Izohli lug‘at
Termodinamika (grekcha therme — issiqlik, dunamikos— kuch) issiqlik hodisalarida sodir bo‘ladigan jarayonlarda energiyaning aylanish va saqlanish, moddalarning ichki tuzilishini e’tiborga olmagan holda, nisbatlari orasidagi munosabatlarni o‘rganadigan fan.
Yopiq sistema - sistema tashqi muhitdagi jismlar bilan energiya almashinishda boʻlmaydigan izolyatsiyalangan sistema .
Termodinamik parametrlar - termodinamik sistemaning holatini tavsiflaydigan fizik kattaliklar, masalan bosim, harorat, hajm, zichlik va boshqalar.
Temperatura (lot. temperatura — o‘lchamdoshlik, normal holat) —makroskopik sistemaning termodinamik muvozanat holatini tavsiflovchi kattalik.
Kelvin (K) — termodinamik temperatura shkalasida absolut temperatura qiymati boʻlib, toza suvning uchlama nuqtasi, ya’ni muz, suv, va bug‘ o‘zaro muvozanatda boʻladigan holat temperaturasi T - 273,16 K deb qabul qilingan.
Solishtirma hajm (v) deb birlik hajmni to‘Idirgan modda miqdoriga aytiladi.
Ideal gaz — tabiatda mavjud bo‘lmagan, molekulalari bir-biri bilan ta’sirlashmaydigan va ularning o‘lchami hisobga olinmaydigan darajada kichik boʻlgan, ayrim nazariy masalalar yechimini topishda hamda hisoblashlarda modda sifatida qabul qilinib, istalgan bosim va temperaturadagi siqiluvchanligi birga teng boʻlgan gaz .
Izojarayonlar — termodinamik sistemaning holatini tavsiflovchi termodinamik parametrlardan (bosim, hajm, harorat) birortasi oʻzgarmas boʻlganda sistemada boʻlayotgan jarayonlar: izobarik р=соnst, izoxorik V=соnst va izotermik t=соnst.
Izobarik jarayon — doimiy bosimda gaz holatining o‘zgarish jarayoni.
Izotermik jarayon — oʻzgarmas harorat t=соnst bo‘lganda boradigan jarayon.
Izoxorik jarayon — o‘zgarmas hajmda gaz holatining o‘zgarish jarayoni.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Fizika.1-kitob. Mexanika, molekulyar fizika va issiqlik. M.O‘lmasova, J.Kamolov. Toshkent -“O‘qituvchi” 1997
Fizika kursi.1-qism.Mexanika, molekular fizika.O.Qodirov. “Fan va texnologiya”-2005
Molekulyar fizika va termodinamika asoslari. B.F.Izbosarov, I.R.Kamolov.Toshkent-2007. 72-75 betlar
Molekular fizika: o‘quv qo‘llanma/B. Xayriddinov, Sh. Jo‘rayev, N. Xolmirzayev, E. Turumov; 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. –Toshkent-2013. 39-41-bet.
Molekular fizika:Darslik.M.A. Karabayeva. Toshkent -2014.10-13-bet
Issiqlik texnikasi asoslari.J.Nurmatov, N.Xalilov, M.Isroilov, K.Sultonov Toshkent-“O‘qituvchi” -2003. 7-8-bet
Termodinamika asoslari.M.M.Alimova, SH.S.Mavjudova, S.R.Axmatova.Toshkent-2013. 25-31-bet
“Umumiy fizika. Mexanika va molekulyar fizika” fanidan o‘quv-uslubiy majmua.Samarqand-2010
www.ziyonet.uz-elektron sayti
www.Fayllar.org.uz-elektron sayti
Do'stlaringiz bilan baham: |