqichgu bo'linadi. 
1.
Xat-savod o'rgatishga tayyorgarlik ko'rish davri. bunda ruchka ushlash, maktabxonalarda qalam 
bilan, rus tuzem maktablari ruchka va musulmoncha sinflarda (fulok qalam) bilan yozilgan. Daftar tutishga o'rgatish 
hamda «xurufi xijo» dan bir nechtasini mashq qilish nazarda tutilgan. 
2.
Alifbe davri «Ustodi avval» ning 2-19 betlari. Bunda 32 harf hamda bu harflarning yozuvda 
so'zning qaerida kelib, qanday surat - 106 surat kashf qilishi, ularning yozuvda ifodalanishi shakli berilgan. 
Qiroat davri 22-51 betlar. Bunda avval, «zer-zabar» yuzasidan malaka hosil qilish nazarda tutilgan, so'ngra 
o'qish uchun so'z birikmalari hamda matnlar berilgan. 
«Ustodi avval» ning arabcha, ya'ni Qur'on xat iva suralarini o'qishga o'rgatish qismi (52-71 betlar) o'ziga 
xos ilmiy asoslangan qoidalar asosida tuzilgan. Bunda ta'limning ongli bo'lishiga muallif alohida e'tibor bergan. 
Turkistondagi hamma maktab turlarida dinni ta'lim maktablarining o'quv rejasiga kiritilgan o'quv fanlaridan biri 
bo'lgan. Bola maktabga kelgan birinchi kunidanoq mazkur o'quv fani o'qitila boshlangan. Bu masalani «Ustodi 
avval» ning muallifi turkistonda birinchi bo'lib boshqacha hal qilgan, ya'ni avval bolalarni o'z ona tilida xat-savodli 
qilish, ona tili alifbosini o'rgatish so'ngra «Alifboi Qur'oniy» dan ta'lim berish zarur deb bilgan. Mualliya bunday 
yozgan edi: 
«Ustodi avval»ning foydasi daf'atan o'qimoq, yozmoq uchun ko'prikdir. Alifbeni o'qib va bitib bo'lgandan 
so'ng hikoyatlarga yaqin vaqtda kitob oxiridagi alifbeni qur'oniy bilaturib, andin xam oz-oz saboq beriladur to 
oxirigacha». 
«Ustodi avval»ning o'z darsligini xat-savod o'rgatishning yangi usulida tuzilganligini, o'sha yillari 
o’zbekcha metodik adabiyotlar, maqolalar nashr qilinmasligini nazarda tutib, alifbening boshida muallimlar uchun 
metodik yo'l-yo'riqlar bergan. 
O'rta Osiyoda Saidrasul Saidazizovdan keyin ko'plab fan jonkuyarlari milliy alifbelar yaratish va uni 
takomillashtirishga harakat qildilar. 
«Ustodi avval» kitobidan keyin 1901-yillarda Tonkentda Munavvarqori tomonidan «Adibi avval»nomli 
alifbo yaratildi. Bu alifbo Turkistondagi usuli jadid maktablarining ko'pida ba'zi rus-tuzim maktablarida ham qabul 
qilinib dars jadvaliga kirgiziladi. Bu alifboga Oktyabr inqilobigacha tuzatishlar kiritilib nashr qilinadi. Alifboning 
so'nggi bosmalari rasmli bo'lib chiqadi. 
O'rta Osiyada uchinchi alifbo «Binchi muallim» nomi bilan 1912-yilda Abdulla Avloniy tomonidan yozildi. 
Alifbo Toshkentda «Maktab» kutubxonasining harfi bilan nashr qilinadi. Oktyabr inqilobigacha 4-5 marta bosilib 
chiqadi. 
To'rtinchi alifbo Xivada mualliflik qilgan Muxtor Bakirov tomonidan yozilgan bo'lib, kitob «Savod» deb 
nomlanadi. Bu alifbo o'zbekcha, totorcha, turkmancha, aralash shevada yozilgan. Kitob 1913-yilda Qozonda nashr 
qilinadi. 
O'rta Osiyoda beshinchi alifbe «Ta'limi avval» nomi bilan Rustambek Yusuf o'g'li tomonidan yozildi. 
Alifboning birinchi bosmasi taxminan o'n ikkinchi yillarda, ikkinchi bosmasi esa 1914-yillarda nashr qilingan. 
Turkistonda uyg'onish davrida chiqqan oltinchi alifbo «Turkiy alifbo»dir. Bu alifbo, 1916-yilda muallif 
Muhammadjon Abdulxoliq o'g'li tomonidan yozilib Qo'qonda «G'ayrat» kutubxonasining tasorifi bilan bosiladi. 
Alifbo kitobi rasmli bo'lgan. 
Yettinchi alifboni Samarqandda Sayidrizo Alizoda tuzgan bo'lib, «Zarafshon» kutubxonasi orqali nashrga 
chiqarilgan bu alifbo 96 betdan iborat bo'lib, 1917-yilda faqat bir marotaba bosiladi. 
Shuningdek, bu alifbolardan tashqari yana 1912-1914-yil oralarida Farg'onada «Miftoxul alifbo», 
«Miftoxul avval», «Taxsil alifbo» nomli alifbolar ham bosilib chiqadi. Bulardan «Miftoxul alifbo»ning tuzuvchi
Mirzo Hayrullodir. «Taxsil alifbo» esa Abdullaxon Ibodiy tomonidan yaratilgan. Turkistonda oktyabr inqilobigacha 
chiqqan alifbolar yuqoridagilar hisoblanadi. Bu alifbolarning ko'pi bir-biriga taqlid etilib yozilgan bo'lib, biroz 
tuzuklari «Adibi avval», «Turkiy alifbo» va «Birinchi til» nomli alifbelar hisoblangan.
Oktyabr inqilobidan keyin chiqqan alifbolar esa quyidagilardir: 
«Rahbari avval» - bu alifbo 1918-yilda Toshkentda faqat bir marta bosilgan bo'lib, M.Faxriddin tomonidan 
tuzilgan va «Hurriyat» kutubxonasi orqali nashr qilingan. 
«O'rtoq» deb nomlangan alifbe esa Samarqandda 1918-yilda maorif mudiri bo'lib ishlagan 
Chechavichkinning tashabbusi bilan Vyatkin tomonidan tuziladi. Bu alifbe 20 ming dona bosiladi, lekin bu 
alifbedan maktablar hech qanday foyda ko'rmaydi. 
1919-yildi Shokirjon Raximiy tomonidan «Sovg'a» deb nomlangan alifbe tuziladi. Bu alifbe rasmli bo'lib 
Turkiston jumhuriyatining maorif komissarligi xarji bilan nashr qilinadi. Bu alifbe har safar nashr qilinishida 
tuzatishlar kiritilib, besh marotaba bosiladi. 
M.Qodiriy, A.Mo'miniy va Sh.Islomiylar hamkorlikda «Kattalarga o'qish» nomli alifbe tuzadilar. Alifbe 
1920-yilda «Davlat nashriyoti» tomonidan ko'p miqdorda bosilib chiqariladi. Bu alifbe Amerika usulida yozilganligi 
uchun, bu usuldan habarsiz muallimlar undan keragicha foydalana olmaydilar va o'qitishga qiynaladilar. 
«Til ochgich» - bu rasmli alifboni tuzuvchisi Hasanali Nosiriydir. Alifbe 1922- yilda 5 ming nusxada nashr 
qilinadi.
Shokirjon Raximiy «O'zbek alifbosi» nomli rasmli alifbo tuzadi. Alifbe «Davlat nashriyoti» tarafidan 1922-
yilda faqat bir marta 25 nusxada bosiladi. Bu alifbe kitoblaridan keyin alifbe kitobini bolalar yozishga mos qilib, 


sodda va uni takomillashtirishda katta hissa qo'shgan kishilardan biri Oqilxon Sharofiddinovdir. Oqilxon 
Sharofiddinov butun umrini ilm-ma'rifatga, bolalar tarbiyasiga baxshida etgan. Oqilxon Sharafiddinov «Bilim va 
mehnat», «Alifbe», «Mehnat bolalari», «O'qish kitobi», «Kattalar alifbesi», «Chiroyli yozuv», «Alifbe metodikasi» 
singari ko'pgina kitoblar yaratdi. Bu kitoblar 1929 – 1930-yillarda nashr qilindi. Bular orasida, ayniqsa, «Alifbe» 
kitobi ko'pchilikka ma'qul bo'ldi. Shu tufayli 1938-yildan boshlab «Alifbe» ommaviy nusxada bosilib, jumhuriyat 
maktablarida asosiy kitob - qo'llanma bo'lib ishlatila boshlandi. 
Oqilxon Sharofiddinovdan keyin «Alifbe» kitobini, savod o'rgatishni takomillashtirish bo'yicha Qumri 
Abdullayeva ish olib bordi. 
Mustaqillik davri kelib o'quvchilarga savod o'rgatish davrida qo'llash uchun T.G'afforovaning «Alifbe» 
(savod), O.Sharofiddinov va Q.Abdullayevalar yaratgan «Alifbe» (Shodlik), 2003-yildan boshlab Rohatoy Safarova 
hammuallifligidagi yangi «Alifbe» darsligi savod o'rgatish davrida o'quvchilar savodini chiqarish xizmat qilib 
kelmoqda. 
Maktabda o'qish elementar o'qish va yozuvga o'rgatishdan boshlanadi. «Alifbe» ga asoslangan holda qisqa 
vaqt ichida bolaga o'qish va yozish o'rgatiladi. Keyin o'qish va yozish ko'gikmasi takomillashtira borib malakaga 
aylantiriladi, malaka mustahkamlanadi. Avtomatlashtira boriladi. Maktabda o'qitishning muvaffaqiyati savod 
o'rgatishning qanday tashkil etilganligiga bog'liq. 
Savod o'rgatishda analitik - sintetik tovush metodi shu davrga qadar yuqorida ta'kidlaganimizdek 
rivojlanishning murakkab yo'lini bosib o'tdi. Bugungi kunga kelib Respublikamizdagi ko'p sonli boshlang'ich sinf 
o'qituvchilari analitik-sintetik tovush metodidan ijodiy foydalangan holda o'quvchilarni o'qish va yozishga o'rgatib, 
ijobiy natijalarga erishmoqdalar. 
Bu metodga ko'ra tovushlar so'zlardan ajratib tahlil qilinadi. Ya'ni savod o'rgatishda bo'g'inlab o'qish 
prensipi qabul qilingan. O'quvchilarning eshitish va idrok qilish qodiliyati taraqqiy ettiradi. Savod o'rgatishda o'zbek 
alfavetidagi harflarning to'rt shakli (bosma va yozma, katta va kichik) o'rgatiladi. Shu jarayonda o'quvchilar 
kishilarning ismi va familiyasini, joy nomlarini, gapning harfini katta harf bilan yozilishini o'zlashtiradilar. Savod 
o'rgatish jarayonida kesma harflardan foydalanish savod chiqarishdagi muhim omillardan biri hisoblanadi. Kesma 
harflardan bo'g'in tuzish, bo'g'inlardan so'z hosil qilish savod chiqarishdagi jarayondir. Shuning uchun birinchi sinf 
o'quvchilarida kesma harflar bo'lishi lozim. Chunki kesma harflar bilan ishlash savod o'rgatish davrining eng muhim 
jarayonidan biri hisoblanadi. Biroq o'quvchilar dastlabki kunlarda kesma harflardan foydalana olmaydilar. Buning 
uchun o'qituvchi o'quvchilar bilan kesma harflardan foydalanish ko'nikmasini shakllantirib borishi kerak. Bunda 
albatta kesma harflardan so'z tuzish mashqi o'rgatiladi. Kesma harflardan tuzilgan so'z tarkibidagi tovushlarni 
talaffuz qilish orqali ular farqlanadi. Kesma harf bilan ishlash jarayonida o'quvchilar o'qish va yozishga o'rgatib 
boriladi. Dastlabki kesma harflar yordamida tuzilgan so'zlar bo'g'inlarga bo'linib, talaffuz qilinadi. Kesma harflar 
yordamida so'z va bo'g'inlarni yozish ko'nikmasi hosil qilingach, o'qish mashq qilinadi. 
O'qishga o'rgatishda tovushlarni qo'shib o'qish masalasi hosil qilish savod o'rgatish jarayonining muhim 
qismini tashkil qiladi. Chunki birinchi sinf o'quvchilari so'zni bo'g'inlab emas, harflab o'qiydilar. Bo'g'inlab o'qishga 
o'rgatilayotganda ham bo'g'inni emas balki harfni o'qiydi, ba'zan bo'g'inni tashkil qilgan harflarning o'rnini 
almashtirib o'qiydi. Bunda kamchiliklarni tuzatish uchun so'z bo'g'inlari sekin o'qiladi. O'qituvchi tomonidan so'z 
tarkibidagi tovushlar analiz va sentiz qilinadi. Analiz va sintez savod o'rgatish jarayonida bir-biri bilan bog'liq 
ravishda olib boriladi. Savod o'rgatishda analiz-sintezdan oldin o'tkazilsa-da, ular bir-birlaridan ajralmaydi. Analiz 
va sintez savod o'rgatish jarayonida bir-biri bilan bog'liq ravishda olib borish bo'g'inlab o'qish ko'nikmasini 
shakllantirishning asosini tashkil qiladi. Tilshunoslikda tovushni analiz va sintez qilish usullari maxsus ishlangan. 
Alifbeshunos olima Qumri Abdullayeva o'quvchilarga yangi tuvosh va harflarni o'rganish uchun quyidagi 
tartibni tavsiya etgan. 
ANALIZ METODI 
a) 
Nutqdan gapni ajratish; 
b) 
Gapni so'zlarga ajratish va zarur bo'lgan so'z yuzasidan talaffuz mashqini o'tkazish; 
s) 
Ajratib olingan so'zni bo'g'inlarga bo'lish; 
d) 
Bo'g'in tartibidan o'rganilgan tovushni ajratish va talaffuzini o'rganish; 
e) 
Yangi tovushning grafik belgisi-bosma harf bilan bolalarni tanishtirish. 
SINTEZ METODI: 
a) 
Kesma harflardan bo'g'in va so'z tuzish; 
b) 
Tuzilgan so'zni o'qish; 
s) 
Tuzilgan yangi so'zni «Alifbe» kitobidan o'qish; 
d) 
Yangi so'z ishtirok etgan gapni «Alifbe» dan o'qish. 
Analiz va sintez jarayonining bir butunligi shundaki, so'z analizi natijasida o'qituvchi so'zning ma'no 
anglatishini tushunib boradi. Bu so'z o'rnida sintezdir. So'ng ma'nosini anglash ya'ni uni sintez qilish, so'zning 
tovush tarkibini o'rganishini talab qiladi. Bu analizdir. Ko'rinadiki savod o'rgatishda analiz va sintez uzviy bir-biri 
bilan bog'liqdir. 
Keyingi yillarda ko'p sonli boshlang'ich sinf o'qituvchilari yuqorida ta'kidlab o'tgan analiz-sintez metodidan 
foydalanib, savod o'rgatish jarayonida ijobiy o'zgarishlarga erishib keldilar. 
Ta'lim jarayonidagi o'zarishlar analitik - sintetik tovush metodidan foydalanishda olimlarimiz tomonidan 
turli tavsiyalarning taklif etilmoqda. 


Metodist olim Mahmudjon Yusupov o'zining «O'qish va yozuv darslari samaradorligini oshirish» nomli 
metodik qo'llanmasida analitik-sintetik tovushdan foydalanishning quyidagi usulini taklif etgan. 
Analitik mashqlar 
1. 
Belgilangan tayanch so'zini va tarkibidagi yangi o'rganilayotgan tovushni to'g'ri talaffuz qilish: 
2. 
Yangi o'rganilayotgan tovushni tayanch so'zdan ajratib olish va sof holda talaffuz qilish; 
3. 
Shu tovushni talaffuz qilish jarayonida nutq organlarining holatini amaliy ko'rsatish va izohlab 
tushuntirish; 
4. 
Talaffuzi o'rganilgan tovushni to'g'ri so'zlar tarkibidan topish; 
5. 
Tarkibidagi yangi o'rganilgan tovush ishtirok etadigan so'zlar tanlash; 
6. 
Talaffuzi o'rganilgan tovushning grafik belgisi - bosma harf bilan tanishtirish; 
7. 
Harfning bosh va kichik shaklini, oldin o'rganilgan harflardan farqini ko'rsatib, tushuntirish. 
Sintetik mashqlar 
1. 
Kesma harflardan bo'g'in tuzish va o'qish; 
2. 
Bo'g'inlardan so'z tuzish va o'qish; 
3. 
«Alifbe» tushunchalarida bo'g'inlarga bo'lib berilgan so'zlarni o'qish; 
4. 
«Alifbe»dagi so'z va gaplarni o'qish. 
M.Yusupov asosiy maqsadni nazarda tutib, anilitik mashqlarni nutqdan emas, so'zdan boshlashni tavsiya 
etadi. Bunda o'quvchilarga tovushni o'rgatish uchun shu tovush ishtirok etgan bir necha so'z tanlash kerak. 
Tanlangan tayanch so'z ifodalaydigan predmet o'quvchilarga tanish bo'lsa ish osonlashadi. Bundan tashqari 
o'rganiladigan tovush so'zning qaysi qismi (bosh, o'rta yoki oxiri) da kelishi muhim ahamiyatga egadir. O'rganilgan 
tovush faqat so'zning boshida kelsa, shu unli tovush alohida bo'g'in hosil qiladigan so'z tanlashini va shu 
ifodalaydagin predmetning o'zini yoki rasmini ko'rsatish imkoniyatini hisobga olish lozim. 
Masalan: X,O unli tovushini o'rganishda ona, og'iz yoki kabi so'zlardan foydalanish mumkin.
O'quvchilarga unli tovushni o'rgatishdan ko'ra undosh tovushni o'rgatish ancha murakkab. Chunki 
undoshlar sof holatda qisqa talaffuz qilishdan ko'ra unli qo'shib d, e, v, e, b, e sinfgari talaffuz qilish osonroq bo'ladi. 
Undosh tovushlar faqat bo'g'in yoki so'z oxiridagina sof holatda eshitiladi. 
Masalan: qand, obod so'zlarida yaxlit eshitiladi. Ba'zi bir holatlarda tanlangan tayanch so'zlarning ayrimlari 
shevalarda boshqacharoq eshitiladi. Masalan, o'quvchilar maktab - maktap, kitob - kitop, qand-qant singari talaffuz 
qiladilar. Bunday holatda o'quvchi shu so'zlarning adabiy talaffuzini tushuntirishi va to'g'ri talaffuz qilishga 
o'rgatishligi lozim. 
Yuqorida tavsiya etilgan usul o'zbek tilining o'ziga xos hususiyatlarini hisobga olgan maqsadli deb qarash 
mumkin. Biroq bugun maktablarimizda o’qitilayotgan har ikkala «Alifbe» («Savod» va «Shodlik») darsligi uchun 
chiqarilgan metod qo'llanmalari asosida o'qitish maqsadga muvofiqdir. 
Demak, analitik - sintetik ishlar bir butun holda olib borilgandagina o'quvchilarga o'qish va yozish 
ko'nikmalarini o'stirish mumkin bo'ladi. Bu ko'nikmalarni hosil qilishda «Alifbe» o'quv kitobi ularga katta yordam 
beradi. 
I. 
M.Yusupov. O'qish va yozuv darslari samaradorligini oshirish» Toshkent. «O'qituvchi». 1992 yil. 
Savod o’rgatish jarayoni Birinchi sinf o'quvchilariga savod o'rgatish vazifalari o'qish va yozish darslarida 
bajariladi. Bu darslar davomida o'quvchilarga dastlabki o'qish va yozuv malakalari shakllanadi. Shu bilan birga, nutq 
o'qitish, imlo doiralarini o'rganishga tayyorlash masalalari hal etiladi. 
Analitik-sintetik tovush metodika savod o'rgatish sentabrdan boshlanib, dekabr oyining oxirigacha davom 
etadi va ikki davrga bo'linadi: 
1. 
Tayyorgarlik davri 
2. 
Alifbe davri 
Tayyorgarlik davrining tovush va harf o'rganilmaydigan birinchi bosqichida (5 soat) o'quvchilarga 
qo'yidagi eng oddiy nazariy - amaliy tushuncha va ko'nikmalar hosil qilinadi: 

Nutq. Og'zaki va yozma nutq haqida umumiy tasavvur hosil qilish; 

Gap. Nutqni gaplarga ajratish; 

So'z. So'zlarni adabiy-orfoepik jihatdan to'g'ri talaffuz qilish, ma'nosini tushuntirish; 

Bo'g'in. So'zlarni bo'g'inlarga bo'lish va bo'g'inlar sonini aniqlash; 

Tovush. Unli va undosh tovushlarni farqlash. 
Toshuv va harf o'rgatiladigan ikkinchi (7 soat) beshta unli tovush (a, e, u, i, o') bilan tanishtiriladi va 
o'quvchilarda qo'yidagi bilim va qo'nikmalar hosil qilinadi: 

So'zlarni bo'g'in, tovush, tovush - harf jihatdan tahlil qilish; 

O'rganilgan unli tovushning alohida va so'z tarkibida to'g'ri talaffuz qilish; 

O'rganilayotgan unli tovush ishtirok etgan so'z topish; 

Tovush va harf hususiyatlarini bilish. Tovushlarni talaffuz qilamiz va eshitamish. Harflarni 
yozamiz, ko'ramiz va o'qiymiz. 
Bu davrda fonematik eshitishni o'stirishga katta ahamiyat berish bilan birga maktabning talab va qoidalari 
bilan to'liq tanishtirib boriladi.
Maxsus nushalardagi rasmli varaqalar asosida, o'qituvchi va o'quvchi o'rgatishda dialogik savol-javoblar 
orqali o'quvchilarni bog'lanishni nutq o'sib, shakllanib boradi. 


Nutqni shaklantirish uchun yuqoridagi vazifalardan tashqari o'zlari bilan she'r, ertak, hikoya, tez aytish, 
maqol topishmoqlarni ayttirish lozim.
Alifbe davri Bu davr uzoq davr davom etadigan mas'uliyatli jarayon hisoblanadi. O'quvchilar bu darvda 
o'zbek tilidagi tovushlarni to'liq bilib oladilar, hamma harflarni o'qish va yozishni o'zlashtiradilar. Ma'lumki, savod 
o'rganishda tovush va harflarni o'rganish alfavit tartibida olib borilmaydi. Antalitik, sintetik, analitek tovush metodi 
prenspiga muvofiq o'qish va yozish birligi saqlanadi. Tovushlar bilan tanishtirish genetik prensp asosida amalga 
oshadi. Avval talaffuzi oson bo'lgan, so'ngra tovushlar bilan tanishtiriladi, ya'ni oddiydan - murakkkabga qarab 
boradi. Darslar ham shu usulda joriy qilingandir. N, I, M, T, S kabi talaffuzi oson bo'lgan tovushlar bilan dastlab 
darslarda tanishtiriladi.
Bu darsda (yuqoridagi) qo'yidagi vazifalar hal etiladi. So'z va bo'g'inning tarkibini tovush tomonida analiz 
qilish; 

So'zdan bo'g'in boshida, o'rtasida, oxirida kelgan tovushni ajratish; 

So'zda tovush o'rnini aniqlash; 

Tovushni aniq talaffuz qilish; 

Unli va undosh tovushlarni talaffuziga, bir-biridan farqlashga o'rgatish; 

«1-sinfda savod o'rgatish darslari» 1-nomli qo'llanmada savod o'rgatish davri haqidagi darslarning 
tuzilishi va dars konspektlari berilgan. 


3. Savod o’rgatish davrida o’qish va yozuv darslari 
O’qish darsida ham, yozuv darsida ham o’quvchilar nutqni o’stirishga, lugatini boyitishga, unga aniqlik 
kiritish va faollashtirishga, gap tuzish va uni tahlil qilishga, so’z birikmasi ustida ishlashga, ogzaki hikoya qilish, 
qayta hikoyalash, yod o’qish, rollarga bo’lib o’qish va boshqalarga alohida o’rin byerilishi zarur: bu mashqlarning 
hammasi tovushni tahlil va sintyez qilish bilan, o’qish va yozish bilan birgalikda bajariladi.Dars ta'limining asosiy 
shakli hisoblanadi. Analitik – sintyetik tovush myetodida olib boriladigan savod o’rgatish darslari savod 
o’rgatishning vazifalarini, asosiy ish jarayonlarini, mashg’ulot turlarini, mashqlarni, ko’rgazma qo’llanmalarni va 
boshqa didaktik matyerialni umumlashtiradi. Savod o’rgatish davridagi darslar juda xilma-xil bo’lishiga qaramay, 
o’qish yoki yozuv darslari va ularning ayrim turlari uchun umumiy bo’lgan asosiy talablar mavjud. Bu talablarni 
umumdidaktik va maxsus talablarga ajratish mumkin. 
Ona tili darslariga quyidagi aniq myetodik talablar quyiladi. 
O’quvchilar nutqi uchun qayg’urish ona tili darsining muhim vazifasi hisoblanadi: darsda adabiy til nuqtai- 
nazaridan tug’ri, ifodali, obrazli, aniq, logik nutq, ya'ni yozuvchilar, badiiy so’z ustalari nutqi, fonogramma yozuvlar 
eshitiladi: darsda nutq madaniyati muhiti hukmron bo’ladi. Maktab va sinf dyevorlariga osilgan, doskaga yozilgan 
har qanday yozuv mazmunan va imlo jixatdan savodli bo’lishi lozim: har bir dars «tilga syezgirlikni», ona tiliga, 
aniq, ifodali, jonli so’zga muhabbatni tarbiyalaydi. 
Darsning vazifalari va unga qo’yilgan talablarga muvofiq, dars har xil bo’lishi mumkin. Dars qurilishidagi xilma-
xillik ixcham, puxta fikrlashga o’rgatadi, o’quv faoliyatiga qiziqishini oshiradi. 
Savod o’rgatish davridagi darslar quyidagi byelgilariga ko’ra farqlanadi: 
Ta'limning asosiy pryedmyetiga ko’ra: o’qish darslari va yozuv darslariga. 
Ta'limning davri va bosqichlariga ko’ra: alifbyegacha bo’llgan davrdagi darslar; alifbye davrining birinchi, ikkinchi, 
uchinchi bosqichdagi darslar: alifbyedan so’nggi darslar. 
Darsda yangi mavzu o’rganilishi-o’rganilmasligiga ko’ra: yangi tovush va yangi harfni o’rganish darsi; yangi harfni 
yozish darsi: yangi tovush va harf o’rganilmaydigan dars. 
Shunday qilib, alifbye davrining har bir bosqichida darsning to’rtta asosiy turi 1) yangi mavzu (tovush va harf) 
o’rganiladigan o’qish darsi 2) yangi harfni yozish darsi 3) yangi mavzu o’rganilmaydigan o’qish darsi 4) yangi 
mavzu o’rganilmaydigan yozuv darsi. 
Bulardan tashqari, alifbye davrining birinchi va ikkinchi bosqichi hamda alifbye davri oxirida 
umumlashtiruvchi takrorlash darsi, alifbyedan so’nggi davr oxirida esa «alifbye bayrami» o’tkaziladi. 
Darslar tizimi dyeyilganda o’quv vaqtini mavzularga nazariy va amaliy jihatdan ryejani taqsimlab 
tasdiqlangan, darslarning mantiqiyligi va istiqboli bir-biri bilan bog’langan, dars turlari va unda o’qituvcni bilan 
o’quvchilar foydalanadigan asosiy myetodik vositalar xilma-xil bo’llgan izchillik nazarda tutiladi. 
Oz komplyektli maktablarda o’g’ituvchi bir vaqtning o’zida ikki yoki uch sinf bilan ishlaydi. Shuning uchun bunday 
maktablarda maxsus o’qitish Metodikasi zarur. Hozirgi oz komplyektli maktablarda sinflar o’g’ituvchilariga ikki xil 
tag’simlanadi: 1) o’g’ituvchi har uch sinfni o’g’itadi 2) bir o’g’ituvchi 1 va 3 sinfni oz komplyektli maktab 
Metodikasi asosiyda ikkinchi o’qituvcni esa 2 sinfni mavjud Metodika asosiyda o’qitadi. Bir yarim navbatda har 
uch sinfni o’qitadigan o’qituvcni savod o’rgatish davrida jadval bo’yicha birinchi va ikkinchi darsni faqat 1-sinf 
o’quvchilari bilan o’tkazgani ma'qul. Savod o’rgatishdan so’ngi 1sinfda o’qish darsi 3 sinf ona tili darsi bilan 
birgalikda o’tkaziladi. Bir o’qituvcni uch sinf bilan ishlaganda, dars 30 minutgacha qisqartiriladi. O’quvchi soni 
kam bo’llgan bunday sinflarda o’quvchilar yarim soat davomida yuqori aqliy faollikda ishlaydilar, dars foydali 
natija byeradi. Savod o’rgatish davridagi yozuv darslarini boshqa sinfda olib boriladigan matyematika, 
tabiatshunoslik, ba'zan esa o’qish darslari bilan bir vaqtda o’tkazish maqsadga muvofiqdir. 
Oz komplyektli maktablarda o’quvchilarning mustaqil ishlariga alohida ahamiyat byeriladi, chunki o’qituvcni ikki 
sinf bilan alohida ishlay olmaydi: u 1 sinfga mustaqil ish topshirib, boshqa sinf bilan ishlashga majbur. Shunday 
ekan, savod o’rgatishning barcha bosqichlarida o’quvchilar bajaradigan mustaqil ishlar tizimi puxta ishlab chiqilishi 
zarur. Oz komplyektli maktablarda savod o’rgatish davrida mustaqil ishlarni muvaffaqiyatli uyushtirish uchun 
«Alifbye» ga qo’shimcha, ishni jonlantiradigan didaktik-tarqatma matyeriallar muhim ahamiyatga ega.Mustaqil ish 
ayniqsa, savod o’rgatish jarayonida o’qituvcni rahbarlik qilishni talab etadi: o’qituvcni aniq vazifa topshiradi, uni 
qanday bajarishni yaxshilab tushuntiradi, o’quvchi bajargan ishni sinfning o’zida tyekshiradi: u boshqa sinf bilan 
ishlayqigan 1-sinf o’quvchilari mustaqil ishni qanday bajarayotganini ko’zatib turadi. 
«Alifbye» birinchi o’quv kitobi bo’lib, asosan, quyidagi ilmiy-pyedagogik prinsiplar asosiyda tuziladi.: 
«Alifbye» matyeriali bolalarda ongli, to’g’ri va ravon o’qish, shuningdyek, harf, so’z, kichik gap va 
boglanishli matnlarni to’g’ri yezish malakalarini hosil qilishga yordam byeradi. 
O’qish uchun byerilgan matnlar, shuningdyek, rasmlar mavzusi jihatidan bolalarning saviyasiga mos bo’lishi hamda 
ularni oiladi va maktabda, shaharda hozirgi turmush tarzi haqidagi faktlar – ma'lumotlar bilan tanishtiradi. 
Alifbeda ta'lim-tarbiyaviy suhbatlar, bolalarning tafakkuri va nutqni o’stirish uchun rasmlar byeriladi. Rasmlar 
bolalarda savollarga javob byerish ko’nikmasini elyemyentlari bilan tanishtirishga, mustaqil ravishda so’z tanlash, 
gap va hikoya tuzishga xizmat qilishi kyerak. 
O’qish va yozish uchun matyerial savod o’rgatishning har bir davri haraktyeriga moslab byeriladi. Alifbyegacha 
bo’llgan davrda ovalsimon chiziqlarni chizishga o’rgatadigan barg, sholgom, olma rasmlarini chizish, yetuk 
to’gri chiziqlarini chizishga o’rgatadigan bayrokchalar chizish, ko’z bilan chamalash qobiliyatini o’stirish uchun 


bir xil masofani nuqtalar bilan byelgilash, ayrim kichik va katta elyemyentlarini yozish mashqlari byerilishi talab 
etiladi. 


4. Savod o‘rgatish davri o’qish darslarida o’quvchlar savodxonlini oshirishda qo‘llaniladigan didaktik 
o‘yinlardan foydalanish 
Zamonaviy ta'lim sharoitida yangi pedagogik va axborot texnologiya ishlarini qo'llash dolzarb 
vazifalardan hisoblanadi. Yangi pedagogik va axborot texnologiyalarni qo'llashda didaktik ta'limotni ishlab chiqish
muhim ahamiyatga ega. 
Didaktik vosita nima? Bu savolga javob berish uchun biz avvalo «vosita» so'zining ma'nosini esga 
olaylik. Yuqorida aytib o'tganimizdek biror bir ishni sifatli va samarali amalga oshirishimiz uchun biz albatta 
tegishli vositalardan foydalanamiz. Masalan, tuproqqa ishlov berishda, uni yumshatish vositalari, bular tuvakdagi 
gul uchun kichik yumshatgich belkurakchalar bo'lsa, bog'dagi tuproqqa ishlov berishda ketmon va belkuraklardan, 
bir necha gektarlik ekinzor dalalarga esa traktorlardan foydalanamiz. Endi tasavvur qiling, agar vosita bo'lmasa 
ushbu ishlarni amalga oshirish qanchalik qiyin bo'lardi, hatto ba'zilarini amalga oshirish imkoni ham bo'lmasdi. 
Xuddi shu kabi mahsulot tayyorlashda dastgohlardan, yuk tashishda transportlardan, ommaga axborot yetkazishda 
ommaviy axborot vositalaridan va h.k. foydalanamiz. Xuddi shuningdek ta'lim berishda esa didaktik vositalardan 
foydalanamiz. Pedagogika kursidan bizga ma'lum bo'lgan didaktika, ya'ni grekcha «didaktos» so'zidan olingan 
bo'lib, ta'lim bermoq yoki ta'lim nazariyasi degan ma'noni anglatishini esga olishning o'zi kifoya. Didaktik vositalar 
- bizga tanish, hayotimizda uchraydigan, hatto biz foydalanib yurgan vositalar bo'lishi mumkin. Ya'ni ularning 
hammasi ham aynan ta'lim berish uchun ishlab chiqarilgan vosita bo'lishi shart emas. Shu jihatdan olganda didaktik 
vositalardan foydalanishni o'rganish osonroq. Faqat qo'llanilayotgan vositaning didaktik imkoniyatlarini aniqlab 
olish zarur. Masalan: televideniyeni olsak, u turmushimizda dam olish uchun qo'llaniladigan maishiy texnik vosita 
bo'lsa, aholi orasida targ'ibot ishlarini olib borishda ommaviy axborot vositasi hisoblanadi. Lekin undan ta'limda 
ham keng foydalanayapmiz. Masalan, masofadan turib o'qitishda u didaktik vosita sifatida qo'llanilishi mumkin.
Didaktik vositalar o'quv jarayonida muhim o'rin tutadi. Chunki ular o'quv jarayonining asosiy tashkil 
etuvchi vositalaridan biri hisoblanadi. Didaktik vositalar o'quv jarayonida o'qituvchilarning eng yaqin yordamchisi 
hisoblanadi. Didaktik vositalardan o'quv jarayonida quyidagilardan foydalaniladi: 
- nazariy mashg'ulotlarda talabalarga yangi bilimlarni berish uchun mavzuga doir o'quv materiallarini 
tushuntirish, namoyish qilish, tahlil qilishda; 
- amaliy mashg'ulotlarda talabalarga tanlagan kasblariga oid vazifalarni bajarishga doir malaka va 
ko'nikmalarni shakllantirish uchun bajariladigan ishni namuna sifatida amalga oshirish, mashq qilishda; 
- nazorat mashg'ulotlarida talabalarning bilimlarini baholash uchun turli testlar va dasturlardan 
foydalanishda. 
Bundan tashqari auditoriyadan tashqari ishlarni olib borishda va turli tadbirlarni o'tkazishda ham didaktik 
vositalarsiz ko'zlangan maqsadga erisha olmaymiz.
Endi bir tasavvur qilib ko'raylik, mashg'ulotda biror bir texnologik mashina yoki jihozning ishlash prinsipi 
to'g'risida o'qituvchi faqat og'zaki usul bilan qay darajada talabalarga ma'lumotlarni bera olardi. Agar bu ishda 
o'qituvchi shu texnologik mashina yoki jihozning prinsipial sxemasidan-mi, uning virtual, yoki aynan 
modelidan-mi, unga doir video materialdan-mi foydalansa, talabalarga uni tushunishlari, tasavvur qilishlari qay 
darajada oson bo'ladi. Bu ikki vaziyatni solishtirsak natija yaqqol sezilib turadi. Albatta ikkinchi vaziyatda 
samara yuqori bo'ladi. O'quv jarayonida olib boriladigan mashg'ulotlarda biz faqat og'zaki usul bilan tushuntirish 
bilan kifoyalanmasdan, barcha turdagi o'quv axborotlaridan foydalanamiz. Bular sonli va yozma ko'rinishda, 
ovozli va tasviriy ko'rinishda, xajmiy va harakatli ko'rinishda, elektron va boshqa ko'rinishlarda bo'lishi mumkin. 
Shundan kelib chiqqan holda biz har bir didaktik vositaning imkoniyatlarini bilib olsak, ularning qay biridan 
qaysi vazifani, qanday amalga oshirishda foydalanish samaraliroq ekanini bilib olamiz. Buning uchun biz avvalo 
didaktik vositalarning klassifikasiyasi bilan tanishib chiqishimiz maqsadga muvofiq bo'ladi. 
Didaktik vositalarning klassifikasiyasi. Avvalo biz didaktik vositalarni uch yo'nalishga ajratamiz. Bular 
didaktik materiallar, ulardan foydalanish uchun qo'llaniladigan didaktik vositalar, hamda didaktik 
materiallar va vositalar yordamida ta'limni amalga oshirish uchun loyihalangan majmualar. Har bir 
yo'nalish bo'yicha ularning tegishli turlari bor. 
Biz bularning har biri bilan kelgusi ma'ruzalarda, tegishli mavzular orqali, chuqurroq tanishib olamiz. Hozir esa 
ular to'g'risida qisqacha boshlang'ich ma'lumotlarni beramiz. O'quv mashg'ulotlarida talabalarga beriladigan, 
namoyish qilinadigan, bajarib ko'rsatiladigan va shunga o'xshash barcha turdagi o'quv axborotlarini biz didaktik 
materiallar deymiz. Ularni qachon va qay maqsadda qo'llashimizga qarab ularni alohida guruhlarga ajratib
chiqamiz (1-rasmga qarang). 
Ushbu materiallarni qo'llashda va tayyorlashda didaktik vositalardan foydalanamiz. Masalan, plakatlar, 
diapozitivlar, fotosuratlar, audio, televizion va videomateriallar, informasion texnologiyalar asosidagi materiallar 
va h.k.z.
O'z navbatida vositalarning tuzilishi, ishlash prinsipi va didaktik imkoniyatlariga qarab sinflaymiz (1–rasmga 
karang). 


1 – rasm. Didaktik vositalarning guruhlanishi. 
Shundan kelib chiqqan holda biz mashg'ulot davomida bir necha turdagi didaktik materiallarni qo'llaymiz, 
buning uchun tegishli didaktik vositalardan foydalanamiz. Bular esa birgalikda shu mashg'ulot uchun tuzilgan 
didaktik vositalari majmuasi hisoblanadi (1–rasm). 
Endi qisqacha didaktik vositalar to'g'risida mulohaza yuritsak. Har bir vazifani amalga oshirishda, yaxshi 
samaraga erishish uchun biz unga kompleks, ya'ni majmuiy yondoshishimiz maqsadga muvofiqdir. Shudan kelib 
chiqqan holda biz ham mashg'ulot davomida beriladigan o'quv axborotlarini majmua tuzgan holda bersak ishimiz 
ancha samarali kechadi.
Didaktik o'yinli darslar 
Didaktik o'yinli darslarni o'quvchilarning bilim olish va o'yin faoliyatining uyg'unligiga qarab syujetli-rolli 
o'yinlar, ijodiy o'yinlar, ishbilarmonlar o'yini, konferensiyalar, o'yin-mashqlarga ajratish mumkin. 
O'qituvchi avval o'quvchilarni individual, so'ngra guruhli o'yinlarga tayyorlashi va uni o'tkazishi, ular 
muvaffaqiyatli chiqqandan so'ng, ommaviy o'yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki o'quvchilar didaktik o'yinli 
darslarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishlari, bundan tashqari, sinf 
jamoasi o'rtasida hamkorlik, o'zaro yordam vujudga kelishi lozim. 
1.
O'qituvchi didaktik o'yinli darslarni o'tkazishda quyidagi didaktik talablarga amal qilishi lozim:
2.
Didaktik o'yinli darslar dasturda qayd etilgan ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsad va vazifalarni hal 
qilishga qaratilgan bo'lishi.
3.
Muhim muammolarga bag'ishlanishi va ular o'yin davomida hal etishini.
4.
Barkamol inson shaxsini tarbiyalash tamoyillariga, sharqona odob-axloq normalariga mos kelishi.
5.
O'yin strukturasi mantiqiy ketma-ketlikda bo'lishi.
Mazkur darslarda didaktik prinsiplarga amal qilinishi va eng kam vaqt sarflagan holda ulkan samaraga 
erishish kerak. Quyida biz didaktik o'yinli darslarning tavsifiga qisqacha to'xtalamiz. 
Syujetli-rolli o'yinlar 
Akademik lisey va kasb-hunar ta'limi o'quvchilarida ijodiy fikrlash, mustaqil bilim egallash ko'nikmalarini 
rivojlantirish va o'zlarida bor bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarni yangi vaziyatlarda qo'llash orqali yangi 
bilimlarni o'zlashtirishda syujetli-rolli o'yinlar muhim rol o'ynaydi. O'qituvchilar syujetli-rolli o'yinlarni ko'pchilik 
hollarda matbuot konferensiyasi bilan aralashtirib yuborishadi. Har ikkala o'yinni ta'lim jarayonida qo'llashdan 
ko'zlangan maqsad bir-biriga monand bo'lsa-da, ular o'rtasida katta farq mavjud. Bu holni didaktikada didaktik 
o'yinlarga etarlicha tavsif berilmaganligi bilan izohlash mumkin. 
Bizning fikrimizcha, kundalik hayotdagi ijtimoiy munosabatlarni, tabiat va tabiiy hodisalarning ob'ektlari 
o'rtasidagi aloqalarni badiiy ko'rinish tarzida yoritish asosida vujudga keltirilgan muammolarni o'quvchilarning 
o'zlarilaridagi bilim zahiralariga tayangan holda hamkorlikda, bosqichma-bosqich hal etish jarayonida yangi 
bilimlarni egallashga qaratilgan didaktik o'yinlarni syujetli-rolli o'yinlar deb atash lozim. Bunda o'yin syujeti 
jamiyatdan yoki tabiatdan olinadi. Ba'zan jamiyat va tabiatdagi muammolar uyg'unlashtiriladi. Biologiya kursini 
o'qitishda «A'zolarning moslashganligi va nisbiyligi», «Turlardan oqilona foydalanish va ularning xilma-xilligini 
saqlash», «Orol dardi – olam dardi», «Tabiatni muhofaza qilish muammolari» mavzularni syujetli-rolli o'yinlar 
tarzida o'tkazish maqsadga muvofiq. 
Rolli o'yinlar 
Zamonaviy ta'limni tashkil etishda rolli hamda ishbop o'yinlardan samarali foydalanishga alohida e'tibor 
qaratilmokda. O'quvchilarda muayyan faoliyat yuzasidan egallangan nazariy bilimlarni amaliy ko'nikma va 
malakalarga aylantirish, ularda ta'limiy faollikni yuzaga keltirish, ularni ijtimoiy munosabatlar jarayoniga keng jalb 
etishda rolli hamda ishbop o'yinlar o'ziga xos o'rin tutadi. Bugungi kunda ta'lim jarayonida qo'llash nihoyatda qulay 
bo'lgan bir qator o'yinli texnologiyalar yaratilgandir. 
Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni aks ettirishga, o'quvchilarning muayyan bilim, ko'nikma va 
malakalarini shakllantirishga qaratilgan hamda kasbiy sifatlarini tarkib toptirish, ularni ongli ravishda kasbga 
yo'llash, ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga mo'ljallangan didaktik o'yinlarni ishbilarmonlar o'yini deyiladi. 
Ishbilarmonlar o'yini ham boshqa o'yinlar kabi o'qituvchi va o'quvchilardan puxta tayyorgarlik ko'rishni talab etadi.
1.
O'qituvchi ishbilarmonlar o'yinini uyushtirishda quyidagi vazifalarni bosqichma-bosqich amalga 
oshirishi zarur: 
Ko'rgazma 
tarqatma, 
materiallar, 
o'quv 
adabiyotlari va namu-naviy 
materiallar, slaydlar. Foto,
audio, video va proeksion 
materiallar 
Televideo 
Fotografiya, 
auditiv 
va 
proeksion vosita. Televizion va 
video vositalar. 
Kompyuterlar,
Mashq qilish vositalari
O'quv jihozlari, mashina va 
uskunalar, 
o'lchash 
va 
laboratoriya qurilmalari va 
h.k.
materiallar 
vositalar 
jihozlar 
Didaktik vositalar. 


2.
O'yin mavzusini oldindan belgilash.
3.
Didaktik o'yinning maqsadi, vazifalari, borishi, mantiqiy ketma-ketligi, o'quvchilar bajarishi lozim 
bo'lgan topshiriqlarni aniqlash va rejalashtirish.
4.
Didaktik o'yin davomida o'quvchilar oldiga qo'yiladigai o'quv-bilishga oid muammoli vaziyatlar 
tizimini vujudga keltirish yo'llarini aniqlash va loyihalash.
5.
O'quvchilarni didaktik o'yinning maqsad va vazifalari bilan tanishtirish, didaktik o'yin talab 
etadigai vazifalarni taqsimlash, har bir o'quvchiga aniq yo'llanma berish.
6.
Mazkur o'quv-bilishga oid muammoli vaziyatlarni hal etishda o'quvchilarning avvalgi 
mavzulardan o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini tanish, odatiy va kutilmagai vaziyatlarda qo'llash 
imkoniyatlarini aniqlash. 
O'quvchilarning didaktik o'yinga tayyorgarlik faoliyatini kuzatish va nazorat qilish.
1.
Didaktik o'yinli darslarniig muvaffaqiyati, avvalo, o'quvchilarning mazkur o'yinlarga puxta va 
qizg'in tayyorgarlik ko'rishlariga, o'qituvchining mazkur faoliyatni tashkil etish hamda mohirlik bilan boshqarishiga 
bog'liq. O'quvchilarning bunday o'yinga tayyorgarlik ko'rish faoliyati quyidagi masalalarni bilishni jahozo etadi: 
2.
Didaktik o'yinning maqsadi, vazifasi, olib borilish tartibi, qoidalari bilan tanishish.
3.
Didaktik o'yin maqsadi va vazifasidan kelib chiqadigan muammoli vaziyatni aniqlash.
4.
Muammoli vaziyatdan chiqishning samarali yo'llarini topish. 
5.
Har bir o'quvchining o'zi bajarishi lozim bo'lgan vazifalarni anglashi, o'qituvchidan kerakli 
yo'riqnoma va ko'rsatmalar olish.
6.
Turli bilim manbalaridan foydalangan holda muammoli vaziyatni hal etishning optimal variantini 
tanlash.
Didaktik o'yin ishtirokchilari o'rtasida o'zaro hamkorlik, o'zaro yordam va o'zaro nazorat vujudga kelishini 
ta'minlash. 
Shuni ta'kidlash joizki, o'yinli texnologiyalar ta'lim jarayonining samaradorligini ta'minlash, o'quvchilarda 
muayyan faollikni yuzaga keltirish, shuningdek, bilim, ko'nikma va malakalarni hosil qilishga xizmat qiluvchi vaqt 
oralig'ini qisqartirish, ta'limni jadallashtirishga yordam beradi. 
O'yinli texnologiyalardan foydalanishda bir qator psixologik xususiyatlar ham namoyon bo'ladiki, buning 
oqibatida har o'quvchi o'zining shaxsiy imkoniyatlarini namoyish eta oladi, ijtimoiy hayotda o'zi egallagan o'rinni 
barqarorlashtiradi, o'z – o'zini boshqarish ko'nikmalarini hosil qiladi. O'yinli texnologiyalar nafaqat nazariy 
bilimlarni mustahkamlash, ularning amaliy ko'nikma va malakalarga aylanishini ta'minlash, balki o'quvchilarda 
muayyan axloqiy, irodaviy sifatlarni ham tarbiyalashga yordam beradi. 
Pedagog va psixolog olimlar – D.N.Uznadze, L.S.Vgotskiy, A.N.Leontev, S.A.Shmakov, G.K.Selevko, 
P.Ya.Galperin, I.Olloyorov, A.A.Verbiskiy va boshqalar o'yinga asoslanuvchi faoliyatning mohiyati, ularning o'ziga 
xos xususiyatlari, imkoniyatlari borasida ISHNING ishlarini olib borganlar. Ayni vaqtda biz bu borada zarur nazariy 
va amaliy ma'lumotlarga egamiz. 

O'yinlarni tashkil etishda quyidagi maqsadlar ko'zda tutiladi: 

ta'limiy (didaktik) maqsad;

tarbiyaviy maqsad;

faoliyatni rivojlantirishga yo'naltiruvchi maqsad;
ijtimoiy maqsad. 
G.K. Selevkoning fikricha, o'yin psixopedagogik jarayon sanalib, u quyidagi tuzilmaga ega bo'ladi:
Didaktik o'yinlarning umumiy tavsifi 
Quyida «O'qish» o'quv fanini o'qitish jarayonida foydalanish mumkin bo'lgan o'yinlardan birining 
namunaviy loyihasini keltiramiz. 
Mavzu: «Adolat o'lkasiga sayohat». 
O'yinning maqsadi – o'quvchilarning huquqiy bilimlarini chuqurlashtirish, ularda huquqiy idrok va zehnni 
shakllantirish. Mazkur o'yin bellashuv tarzida ham uyushtirilishi mumkin. Unda ikki yoki to'rtta guruh ishtirok etib, 
bir qator shartlarni bajaradilar. 
“Adolat o'lkasi”ning shartli nomlar bilan nomlanuvchi ko'chalar 
O'yinni tashkil etish jarayonida guruhlar mazkur ko'chalarda bo'lgan vaqtlarida ularning nomlari bilan 
bog'liq shartlarni bajarishlari lozim. Quyida «Adolat o'lkasi»ning shartli nomlar bilan nomlanuvchi «ko'chalari» 
hamda ushbu “ko'chalar” mohiyati xususidagi fikrlarni ifoda etamiz. 
O'YIN 
Tanlangan rollarni ijro etish vositasi 
bo'lgan o'yinli harakatlar 
Muayyan predmet (jism)larni o'yinning 
shartli moddiy vositasi sifatida tanlash 
O'yin ishtirokchilari o'rtasidagi real 
munosabatlar mazmuni 
Shartli ravishda 
yaratilgan syujet 
O'ynash uchun olingan 
rollar yoki o'yin turi 
“Adolat o'lkasi”ning ko'chalari 


Bilag'onlar ko'chasi 
Bu erda har guruh portretlarda tasvirlangan yoki o'zlari tanlab olgan varaqalarda nomlari yozilgan davlat, 
siyosat va huquq arboblarining hayoti, faoliyati to'g'risida hikoya qilib berishlari kerak bo'ladi. O'yinda Abu Nasr 
Forobiy, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa shaxslar portretlarining namoyish 
etilishi hamda ular to'g'risida ma'lumotlar berilishi talab etilishi mumkin.
Konstitusiya ko'chasi 
U нerda har bir guruhning O'zbekistoт Respublikasi Konstitusiyasi mazmunini qay darajada bilishlari 
hamda sharhlay olishlari aniqlanadi. Guruh a'zolarining bu boradagi bilimlarini aniqlash Respublika Qomusi 
bo'yicha tuzilgan savollarga ularning bergan javoblarini besh balli tizim bo'yicha baholash asosida kechadi. 
Izquvarlar ko'chasi 
Bu нerda guruhlarga 8 yoki 10 ta so'zdan iborat hikoya tuzish vazifasi topshiriladi. Guruhlar o'zlariga 
berilgan quyidagi so'zlar: sud, jazo muddati, qoralovchi, hukm, surishtirish, qaror, yil va hokazolar yordamida 
shartni bajarishlari mumkin, bu so'zlar bellashuv hay'ati tomonidan taqdim etiladi, yoki boshqa mazmundagi 
shartlarni bajarishlari mumkin.
Jumboq ko'chasi 
Bu yerda guruhlar e'tiboriga huquqiy mazmundagi rebus yoki krossvord (boshqotirma)larni yechish 
vazifasi yoki quyidagi ko'rinishdagi jadval mazmunini yoritish topshiriladi: 
а) O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining quyida berilgan bo'lim va boblarining qanday nomlanishini 
ayting: 
1-bo'lim 
I bob 
5-bo'lim 
XXI bob 
3-bo'lim 
XIV bob 
2-bo'lim 
VII bob 
6-bo'lim 
4-bo'lim 
XVI bob 
b) quyida berilgan ifodalar qaysi yuridik hujjatlarning mazmunini yoritmoqda: 
Topshiriqlar
Ushbu Qonun fuqarolarga ta'lim-
tarbiya 
berish, 
kasb-hunar 
o'rganishning 
huquqiy 
asoslarini 
belgilaydi 
hamda 
fuqarolarning 
bilim olishdan iborat konstitusiyaviy 
huquqlaring ta'minlashga qaratilgan. 
O'zbekiston Respublikasi umumiy 
o'rta 
ta'lim 
maktablari 
o'z 
faoliyatlarida “Ta'lim to'g'risida”gi 
Qonunga; shu qonunga muvofiq 
qabul 
qilinadigan 
boshqa 
qonunchilik hujjatlariga va mazkur 
Nizomga amal qiladi. 
Milliy dasturning maqsadi aholi barcha 
qatlamlarining 
huquqiy 
savodxonlikka 
erishishlari, yuqori darajadagi huquqiy ongga 
ega bo'lishlari hamda huquqiy bilimlarni 
kundalik hayotda qo'llay olishlari uchun 
huquqiy madaniyatni shakllantirishning keng 
qamrovli muntazam tizimini yaratadi. 
Ushbu ko'chada beriluvchi shartlarning tarkibi huquqiy lingvistikadan ham iborat bo'lishi mumkin. 
Masalan: berilgan qo'shimchalar orasida shunday bir mustaqil so'zlarni yozish talab etiladi.


XULOSA 
Ushbu mavzudagi malakaviy bitiruv ishimiz muammosini yoritishga qaratilgan nazariy va amaliy tadqiqotlar 
asosida quyidagi mulohazalarni ilgari surish imkoniyati yuzaga keldi:
Bizga ma’lumki, boshlang’ich ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining poydevori hisoblanib, ushbu bosqichda 
o’quvchilarning ilk tushuncha va tasavvurlari shakllantiriladi. 1-sinfga qabul qilingan o’quvchi o’yin faoliyatidan 
ta’lim faoliyatiga moslashishi ta’limning keyingi bosqichlarini samarali kechishini ta’minlaydi. 
Shunday ekan, jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi talablaridagi barkamol shaxsni shakllantirishning 
boshlang’ich bosqichida noan’anaviy o’qitish usullarining o’rni muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ilmiy-texnik taraqqiyot davrida axborot ko’lamining keskin ko’paygan bugungi sharoitda o`qituvchi yuksak 
rivojlangan fikrlash qobiliyatiga, muammolar bo`yicha mushohada yuritishga, muammolarni o`z vaqtida echa 
oladigan qobiliyatga ega bo`lishi kerak. 
Interfaol usullarda darsni tashkil etishda o`quvchi shaxsini rivojlantirishni o`ziga-o`zi zamin yaratishda 
boshlash kerak.
Ya`ni o`quvchi: 
-
o`zi mustaqil mutolaa qilish, o`qish asosida bilim olishga; 
-
o`zini-o`zi anglab etishga, anglab tarbiya topishga; 
-
o`z kuchi va imkoniyatlariga ishonch bilan qarashga; 
-
o`quv mehnatiga ma`suliyat hisi bilan qarashga; 
-
o`z faoliyatini mustaqil tashkil eta olish, har bir minutni g`animat bilishga; 
-
o`quv mehnatiga o`zida xohish istak uyg`ota olishga; 
-
har qanday vaziyatda faollik ko`rsata olishga; 
-
ayniqsa, hozirgi tezkor axborot manbalaridan unumli foydalani olishni asosiy bosh 
maqsad qilib olishga o`rganmog`i zarur. 
Shuning uchun ham hozirgi kunda o`quvchining o`z-o`zini rivojlantirish texnologiyasini yaratish
pedagogika, didaktika fani oldida o`z echimini kutayotgan dolzarb muammolardandir. 
Yangi pedagogik texnologiya bilimlarni o’quvchilarning faolligi asosida o’zlashtirb olishga qaratilgan. 
O’quvchi o’zi bajarib ko’rgan va amaliy mashg’ulotlardan keltirib chiqargan shaxsiy xulosalari orqali o’zlashtirib 
olgan bilimlarni mustahkam yesda saqlab qoladi. Shu jihatdan qaraganda rebuslar o’quvchilarning bilim olishda 
muhim vositalardan biri hisoblanadi. Rebuslar o’quvchilarni o’ylashga, fikr yuritishga o’xshash va farqli hodisalarni 
bir-biriga chog’ishtirish, taqqoslab, muhimlarini ajratib olishga o’rgatadi. O’quvchi har bir so’z va uning yelementar 
qismlariga ye’tibor berishga o’rganadi. Rebuslarni bajarish orqali tovush o’zgarishlarining barcha turlarini: tovush 
tushishi, tovush almashinishi, tovush orttirilishini amalda bajarib ko’radi. Bu ularning fonetika va orfografiyaga oid 
qoidalarni o’zlashtirib olishlariga samarali yordam beradi. 
Krossvordlar boshlang’ich sinf o’quvchialrining olgan bilimlarini takrorlash, har bir so’zga alohida ye’tibor 
qaratib uni to’g’ri qo’llashga o’rgatadi. O’quvchilarning xotirasini mustahkamlaydi. Krossvordlarni dars jarayoniga 
olib kirish va uni jamoatchilik asosida yechish ham o’quvchilarning qiziqarli mashg’ulotlaridan biri hisoblanadi. 
Ayniqsa, sinfda o’tilgan adabiy asarlardagi obrazlar ishtirokida tuzilgan krossvordlar bolalarning o’tilgan mavzuni 
takrorlashini ta’minlaydi va olingan bilimlarini mustahkam yesda saqlab qolish imkonini beradi. ona tili va o’qish 
darslarining materiallarini bir-biriga bog’lab o’rganishga keng yo’l ochadi. 


Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.Abdullayeva K. va boshqalar “Savod o’rgatish darslari ” T. , “O’qituvchi ”1996- yil 
2.Gapparova T., Shodmonov E. , Eshturdiyeva G.l , “Alifbe ”; “Savod ” ; “ Ona tili ” T ., “O’qituvchi ”1999- yil 
3. Safarova R . va boshqalar “Alifbe ” T ., 2006- yil 
4. G’ulomova M. “ Yozuv daftari ”T., 2006- yil
5. Abdullayeva K. va boshqalar “Ona tili ” T., “O’qituvchi ”1999- yil 
6. Umarova M. “ O’qish kitobi ” 3- sinf uchun T., “O’qituvchi ” 1999- yil 
7. Shojalilova A . va boshqalar “O’qituvchi ” 1999- yil 
8. Qosimova K va boshqalar “ Ona tili ” 2- sinf uchun T., “O’qituvchi ” 1997- yil 
9. Fuzailov S. , Xudoberganova M., “ Ona tili ” 3- sinf uchun T., “O’qituvchi ”1999-yil 
10. Ikromova R. va boshqalar “ Ona tili ” 4- sinf uchun T., “ O’qituvhci ”1999- yil 
11. G’ulomova X., Yo’ldasheva Sh . “ Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi ” ma’ruza matnlari T., 
2006- yil 
12. “Boshlang’ich sinflarning takomillashtirilagan davlat ta’lim standarti ” Boshlang’ich ta’lim 2006-yil , 5- son . 
13. “Boshlang’ich ta’lim takomillashtirilagan o’quv dasturi ” Boshlang’ich ta’lim 2006-yil, 5-son . 
14. Gapporova T., va boshqalar 1-sinfda “ Ona tili ” darsligi T., 2003-yil 
15. G’affarova T. va boshqalar “O’qish kitobi ”, 1-sinf , T. , 2006- yil
16.G’affarova T. va boshqalar 1-sinfda o’qish darslari , T. , 2003- yil
17.Abdullayeva Q. va boshqalar “ O’qish ktobi ” 2- sinf ,T., 2006- yil 
18.Abdullayeva Q. va boshqalar 2- sinfda o’qish darslari , T., 2004- yil 
19.Umarova , Xakimova Sh. “ O’qish kitobi ” , 3- sinf , T., 2006- yil 
20.Umarova M . va boshqalar 3- sinfda o’qish darslari , T., 2004- yil 
21.Shoazimova A. va boshqalar “ O’qish kitobi ” , 4- sinf , T., 2006- yill 
22.Matchonov S. va boshqalar 4- sinfda o’qish darlari , T., 2004- yil 
23.G’ulomova X. , Yo’ldosheva Sh., “ Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi ” ma’ruza matni , Toshkent 
2002-yil 
24.
Hudoberganova M. “ Bayonlar to’plami ” Toshkent 1995-yil 
25.
O’rta umumiy ta’limning davlat ta’lim standarti va o’quv dasturlari. 
26.
Elektron ta’lim resurslari 
1. 
www.ziyonet.uz
 
2. 
www.pedagog.uz
 
3. 
www.tdpu.uz
 

Download 248,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish