Reja: I. Kirish. Nariy haqida ma’lumot. II. Asosiy qism


Bariy haqida ma’lumotnoma jadvali



Download 3,13 Mb.
bet3/3
Sana31.12.2021
Hajmi3,13 Mb.
#245363
1   2   3
Bog'liq
1.Nariy haqida ma’lumot.

Bariy haqida ma’lumotnoma jadvali

Umumiy ma’lumotlar

Nomi

Bariy

Formulasi

Ba

Raqami

56, VI-davr, II guruh

Atom xossalari

Atom massasi

137,327(7) m.a.b. (g/mol)

Elektron konfiguratsiyasi

[Xe] 6s2

Atom radiusi

222 pm

Kimyoviy xossalari

Kovolent radiusi

189 pm

Ion radiusi

(+2) 134 pm

Elektromanfiyligi

0.89 (poling shkalasi bo’yicha)

Elektrod potensiali

-2,906 V

Oksidlanish darajasi

+2

Ionizatsiya energiyasi( birinchi electron)

502,5 kj/mol (5.21 eV)

Termodinamik xossalari

Zichligi (m.sh.)

3.5 g/mol

Erish harorati

728.85 oC, 1002 K

Qaynash harorati

1636.85 oC 1910 K

Erish issiqligi

7.66 kj/mol

Molyar issiqlik sig’imi

142 kj/mol

Molyar hajmi

39 mol/sm3

Issiqlik o’tkazuvchanligi

(300K) 18,4 Vt/(m*K)

Struktura panjara shakli

Kubik, hajmiy markazlashgan

Panjara parametrlari

5.020 A

Bug’lanish issiqligi

142 kj/mol



Qo’llanilishi: Metall bariyni alyuminiy bilan qotishma shaklida asosan vakuumli asboblarda, gaz yutuvchi getter sifatida ishlatiladi. Sirkoniy bilan birgalikda bariy metallurgiyada, antikorrozion qo’shimcha sifatida metallar tarkibiga qo’shiladi. Bariy titanati esa keramik kondensatorlar tayyorlashda dielektrik sifatida, hamda, pyezoelektrik asboblar uchun ishchi material sifatida qo’llaniladi. Bariy ftoridni optika sohasida, linza va prizmalar tayyorlashda ishlatiladi. Pirotexnik vositalarga mushakbozlikda yashil rang hosil qilish uchun, bariy peroksidi qo’shiladi. Shuningdek, suvda erimaslik xossasiga ko’ra va odam organizmiga zararsizligi tufayli, bariy sulfat tibbiyotda oshqozon-ichak traktini rentgenoskopik tasvirini olishda qo’llaniladi.

Izotoplari. Tabiatda bariyning 130Ba, 132Ba, 134Ba, 135Ba, 136Ba, 137Ba, 138Ba ko’rinishidagi yeti xil barqaror izotopi mavjud. Ular ichida 138Ba eng keng tarqalgan bo’lib, tabiatdagi umumiy bariy miqdorining 71,66% ulushini tashkil qiladi. Shuningdek, bariyning uran, toriy va plutoniyning radioaktiv parchalanishi natijasida paydo bo’ladigan radioaktiv izotoplari ham ma’lum. Radioaktiv bariy izotoplari ichida nisbatan barqarori 140Ba bo’lib, uning yarim yemirilish davri 12,7 sutkani tashkil qiladi.

Izatop

Atom massasi

(m.a.b.)

Yemirilish jarayoni

Yarim yemirilish davri

Yadroviy spini

130Ba

129,9063208

Qo’shaloq yemirilish

1.6(±1,1)*1021 yil

0+

132Ba

131,9050613

-

Barqaror

0+

134Ba

133,19045084

-

Barqaror

0+

135Ba

134,9056886

-

Barqaror

3/2+

136Ba

135,9045759

-

Barqaror

0+

137Ba

136,9058274

-

Barqaror

3/2+

138Ba

137,9052472

-

Barqaror

0+

140Ba

139,910605

-

12,752 kun

0+

141Ba

140,914411(9)

-

18,27 daqiqa

3/2-

142Ba

141,916453(7)

-

10,6 daqiqa

0+



Asosiy qism:

BARIYNING BIRIKMALARI


Bariy birikmalari – barit BaSO4 va viterit BaSO4 sanoat ahamiyatiga ega. Bariy BaO bilan alyuminiyni birga qizdirish yoki BaN ni parchalash yoki suyuqlangan VaS12 ni elektroliz qilish yo’li bilan olinadi. Bariyning zichligi 3760 kg/m3, mineralogik shkala bo’yicha qattiqligi 1,25, Moos shkalasi bo’yicha 2, suyuqlanish temperaturasi 727o, qaynash temperaturasi 1637o. Bariy qo’rg’oshindan qattiqroq, ruxdan yumshoqroq. Bariy ishqoriy-yer metall, kimyoviy xossalari jihatdan kalsiy bilan stronsiyga o’xshaydi, lekin ularga nisbatan faolroq. Havoda tez oksidlanadi, qizdirilganda oson alangalanadi. Suvni shiddat bilan parchalab, bariy gidroksid hosil qiladi.

Ba + 2H2O = Ba(OH)2 + H2

Bariy oksid-BaO rangsiz kristall modda bo’lib, havoda bariy qizdirib, BaO2 olinadi, bu modda esa 700o da O2 ga ajraladi.Bariy kimyoviy juda faol bo’lganidan kerosin qatlami ostida saqlanadi. Galogenlar va oltingugurt bilan birikib, galogenidlar va sulfid – BaS, vadorod bilan birikib, gidrit – BaN2 hosil qiladi. BaN2 suv va kislotalar ta’sirida tez parchalanadi. Odatda ishlatiladigan Bariy tuzlaridan bariy xlorid va boshqa galogenidlar, bariy nitrat Ba(NO3)2, bariy sulfid BaS, bariy xlorat suvda yaxshi eriydi, bariy sulfat BaSO4, bariy korbonat BaCO3 va bariy xromat qiyin eriydi. Bariy ko’p qotishmalar tarkibiga kiradi. Ba- Ni qotishmasi radiolampalarda ishlatiladi, Ba- R qotishmasidan bosmaxona harflari tayyorlanadi. Ba’zi qotishmalar vakuumda gaz yutuvchi sifatida, yadro texnikasida u-nurlardan saqlovchi materiallar sifatida qo’llaniladi. Bariyning Ba(OH)2, BaS12, Ba(NO3)2 birikmalari kimyoviy lab.da, BaCl2 qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda, BaSO4 xrustall shisha va oq bo’yoq ishlab chiqarishda, Ba(NO3)2 yashil olov chiqarishda ishlatiladi.

Bariy oksid kuchli asos xossasiga ega. U tosh tuzi kabi kristall tuzilishda bo’ladi. Bariy oksid ekzotermik modda ( ∆ H2 = -558,1 kj*mol-1). Uning suyuqlanish temperaturasi 1920oC ga teng. Bariy oksid bariy karbonat yoki briy nitratni qizdirish yo’li bilan hosil qilinadi.

Texnikada bariy oksid olish uchun ko’pincha karbonat ko’mir bilan birga qizdiriladi:

Ba2CO3 + C = BaO + 2CO

Bariy oksid oq kukun modda, u,asosan, bariy gidriksid va bariy peroksid olishda ishlatiladi. Bariy oksid havoda qizdirilsa, kislorod bilan birikib bariy peroksid BaO2 hosil qiladi :

2BaO + O2 = 3BaO2 + 159,1 kj*mol-1

Bariy peroksid bilan magniy kukunidan tayyorlangan aralashma termitni yondirishga yonilg’i sifatida ishlatiladi.

Bariy oksid suvi bilan aralashtirilsa bariy gidroksid Ba(OH)2 xosil bo’ladi. Bariy gidroksid ham huddi stronsiy gidroksid kabi qand sanoatida ishlatiladi.

Bariy gidroksid odatdagi sharoitda Ba(OH)2 * 8H2O holida kristallanadi. Bariy gidroksidning to’yingan eritmasi Barit suvi deb ataladi. U kuchli ishqor. Bariy sulfid litopon nomli oq bo’yoq olishda ishlatiladi:

BaS + ZnSO4 → BaSO4 + ZnS ( Litopon )

Litoponni xuddi qo’rg’oshin oq bo’yoq kabi olif moyga qorib ishlatiladi. Litopon vaqt o’tishi bilan qorayib ketmaydi, chunki u havodagi H2S bilan reaksiyaga kirishmaydi.

Bariy tuzlari hosil qilish uchun homashyo sifatida bariy sulfat va bariy karbonatdan foydalaniladi.

Masalan, bariy xlorid olish uchun BaSO4 va CaCl2 ishtirokida ko’mir bilan qaytariladi:

BaSO4 + 4C + CaCl2 → BaCl2 + 4CO + CaS

Bariy xlorid BaCl2 * 2H2O suvda yaxshi (0o C da 100g suvda 59g) eriydi. Bariy bromid va bariy yodid ham suvda yaxshi eriydi (0o da 100g suvda 98g BaBr2 va 170g BaI2). Ular har ikki molekula suv bilan birga kristallanadi.

Lekin bariy ftorid suvsiz kristallanadi (BaF2 xolida). U suvda kam (10oC da 100g suvda 0,17g BaF2) eriydi.

Bariy sulfat suvda juda kam (20oda 100g suvda 0,2mg) eriydi. Shuning uchun bariyning bor-yo’qligi SO42- ionlari bilan va aksincha, sulfatlarning bor-yo’qligi Ba2+ ionlari bilan sinab ko’riladi.

BaSO4 havoda o’zgarmaydi. Shuning uchun oq bo’yoq tayyorlashda ishlatiladi. U organik lok va bo’yoqlarga qo’shiladi, qog’oz tayyorlashda qo’llaniladi(qog’oz sirtini silliqlaydi). Bariy sulfat rentgennurlarini yutadi, shuning uchun oshqozon va ichaklarni roentgen nurlari bilan tekshirishda bemorga BaSO4 dan tayyorlangan bo’tqa ichiriladi.



Bariy karbonat BaCO3 tabiatda viterit holida uchraydi. Suvda oz (180o C da 100g suvda 2 mg). HCl va HNO3 larda yaxshi eriydi. Emal tayyorlashda ishlatiladi. Texnikada BaCO3 ikki xil usulda olinadi:

1.BaSO4 ga yuqori temperaturada cho’g’lantirilgan ko’mir ta’sir ettirib, hosil bo’lgan BaS va CO2 ni suv ta’sirida kondensatlab hosil qilinadi:

BaSO4 + C → BaS + CO2

BaS + H2O + CO2 → BaCO3 + H2S

2.Kukun holatdagi BaSO4 ga yuqori temperature va bosimda kaliy korbonat ta’sir ettirib, BaCO3 olinadi:

BaSO4 + K2CO3 → K2SO4 + BaCO3

BaCO3 juda termik barqaror bo’lib,yuqori temperaturada parchalanadi:

BaCO3 → BaO + CO2 ( 1400 oC )

Bariy karbonat karbonat kislota ta’sirida suvda oson eriydi:

BaCO3 + H2CO3 → Ba(HCO3)2



Bariy karbid BaC2 xuddi kalsiy karbid kabi olinadi va u bilan izomorf kristallar hosil qiladi.

Bariyning olinish usullari



Texnologiyasi: Bariy tarkibli birikmalarni qayta ishlash natijasida maxsus texnologiya qo’llanilib, ya’ni suyuq oyna hokerak tog’ jinslaridan depressor sifatida ishlatilib, flotasiya orqali barnitli boyitma erkin holda ajratib olinadi. Viterit BaSO3 ning xloridli tuzlarini elektroliz qilish yo’li bilan bariy erkin ajratiladi. Toza bariy alyumotermiya usulida sof holda olinadi.

3BaO + 2Al → Al2O3 + 3Ba

Faol bo’lgani uchun kerosin ostida saqlanadi.

Olinishi: Bariy olishda asosiy xom-ashyo bu 80-95 % li barit konsentrati bo’lib, o’z navbatida, uni ham barit mineralini flotatsiyalash usuli bilan olinadi. Keyin esa bariy sulfatni koks yoki tabiiy gaz orqali tiklanadi.

BaSO4 + 4C → BaS + 4CO

BaSO4 + 2CH4 → BaS + 2C + 4H2O

Keyin esa qizdirish orqali sulfidni bariy gidroksid Ba(OH)2 gacha gidrolizlanadi yoki CO2 ta’sirida erimaydigan bariy karbonati BaCO3 ga aylantiriladi. Keyin esa qizdirish yo’li bilan u bariy oksid- BaO ga aylantiriladi. Bunda Ba(OH)2 ni 800 oC gacha; BaCO3 ni esa 1000 oC gacha qizdirib talab etiladi.

Metall bariyni erigan holdagi suvsiz bariy xloridni elektrolizlash usuli bilan olinadi.

BaCl2 → Ba + Cl

Bariyning fizik va kimyoviy xossalari

Bariy kumush kabi oq, yumshoq, yaltiroq metal. Bariy metali yonlari markazlashgan kub xolida kristallanadi. Bariy aktiv metallmaslar bilan reaksiyaga juda yaxshi kirishadi. U havoda tezda oksidlanadi. Vodorod, azot, uglerod, kremniy kabi passiv matallmaslar bilan esa faqat qizdirilganda reaksiyaga kirishadi. Bariy qizdirilganida juda ko’p metallar bilan birikib, intermetall birikmalar hosil qiladi.



Fizik xossalari. Bariy – kumush rangli oq metal. Keskin zarba ta’sirida qizib ketadi. Bariyning ikki xil allotropik shakli mavjud. Birinchisi ἀ-Bariy deyiladi va 375 oC haroratgacha barqaror chiqaydi xolos. Bariyning ikkinchi allotropik shakli ẞ-Bariy esa, undan yuqori darajalarda ham barqaror bo’la oladi. Moos shkalasi bo’yicha qattiqlik ko’rsatkichi 1.25 ga teng.

Metall bariyni havoda darhol kislorod bilan kirishib ketadi. Buni oldini olish uchun uni parafin qatlami ostida saqlanadi.



Kimyoviy xossalari. Bariy- Ishqoriy yer metali. Havoda u tezkor oksidlanib, bariy oksidi – BaO hamda, bariy nitrid Ba3N2 dan iborat aralashma hosil qiladi. Sal qizdirilishi bilanoq tezkor alangalanib ketadi. Suv bilan juda shiddatli reaksiyaga kirishadi va bariy gidroksidi Ba(OH)2 hosil qiladi:

Ba + 2H2O → Ba(OH)2 + H2

Bariyning aksariyat tuzlari suvda yaxshi erimaydi yoki umuman erimaydi. Lekin kalsiy sulfid (CaS) dan farqli ravishda, bariy sulfid BaS suvda yaxshi eriydi. Bariyning suvda eriydigan tuzlari orqali, eritmada oltingugurt kislotasining mavjudligini aniqlash mumkin,

Bariy galogenlar bilan yaxshi reaksiyaga kirishadi va galogenidlar hosil qiladi.

Vodorod bilan qizdirilganda bariy gidrid BaH2 hosil qiladi va o’z navbatida u litiy gidrit LiH bilan qo’shilib, Li[BaH3] kompleksi yuzaga keltiradi.

Bariy orqali ko’plab metallarning oksidi, galogenidi va sulfididan, metallning o’zini tiklab olish mumkin.

Biologik ahamiyati: Bariyning biologik ahamiyati yaxshi o’rganilmagan. Bu element inson hayot faoliyati uchun muhim bo’lgan mikroelementlar tarkibiga kirmaydi. Bariyning suvda eriydigan barcha tuzlari juda yuqori toksik moddalar bo’lib, ichakda keskin o’zgarishlarni keltirib chiqaradi va atiga bir necha soat ichida o’limga olib kelishi mumkin.

Bariy tuzlari bilan o’tkir zaharlanishda odam tanasida juda ko’p so’lak kelishi, jig’ildon qaynashi va og’izga ichkaridan achchiq suyuqlik chiqib kelishi kabi alomatlar kuzatiladi. Qorin sohasida kuchli og’riq turadi. Qayt qilish, sanchiqlar, ich ketishi, qon bosimining ortishi, qaltiroq kabi yaqqol simtomlar biroz o’tib yuzaga chiqadi. Keyinchalik, bemor qo’l-oyoqlarini va hatto kallasini ham qimirlata olmay qolishi mumkin. Til ketib qolishi, nafas siqishi yuzaga keladi.

Bariy nitrat tuzi, fizik va kimyoviy xossalari

Bariy nitrat, bariyli selitra, Ba(NO3) – nitrat kislotaning bariyli tuzi, kubik panjarali rangsiz kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 595o, zichligi 3240 kg/m3. Suvda eruvchanligi 100 g da 5 g (0o da), 9,2 g (20o), 34,2 g (100o da). Spitrda va konsentralgan nitart kislotada erimaydi. Ishqoriy metallar nitratlari, ammoniy nitrat va bariy bromid bilan evtektik aralashmalar, kobalt va stronsiy nitratlar bilan qattiq eritmalar hosil qiladi. 595o dan yuqori temperaturada bariy nitratga aylanib, 670o atrofida bariy oksidgacha ajraladi. Tabiatda nitrobarit minerali holida uchraydi. Bariy nitrat, bariy sulfide yoki bariy korbonatga nitrat kislota, shuningdek, almashinish reaksiyalaridan foydalanib bariy xlorid, bariy gidroksid yoki bariy bariy sulfidga kalsiy, ammoniy, kaliy yoki natriy nitratlar ta’sir ettirib olinadi. Bariy oksid va bariy peroksid olishda, emal va sirlarning komponenti sifatida hamda yashil Bengal olovlari tayyorlashda qo’llaniladi.

Bariy nitrati bariyning nitratidir, formulalar Ba(NO3)2 dir. Bariy nitrat - suvda eritilgan, konsentrlangan sulfat kislota rangsiz yoki oq kubik kristall, spirtli eritma va konsentralangan nitrat kislotadir. Bariy nitrat kislorodni parchalab tashlaydi va organik moddalar bilan ishqalanish yoki zarba bilan aloqa qilish yonish yoki portlashga olib kelishi mumkin. Boshqa eriydigan kabi, bariy nitrat zaharli hisoblanadi va foydalanilganda ham e’tiborga olinishi kerak. Bariy nitrat ko’plab sohalarda, noorganik sanoatda bariy tuzlari (bariy xlor, bariy sulfat, bariy karbonat va boshqalar), bariy oksidi, bariy peroksid va boshqalarni ishlab chiqarish uchun keng qo’llaniladi. Shisha sanoati shisha bo’yoq moddasi sifatida ishlatiladi. Mudofaa sanoati portlovchi moddalar, yashil chiroqlar va tomoshabinlarni tayyorlash uchun ishlatiladi. Yengil sanoat yashil favqulotda vaziyatlarda ishlov berish uchun ishlatiladi. Sulfirik kislota va xrom kislotasini aniqlash uchun analitik kimyo. U elektronika va farmatsevtika sanoatida ham qo’llaniladi. Bariy nitrat tez-tez favqulotda vaziyatlarda, yashil raketa, harbiy mudofaa, analitik reaktivlar, optik oynalar, seramika uran, past haroratli tuzli hammom, bariy tuzi va bariy nitrat ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Bariy oksidi, bariy peroksid va boshqa bariy tuzlari bilan bir qatorda, optik shisha va chinni buyumlarini tayyorlash uchun mo’ljallangan. Portlovchi moddalar, yashil havo favvorasi, olovli va tomoshabin sifatida ishlatilishi mumkin, shuningdek, korroziyaga qarshi, kimyoviy reagentlar va tibbiyotda ishlatilishi mumkin, lekin past haroratli tuzli hammomni metalli isiqlik bilan ishlash uchun ham ishlatilishi mumkin.

Ammo barcha eriydigan bariy aralashmalari kabi, bariy nitratining yutilishi yoki nafas olish zaharli hisoblanadi. Zaharlanish belgilari mushaklarning qisqarishi ( ayniqsa, yuz va bo’yin), qusish, diareya, qorin og’rig’i, mushak fibrillatsiyasi, tashvish, kuchsizlik, mehnat nafasi, aritmiya va konvulsiyalarni o’z ichiga oladi. Bir necha soatdan keyin yoki bariy nitratiga ta’sir qilish kunlaridan so’ng sodir bo’lgan yurak yetishmovchiligi yoki nafas olish buzilishi o’limga olib kelishi mumkin. Bariy nitrat ham buyraklarga zarar yetkazishi mumkin.

Quyidagi jadvalda Ba(NO3)2 tuzi haqida ma’lumotlar keltirilgan



Umumiy xossalari

Nomi

Bariy nitrat

Kimyoviy formulasi

Ba(NO3)2







Jismoniy xususiyatlari

Tuzilishi

Kristall

Molyar massa

261,337 g/mol

Zichlik

3,24 g/sm3

Termodinamik xossalari

Erish issiqligi

595 oC

Xuddi shunday issiqlik quvvati

151,6 J/(mol-K)

Entalpiya

-978,6 kj/mol

Kimyoviy xossalari

Eruvchanligi: suvda

4,95 g/100 ml (0 oC da)

10,5 g/100 ml (+25 oC da)



Eruvchanligi: ichida

34,4 (100 oC da)

Spirtli ichimliklarda erimaydi







Fizik va kimyoviy xossalari: Bariy nitratning molyar massasi 261.337 g/mol, bu kimyoviy preparatning zichligi 3.24 g/sm3. Shuni takidlash kerakki bu modda suvda osongina eriydi. Suv harorati qanchalik yuqori bo’lsa, nitrat kislota tuzi tezroq va yaxshiroq eriydi. Suv harorati 0 oC ga tengbo’lsa, ushbu moddaning eruvchanligi 4,95 g/100 ml, 25 oC da 10,5 ml suvda bariy nitrat 100 g eritiladi. Qaynoq suv muhitida qaynayotgan suvli muhit eriydi 34,4 g/100 ml.

Bariy nitratning olinish usullari



1-usul. Natriy nitrat va bariy xlorid bilan reaksiyaga asoslangan:

Na(NO3)2 + BaCl2 → Ba(NO3)2 + NaCl

Reaksiyadan so’ng bariy nitratining issiq eritmasi sovutiladi, filtralanadi va quritiladi. Filtrlangan material nitrat kislota bilan oksidlanadi. Shundan so’ng filtralash va quritish jarayoni sodir bo’ladi.

2-usul. Bariy sulfatidan foydalanishga asoslangan. Bu holda bariy nitrat tuzining olinishi ikki reaksiyaga asoslangan.

BaSO4 + 4C → BaS + 4CO

BaS + 2HNO3 Ba(NO3)2 + H2S

3-usul. Laboratoriya sharoitida suvsiz suvsiz bariy nitrat suv molekulalarini olib tashlash orqali olinadi. Eritma bug’lanadi, keyin quritiladi va tayyor quruq mahsulot olinadi.

Asosiy kimyoviy reaksiyalar:

Bariy nitratining oltingugurt bilan reaksiyasi kislota.Bariy sulfat cho’kma bo’lib qoladi va nitrat kislota eritmasi hosil bo’ladi.

Bariy nitratining o’zaro ta’siri kaliy sulfat kaliy nitrat va bariy sulfat ko’rininshida hosil bo’ladi, bu esa cho’kadi. Nitrat kislota tuzlari bariy sulfat bilan reaksiyaga kirishishi mumkin.

Ba(NO3)2 + H2SO4 = 2HNO3 + BaSO4

Bariy peroksid bariy selitrasining ,,faoliyat mahsuloti’’deb atash mumkin. Ushbu kimyoviy pereparat qog’oz va to’qimalarni ishlab chiqarish va oqartirishda faol ishtirok etadi, ba’zi pirotexnika tarkibiga kiradi.

Pirotexnika sohasida bariy nitrati alohida e’tibor talab qiladi. Yashil havo kemalari uchun ishlatiladi. Biroq bu modda kichik gigroskopiklikka ega ekanligini sedan chiqarmaslik kerak. Nirat kislota bariy tuzi portlovchi moddalarning ayrim turlari uchun eng ko’p terilgan moddalardan biri hisoblanadi. Kimyoviy laboratoriyalarda bu reagent parchalanish uchun eritmalarga kiritiladi.



Foydalanilgan adabiyotlar

1.N.A. Parpiyev, A.G. Muftaxov, H.R. Rahimov ,,Anorganik kimyo’’, 2003-yil

2. A.G. Muftaxov 11-sinf darsligi (2004-yil).

3. M.M. Abdulhayeva, O’.M. Mardonov ,,Kimyo’’ (2000-yil).

4. S. Masharipov, I. Tirkashev ,,Kimyo’’ (2008-yil).

5. I.R. Asqarov, N.X. To’xtayev, K.G’. G’opirov (9-sinf darsligi) 2017-yil

6. www.wikipedia.org

7. www.ziyonet.uz

8. www.google.com



9. Umumiy va anorganik kimyo (Q.Ahmerov, A.Jalilov, R.Sayfutdinov) 2012-yil
Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish