Shaxsiy kompetentlik – izchil ravishda kasbiy o‘sishga erishish, malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o‘z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish.
Texnologik kompetentlik – kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish.
Ektremal kompetentlik – favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to‘g‘ri harakatlanish malakasiga egalik.
Kasbiy-pedagogik kompetentlikka ega bo‘lishda o‘z ustida ishlash, o‘zo‘zini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O‘z-o‘zini rivojlantirish vazifalari o‘zini o‘zi tahlil qilish va o‘zini o‘zi baholash orqali aniqlanadi. O‘z ustida ishlash – pedagogning izchil ravishda o‘zining kasbiy BKM va shaxsiy sifatlarini rivojlantirib borish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etishi.
O‘z ustida ishlash quyidagilarda ko‘rinadi:
kasbiy BKMni takomillashtirib borish;
faoliyatga tanqidiy va ijodiy yondashish;
kasbiy va ijodiy hamkorlikka erishish;
ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish;
salbiy odatlarni bartaraf etib borish; ijobiy sifatlarni o‘zlashtirish.
1.2. MTT da tarbiyachilar ish faoliyatidagi ish rejasi davomida foydalanilgan dasturlar va buyruqlar mazmuni
Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablari”ga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari, maktabgachayoshdagi bolalarni ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalarida:
davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat muassasalari;
maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari;
maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida – ushbu davlat o‘quv dasturini qo‘llash majburiydur.
Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.
Ta’lim muassasalari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega.
Ta’lim muassasasi Davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining MTM ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muassasasining ishchi o‘quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi1.
Do'stlaringiz bilan baham: |