Geoaxborot tizimlari turlari va imkoniyatlari.
Hozirgi vaqtda jahonda ko‘plab GISlar ishlab chiqilgan, lekin ularning imkoniyatlari bir xilda emas. Zamonaviy GISlarni uchta yirik guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga istalgan kartalarni yaratish imkonini beruvchi, kuchli rivojlangan, hujjatlashtirilgan va turli xususiyatli ma’lumotlarni kompyuterga kiritish vositalariga ega bo‘lgan (degitayzerlar, skanerlardan tortib to kosmik tasvirlarga ishlov berishgacha), juda katta hajmli axborotlarga ishlov beruvchi va quvvati ancha katta ishchi stansiyalarni, yoki juda katta quvvatli shaxsiy kompyuterlarga va tarmoqli kompyuter tizimlariga o‘rnatilgan dasturlarni keltirish mumkin. Bunday toifali GISlarning yorqin vakillari - INTERGRAPH, PROGIS va ESRI hisoblanadi. Bu tizimlar (GEOMEDIA, MGE, ArcInfo va h.k.) universal bo‘lib, ulardan turli sohalarda samarali foydlanish imkoni bor.
Ikkinchi guruhga shaxsiy uy kompyuterlariga o‘rnatilgan GISlarni kiritish mumkin, ular yuqorida keltirilgan tizimlarga qaraganda biroz kamroq imkoniyatlarga ega bo‘lsada, birinchi navbatda ilmiy va amaliy-boshqarish masalalarini echishga mo‘ljallangan. Bu tizimlarda tasvirning sifatiga, ishlanayotgan ma’lumotlar hajmiga, ma’lumotlar muhofazasiga va ularni saqlashga qatiy talablar qo‘yilmaydi. Bu tizimlar ko‘pchilik korxonalarda, tashkilotlarda va istalgan kichik ofislarda ishlatilishi mumkin. Bunday tizimlarning asosiy vakillaridan MapInfo, AtlasGIS, ArcView va boshqalarni misol keltirsa bo‘ladi.
Bu toifali tizimlarda yirik GISlarning (INTERGRAPH va boshqalar) foydalanuvchiga mos keladigan versiyasi ishlatiladi. Boshida bu yirik tizimlar quvvatli grafikli stansiyalar uchun yaratilgan, ularni kamroq quvvatli, xotirasi cheklangan va ishlash tezligi past shaxsiy kompyuterlarga o‘tkazish nazarda tutilmagan. SHunga qaramasdan bunday dasturlar shaxsiy kompyuterlarga o‘rnatilmoqda. Albatta, dasturning ishlash tezligi sekin, tasvir sifati yaxshi emas, boshqa zarur imkoniyatlari ham yo‘q. Lekin bu dasturlarda ishonchli bir yutuq bor - u ham bo‘lsa, ishchi stansiyalardagidek o‘xshash versiyalari bilan mos kelishligini ishlab chiqaruvchi firmalar tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlashidir.
Uchinchi guruhga shaxsiy uy va ma’lumotnomali maqsadlarda foydalaniladigan GIS tizimlari kiritiladi. Bunday GISlar ―yopiq xususiyatga ega bo‘lib, foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlarga yoki tizimga katta o‘zgartirishlar kiritishga yo‘l berilmaydi, yoki kam o‘zgartirish kiritish imkoniyatini beriladi. Masalan, ma’lumotlar bazasidagi yozuvlarni taxrir qilish yoki yangi yozuvlarni kiritish mumkin emas. Bu GISlar ancha arzon bo‘lib, shaxsiy kompyuterlardan juda kam imkoniyatlarni talab qiladi.
GIS larning klassifikatsiyasi bir nechta me`zonlarga ko`ra bo`linadi:
Funksional imkoniyatlariga ko`ra:
- to`liq funksiyali GIS – umumiy vazifa;
- maxsus GIS – qandaydir bir predmet sohasidagi konkret masalaning yechimiga yo`naltirilgan;
- informatsion- ma`lumot beradigan – uy sharoitida va informatsion- ma`lumot olish uchun foydalaniladigan.
Qurilishning arxitekturaviy prinspiga ko`ra:
- yopiq tizimlar;
- ochiq tizimlar.
Yopiq GIS deb funksiyalar to`plamini kengaytira olmaydigan, faqatgina sotib olingan vaqtida mavjud bo`lgan funksiyalarni amalga oshira oladigan tizimga aytiladi. Yechilayotgan masalaga arzimagan o`zgartirish kiritilsa, bunday tizimlar odatda masalani yecholmay qoladi. Ko`pchilik holatlarda yopiq tizimlarni umuman o`zgartirib bo`lmaydi, shu sababli ularning narxlari past va hayotiy sikllari qisqa bo`ladi.
Yopiq tizimlardan farqli o`laroq ochiq tizimlar foydalanuvchi uchun ochiqlikni ta`minlaydi, ya`ni uning talabiga moslashish imkoniyati mavjud. Bunday tizimlar maxsus vositalarga ega bo`ladi, odatda bular dasturlash tillari bo`lib, ular qo`shimcha ilovalar yaratsihga yo`naltirilgan bo`ladi, ya`ni foydalanuvchiga ma`lumotlar bilan ishlash vazifasini bajaruvchi kerakli vositalar. Bunday tizimlar odatda qimmat turadi, ammo uzoq hayotiy siklga ega bo`ladi.
Territorial(hududiy) qamroviga ko`ra:
global, yoki planetar, GIS (planetar darajadagi muammolarni analiz qilish, yechish va prognoz qilishga yo`naltirilgan tizimlar);
umummilliy ( bitta davlat, millatning masalalarini yechishga yo`naltirilgan);
davlatga oid (chegaraviy va davlatlararo masalalarni yechishga yo`naltirilgan);
regional (alohida viloyat, region va shtatlarni masalalarini yechish);
lokal (kichik shahrlar, qishloqlar, posyolka va shu kabilarni masalalarini yechish).
Muammoni aniqlanish sohasi bo`yicha:
ekologik va tabiatga oid;
sohalar bo`yicha( suv resurslari, o`rmonchilik, geologic, turizm va sh.k);
muhandislikka oid(qurilishlarni loyihalash);
mulkka oid (kadastrga oid ma`lumotlar bilan ishlash);
inventarlashtirishga oid;
tematik va statistik kartalashtirish.
Tematik:
ijtimoiy-iqtisodiy;
kadastrga oid;
inventarlashtirishga oid;
turistik.
Hududga oid ma`lumotlarni tashkil qilish usuli bo`yicha:
Vektor (obyektlar koordinata belgilari bo`yicha shakllantiriladi);
Rastrli (obyektlar rastrli tasvirlar ko`rinishida namoyish etiladi);
Gibrid yoki integral (ikki turdagi ma`lumotlarni moslaydigan).
Masshtab bo`yicha:
Kichik masshtabli;
O`rta masshtabli;
Yirik masshtabli.
Do'stlaringiz bilan baham: |