2.2. TAYYOR MAHSULOTNI JO'NATISIINI HiSOBGA OLISH
Ombordan tayyor mahsulotlar xaridorlarga korxonaning sotish bo'limi buyrug'iga asosan jo'natiladi. Mahsulotni sotish xaridor korxonalar bilan tuzilgan shartnoma va jo'natish jadvaliga muvofiq arnalga oshiriladi.
Korxona buxgalteriyasi schyot, to'lov talabnoma hujjatini yozib, tovar sotuvchi korxonaga xizmat ko'rsatgan bankka topshiradi.
To'lov taIabnoma - mol yetkazib beruvchining schyot-fakturaga mos ravishda ortib jo'natilgan mahsulot qiymati uchun xaridoming hisob-kitob raqamidan pulni o'tkazib berish to'g'risida bankka bergan buyrug'idir. Unda ortib jo'natilgan mahsulot qiymati va sotish bahosi, soni, assortimenti qayd qilinadi (bu holatda schyot-faktura albatta, to'lov talabnomasiga ilova qilinishi lozim).
Mol yetkazib beruvchi bilan xaridor o'rtasidajoy to'g'risida to'xtalib o'tiladiki, bunda mahsulotni ortib jo'natish bilan bog'liq xarajatlami mol yetkazib beruvchi o'z zimmasiga oladi.
Fronko joyning quyidagi turlari mavjud:
Fronko ombor mol yetkazib beruvchi - bunda mahsulot ortib jo'natish bilan bog'liq barcha xarajatlami mol yetkazib beruvchi korxona to'lov talabnomasiga qo'shadi (bunga ortib topshirish ishlarining qiymati, temiryo'l tarifi va yetkazib berish xarajatlari kiradi).
Fronko-stantsiya jo'natish - bunda mol yetkazib beruvchi to'lov talabnomasiga faqat temiryo'l tarifi va mahsulotni vagonga ortish xarajatlarini qo'shadi.
Belgilangan stansiyagacha Fronko vagon - shunday narxki, bunda mol yetkazib beruvchi to'lov talabnomasiga faqat temir yo'l tarifi summasini qo'shadi.
Belgilangan stansiyagacha Fronko - bunda jo'natish bo'yicha barcha hujjatlar temiryo'l tarifi qo'shilgan holda mol yetkazib beruvchi tomonidan to'lanadi. '
Xo'jalik shartnomasi - bu korxonaning xo'jaIik munosabatlari o'matish haqidagi o'zaro kelishuvidir. Shartnoma tomonlar majburiyati va huquqlarini belgilovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
2.3.Tayyor mahsulot sotishning analitik va sintetik hisobi
Tayyor mahsulotning sotilishida sotish bahosining aks ettirilishiga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar»
K-t 9010-«Mahsulot sotishdan olingan daromad».
4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» hisobvarag‘i aktiv bo‘lib, uning saldosi xaridor va buyurtmachilarning korxonadan sotilgan mahsulot (ish, xizmat) lar bo‘yicha qarzini ko‘rsatadi, debet oboroti hisobot oyida topshirilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning sotish qiymatini, kredit oboroti esa hisobot oyida xaridorlar tomonidan to‘langan summani ko‘rsatadi.
Xaridorlarga yuklab jo‘natilgan mahsulotlar harakatining hisobi 16-qaydnomaning 2- bo‘limida yuritiladi. Yuklab jo‘natilgan va sotilgan mahsulotlarning hisobvaraqlari bo‘yicha sintetik hisob 11-jurnal-orderda yuritiladi. Bu jurnal-order 2810, 9410, 9010, 9020, 9030, 9210,
9220, 4010-hisobvaraqlarning kredit oborotlarini va 9010, 9020, 9030-hisobvaraqlarning analitik ma’lumotlarini yozish uchun mo‘ljallangan. 11-jurnal-order 15 va 16-vedomostlarning analitik ma’lumotlariga asosan to‘ldiriladi.
Hisobot davri yakunida 9010, 9020, 9030-hisobvaraqlar yopiladi: D-t 9010, 9020, 9030-hisobvaraqlar
K-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija».
Shu bilan birga sotilgan mahsulotning tannarxi ham hisobot davri yakunida yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkaziladi:
D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» K-t 9110, 9120, 9130.
Mahsulotning sotilishi korxona mablag‘lari aylanishining yakunlovchi jarayonidir. Bu jarayon korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning xalq xo‘jaligi iste’molida o‘z o‘rnini topganligini anglatadi. Hozirgi paytda korxona ishini baholashda mahsulotning sotilishi asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Xalqaro hisobda mahsulot, tovarlar sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan tushumni belgilashning ikki usuli mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |