Izotermik jarayon. Boyl-Mariott qonuni.
Temperatura o‘zgarmas bo‘lgan (T = const) izotermik gaz protsesslarini o ‘rganib, ingliz olimi Boyl (1662-y) va fransuz olimi Mariott (1667- y) bir-biridan mustaqil holda, keyinchalik ularning nomi bilan ataluvchi qonuniyatni yaratishdi.Gazning massasi va temperaturasi o‘zgarmas bo‘lganda ( m va T o‘zgarmas), uning bosimi hajmiga teskari proporsional ravishda o‘zgaradi.
Boyl-Mariott qonuni: harorat oʻzgarmas boʻlganda berilgan massali gaz uchun gaz hajmining bosimga koʻpaytmasi doimiy kattalikdir: PV=const ( m=const; T=соnst dа). Boshqacha aytganda, gazning bosimi P ni hajmi Vga ko‘paytmasi oʻzgarmas kattalikdir.
PV - const - bu ifoda Boyl-Mariott qonunining matematik ifodalanishidir.
Gaz massasi m va temperaturasi T - o‘zgarmaganda, P bilan V orasidagi bog‘lanish grafik usulda teng yonli giperbola bilan tasvirlanadi. (1-rasm)
1-rasm
Boyl-M ariott qonuni tasvirlovchi egri chiziq o‘zgarmas temperaturaga tegishli bo‘lgani uchun bu egri chiziq deb yuritiladi. Ammo Boyl-Mariott qonuni taqribiy qonundir. Chunki real gazlar Boyl-Mariott qonuni beradigan natijaga qaraganda kamroq siqiladi. Biroq, uy temperaturasiga yaqin temperaturalarda va atmosfera bosimidan ko‘p farq qilmaydigan bosimlarda ko‘pchilik gazlar Boyl- Mariott qonuniga yetarli darajadagi aniqlik bilan bo‘ysunadilar.
Izobarik jarayon. Gey-Lyussak qonuni.
Doimiy bosimda gaz holatining o‘zgarishiga izobarik jarayon deyiladi. Agar gaz hajmi T0=273 К haroratda V0, Т haroratda esa V bo‘lsa, u holda gazlarning hajmiy kengayish koeffitsiyenti
β=
formula bilan aniqlanadi. Gazlarning issiqlikdan kengayishini o‘rgana turib, fransiyalik olim Gey-Lyussak (1778—1850) 1802-yilda doimiy bosimda gazlarning issiqlikdan kengayish koeffitsiyenti hamma gazlar uchun bir xil va u
β=
ga tengligini aniqladi.
Bu Gey-Lyussak qonunini ta‘riflash imkonini beradi: doimiy bosimda gazlarning ayrim massasini 1 K ga qizdirishda bu gazning hajmi Tо=273 К dagi gazning hajmidan 1/273 ga oshadi.
Qonundan ko‘rinib turibdiki, Т0 haroratdagi gazning hajmi V0 ni bilgan holda, T haroratdagi gazning hajmi V ni aniqlash mumkin:
V = V0(1+βΔТ).
T0=273 К, β =(1/273)К-1 ekanligini hisobga olgan holda, ixtiyoriy haroratdagi gazning hajmi V = V 0βT ga tengligi topiladi va bu tenglamani quyidagicha yozish mumkin:
V/V= T/Т0
Doimiy bosimda gaz hajmining haroratga bog‘liqlik grafigi 2-rasmda berilgan.
2-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |