Izoxorik jarayon. Sharl qonuni
O‘zgarmas hajmda gaz holatining o‘zgarishi jarayoniga izoxorik jarayon deyiladi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, izoxorik jarayonda gaz bosimi harorat ortishi bilan oshar ekan. Turli gazlarning bosimlarini isitilganda o‘lchab, fransuz olimi J. Sharl (1746—1823) 1787-yilda quyidagi qonuniyatni o‘rnatdi: o‘zgarmas hajmda gaz bosimi 1 K ga isitilganda Т0=273 К haroratdagi bosimdan 1/273 qiymatga ortadi.Gaz 1 K ga isitilganda bosim qanchaga kattalashishini ko‘rsatuvchi γ koeffisient bosimning termik koeffitsiyenti deyiladi:
γ=
bu yerda р0, р lar gazning T0 va Т haroratlardagi bosimlaridir. Bosimning termik koeffitsiyenti γ barcha gazlar uchun bir xil va (1/273) К-1 ga teng.Gazlarning T haroratdagi P bosimini ularning Т 0 haroratdagi P0 bosimini bilgan holda topish mumkin:
Р = Р0(1+ γ ΔТ).
T0=273 К va γ =(1/273) К-1 ligini hisobga olgan holda, ixtiyoriy haroratdagi gazning bosimi Р = Р0 γ Т yoki P/P0= T/T0 deyish mumkin. Doimiy hajmda gaz bosimining temperaturaga bog‘liqlik grafigi 3-rasmda keltirilgan.4-rasmda V, Т koordinatada izoxorik jarayon grafigi T o‘qqa parallel to‘g‘ri chiziq orqali keltirilgan.
3-rasm
4-rasm
4.Termodinamika birinchi qonunining izojarayonlarga tatbiqi. Izojarayonlarda gazning bajargan ishi
Endi termodinamikaning birinchi qonuni Q=ΔU+PΔV ning ba’zi jarayonlarga tadbiqini ko‘raylik. Termodinamikaning 1-qonuni: Jismga beriladigan ssiqlik miqdori uning ichki energiyasini orttirishga va tashqi kuchlarga qarshi ish bajarishga sarflanadi.
1 . Izoxorik jarayon. Ideal gazning hajmi o‘zgarmay (V=const) uning bosimi va temperatura o‘zgaradi.Agar gazning hajmi o‘zgarmasa tashqi kuchlarga qarshi ish bajarilmaydi, ya’ni A=0. Unda termodinamikaning birinchi qonuni
Q=ΔU
ko‘rinishni oladi. Demak ideal gazga berilayotgan issiqlik miqdori uning ichki energiyasini o‘zgartirishga boshqacha aytganda temperaturaning ko‘tarilishiga sarflanadi.
2 . Izobarik jarayon. Ideal gazning bosimi o‘zgarmas (P=const), uning hajmi va temperatura o‘zgaradi. Bunda gazga berilgan issiqlik miqdorining bir qismi uning ichki energiyasini orttirishga, bir qismi esa tashqi kuchlarga qarshi ish bajarishga sarflanadi.
Q =ΔU+A
Izobarik jarayonda gaz bajargan ish
3. Izotermik jarayon.Ideal gazning temperatura o‘zgarmas (T=const), uning hajmi va bosimi o‘zgaradi. Agar gazning temperaturasi o‘zgarmasa, demak uning ichki energiyasi ham o‘zgarmaydi ΔU=0. Bunday jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonuni
Q=A
ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Xulosa
Men “Gazlardagi izojarayonlar” mavzusidagi kurs ishimdan bir qancha xulosalar oldim. Eng avvalo, ushbu mavzu yuzasidan termodinamika haqidagi bilimlarimni kengaytirdim, uning bugungi kundagi ahamiyati haqida kengroq tushunchaga ega bo‘ldim. Shu sababli bo‘lajak pedagog sifatida bilimlarimni kengaytirish maqsadida mavzu yuzasidan bir qancha adabiyotlardan foydalandim. Bu mavzuni yoritishdan maqsadim shuki, hozirda fizika faniga yurtimizda katta e’tibor qaratilmoqda va bu mavzuni chuqurroq o‘rganish fan-texnika sohasining rivojlanishiga asos bo‘ladi. Chunki, XXI - asr texnika va texnalogiya asri bo‘lganligi uchun bu fanga ehtiyoj kuchaymoqda va bu ko‘plab sohalarning taraqqiy etishiga sabab bo‘lmoqda.Masalan, energetik manbalar asosini o‘rganishda fizika fani asosida «Termodinamika» tarmogi alohida o‘rinni egallaydi. Termodinamika qonunlarini bilish, muhandis va ustalarning amaliyotda issiqlik mashinalaridan oqilona foydalana olishlari hamda yangilarini loyihalash bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal etishlarida bu fan muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Termodinamikada o‘rganish obyekti bo‘lib, fizik jism xizmat qiladi va unga tizim deyiladi. Termodinamik tizimning ko‘pincha issiqlik deb ataladigan holatini muvozanatli bosim tavsiflaydi. Bu P bosim atrof muhitdagi jismlar ta’siriga, tizim massasiga, uning hajmiga va haroratiga bog‘liqdir. P,V,T kattaliklar tizim parametrlari deyiladi. Termodinamik sistemaning holatini tavsiflovchi termodinamik parametrlardan (bosim, hajm, harorat) birortasi o‘zgarmas bo‘lsa, sistemada bo‘layotgan jarayonlar izojarayonlar deyiladi: izobarik р=соnst, izoxorik V=соnst va izotermik t=соnst. Gazlarda bo‘ladigan bu izojarayonlarning har biri alohida tahlil qilindi va ular asosida xulosalar bilan yakunlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |