Reja: I kirish II asosiy qism



Download 95,5 Kb.
Sana11.10.2019
Hajmi95,5 Kb.
#23359
Bog'liq
Demokrun mohiyati

Mavzu: Fuqarolik jamiyatini qurish strategik maqsadi

Reja:
I Kirish

II Asosiy qism

1. Demokratik fuqarolik jamiyati, uning huquqiy, iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy asoslari.

2. O'zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning bosqichlari va

xususiyatlari. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari.

3. Ochiq fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat. «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» siyosiy qurilish dasturi.
III Xulosa

IV foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Demokratik fuqarolik jamiyatini qaror toptirish O'zbekiston xalqining ulug'vor maqsadlaridan biridir. Demokratik fuqarolik jamiyati erkin, demokratik huquqiy tsivilizatsiyalashgan jamiyat bo'lib, unda yakka hokimlik rejimiga, valyuntarizmga, sinfiy adovatga, totalitarizmga, odamlar ustidan zo'ravonlik qilishga o'rin yo'q. Bunday demokratik fuqarolik jamiyatida faqat qonun, axloq, insonparvarlik adolat ustuvorlik qiladi. O'zbenkiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov shunday degan edi: “Biz uchun fuqarolik jamiyati – ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo'lib, u insonning o'z-o'zini kamol toptirishga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to'la darajada ro'yobga chiqishiga ko'maklashadi. Ayni paytda, boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo'l qo'yilmaydi, ya'ni erkinlik va qonunga bo'ysinish bir vaqtning o'zida amal qiladi”.

Demokratik fuqarolik jamiyatida ko'p ukladli raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti, tashabbuskor tadbirkorlar iqtisodiy rivojlanishning asosini tashkil etadi, turli ijtimoiy qatlamlar manfaatlari muvozanatga keltirilib turiladi. Demokratik fuqarolik jamiyatida fuqarolarning davlat oldidagi majburiyatlari, asosan, qonunlarga itoat etish va soliqlarni to'lab borishdan iboratdir. Albatta, muayyan vaziyatlarda fuqarolar oldida ularning ijtimoiy, mehnat, tadbirkorlik faoliyati, xizmat, harbiy, oilaviy burchlarini ado eishlari bilan bog'liq mas'uliyatlar ham mavjud bo'ladi. Ammo ushbu tizimda vertikal aloqalar emas, balki, asosan, gorizontal aloqalar ustuvorlik qiladi.


Shuningdek, demokratik fuqarolik jamiyatida yana ikkita tamoyil ustuvorlik qiladi. Birinchisiga ko'ra, har bir odam sud tomonidan aybdor, deb topilmaguncha erkin va teng huquqli fuqaro bo'lib qolaveradi. Ikkinchidan, har bir erkin fuqaro istagan tarzda qonun doirasida, qonun va axloqqa zid bo'lmagan holda harakat qilishi mumkin. Birinchi tamoyilga ko'ra, har bir odam aybi qonun jihatidan huquqiy isbotlanmagan bo'lsa, u hamisha halol, to'g'ri va aybsiz hisoblanadi. Ikkinchi tamoyilga binoan erkin fuqaro qonun va axloqqa zid bo'lmagan har qanday xatti-harakatni qilishi mumkin.

Shunday qilib, demokratik fuqarolik jamiyati siyosat va mafkura hukmronligidan xoli bo'lgan jamiyat ochiq, demokratik, totalitar, o'z ichida botiniy rivojlanib boruvchi demokratik fuqarolik jamiyatida inson, fuqaro, shaxs markaziy o'rinni tutadi. Shu ma'noda demokratik fuqarolik jamiyati siyosiy-mafkuraviy, xususan, avtoritar jamiyatga qarama-qarshi turadi.

Demokratik fuqarolik jamiyatining mohiyati xususida asrlar davomida shakllanib kelgan bir-biridan farq qiluvchi qarashlar, nazariyalar g'oyalarga to'xtaladigan bo'lsak, hamma vaqt inson huquqlarining paymol etilishiga qarshilik bildirilgan. Qadimiy tabiiy va odat huquqlariga asoslangan «qabilaviy demokratizm» an'analaridan tortib, ko'hna Bobilning «Hamurappi qonunlarini»-yu «Avesto» normalari hamda ularga asoslangan zardushtiylik ta'limotigacha demokratik fuqarolik jamiyatining ibtidoiy va kayhoniy ko'rinishlari haqida ilk ma'lumotlar beriladi.

Insoniyatning Arastu, Aflotun, Konfutsiy singari mutafakkirlari, shuningdek, Sharqning ulug' allomalari - Forobiy, ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib va boshqa qomusiy aql egalarining falsafiy va siyosiy-huquqiy ta'limotlarida demokratik fuqarolik jamiyatini shakllantirish bilan bog'liq qator siyosiy-huquqiy, nazariy g'oyalar o'z ifodasini topgan.

Angliyalik Tomas Gobbs (1588-1679) «fuqarolik jamiyati», degan iborani ilk bor fanga olib kirdi va «fuqarolar jamiyati»da inson ozodligini qonun ta'qiqlamagan hamma narsani qilish huquqi, deb talqin qilish bilan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy boshqarishning eng ta'sirchan tamoyili poydevorini yaratdi. Fuqarolik jamiyatining klassik nazariyotchisi Georg Vilgelm Fridrix Gegel (1770-1831) «Huquq falsafasi» asarida fuqarolik jamiyatining uch qonuniy asos-belgisi (iqtisodiy asos-belgi, siyosiy asos-belgi, ma'naviy asos-belgi) haqidagi yaxlit ta'limotni yaratdi. Bu asos-belgilar qayd etilgan davrlarda biror bir davlatda Konstitutsiya va huquqiy manbalar yo'q edi. Insoniyat o'z demokratik rivojlanishi jarayonida Konstitutsiyani kashf etish, o'z hayotini aniq konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarda belgilashdek qadriyatni kashf etdi. Shu sabab hozirgi demokratik fuqarolik jamiyatini aynan mazkur qadriyatlarsiz tasavvur qilish mumkin emas. Ushbu demokratik omil fuqarolik jamiyatining yana bir – to'rtinchi (aslida birinchi) konstitutsiyaviy – asos belgisini tayin etdi.

Ma'lumki, zamonaviy jamiyatning siyosiy-ijtimoiy instituti bo'lmish davlat maqomi, avvalo, uning Konstitutsiyasida ifodasini topadi. Davlatning konstitutsiyaviy maqomi jamiyat maqomining belgilaydi. Oddiy so'z bilan aytganda, davlat qanday bo'lsa, jamiyat ham shunday bo'ladi. Chunki adalatli jamiyatgina fuqarolik jamiyati, bo'la oladi. Shu bois davlat Konstitutsiyasi, ayni paytda, jamiyat Konstitutsiyasi hamdir. Demak, demokratik fuqarolik jamiyati, tabiiy holda, o'zining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari-yu maqomiga ega bo'ladi.

Fuqarolik jamiyatining iqtisodiy asos-belgisi xususiy mulkchilikka asoslangan. Xususiy mulk faqat erkin, ochiq, botinan rivojlanishga qodir, siyosiylashmagan, har qanday mafkuradan, ya'ni mafkuraviy monopolizmdan xoli demokratik jamiyatdagina shakllanadi, mavjud bo'ladi.

Tarixiy tajriba isbotlaganidek, xususiy mulk odamlarni ijtimoiy jihatdan abaqalashtiradi, ayni paytda, ularni birlashtiradi ham. Pirovard oqibatda aynan xususiy mulk davlat hokimiyatidan mutlaqo mustaqil bo'lgan demokratik fuqarolik jamiyati tarkibini shakllantirishga imkon beradi.

Demokratik fuqarolik jamiyati mustaqil ishlab chiqaruvchi, mustaqil erkin xaridor, mustaqil ozod fuqaro jamiyatidir. Aynan xususiy mulk jamiyatni demokratik tub isloh qilishda bosh omil hisoblanadi. Xususiy mulkdor tegishli qonunlar doirasida istagan payti o'z xohishi va imkoniga qarab, davlatga «yo'q», deya olish huquqiga ega. Bu huquq unga o'z moddiy imkoniyatlaridan ajralib qolmaslik imkonini beradi.

Ishlab chiqaruvchilar jamiyatning muayyan qismi bo'lishsa, iste'molchilar butun yalpi jamiyat hisoblanadi. Moddiy va ma'naviy ne'matlar iste'molchisi bo'lgan har bir fuqaro to'q, farovon bo'lsagina, iste'mol bilan bog'liq taqchillik bo'lmasagina jamiyat ham, davlat ham tinch, barqaror va farovon bo'ladi. Zarur mahsulot va xizmatlar taqchilligi, mulkning nohaq taqsimlanganligi jamiyatda ijtimoiy norozilikka, demak, beqarorlikka sabab bo'ladi. Norozilik, beqarorlik yuzaga kelmasligi uchun tashabbusni ma'muriy hokimiyat o'z qo'liga olishga intiladi. Natijada iste'molchi mutlaqo ma'muriy hokimiyatga qaram bo'lib qoladi. Bu endi demokratik fuqarolik jamiyati emas, balki totalitar jamiyat bo'ladi.

Xo'sh, bunday qaramlikdan qutilish yo'li bormi? Bor. U – erkin xususiy mulk, erkin mulkdor, tadbirkorlikdir. Aynan ana shu maqsadda O'zbekiston o'zining erkinlashtirish, jumladan, iqtisodiyot sohasini erkinlashtirishni davlat siyosatiga aylantirdi, qat'iy infratuzilmaga ega ko'p ukladli erkin bozorni, aralash iqtisodiyotni shakllantirishga kirishdi. Bundan maqsad – O'zbekistonda mulkdorlar sinfini shakllantirish, uning huquqiy bazasini yanada mustahkamlashdir. Darhaqiqat, «Maqsad, - deb ta'kidladi Islom Karimov» O'zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida, - birinchi navbatda, davlatning boshqaruv rolini chegaralash, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning iqtisodiy erkinliklarini hamda iqtisodiyotning barcha sohalarida xususiy mulk miqyoslarini kengaytirish, mulkdorlarning mavqei va huquqlarini mustahkamlash».96

Fuqarolik jamiyatining siyosiy asos-belgisi g'oyalar plyuralizmida, ko'ppartiyaviylikda, yuksak siyosiy madaniyatda, vijdon, so'z va matbuot erkinligida, ommaviy axborot vositalari(OAV)ning mustaqilligida teran namoyon bo'ladi. Aynan OAVgina bevosita va bilvosita, ya'ni to'g'ri va teskari aloqani o'rnatgani bois, ular fuqarolik jamiyati hayotiyligining bosh shartiga aylanadi, jamiyatning atrof-muhitdagi uzluksiz jarayonlarga moslashuvini ta'minlaydi.

O'zbekiston fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonini erkinlashtirish siyosatida, avvalambor, yuksak siyosiy ong, tafakkur, dunyoqarash, teran siyosiy madaniyatga ega fuqarolarni tarbiyalashga, shu orqali aholining siyosiy faolligini kuchaytirishga, jamiyatda manfaatlar va qarama-qarshi kuchlar o'rtasida muvozanatni ta'minlaydigan kuchli mexanizmlarni shakllantirishga kirishdi. Fuqarolarning saylov huquqini, xohish-irodasini erkin ifodalash, o'z manfaatlarini ro'yobga chiqarish va himoya qilish huquqini ta'minlash uchun haqiqiy shart-sharoit, qonuniy-huquqiy zamin yaratmoqda. Ana shu maqsadlarda 90-yillarning o'rtalaridayoq «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari» siyosiy qurilish dasturini ishlab chiqib, uning amaliy ijrosini ta'minlashga kirishgan edi. Amaliy samara bugun aniq ko'zga tashlanadi: jamiyatda ko'ppartiyaviylik yuzaga keldi, siyosiy plyuralizm yo'lga qo'yildi, ommaviy axborot vositalarini yanada erkin demokratlashtirishning huquqiy-amaliy asoslari yaratildi, teran siyosiy madaniyat tarbiyalanib, shakllana boshlandi.

Fuqarolik jamiyatining ma'naviy asos-belgisi umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligini taqozo etadi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida «O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy printsiplarga asoslanadi», deb yozilgan. Asosiy Qonunning Muqaddimasida «xalqaro huquqning umume'tirof etilgan qoidalari ustunligi tan olinishi» O'zbekiston xalqining Konstitutsiyaviy maqsadi qilib belgilangan.

Ana shulardan kelib chiqilgani holda, O'zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslarini belgilashda milliy va umuminsoniy qadriyatlar vobastaligi, umuminsoniy qadriyatlar ustuvor maqsad qilib olingan. Buni, jumladan, milliy g'oya va uning umuminsoniy qadriyatlar bilan bog'liq yaxlit mantiqiy-mundarijaviy mohiyat maqomidagi aniq amaliy samaralarida ko'rishimiz mumkin.

Ma'lumki, «O'zbekiston - kelajagi buyuk davlat» - bosh milliy g'oya hisoblanadi. Ana shu milliy g'oyaning mintaqaviy va umumbashariy mohiyat uzviyligi bizda mavjud. O'zbekiston o'z milliy g'oyasi silsilasida uning mazmunan uyg'un uzviy mantiqiy davomi bo'lgan «Turkiston - umumiy uyimiz» milliy-mintaqaviy g'oyani, Yurtboshimiz Islom Karimov tashabbusi o'laroq, o'rtaga tashladi. Undan ko'zlangan siyosiy-ma'naviy maqsad hammaga ayon: milliy g'oya milliy-mintaqaviy g'oya silsilasida bosh umuminsoniy qadriyat bo'lmish «Kurrai zamin - umumiy uyimiz» milliy umumbashariy mazmun-mohiyatga aylanib ketadi

Shunday qilib, demokratik fuqarolik jamiyatining huquqiy, iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy asoslari quyidagi tamoyillar orqali kafolatlangan:

- iqtisodiy erkinlik, turli mulk shakllari, bozor munosabatlari;

- inson va fuqaroning tabiiy huquqlarini tan olish hamda himoya qilish;

- hokimiyatning erkinligi va demokratik xarakteri;

- qonun va odil sudlov oldida hammaning teppa-tengligi, shaxsning zaruriy huquqiy himoyasi;

- hokimiyatlarning bo'linishi va ular o'rtasidagi o'zaro aloqaga asoslangan huquqiy davlat;

- siyosiy va mafkuraviy plyuralizm, ochiq muxolifatning mavjudligi;

- so'z va matbuot erkinligi;

- davlatning fuqarolarning shaxsiy hayotlariga aralashmasligi, ular o'rtasidagi o'zaro mas'uliyat va majburiyatlar;

- ijtimoiy barqarorlik, tinchlik, hamkorlik va milliy totuvlik;

- odamlarga munosib hayot yaratib berishni ta'minlovchi samarali ijtimoiy siyosat.

O'zbekistonda demokratik fuqarolik jamiyatini shakllantirishning bosqichlari va xususiyatlari. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari

Har qanday jamiyatning ma'naviy qiyofasi ayni shu jamiyat tizimi, uning qanday g'oyalarga va maqsadlarga ergashayotgani, qanday tafakkur asosida qaror topayotgani bilan bog'liq. O'zbekiston tanlagan yo'l inson manfaatlari to'la himoya qilingan, uning haq-huquqlari har tomonlama kafolatlangan demokratik, fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo'lidir.

O'zbekiston demokratik, fuqarolik jamiyatini barpo etish yo'lini tanlar ekan, jamiyatni demokratlashtirish jarayonining dastlabki bosqichi – siyosiy sohani erkinlashtirish sharoitida fuqarolarni ayni demokratik jarayonlarning faol ishtirokchisi, uning faol himoyachisi sifatida tayyorlash vaqt talab etadigan o'ta murakkab masaladir.

O'zbekiston demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish yo'lini tanlar ekan, inson ongi va qalbidagi mustamlakachilik davri bilan bog'liq bo'lgan barcha illatlarni isloh qilish, tirik, mavjud insonni “yangi”lash, ma'naviy-ruhiy “ta'mirlash” kabi yo'ldan bordi. Bu har qanday davlatdan juda katta siyosiy qudrat, siyosiy madaniyat va siyosiy iroda talab etadigan buyuk hodisadir.

Zero, mamlakatimizdagi siyosiy islohotlarning muhim ahamiyati shundaki, hozirda demokratik fuqarolik jamiyatini shakllantirish niyatini yuksaltirish, demokratiyaning eng muhim tomonilarini hayotga tadbiq etish uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Endilikda fuqarolar o'zlarining siyosiy iroda va manfaatlarini ifodalaydigan jamoat tashkilotlari faoliyati vositasida yoki bevosita siyosiy qaror qabul qilish jarayonida ishtirok etishlari zarur. Mustaqillik davridagi tajribalarni,

O'zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etishning o'ziga xos xususiyatlarini, yutuq va kamchiliklarini hamda etakchi xorijiy mamlakatlar tajribalarini chuqur tahlil etgan holda “Ma'lumki, har qanday jamiyatda ham demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon bor. Bular – xalqning qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligi, hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, oddiy fuqarolarning davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidi.

Biz adolatli, demokratik jamiyat qurmoqchi ekanmiz, bir haqiqatni aslo yoddan chiqarmaylik: tepadan turib, maxsus farmon yoki dekret bilan jamiyatda adolat va demokratiyani o'rnatib bo'lmaydi. Bu barchaning birdek ishtiroki, birinchi navbatda, peshqadam ziyolilarimiz, turli siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari namoyondalarining, mas'ul xizmatchilarining g'ayrati, jasorati, aql-zakovati bilan ro'yobga chiqadagina murakaab ishdir”97, deb ta'kidlaydi Prezident Islom Karimov.

Ko'rinib turibdiki, fuqarolar o'z siyosiy faolliklarini yuksaltirishi, yuqoridan qabul qilinadigan qarorlar qabul qilishda bevosita yoki o'z guruhlari manfaatlari vositasida keng ishtirok etishi mamlakatda adolatli, demokratik fuqarolik jamiyati qurishning kafolatlaridan biridir.

Umuman, Yurtboshimiz I.A.Karimov «O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida» kitobida fuqarolik jamiyati shakllanishining asosiy bosqichlari va bu jamiyatga mos siyosiy-iqtisodiy islohotlar o'tkazish yo'llarini, bu murakkab va mashaqqatli yo'lda erishilgan yutuqlar va kamchiliklarni ham birma-bir oqilona ko'rsatadi. Ayni paytda, Yurtboshimiz erkin ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirish sharoitida bozor iqtisodiyoti munosabatlarini izchil amalga oshirish, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish, nodavlat, jamoat tuzilmalari va uyushmalarini rivojlantirish, fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyat ko'rsatish vazifalarini ham belgilab berdi.

Shuningdek, I.A.Karimov «O'zbekiston XXI asrga intilmoqda», «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz», «O'zbekistonda demokratik o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari» asarlarida hokimiyat vakolatlarini nodavlat hamda jamoat tashkilotlariga fuqarolarni o'zini o'zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o'tkaza borish, ularninghaq-huquqlari va erkinliklarini muhofaza etishni kuchaytirish ko'rsatib berildi.

Prezidentimiz I.A.Karimov mazkur asarlarida, demokratik fuqarolik jamiyati shakllanishining asosiy bosqichlarini tavsiflashda jahon tajribasi, O'zbekistonning o'ziga xos milliy xususiyatlari, imkoniyatlari va shart-sharoitlarini asos qilib olganligi ibratlidir.

Ayni paytda, I.Karimov quyidagi to'rtta muhim savolni qayd etib, ularga yaqin vaqt ichida aniq javoblar topish zarurligini ta'kidladi:

Birinchidan, biz kelgusi asrga o'zimiz bilan nimalarni olib o'tishimiz mumkin va zarur?

Ikkinchidan, nimalardan biz voz kechishimiz darkor?

Uchinchidan, o'z hayotimizni qanday yo'l bilan yaxshilamoqchimiz?

To'rtinchidan, yangi ming yillikda qanday muammolarning echimi bizning diqqat-e'tiborimiz markazida turmog'i lozim?

Shunday qilib, Yurtboshimiz siyosiy falsafasining navbatdagi kashfiyoti bo'lmish bu ustuvor yo'nalishlar mushtaraklikda ushbu savollarga javoblar toppish imkonini berish baravarida O'zbekistonda demokratik fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish imkoniyatlarini kengaytirdi.

Barcha ustuvor yo'nalishlarni o'zida uyg'unlashtirgan, yuqoridagi savollarda aniq amaliy javoblar izlab topishga yo'naltirilgan tub yangilanishlarning kaliti bo'lib, shubhasiz O'zbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirishdek oliy maqsad xizmat qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat hokimiyatining birdan-bir manbai xalq deb ko'rsatilishi (17-modda), davlat hokimiyati tizimining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linishi (11-modda) qoidalariga mos ravishda vakillik hokimiyat organlari tizimidan fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tizimi ajratiladi.

Sobiq sho'ro davrida ko'p vaqtlar mahalliy vakillik organlari bilan o'zini o'zi boshqarish organlari yagona tizim sifatida qaralgan, ya'ni mahalliy vakillik organlari o'zini o'zi boshqarish organlari tizimiga kiritilgan. Aslida esa, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari mahalliy davlat vakillik organlari tizimiga kirmaydi. Bu tushuncha Konstitutsiyada ham, maxsus qonunlarda ham o'z aksini topgan.

Konstitutsiyaning 105-moddasida «shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig'inlari o'zini o'zi boshqarish organlari bo'lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi. O'zini o'zi boshqarish organlarini saylash tarkibi, faoliyatini tashkil etish yuaqda vakolat doirasida qonun bilan belgilanadi», -deyilgan.

Shu tariqa, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tizimi va faoliyatining konstitutsiyaviy asosi mustahkamlandi. Ushbu tamoyil 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan va 1999 yil 11 mayda kuchga kirgan yangi tahrirdagi hamda 2003 yil avgustda o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilgan “Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida”gi qonun alohida ahamiyatga ega bo'ldi. Bu qonun o'zini o'zi boshqarish sohasini tubdan isloh qilib, uni qayta qurishning huquqiy asoslarini belgilab berdi.

Yangi tahrirdagi qonunning 1-moddasida fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish tushunchasiga “Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish – fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan, ularning o'z manfaatlaridan, rivojlanishining tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek, milliy va ma'naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an'analardan kelib chiqqan holda, mahalliy ahamiyatga ega molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faoliyatdir”, deb ta'rif berilgan. Qonunning 9-moddasida fuqarolarning o'zini o'zi boshqarishi tushunchasi, fuqarolar yig'inining huquqlari va bu huquqlarni amalga oshirish yanada konkretlashtirilgan «Fuqarolar yig'ini – fuqarolar o'zini o'zi boshqarishning yuqori organi bo'lib, aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan tegishli hududda amal qiluvchi qarorlar qabul qilish huquqiga egadir».

Qonunda fuqarolarning o'zini boshqarish tushunchasi, organlar to'g'risidagi qonun hujjatlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish huquqi, organlar faoliyatining demokratizm, oshkoralik, ijtimoiy adolat, insonparvarlik, mahalliy ahamiyatga molik masalalarni echishdagi mustaqillik, asosiy printsiplar, boshqaruv hududlari, organlar faoliyatini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi, saylash va saylanish tartiblari, organ tartibi, fuqarolar o'zini o'zi boshqarishning yuqori organi bo'lmish fuqarolar yig'ini, yig'inning faoliyat mezonlari va vakolatlari, fuqarolar yig'ini Kengashining, yig'in raisi (oqsoqol)ning vakolatlari huquqiy jihatdan birma-bir belgilab berilgan.

Shuningdek, qonunda shahar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig'inlarining rais (oqsoqol)lari tomonidan ayrim fuqarolik holati dalolatnomalarining ro'yxatga olishini va notarial harakeatlarning amalga oshirilishi, fuqarolar yig'inini chaqirish hamda Kengashning ish tartiblari, faoliyatni tashkil etish qoidalari, mulk, moliyaviy asos, javobgarlik kabi masalalar aniq ifodasini topgan.

Bugungi kunda o'zini o'zi boshqarish organlari ixtiyoriga avval davlat organlari amalga oshirib kelgan ayrim vakolatlar bosqichma-bosqich berilmoqda. Egasiz mol-mulkni, shuningdek, meros sifatida davlatga o'tgan mol-mulkni saqlash va tasarruf etish choralarini ko'rish, harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni xabardor qilish, soliq, sug'urta, kommunal to'lovlar va boshqa to'lovlarni yig'ishda ko'maklashish, mahallalarning chegaralarini o'zgartirish va boshqa sub'ektlarning nomini o'zgartirish to'g'risida tegishli davlat organlariga takliflar kiritish, er uchastkalarini berish masalalarini ko'rib chiqish va kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam ko'rsatish va ko'p bolali muhtoj oilalarga nafaqalar tayinlash, fuqarolik holati va dalolatnomalarni ro'yxatga olish, shuningdek, aholi punktlarida notarius bo'lmagan hollarda vasiyatnomalar, ishonchnomalarni tasdiqlash, merosga oid mol-mulkning qo'riqlanishiga doir chora-tadbirlarni ko'rish, yilning har choragida tuman, shahar va viloyat hokimliklari rahbarlarining fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitish, to'ylar va boshqa marosimlarni o'tkazish bo'yicha tavsiyalar berish va boshqalar shular jumlasidandir.

Aytish mumkinki, mazkur huquqiy me'yorlar hayotimizda katta tarixiy voqea bo'ldi. Bugun davlatimiz siyosiy-iqtisodiy suverenitetga erishgan bir paytda davlat qurilishining milliy shaklini tiklash, xalqimizning ijtimoiy turmushida tarixiy, milliy an'ana va urf-odatlardan to'laroq foydalanishga ehtiyoj kuchaydi.

Endilikda O'zbekiston respublikasida mavjud barcha 10 mingga yaqin mahallalardagi fuqarolar yig'ini o'zini o'zi boshqarish organlari sifatida rasman tan olindi.

Ma'lumki, hozirda davlat hokimiyati markaziy organlarining vakolatlarini joylardagi boshqaruv organlari va jamoat tashkilotlariga bosqichma-bosqich o'tkazish hamda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarini har tomonlama mustahkamlash demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Shunday qilib, boshqarish organlari ish faoliyatining yangicha mazmunda shakllanishi va takomillashuvi fuqarolikning davlat va jamiyat ishlaridagi ishtirokini kengaytirib, ularning siyosiy faolligini oshirdi. Bu esa jamiyatimizda demokratlashtirish jarayonlarining chuqurlashib, «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari» o'tayotganligidan dalolat beradi.



Ochiq fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat. «Kuchli davlatdan – kuchli

fuqarolik jamiyati sari» siyosiy qurilish dasturi

Fuqarolik jamiyatini ideal holda tasavvur qiluvchilarning ta'kidlashicha, bu jamiya ochiq, odil jamiyat bo'lib, unda erkin va teng huquqli shaxslar istiqomat qilishadi, ular o'z fuqarolik hamda siyosiy huquqlariga ega bo'lishadi, davlatni boshqarishda faol ishtirok etishadi, fikrlarini oshkora aytish, ehtiyojlarini har tomonlama qondirish, o'z maqsadlariga mos keladigan uyushma va tashkilotlar tuzish imkoniyatlariga ega bo'lishadi.

Ochiq jamiyat bu - qator ijtimoiy-falsafiy ta'limotlarda ilgari surilgan iqtisodiy, siyosiy, madaniy plyuralizmga ega, fuqarolik jamiyati va huq qiy davlat tarkiblari rivojlangan demokratik jamiyat tushunchasidir. Shu bilan birga ochiq jamiyat haqida aniq bir ta'rif yo'q. ko'p hollarda ochiq jamiyatni kapitalizmgacha bo'lgan jamiyatning yoxud yopiq sotsialistik jamiyatning aksi, deb qarash ustuvorlik qiladi.98

Ochiq jamiyatning elitar va egalitar tushunchalari mavjud. Elitar nazariyaga ko'ra, ochiq jamiyat asosida antagonizm, ya'ni qarama-qarshiliklardan xoli xalqaro insoniy mushtaraklik, umuminsoniy, antitotalitar axloq, shaxs va ijod erkinligi ustuvor, o'ziga xos asketik gumanizm yotgan ideal ijtimoiy tizimdir.

Egalitar nazariya hozirgi davrdagi ochiq jamiyat bilan yopiq jamiyat qarama-qarshiligi realligidan kelib chiqadi. Jamiyat uchun uning mavjudligi-yu maqomi qonun asosida belgilangan totalitar jamiyat. Unda shaxs manfaatidan jamiyat manfaati ustun, shaxsiy mas'uliyatsizlik, g'oyaviy dogmatizm xarakterlidir. Bu troybalistik, ya'ni ibtidoiy qabilalar tizimiga o'xshash jamiyat o'zini butun dunyoga qarshi qo'yadi.

Ochiq jamiyat a'zolari uchun, aksincha, ratsional-tanqidiy yondashuv, ijtimoiy taraqqiyotni maqsadli va ongli boshqarish imkoniyati, odamlar ehtiyojlariga uyg'un holda davlat institutlarini asta-sekinlik bilan shakllantirish xos. Egalitar qarashga ko'ra, §arb demokratiyasi, asosan, ochiq jamiyatga o'tib bo'ldi. Shunga qaramay, K.R.Popper fikricha, §arb demokratiyasini to'liq holda ochiq jamiyat, deb atash mumkin emas. Chunki u muayyan kamchiliklardan xoli emas.

Ochiq jamiyat haqidagi zamonaviy qarashlar orasida, shubhasiz, Jorj Soros tadqiqotlari diqqatga sazovor. Olim ochiq jamiyat mohiyatini ijtimoiy rivojlanish ideali, deb ataydi.99 J.Soros odamlarga etkazmoqchi bo'lgan bosh g'oya quyidagicha: bozor xulq-atvorida aks etuvchi individual qarorlar qabul qilish bilan, umuman, xulq-atvorda, jumladan, siyosatda ifodasini topuvchi jamoaviy qarorlar qa uli o'rtasidagi farqni ilg'ab olish zarur. U holda ham, bu holda ham odamlarni xudbin manfaatlar qiziqtiradi, biroq jamoa bo'lib qarorlar qabul qilishda mushtarak manfaatlardan ustun bo'lishi shart.

Shunday qilib, ochiq jaamiyat borasidagi §arb demokratiyasi, J.Soros qarashlari shuni aniq ko'rsatdiki, ijtimoiy taraqqiyotning iqtisodiy hamda ijtimoiy komponentlari o'rtasidagi muvozanat-balans albatta zarur. Bunga faqat va kuchli jamoa tarkiblariga ega fuqarolik jamiyati doirasidagina erishish mumkin, xolos.

Fuqarolik jamiyatisiz bunday muvozanat-balansga erishish dushvor. Ijtimoiy va bozor qadriyatlari o'rtasidagi muvozanatni faqat fuqarolik jamiyati o'z maqomi bilan ilg'or o'zgarishlarga, istiqbolli, tuganmas takomillikka hamisha ochiq bo'lgan ochiq jamiyatning barcha talablariga to'liq mos kelgan taqdridagina ta'minlashi mumkin.100

Fuqarolik jamiyati ham ijtimoiy taraqqiyot shakli bo'lgan amaliy reallik sifatida, ham ijtimoiy taraqqiyot yo'nalishiga xizmat qiluvchi ideal sifatida namoyon bo'ladi. Huquqiy davlat barpo etilgan taqdirdagina real fuqarolik jamiyati ideal fuqarolik jamiyatiga mos keladi. Ideal fuqarolik jamiyati jamiyatda qonun ustuvorligiga, odamlar erkinligiga, huquqda ularning tabiatan tengligiga asoslanadi.

Ayni paytda, jamiyat a'zolari muayyan majburiyatldarni ongli, ko'ngilli ravishda o'z zimmalariga olishadi va umumiy qonunlarga bo'ysinishadi. Huquqiy davlatda fuqarolik jamiyati qonun manbaiga aylanadi. U davlat maqomini belgilaydi. Bunday sharoitda shaxs o'z huquqlari bilan jamiyat ustidan ustuvorlikka ega bo'ladi. Shuning uchun ham huquqiy davlat bu huquq normalari negizida individlar va turli uyushmalarning o'zaro munosabatlariga asoslangan davlat hokimiyatlarining tashkil topishi hamda faoliyat ko'rsatishi shakli hisoblanadi.

Xulosa
Mahalliy hokimlik va fuqarolarning o'zini-o'zi boshqaruv institutlaridan tashkil topgan yaxlit boshqaruv tizimi shakllantirildi va uning huquqiy asoslari yaratib bo'lindi. Bir qancha vakolatli vazifalar davlatdan mahalliy hokimiyat organlariga, jamoat tuzilmalariga va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich topshirilib, mahalliy hokimiyat organlari va o'zini o'zi boshqarish organlari bajaradigan vazifalar doirasi kengayib bormoqda. Eng muhimi, aholining iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini yanada to'laroq ifodalash va himoya qilishda nodavlat, jamoat tuzilmalarining huquq va mavqelari oshirilmoqda. “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” degan siyosiy qurilish dasturining mohiyati ham shunda. U mahallalarga o'z hayotini va butun jamiyat hayotini boshqarishda va tashkil etishda keng ishtirok etish imkoniyatini yaratdi. Bu esa fuqarolik jamiyati tamoyillariga to'la mos keladi.

O'zbekiston o'z istiqlol rivojining to'rtinchi sifat bosqichiga qadam qo'ydi. Bosqichning nazariy-kontseptual metodologik asosi bo'lib I.A.Karimovning ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasidagi “O'zbekistonda demokratik o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari” dasturiy nutqi xizmat qilmoqda.



Adabiyotlar:


  1. Shodiev N. O'zbekiston milliy Tiklanish bosqichida. - M.: Vega, 1999.

  2. Shodiev N., Eofurov 3., Siddiqov B. Milliy mafkura va g'oya. -T.: O'zbekiston, 1996.

  3. G’ofurov 3., Toshev S. Mustaqillikning ma'naviy zaminlari. -Qarshi: Nasaf, 1994.

  4. G’ofurov 3., Siddiqov B. Ma'naviy yuksalish – taraqqiyot omili. - T.: TDTU, 1997.

  5. G’ofurov 3., Siddiqov B. Milliy istiqlol ma'naviy-ma'rifiy yuksalish. - T.: TDTU,

2000.

  1. Tulenov J., Qodirov B., §ofurov Z. Ma'naviy yuksalish sari. -T.: Mehnat, 2000.

  2. Ma'naviyat yulduzlari. - T.: Abdulla Qodiriy nomidagi nashriyot, 1999.

Alpomish. - T.: Sharq, 1998. Jaloliddin Manguberdi. - T.: Sharq, 1999.

  1. Shodiev N. Natsionalnaya ideya: kak eto viditsya v Uzbekistane. //Trud, 23 iyunya 2000.

Download 95,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish