II.3.Yorug’lik bosimining bazi bir kosmik xodisalardagi ro’li
Kometalar quyruqlarining paydo bo’lishi kometalar quyoshga yaqinlahgani sari bu quyruqlarning kattalashib borib quyoshdan teskari tomonga qarab joylahsishi Keplerni kometalarning quyruqlari zarralar oqimidan iborat bo’lib, kometa
quyoshga yaqinlashayotganida bu zarralar yorug’lik bosimi tasirida quyoshdan uzoqlashadi, degan huosani chiqarishga majbur qildi.Xisoblar va ayniqsa Lebedovning eksperimental tadqiqotlari bu fikrni quvvatladi.Bu malumotlarga qarab o’lchamlari amcha kichik bo’lgan zarralarning quyosh nurlanishi tasirida quyoshdan itarilishi Quyosh massasi tasirida quyoshga tortilishiga qaraganda kuchliroq ekanligini aniqlash mumkin, chunki zarra radiusining kichrayishi bilan tortilish kuchi radiusning kubiga proportional kamayadi, itarilish esa radiusning kvadrati kabi kamayadi.Kerakli o’lchamdagi zarra uchun itarilishning tortilishga qaraganda ustunligi quyoshdan istagan masofada kuzatiladi, chunki nurlanishning zichligi ham, gravitatsion tasir ham masofaga qarab bir xil radiusning kvadratiga teskari proporsional o’zgaradi.
Kometalarning quyruqlari faqat quyosh yaqinida kattalasha boshlashiga o’lchamlari ancha kichik bo’lgan zarralar quyosh yaqinida bug’lanish paydo bo’lishi sababchidir.Ammo keyingi vaqtda kametalarda quyruq paydo bo’lishi juda murakkab proses ekanligi va yorug’lik bosimi xilma xil xodisalarning sababini ochib berolmasligi aniqlandi.
Yaqinda yorug’lik bosimi yulduzlarning chegaraviy o’lchamlari to’g’risidagi masalada muxim axamiyatga ega ekanligi ko’rsatildi.Astronomiya malumotlaridan shu narsa aniqki, o’lchamlari malum maksimumdan ortadigan yulduzlar umuman yo’q ekan.Eddington yulduzlar o’lchamlarining ortishiga quyidagi sharoit to’sqinlik qilishi kerakligiga etibor berdi.Yulduzning massasi ko’paygani va tashqi qatlamlari ning markazga tortilish kuchi ortgani sari yulduzning ichki qatlamlarining siqilish ishi ham ortadi, natijada shu qatlamlarning xarorati ortib bir necha million gradusga yetadi.Lekin temperaturaning ortishi yulduz ichidagi nur Energiyasining zichligi demak yorug’lik bosimi kattaligining ortishini bildiradi.Xisoblab tortilish kuchi bilan yorug’lik bosimi tasirida yuzaga kelgan itarilish kuchlari o’rtaidagi muvozanat tufayli yulduzning massasi malum chegaraviy qiymatdan ortmasligini ko’rsatadi.Massasi katta yulduzlar turg’un bo’lmaydi va tezda parchalanib ketadilar.Haqiqatdan ham yuqorida aytilgan fikrlar asosida o’tkazilgan hisoblarning natijasi bo’lmish yulduzlarning yuqori chegaraviy massasi astrofizik kuzatish natijalari bilan bir xildir.