Reja
I. Kirish
II.Asosiy qism
1.Fransiya-Prussiya urushi arafasida bu mamlakatlardagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar
2.Fransiya-Prussiya urushi:sabablari va oqibatlari
3.Urushdan keyingi xalqaro vaziyat
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati
Kirish.
“Tarixiy xotira tug’usi to’laqonli ravishda tiklangan xalq bosib o’tgan yo’l o’zining barcha muvaffaqiyat, yo’qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o’rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo’ladi.”
Bu davrda insoniyatning yangi kelajagi bunyot bo'ldi
Xalqimizning asrlar sinovida yanada kuchayib, toblanib borgan mustahkam irodasi, iymon-e’tiqodi nafaqat qadimiy ma’naviyatimiz, balki milliy o‘zligimizni saqlab qolishga asos bo‘ldi. “Agar biz dunyo tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, boshqa xalqlar ham ozodlik va mustaqillikni qo‘lga kiritish, milliy tiklanish, o‘z davlatchiligini, havas qilsa arziydigan fuqarolik jamiyatini mustahkamlash jarayonida ana shunday fazilatlarga tayanib va suyanib, barcha sohalarda - bu iqtisodiyot yoki ijtimoiy hayot bo‘ladimi, madaniyat, ta’lim-tarbiya va ilm-fan bo‘ladimi — o‘zining beqiyos ichki qobiliyat va salohiyatini ishga solish, uni ro‘yobga chiqarish hisobidan taraqqiyotga erishganini ko‘ramiz.”¹
Birimchi Prezidentimiz o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli asarida shunday yozadi:” O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q. Bu haqiqat tarixida ko‘p bora o‘z isbotini topgan.”
___________________________
1.Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T.: Sharq 1998,-B.28
O‘zbekistan Respublikasi istiqlolga erishishi natijasida jamiyatimizning barcha sohalarda tubdan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Vatanimiz tarixiga milliy vatanparvarlik nuqtai-nazaridan qiziqish ortmoqda. Sovet mustamlakachiligi yillarida eng qadimgi davrlardan to O‘zbekiston mustaqillika erishguniga qadar bo‘lgan tariximiz soxtalashtirildi. Endilikda, ya’ni mustaqillik yillarida tarixshunosligimizda bir qator amaliy ishlar amalga oshirildi va amalga oshirilmoqda. Yangi tarixning ko‘rib chiqiladigan davri - 1871-yilgi Parij Kommunasidan to Oktabr davlat to'ntarishigacha bo‘lgan vaqtni o'z ichiga oladi. U oldingi davrning uzviy davomidir, chunki kapitalizmning rivojlanishi bu davrning asosiy mazmuni bo'lib qolaveradi. “Boyliklar va hokimiyat eng yirik burjuaziya — kapitalistik monopoliyalar qo‘lida to‘planishining tezlashuvi yangi tarixning qarab chiqilayotgan davrga xos eng muhim jihatidir. XIX asr oxiriga kelganda bunday monopoliyalar hukmron kuchga aylandi — kapitalizm o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga — imperializm bosqichiga qadam ko‘ydi. Bu hol jahon xalqlarini kapitalistik ekspluatatsiya qilishning kuchayishiga va kapitalizmning barcha ziddiyatlari chuqurlashuviga olib keldi. Ishchilar sinfi ancha o‘sdi va uning ijtimoiy-siyosiy roli kuchaydi. 1871-yilgi Parij Kommunasi mag‘lubiyatga uchradi, lekin burjuaziya hokimiyatini ishchilar sinfi hokimiyati bilan almashtirish mumkinligini isbot qilib berdi.”¹
___________________________
1.1 Янги тарих. 1871 — 1917, А. П. Аверьянов ва бошк..; И. М. Кривогуз тахририда.— Т.: Укитувчи, 1989.
Biz o‘rganishni o‘z oldimizga maqsad qilib olgan mavzu, ya’ni “Fransiya-Prussiya urushi (1870-1871) va uning oqibatlari" mavzusini tadqiq qilish orqali Fransiya-Prussiya urushi urushi davrida dunyodagi xalqaro vaziyat qay tarzda o‘zgardi, o‘zaro kuchlar nisbati nima sababdan o‘zgardi, nima sababdan Fransiya-Purussiya
shaxslar sababchi bo‘lganligini dalil-isbotlar orqali bayon qilib, mavzuning dolzarbligini ochib berish mumkin.
. Har bir inson biron bir ishga kirishsa, inson o‘sha olib boryotgan ishiga nisbatan o‘z oldiga maqsad va vazifalar qo‘yib oladi. Jumladan, meni tarixga qiziqishim tufayli 1870-1871- yillarda sodir bo‘lgan Fransiya-Prussiya urushi davri tarixini va o‘sha davrdagi Yevropa davlatlarning turli sohadagi olib borgan ishlarini, xalqaro miqyosdagi bir-biri bilan olib borgan diplomatik va hamkorlik (ittifoqchilik, sherikchilik) aloqalarini, XIX asr oxiri-XX asr boshlaridagidagi dunyoning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy manzarasini imkon qadar o‘rganishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim.
Do'stlaringiz bilan baham: |