Reja I. Kirish II. Asosiy qism: I bob. Mehnat bozorining shakllanishi


I BOB. MEHNAT BOZORINING SHAKLLANISHI



Download 276,05 Kb.
bet2/12
Sana25.03.2022
Hajmi276,05 Kb.
#510409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Миршод макро мустакил иш

I BOB. MEHNAT BOZORINING SHAKLLANISHI
1.1. Mehnat bozorining mohiyati va shakllanishi
Mehnat bozori — bu mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo'lgan va band bo'lm agan qismlari va ish beruvchilar o'rtasidagi munosabatlami hamda ulaming shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi kontraktlar (mehnat kelishuvlari) asosida «mehnatga qobiliyatlarini» xarid qilish - sotishni amalga oshiruvchi hamda ishchi kuchiga talab va taklif o'rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, ko'p aspektli, o'suvchi va ochiq ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir.

Shuni ta’kidlash joizki, «mehnat bozori» tushunchasining ijtimoiy- iqtisodiy mazmuni va uni tarkibiy qismlarining tizimli tadqiqoti mazkur bozorni o'tish davrida bajariladigan asosiy vazifalarni ham aniqlashga imkon beradi:
- ishchi kuchiga talab va taklifning hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirish;
- bozor uslubida xo'jalik yuritishining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy mexanizmlari yordamida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish;
- mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga bevosita ta’sir ko'rsatish;
- ishsizlar ish topishiga, ularning malakasi va raqobat qobiliyatini oshirishga ko'maklashish;
- ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mehnat taqsimotini o'zgartirish.
Mehnatning erkinligi va ixtiyoriyligi – mehnat bozori shakllanishining asosiy sharoiti yoxud shartidir.
Shu bilan bir qatorda mehnat bozorining shakllanishiga bevosita ta’sir ko'rsatayotgan bir qator iqtisodiy, ijtim oiy, dem ografik, tabiiy-iqlimiy va huquqiy shart-sharoitlar va omillar mavjudki, ularni biz quyida batafsilroq ko'rib chiqamiz.
Mehnat bozori (MB) shakllanishining asosiy iqtisodiy shart-sharoiti bo'lib, yollanma xodimlami o‘z ishchi kuchlariga nisbatan shaxsiy mulkchiliklari va ish beruvchilaming ish joylariga jamoa yoki xususiy mulkchiligi xizmat qiladi. Bu yerda shuni nazarda tutish kerakki, mazkur subyektlami o'zaro almashuv munosabatiga kirishiga ularning shaxsiy manfaatlari majbur qiladi, uning orqasida shaxsiy iste’molchilik yotadi. U lar ham o'z navbatida qayta qator ishlab chiqarishda aholi ijtimoiy-iqtisodiy turmushining faqat kerakli ijtimoiy ehtiyojining ifodalanishi bo'ladi.
MBining vujudga kelishi ishchi kuchiga talab va taklif o'rtasidagi muvozanatga erishish uchun o'zaro raqobat qilishga tayyor erkin va teng huquqli sheriklar iqtisodiy munosabatlarda bo'lishlarini taqozo etadi. Bozorda yollanma xodim va ish beruvchi shaxsiy erkinlik va iqtisodiy zaruriyat nuqtai nazaridan o'zaro bog'langan hamda bir-birlariga qaram bo'lsalar ham bir-birlariga qarshi turadilar.
Ishchi kuchi talab va taklifi o‘rtasida bozor muvozanatiga erishish MBining shakllanishiga hal qiluvchi iqtisodiy shartlardan bir hisoblanadi. Ammo bunday muvozanatni keltirish juda murakkab va albatta sun’iy usullar bilan. Bozor qonunlari asosida esa umuman mumkin emas. Buning asosiy sababi — taklif qilingan mehnatga layoqatli aholi sonining unga talab miqdoriga nisbatan tez o‘sishi.
Mehnat bozori konyukturasi shakllanishining ijtim oiy shart-sharoitlari ichida yollanma xodimlar va ish beruvchilam ing sifat ko'rsatkichlari oshishi yetakchi o ‘rin egallaydi.
Ish beruvchi va yollanma xodim o'rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) mehnat bozorida ishchi kuchining sotish, sotib olishning hal qiluvchi huquqiy shart-sharoiti hisoblanadi.
Ishchi kuchiga talab va taklif nisbati yaxshilanishiga tabiiy iqlim sharoitlari muhim rag'batlantiruvchi omil bo'lib xizmat qiladi. Yuqori unumdor qishloq xo'jaligi yerlarida va yetarlicha suv bilan ta’minlangan yashash joylarida ishchi kuchi ko'proq jam lanadi va ishchi joylari normal faoliyat ko'rsatadi. Yangi ish joylarini yaratish va ishlab turgan korxonalarni kengaytirish yo'li bilan ishchi kuchiga talab va taklif o'rtasidagi muvozanatni ta’minlashga ma’lum darajada imkoniyatlar vujudga keltiriladi. Bu esa mehnat resurslarining ortiqchalik darajasini, demak, ishsizlik miqyosini ham keskin kamaytirishga bevosita ta’sir etadi.
Shu bilan birga ortiqcha mehnat resurslariga ega respublikamiz hududlarida ishchi kuchiga talabning oshishi va uning taklifi pasayishiga bevosita ta’sir etuvchi omillarni tadqiq qilish eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy aham iyat kasb etadi. Ishchi kuchiga talabning oshishini asoslovchi omillarga quyidagilar kiradi: noqishloq xo'jaligi tarmoqlarda yangi ish joylarini yaratish, mehnat qo'llaniladigan amaldagi mintaqalarni texnik qayta jihozlash, modemizatsiyalash, qayta ta’mirlash, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, yangi yerlarni o'zlashtirish, qayta ishlash sanoati, xizm atlar ko'rsatish va shaxsiy mehnat faoliyati ko'lam ini kengaytirish, kichik va o'rta biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqalar. Shu bilan bir vaqtda ishchi kuchi taklifini va ish joylariga ehtiyojni pasaytiruvchi omillar vujudga keladi. Ular: shaxsiy yordamchi xo'jalik, yakka mehnat faoliyati, xususiy tadbirkorlik va o'z-o'zini band qilishning boshqa sohalarini rivojlantirish, bandlikning egiluvchan va noandoza shakllarini kengaytirish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning bozor usullarini tatbiq etish, inflatsiya va ishsizlikni pasaytirish, mahalliy kadrlarning mobilligini (safarbarligini) hamda malakasini oshirish va boshqalar.
Mehnat resurslari bilan kam ta’minlangan hududlarga esa bir qator omillar ishchi kuchiga talabning pasayishiga ko‘maklashadi. Xususan,bu ijara va xususiy mulkchilikni rivojlantirish, to‘lash qobiliyatiga ega bo'lmagan yoki ekologik zararli korxonalarni yopish, yangi yerlami o'zlashtirish ko'lamini qisqartirish, moddiy-texnikaviy va moliyaviy resurslar ta’minotini yaxshilash, intensiv texnologiyani qo‘llash, mehnat unumdorligini oshirish va hokazo. Bundan tashqari, mazkur hududlarda ishchi kuchi taklifini oshiruvchi omillar mavjud: kadrlarning malakasi, m a’lumoti, mobillik va eksportabellik darajasining pastligi, mehnat resurslari soni o‘sish sur’atining ish joylari miqdoriga nisbatan yuqoriligi, qishloq xo'jaligida ishlovchilarni ish joyidan ozod etishning ko'payishi, mehnatni qo'llash mintaqallarining yetishmasligi va boshqalar.
Shu bilan birga shunday omillar ham borki, ular kompleks holida ishchi kuchi taklifining shakllanishi holatiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Ularga quyidagilar kiradi: ishlashni xohlovchilar, yollangan xodimlar va ish beruvchilaming tabiiy va mexanik harakatlari; turmush uchun zarur bo'lgan mablag'lar jamg'armasi; yollangan xodimlaming pul daromadlari; nafaqaxo'rlar va bolalik ayollarning mehnat va ijtimoiy pensiyalari, imtiyozlari va kafolatlari; kasbiy tayyorlash yoki qayta tayyorlash va malakasini oshirishga zaruriyati bo'lgan shaxslarni mablag'lar bilan ta’minlovchi davlat, korxona va oilaning moliyaviy imkoniyatlari; shaxsiy yordamchi xo'jaligida va yollanmasdan «uy mehnati»da band boiganlar soni; Qurolli Kuchlarda xizmat qiluvchilar soni va ularda xizmat qilish muddati; muqobil va malakali kasbiy xizmatlami takomillashtirish va hokazo.
Ishchi kuchiga talabning o‘sishi yoki kamayishi (dinamikasi) quyidagi miqdor va sifat ko‘rsatkichlarining o'zgarishi bilan aniqlanadi:

Mehnat bozorining samarali amal qilishi uchun, birinchidan, ishlab chiqarish vosita-lariga ega bo‘lib, uning yordamida ishlab chiqarishni tashkil qilish yoki uni kengaytirish, ikkinchidan, ishlab chiqarish vositalariga ega bo‘lmagan va ish bilan band bo‘lmagan kishilarning mavjudligi zarur. Ana shular mehnat bozorining asosiy sub’ektlari, mehnat bozori ishtirokchilari hisoblanadi2. Mehnat bozori jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotining muhim sohasidir. Hozirgi paytda mehnat bozori xo‘jalik yuritishning tarkibiy qismlaridan biriga aylangan. Ayrim mutaxassislarning fikricha, mehnat bozori ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifni ifodalovchi mexanizm sifatida ko‘rilsa, boshqa iqtisodchilar guruhi mehnat bozori faqatgina ishchi kuchiga bo‘lgan talabni qondirishga sharoit yaratadi, deb hisoblaydilar. Uchinchi xildagi toifa ham mavjud bo‘lib, ularning fikriga ko‘ra, mehnat bozori - o‘z shaxsiy qobiliyati ishchi kuchlarini takror ishlab chiqarish hamda ularni ijtimoiy mehnat taqsimoti tizimida tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash qonunlari asosida hayotiy kundalik vositalarga almashtirishi munosabatlarining murakkab tizimini ifodalaydi.
Mehnat bozorining iqtisodiy tushuncha sifatidagi mohiyati uning turli ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlardagi xususiyatlari, ishchi kuchini takror ishlab chiqarish, taqsimoti, o‘zlashtirish va foydalanish mexanizmi, u yoki bu jamiyat iqtisodiy munosabatlari tizimida ushbu tushunchaning roli va ahamiyati klassik iqtisodiyot nazariyasi namoyandalari, hamda xorijiy mamlakatlar mashhur iqtisodchi olim-larining tadqiqot predmeti bo‘lgan. A.Smit va d.rikardolardan to j.Keyns, M.Fridman, YA.Kornai va ko‘p sonli boshqa iqtisodchi olimlar tomonidan o‘rganilgan.Mehnat bozori tushunchasiga rossiyalik va ko‘pgina o‘zbek olimlarining ham ta’riflari mavjud.S.YU.Roshshin, T.o.razumovalarning ta’rifiga ko‘ra, “mehnat bozori-mehnatga talab va mehnat taklifini o‘zaro harakatlantiruvchi, bozor mexanizmi va belgilari asosida mehnat resurslarini taqsimlashdi3. P.E.Shlender va professor Y.P.Kokinning ta’rifiga ko‘ra:”mehnat bozori - bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismi bo‘lib,yollanma ishchi kuchi va ish beruvchilar manfaatlari kelishilgan jamiyat aloqalari ijtimoiy tizimini bildiradi. Mehnat bozori-bu birinchidan, ishchi kuchi talabi va taklifi orasida iqtisodiy aloqalar yig‘indisi, ikkinchidan, turli xil iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlar va funksiyalar to‘qnashadigan joy, uchinchidan korxonalar nuqtai nazaridan, alohida korxona va uni ishchilarini o‘zaro aloqa maydoni, firma miqyosida yangi ish joyiga o‘tishni o‘ylovchi haqiqatdagi va mavjud bo‘lgan ishchilar”4B.M.Genkinning ta’rifiga ko‘ra:”mehnat bozori, eng avvalo, ish beruvchi va ishga yollanganlar manfaatlarining kelishuvi mexanizmi hisoblanadi. Undan tashqari mehnat bozorida ijtimoiy aloqalar boshqarish zarurati hosil bo‘lib, davlat manfaatlari belgilanadi”5. L.Maksakova “Mehnat bozori” tushunchasining o‘rniga “ishchi kuchi bozori” tushunchasini qo‘llashni zarur, deb hisoblaydi. “Mehnat resurslari bozori” tushunchasi qo‘llansa, yanada to‘g‘riroq bo‘ladi, deydi6.Tadqiqotchi v.A.pavlenkov ta’kidlaydiki, bozor iqtisodiyotida mehnat bozori yollanib ishlashga qodir kishilarning barchasini ham yollanma mehnat bilan band bo‘lganlar ham band bo‘lmaganlarni qamrab oladi. A.A.Nikiforova esa boshqa umumiy ta’rifni taklif etadi:”Mehnat bozori rivojlanishining darajasi va bozorda ishtirok etuvchi kuchlar: tadbirkorlar, mehnatkashlar va davlat o‘rtasida ma’lum davrda erishilgan manfaat-lar balansini aks ettiruvchi ijtimoiy muno-sabatlar tizimi sifatida vujudga kelgan”.I.S.Maslovaning ta’rifi bo‘yicha mehnat bozori-bu o‘suvchi tizim, unda mulkchilik sub’ektlari ishchi joylari va ishchi kuchi takliflari, xodimga va “yollanma ishga talab hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirib, ishlab chiqarish omillari (mehnat vositalari va ishchi kuchi)ga o‘zaro ta’sir etadi”. Mehnat bozori mavjud, ammo “kesik, shakli o‘zgartirilgan ko‘rinishda, buning ustiga har narsani o‘z ichiga oladigan xarakterga ega bo‘lmay, balki mehnat munosabatlarining faqat bir qismini qamrab oladi”7. Q.Abdurahmonov va F.Mamaraximovning ta’rifiga ko‘ra, “Mehnat bozori deyilganda ishchi kuchini sotish, sotib olish va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar majmuasi tushuniladi”. SH.R.Xolmo‘minov ta’rifiga ko‘ra mehnat bozori-mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo‘lgan va band bo‘lmagan qismlari va ish beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni hamda ularning shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi shartnomalar asosida, “mehnatga qobiliyatlarini” xarid qilish-sotishni amalga oshiruvchi hamda ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, ko‘p aspektli, o‘suvchi va ochiq ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir8. d.rahimova, O.Abdurahmonovlarning ta’rifiga ko‘ra, “mehnat bozori ishchi kuchini sotuvchi va xaridori, uning qiymatini belgilaydigan va taklif etiluvchi mehnat xizmat-larini taqsimlaydigan muhitni tavsiflash imkonini beradigan kategoriya, analitik konstruksiya, deb tushunilishi ham mumkin”. “Mehnat bozori” tushunchasi ishchi kuchi xaridi va ishlatilishini ham o‘z ichiga oladi, ya’ni u ishchi kuchi va ishchi o‘rinlari bozoridan iborat bo‘ladi. Mehnat munosabatlari ishchi kuchi bozori bilan bir vaqtda ishchi o‘rinlari bozorining ham mavjud bo‘lishini taqozo etadi, chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida har ikkala bozor shakli mavjud bo‘lgandagina mehnat jarayonini amalga oshirish mumkin. Mehnat bozorining o‘ziga xosligi shundaki, ishchi kuchini pulga ayirboshlash oldi-sotdi bitimi tuzilgandan keyin, ma’lum ishlab chiqarish jarayoni amalga oshadi. demak, ishchi kuchi avval iste’mol etilib, so‘ngra uning haqi to‘lanadi. Mehnat bozori ishchi kuchini sotish, sotib olish va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar majmuasidir. ishchi kuchi bozori mehnatga layoqatli aholining mehnat qilishga bo‘lgan layoqatlarini taklif qilish sohasini topish xohish-istaklari yig‘indisi sifatida shakllansa, ishchi o‘rinlari bozori korxona va tashkilotlarning ishchi kuchiga bo‘lgan jami ehtiyojlari sifatida tashkil etiladi. Biroq ishchi kuchi bozori o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy tabiatiga ko‘ra, eng avvalo, aholining ishchi o‘rinlariga bo‘lgan ehtiyojlarini ifodalaydi. Bu ehtiyojlarning qondirilishi esa, uning mehnat salohiyatidan samarali foydalanish hamda samarali bandlikni shakllantirili-shining asosi hisoblanadi. Shuni ta’kidlash joizki, “mehnat bozori” tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va uni tarkibiy qismlarining sistematik tadqiqoti mazkur bozorni o‘tish davrida bajariladigan asosiy vazifalarni ham aniqlashga imkon beradi:
-ishchi kuchiga talab va taklifning hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirish;
-bozor uslubida xo‘jalik yuritishning iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy mexanizmlari yordamida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish;
-mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga bevosita ta’sir ko‘rsatish;
-ishsizlarni ish topishga va ularning malakasi va raqobat qobiliyatlarini oshirishga undash va raxbarlantirish;
-ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirishga undash va mehnat taqsimotini takomillashtirish.
Ular, sanoat, xizmat ko‘rsatish va boshqa konkret mehnatni qo‘llovchi sohalarga qishloq xo‘jaligi soxasidan ozod bo‘lgan xodimlarni raqobat asosida jalb qilishni rag‘batlantiradi hamda shuning bilan muomala sohasida ishchi kuchi revervini shakllantirib, band bo‘lmasdan qolishga imkon beradi. Bu nuqtai nazardan eng aniq xulosa I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan:”Mehnat bozori mehnat resurslarining ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifini shakllantirish asosida, xo‘jalik yuritish sohalari va tarmoqlari, mashg‘ulot turlari va shakllari bo‘yicha aniq maqsadni ko‘zlab taqsimlash va qayta taqsimlash vositasi vazifasini bajarishi lozim”. Shundan kelib chiqib, mehnat bozoriga quyidagicha ta’rif berish mumkin: mehnat bozorida ishchi kuchi shakllanadi, tartibga solinadi hamda korxonalar, tarmoqlar va mintaqalar bo‘yicha taqsimlanadi.


Download 276,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish