O’zbekiston Respublikasida mexnat muhofazasi bo’yicha qabul qilingan qonunlar:
Mehnat muhofazasi bo‘yicha belgilangan barcha tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (8-dekabr 1992-у.), O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (21-dekabr 1995-у.), «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun» (6-may 1993-у.), Davlat standartlari, nizomlar va me’yorlar, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha qoidalar asosida olib boriladi. Respublikamizda demo-kratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatining qurilishi inson huquqlari va erkinliklariga to‘liq rioya etilishini taqozo qiladi.
Texnika xavfsizligi
Xavfsizlik texnikasi - mehnat muhofazasi boʻlimlaridan biri; ishchidagi jarayonlarda vujudga keladigan xavfli omillarning ishlovchilarga zararli taʼsiri oldini olishga doyr tashkiliy va texnik tadbirlar hamda vositalar majmui. Ularni yaratish va i.ch.da qoʻllash ishlari belgilangan tartibda tasdiqlangan meʼyoriytexnik hujjatlar (standartlar, qoidalar, meʼyorlar, instruksiyalar) asosida amalga oshiriladi. Tashkiliy tadbirlar: ishchilarga xavfsiz va zararsiz ish usullari toʻgʻrisida yoʻlyoʻriqlar berish, i. ch. sanitariyasi va mehnat gigiyenasi asoslarini oʻrgatish; mehnat qilish va dam olish qonunqoidalarini ishlab chiqish va i.ch.ga tatbiq qilish.
Texnik tadbirlar maʼlum meʼyorlar va qoidalarga asoslanadi. Bunda insonning ruhiy, anatomik, fiziologik xususiyatlari hisobga olinadi. Mas, mashinaning boshqarish organlarini inson uchun qulay yerga joylashtirish, ish vaqtida zararli chang, gaz chiqmasligini taʼminlash zarur, xavfli taʼsirlardan himoya qilish uchun toʻsiqlar qilinadi, ogohlantiruvchi belgilar va plakatlar osib qoʻyiladi. Koʻpincha ishlayotgan mashinalarning uzellari bilan bogʻliq qurilmalar (elektron qurilmalar, fotoelement, avtomatik saqlagich) dan foydalaniladi. Bularga saqlagich klapanlari, vklyuchatellar, eruvchan saqdagichlar, shtiftlar va boshqa kiradi. Xavfli, zararli ishlarni bajarishda jarayonlarni uzokdan turib boshqarish usuli yaxshi samara beradi. Himoya qilishda signalizatsshdan foydalaniladi. Jihozlarni yurgizib yuborishdan oldin ularning ishi tekshiriladi hamda sinaladi. Juda xavfli jihozlar (bosim ostida ishlaydigan idishlar, yuk koʻtarish mashinalari) davlat inspeksiyasi nazorati ostida boʻladi, namlik, tra, havoning tozaligi, shovqinlar, nurlanish taʼsiri va boshqa doimo nazorat qilinadi. Xavfsizlik texnikasi ning muayyan sohalarida ishlaydigan kishilar qoidalarga muvofiq shaxsiy himoya vositalari (kiyimbosh, poyabzal, ehtiyot belbogʻi, koʻzoynak va boshqalar)dan foydalanadi. Xar bir korxonada Xavfsizlik texnikasi uchun maʼmuriyat javobgar hisoblanadi.
Xulosa
Mening kurs loyiham nasadkali absorberlar mavzusi edi.kurs loyihamni tayyorlash mobaynida o’zimga kerakli ma’lumotlarni oldim.Xususan nasadkaning turlari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo’ldim.
Loyiha asosida chizma va slayd tayyorlash mobaynida o’ziga xos jarayonlarni
o’rgandim.Nasadkaning aloxida qismlari har biri o’zining muxim vazifalari borligini ko’rdim.
Rektifikatsiya jarayoni nasadkali absorberlarning ishlash jarayoniga yaqin ekanligini shuningdek ishlash prinsipida farq qilishini kimyoviy jarayonlarda dars davomida tushunchalar oldim.
Olgan amaliy bilimlarimiz kelajakda soxamiz rivojida kata axamyatga ega bo’ladi.
Yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib o’z soxamning mutaxassisi bo’lib yurtimiz ravnaqiga munosib xissa qo’shaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |