Reja I. Kirish II. Asosiy qism



Download 22,8 Kb.
bet5/6
Sana19.04.2022
Hajmi22,8 Kb.
#564533
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O‘zbåêisòîn råspubliêàsi îliy và o‘ròà ìàõsus òà’liì vàzir

Urushning boshlanishi. “1870- yilning 19- iyul kuni Fransiya Shimoliy – German ittifoqiga qarshi urush e’lon qildi. Bu davrda Pruss qo‘shinlariga barcha Shimoliy German ittifoqiga mansub bo‘lgan davlatlarning armiyalari va xatto ittifoq tarkibiga kirmagan 4 ta nemis davlati qurolli kuchlari ham qo‘shilishdi.” German qurolli kuchlari son jihatdan Fransiyalarnikidan ikki marta ustun bo‘lgani holda yaxshi xarbiy tayyorgarlik ko‘rgan jangovar xolatdagi armiya edi. Nemis qo‘shinlari uchta armiyaga bo‘lingani holda aniq reja asosida harakat qilishdi. Ular bir - birlari bilan mustaxkam bog‘langan holda harakat qilishardiyu 1870- yilining avgustida nemis harbiy qismlari Reyn daryosidan o‘tishib Elzas va Lotaringiya chegaralariga etib borishdi.
“Fransuz armiyasida mutlaqo boshqacha holatni ko‘ramiz. Mamlakat hayotining barcha sohalarini qamrab olgan tanglik armiyaga ham katta ta’sir ko‘rsatgan edi. Fransuz xarbiy qismlari 8 korpusga bo‘linishib, asosan mamlakatning Shimoliy – Sharqiy chegaralariga yo‘naltirilgan edi. Armiyaga dardmand xarbiy sohada layoqatsiz bo‘lgan Napoleon III bosh qo‘mondon edi. U to‘rt yil mobaynida Prussiyaga qarshi urushga tayyorlanib kelayotgan edi. Lekin, bonapartchilar matbuotining maqtanchoqlik bilan baqirishlariga qaramay, urushning taqdiri birinchi kundayoq ma’lum bo‘lib qoldi:
--armiya idorasida tartibsizlik va sarosimalik hukm surardi;
--harbiy qo‘shilmalarni yaxlitlash chalkashib ketgan;
--ularning yo‘nalishlar va ma’lum yo‘lni bosib o‘tish muddatlari buzilib ketgan;
--ularning ta’minoti yo‘lga qo‘yilmagan edi; qo‘mondonlik qancha jangchi borligini, qancha to‘p va o‘q dori borligini bilmasdi. Fransiya urush e’lon qilgandan beri ikki xaftacha o‘tgan bo‘lsa ham, fransuz armiyasi hamon hech narsaga erisha olmagan edi. Xarbiy vazir va shtab boshlig‘i bo‘lgan Lebef ham kuchli xarbiy salohiyatga ega emas edi. Garchand urushni Fransiya tomoni e’lon qilgan bo‘lsa-da, urushning boshidayoq uning armiyasi xujum o‘rniga mudofaani afzal ko‘rdi
3.Urushning kelib chiqishi va oqibatlari.

1870-yilning 4-avgust kuni Veysenburgda 5 ming Fransuzlar 40 ming kishilik nemis armiyasining xujumiga dosh bera olmay katta qurbonlar berdi va Strasburg tomon chekinishdi. Strasburg yaqinida 6-avgustda Freshviler bilan Forbak yonida turgan 46 ming Fransuz askarining ahvoli yanada tang edi. Chunki unga xujum uyushtirgan nemis armiyasi 120.000 kishidan iborat bo‘lganligini o‘rsatuvchi yaqqol dalil edi.


Shiddatli janglar davomida prussiyaliklar marshal Mak Meton qo‘mondonligidagi Fransuz armiyasini janubiy guruhini tor-mor etdilar.
Fransuz qurolli kuchlarining mag‘lubiyatga uchraganligi to‘g‘risidagi xabarlar Parijga, so‘ngra esa mamlakatning boshqa qismiga yetib borgan zahoti xalq g‘azabi qaynab ketdi. 6-9 avgustda Parijda, shuningdek viloyatlarda dahshatli xalq g‘alayonlari bo‘ldi; rahbarlik ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilganda va burjua respublikachilarixalq ommasidan dahshatga tushib, bonapartchilar rejmini quvvatlamaganda edi, bu g‘alayonlar imperiyaga nisbatan ochiq inqilobiy harakatga aylanib ketgan bo‘lardi.
“Burjua respublikachilarning qo‘rqoqligi va ojizligi Qonun chiqaruvchi korpusda hukmronlik qiluvchi ,,mamluk”larning (bonapartchilrni kinoya bilan shunday atardilar, ya’ni deputatlar) hukumatni o‘zgartirishga imkon berdi. Olive hukumati istefo berdi. Ashaddiy urushqoq bonapartchilardan tuzilgan yangi hukumat shafqatsizlik bilan politsiya ta’qibi yo‘liga – demokratik gazetalarni yopish, Parijning hamma hududlarida respublikachi-demokratlarni va sotsialistlarni qamoqqa olish yo‘liga o‘tdi, bu hukumat mamlakatda qaynab turgan jamoatchilik g‘azabini shunday qildi
Xulosa
Mustamlakachilik siyosati natijasida, XIX asrning oxiriga kelib, egallanmagan yerlarni bosib olish yakunlandi. Iqtisodiy jihatdan qudratli davrning Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi kam taraqqiy etgan mamlakatlarga ta'siri tobora kuchaydi. Kun tartibida mustamlakalarni va ta'sir doiralarni qayta bo'lish masalasi paydo bo'ldi.
Yevropa davlatlari o'rtasidagi hududiy nizolar ham bor edi. Yevropa davlatlari o'rtasida munosabatlarni keskinlashtirgan yana boshqa bir sabab, ularning bir-biridan iqtisodiy va harbiy-strategik ustunlikka erishish uchun kurashi bo'ldi.
Ayni paytda, XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, barcha sohalar: savdoiqtisodiy, harbiy, mustamlakalar, tashqi siyosat- Yevropada gegemonlik, ya’ni birinchi darajali davlat o’rni uchun Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiyaning qizg’in kurashi ostida kechdi. Lekin Fransiya iqtisodiy taraqqiyot bo'yicha o'z qo'shnilari bo'lgan Buyuk Britaniya va Germaniyadan tobora orqada qolayotgan edi. Ayni paytda, Fransiya tashqi siyosatda Prussiyaning Germaniyani birlashtirishiga to'sqinlik qila olmay qoldi natijada muvaffaqiyatsizlikka uchray boshladi. Germaniya yagona davlatga birlashadigan bo'lsa, Fransiyaning xalqaro maydondagi obro'siga jiddiy zarar yetar va Yevropadagi ikkinchi davlatdek mavqeyi barham topar edi. Tabiiyki, Fransiya hukmron doiralari buni aslo xohlamas edi. Shuningdek, mamlakatda ishsizlik, qimmatchilik mehnatkashlarning doimiy yo'ldoshi bo'lib qolgandi. Bu hodisa ishchilarning keskin noroziligini vujudga keltirdi. Bunday sharoitda, Napoleon III uchun Prussiyaga qarshi g'olibona urush-barcha muammolaring to’g’ri yechimidek tuyuldi. Bu urash
Fransiyaning, shuningdek, Napoleon III ning ham mavqeyini tiklagan bo'lardi.
Buning uchun esa urushda g'alaba qozonish, Germaniyaning birlashishiga yo'l qo'ymaslik va Germaniyaning ba'zi hududlarini bosib olish zarar edi. „Ems depeshasi"ni Fransiya o'z sha'ni uchun haqorat deb hisobladi. Natijada minglab odamlarning hayotiga zomin bo’lgan , qirg’inbarot fojia- 1870-yil 17iyulda Fransiyaning Prussiyaga urush e'lon qilishi bilan boshlandi. Biroq, tez orada, Fransiya harbiy kuchlarining urushga tayyor emasligi, Fransiyaning Prussiya qudratini yetarli baholamaganligi ma'lum bo'lib qoldi. Mamlakat hayotining barcha sohalarini qamrab olgan tanglik armiyaga ham katta ta’sir ko‘rsatgan edi. Armiya idorasida tartibsizlik va sarosimalik hukm surardi; harbiy qo‘shilmalarni yaxlitlash chalkashib ketgan; ularning yo‘nalishlar va ma’lum yo‘lni bosib o‘tish muddatlari buzilib ketgan;ularning ta’minoti yo‘lga qo‘yilmagan edi; qo‘mondonlik qancha jangchi borligini, qancha to‘p va o‘q dori borligini bilmasdi. 1-sentabr kuni Napoleon III Sedan qamali tufayli Napoleon III 2-sentabr kuni oq bayroq ko'tardi. Natijada Napoleon III Sedanda o'z Vaterloosini topdi. Oqibatda Fransiya Germaniyaga tahdid sola olish qudratidan mahrum bo’ldi. Bu mag'lubiyat ayni paytda ikkinchi imperiya hokimiyatining halokati ham bo'ldi. 3-sentabr kuni qo'zg'olon, 4-sentabrda imperator hokimyati ag'darilishi- Fransiya Respublika deb e'lon qilindi. (Bu mamlakat tarixidagi Uchinchi Respublika edi.)
Prussiya hukmron doiralari Fransiyani iloji boricha ko'proq holdan toydirishi, katta tovon undirishga hamda uning foydali qazilmalarga boy viloyatlari bo'lmish Elzas va Lotaringiyani tortib olishga intilishi urushni Prussiya uchun bosqinchilik urushiga aylanganini ko’rsatardi. Urushdagi g'alaba Prussiyaga o'z qo'l ostida butun Germaniyani yagona davlatga birlashtirish imkonini berdi. 1871yil 18-yanvar kuni Fransiyaning Versal saroyida Germaniya — imperiya, Prussiya qiroli Vilgelm I esa Germaniya imperatori deb e'lon qilindi. 26-fevralda FransiyaGermaniya tinchlik shartnomasi imzolandi.



Download 22,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish